1-ILOVA
|
T/r |
Sanoat yoʻnalishlari |
Sanoat mahsulotlari |
|
1. |
Toʻqimachilik sanoati |
Toʻqimachilik, trikotaj va boshqa tayyor kiyimlar, gilamlar |
|
2. |
Charm-poyabzal sanoati |
Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari |
|
3. |
Ipakchilik sanoati |
Ipakdan tayyor matolar, kiyimlar, gilamlar va boshqa buyumlar |
|
4. |
Oziq-ovqat sanoati |
Quritilgan, qadoqlangan va konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, spirtsiz ichimliklar (energetik ichimliklardan tashqari), qadoqlangan goʻsht va kolbasa mahsulotlari, qandolat mahsulotlari |
|
5. |
Qurilish materiallari sanoati |
Boʻyoqlar, kafel, santexnika mahsulotlari |
|
6. |
Elektrotexnika sanoati |
Elektrotexnika mahsulotlari |
|
7. |
Farmatsevtika sanoati |
Dori-darmonlar, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, biologik faol qoʻshimchalar |
|
8. |
Zargarlik sanoati |
Tayyor zargarlik buyumlari |
|
9. |
Mebelchilik sanoati |
Tayyor mebellar |
|
10. |
Kimyo, parfyumeriya va kosmetika sanoati |
Kimyo vositalari, shu jumladan kosmetika, parfyumeriya, shampun, sovun |
|
11. |
Avtomobil sanoati |
Avtotransport vositalari va butlovchi qismlar |
|
12. |
Metallurgiya sanoati |
Metall mahsulotlar va buyumlar |
2-ILOVA
|
T/r |
Sanoat yoʻnalishlari |
Talab yuqori boʻlgan mutaxassislar |
|
1. |
Toʻqimachilik sanoati |
Modelyer-dizayner, muhandis (texnolog), marketolog |
|
2. |
Charm-poyabzal sanoati |
Modelyer-dizayner, muhandis (texnolog), marketolog |
|
3. |
Ipakchilik sanoati |
Pillachilik mutaxassisi, grenaj mutaxassisi, texnolog |
|
4. |
Oziq-ovqat sanoati |
Muhandis (texnolog), marketolog |
|
5. |
Qurilish materiallari sanoati |
Geodezist, texnolog |
|
6. |
Elektrotexnika sanoati |
Modelyer-dizayner, muhandis (texnolog), marketolog |
|
7. |
Farmatsevtika sanoati |
Kimyo-texnologi, marketolog, biofarmakolog |
|
8. |
Zargarlik sanoati |
Modelyer-dizayner, muhandis (texnolog), marketolog |
|
9. |
Mebelchilik sanoati |
Modelyer-dizayner, muhandis (texnolog), marketolog |
|
10. |
Kimyo, parfyumeriya va kosmetika sanoati |
Kimyo-texnologi, marketolog |
|
11. |
Avtomobil sanoati |
Muhandis (texnolog), marketolog |
|
12. |
Metallurgiya sanoati |
Muhandis (texnolog), marketolog |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Bajarish uchun masʼullar |
I. Xalqaro brendlarni jalb qilish boʻyicha | ||||
1. | Nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning soʻnggi reyting natijalarini tahlil qilish. | 2024-yil 1-sentabr, | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
2. Reytinglarda birinchi 500 oʻrinni egallagan sanoat yoʻnalishidagi brend egalari ichidan nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatini shakllantirish va eʼlon qilish. | 2025-yildan boshlab har yili 1-aprelga qadar | |||
2. | Nufuzli xalqaro brendlar bilan muzokaralar oʻtkazish boʻyicha xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish. | 1. Konsalting kompaniyasini jalb qilish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. | 2024-yil 1-oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), tarmoq tashkilotlari |
2. Texnik topshiriqqa asosan tender hujjatlarini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-noyabr | |||
3. Tender eʼlon qilish va gʻolibni aniqlash hamda gʻolib kompaniya bilan shartnoma imzolash. | 2024-yil 1-dekabr | |||
3. | Nufuzli xalqaro brendlar bilan amalga oshirishga taklif etiladigan istiqbolli loyiha takliflarini ishlab chiqish. | 1. Hudud va tarmoqlarning salohiyati va imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. Drayver sohalarni belgilab olish. | 2024-yil 1-oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), tarmoq tashkilotlari |
2. Tanlab olingan sohalar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va masʼul idoralar bilan kelishish. | 2024-yil 15-oktabr | |||
3. Tahliliy maʼlumotlarga asosan istiqbolli loyiha takliflarini ishlab chiqish. | 2024-yil 15-noyabr | |||
4. Konsalting kompaniyalari bilan ishlab chiqilgan loyihalarni tanlab olish va ularga texnik-iqtisodiy shartlarni ishlab chiqish. | 2024-yil 15-dekabr | |||
4. | Loyiha takliflariga nufuzli xalqaro brendlarni jalb qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish. | 1. Xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan kompaniyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishni sohalar kesimida tashkillashtirish. | 2024-yil sentabr-oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), tarmoq tashkilotlari |
2. Muzokaralar natijasidan kelib chiqib ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha shartnomalar tuzish. | 2024-yil noyabr-dekabr | |||
3. Tadbirkorlik subyektlariga brendlar bilan ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha barcha tashkiliy masalalarda koʻmaklashish. | Doimiy ravishda | |||
5. | Nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish. | 1. Nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va Hukumat komissiyasida tasdiqlash. | 2024-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), tarmoq tashkilotlari |
2. “Yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish va muddatida ijrosini taʼminlash. | Doimiy ravishda | |||
6. | 100 ta tadbirkorlik subyektini nufuzli xalqaro brendlar talablariga toʻliq moslashtirish. | 1. Nufuzli xalqaro brendlar talablariga moslashtiriladigan 100 ta tadbirkorlik subyektini tanlov asosida saralab olish. | 2024-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tarmoq tashkilotlari |
2. Saralab olingan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga brendlar talabiga muvofiq xalqaro standartlar va sertifikatlarni joriy qilish choralarini koʻrish. | 2024-yil oktabr — dekabr | |||
3. Tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarishidagi mehnat sharoitlarini brendlar talabiga muvofiqlashtirish. | 2024-yil oktabr — dekabr | |||
4. Brendlar talablariga muvofiq boshqa tashkiliy choralarni amalga oshirish. | 2024-yil dekabr | |||
7. | Toʻqimachilik sanoatiga nufuzli xalqaro brendlarni jalb qilish. | 1. Mato, uy tekstil mahsulotlari, tayyor kiyimlar, gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nufuzli xalqaro brendlar bilan mahalliy korxonalarda “franchayzing” va “autsorsing” asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi “sorsing” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish. | 2024-yil avgust-sentabr | “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (M. Sultonov), “Oʻzmilliybank” AJ (A. Mirsoatov), “Asakabank” AJ (K. Tulyaganov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. Muzokaralar natijalariga koʻra nufuzli xalqaro brendlar talablariga mahalliy korxonalarni tayyorlash. | 2024-yil oktabr-noyabr | |||
3. Nufuzli xalqaro brendlar va mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish hamkorligini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil dekabr | |||
8. | Charm-poyabzal sanoatiga nufuzli xalqaro brendlarni jalb qilish. | 1. Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nufuzli xalqaro brendlar bilan mahalliy korxonalarda “franchayzing” va “autsorsing” asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi “sorsing” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish. | 2024-yil avgust-sentabr | “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (A. Sultanov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. Muzokaralar natijalariga koʻra nufuzli xalqaro brendlar talablariga mahalliy korxonalarni tayyorlash. | 2024-yil oktabr-noyabr | |||
3. Nufuzli xalqaro brendlar va mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish hamkorligini yoʻlga qoʻyish qilish. | 2024-yil dekabr | |||
9. | Qurilish materiallari sanoatiga nufuzli xalqaro brendlarni jalb qilish. | 1. Lok-boʻyoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nufuzli xalqaro brendlar bilan mahalliy korxonalarda “franchayzing” va “autsorsing” asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi “sorsing” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish. | 2024-yil avgust-sentabr | “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Boboqulov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (A. Akbarjonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. Muzokaralar natijalariga koʻra nufuzli xalqaro brendlar talablariga mahalliy korxonalarni tayyorlash. | 2024-yil oktabr-noyabr | |||
3. Nufuzli xalqaro brendlar va mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish hamkorligini yoʻlga qoʻyish qilish. | 2024-yil dekabr | |||
10. | Oziq-ovqat sanoatiga nufuzli xalqaro brendlarni jalb qilish. | 1. Quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nufuzli xalqaro brendlar bilan mahalliy korxonalarda “franchayzing” va “autsorsing” asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi “sorsing” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish. | 2024-yil avgust-sentabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Turonbank” ATB (Ch. Mirzayev), “Mikrokreditbank” ATB (A. Xamidov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. Muzokaralar natijalariga koʻra nufuzli xalqaro brendlar talablariga mahalliy korxonalarni tayyorlash. | 2024-yil oktabr-noyabr | |||
3. Nufuzli xalqaro brendlar va mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish hamkorligini yoʻlga qoʻyish qilish. | 2024-yil dekabr | |||
11. | Kimyo sanoati sohasiga nufuzli xalqaro brendlarni jalb qilish. | 1. Kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi nufuzli xalqaro brendlar bilan mahalliy korxonalarda “franchayzing” va “autsorsing” asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi “sorsing” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish. | 2024-yil avgust-sentabr | “Oʻzkimyosanoat” AJ (T. Muxamedjanov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. Muzokaralar natijalariga koʻra nufuzli xalqaro brendlar talablariga mahalliy korxonalarni tayyorlash. | 2024-yil oktabr-noyabr | |||
3. Nufuzli xalqaro brendlar va mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish hamkorligini yoʻlga qoʻyish qilish. | 2024-yil dekabr | |||
II. Milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha | ||||
12. | Milliy brendlar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha yuqori va oʻrta barqarorlik reytingiga ega va tovar belgisi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlarining tovar belgilari roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil 1-sentabr, | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
2. Roʻyxatga kiritilgan tovar belgilari boʻyicha milliy konsalting kompaniyalarining tadqiqotlari, mazkur tovar belgilari ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi holati va ular toʻgʻrisida soʻrovlar soni, aholi oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlar tahlili natijalari asosida milliy brendlar roʻyxatini shakllantirish va eʼlon qilish. | 2025-yildan boshlab har yili 1-aprelga qadar | |||
13. | Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning oʻz brendini yaratish boʻyicha tushunchasi va koʻnikmalarini oshirish. | 1. Xalqaro brend menejerlar, mahalliy ilgʻor tadbirkorlar ishtirokida hududlarda oʻquv seminarlari va taqdimotlar tashkil etish. | 2024-yil sentabr-oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tarmoq tashkilotlari |
2. Intellektual mulk huquqi boʻyicha mahalliy tadbirkorlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish yuzasidan oʻquv seminarlari va taqdimotlar tashkil etish. | Doimiy ravishda | |||
14. | Ishlab chiqarishga xalqaro standartlar va sertifikatlash talablarini joriy qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish dasturini amalga oshirish. | 1. Standartlar institutida xalqaro standartlar va sertifikatlash talablari boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. | 2024-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
2. Dastur doirasida mahalliy korxonalar mutaxassislarini xalqaro standartlar asosida oʻqitish va oʻqish jarayonlariga xorijiy malakali ekspertlar va oʻqituvchilarni jalb qilish choralarini koʻrish. | Dasturda belgilangan muddatlarda | |||
15. | Milliy mahsulotlar va brendlarning (tovar belgilarini) xorijda koʻrgazma-tashviqot tadbirlari va reklama kampaniyalarini tashkil qilish. | 1. Xorijiy ommaviy axborot vositalari, xalqaro bosma nashrlar va nufuzli biznes-kataloglarda milliy mahsulotlar va brendlarning targʻibotini muntazam ravishda oʻtkazib borish. 2. Milliy mahsulotlar va brendlarning (tovar belgilarining) tashqi bozorlarga kirishi uchun xorijda koʻrgazma-tashviqot tadbirlari va reklama kampaniyalarini tashkil qilishga Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi elchixonalarini faol jalb qilish. 3. Mahalliy korxonalarga xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish masalalarida amaliy yordam koʻrsatish. | doimiy ravishda | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), tarmoq tashkilotlari |
16. | Istiqbolli tashqi bozorlarda salohiyatli mahalliy korxonalar va brendlarning “road-shou”lari va har bir tarmoq boʻyicha dunyodagi nufuzli ekspertlar va kompaniyalarni jalb qilgan holda “Oʻzbekiston kunlari” targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | 1. Taqdimot materiallarini tayyorlash, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish (“road-shou” va boshqalar). 2. Muntazam faoliyat yurituvchi “Made in Uzbekistan” shourumlarining samarali faoliyatini taʼminlash. 3. Har bir tarmoq boʻyicha respublikada joriy etilayotgan qulayliklarning mazmun-mohiyatini dunyodagi nufuzli ekspertlar va kompaniyalar oʻrtasida targʻib qilish hamda ularda ijobiy fikrni shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. | doimiy ravishda | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
17. | Tashqi bozorlarda ishonchli yetkazib beruvchi sifatida ijobiy imidjni mustahkamlash. | Milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlariga sifat, boshqaruv, ijtimoiy, xavfsizlik kabi xalqaro standart va sertifikatlar joriy etilganligi hamda ishlab chiqarish texnologiyalari xalqaro talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xorijlik xaridorlar va isteʼmolchilar xabardorligini oshirish. | doimiy ravishda | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
III. Xalqaro brendlarni jalb qilish va milliy brendlarni rivojlantirish uchun qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishni moliyalashtirish va raqamlashtirish boʻyicha | ||||
18. | Milliy brend egalarini hamda nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash tartibini joriy qilish. | 1. Milliy brend egalarini hamda nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash tartibini ishlab chiqish. 2. Tartibni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 31-avgust | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
19. | Xalqaro brendlarni jalb qilish va milliy brendlarni rivojlantirish boʻyicha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish. | 1. Qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratish. | 2024-yil 1-sentabrdan boshlab | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
2. 2025-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishi boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-oktabr | |||
20. | Nufuzli xalqaro va milliy brendlar boʻyicha elektron platformani ishga tushirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi elektron platformani ishga tushirish: nufuzli xalqaro brendlar roʻyxati, ularning talablari, ushbu talablarga mahalliy tadbirkorlik subyektlarini moslashtirish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, brendlarni jalb qilish uchun nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari; milliy brendlar roʻyxati va unga kiritilgan brend egalari uchun nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari. | 2025-yil 1-yanvar | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |