30.12.2024 yildagi 919-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Tarixiy obyektlar va turizm rivojlanmagan hududlarda mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)lar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda toifali (yulduzli) mehmonxonalarni qurish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 2-ilovadagi tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya mehmonxonalarning toifasi hamda kichik otellarning xonalar sonidan kelib chiqqan holda, 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi qurilgan (rekonstruksiya qilinmagan) mehmonxonalar va kichik otellar uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq davlat xizmatini ko‘rsatish davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatini ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlarni ko‘rib chiqishni kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) o‘zining rasmiy veb-saytida tarixiy obyektlar va turizm rivojlanmagan hududlarda mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A.O‘. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
919-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qaroriga
1-ILOVA

YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda quriladigan mehmonxonalar hamda respublikaning mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larida kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) ajratiladigan mablag‘lar doirasida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor — mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik otel — hududning turistik imkoniyatlaridan kelib chiqib, joylashtirish vositasining to‘laqonli ishlashi uchun sig‘imi 10 tadan 30 ta xonagacha bo‘lgan mehmonxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — investorlarga YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar va respublikaning mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larida kichik otellar qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan bir marta ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy obyektlar bufer zonasi — YUNESKOning Umumjahon merosi markazi tomonidan beriladigan xulosaga ko‘ra tarixiy obyektlarga tutash hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qurilgan mehmonxona (keyingi o‘rinlarda — mehmonxona) — tasdiqlangan loyiha asosida kapital bino va inshoot sifatida qurilgan yoki oxirgi o‘n yilda mehmonxona fondida mavjud bo‘lmagan holda qayta qurilgan yoxud qurilish jarayonida o‘zgartirilgan loyiha bo‘yicha joylashtirish vositasi sifatida yangi qurilib ishga tushirilgan ko‘chmas mulk obyekti, rekonstruksiya qilingan mehmonxona bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda quriladigan qavatlar sonidan qat’iy nazar mehmonxonalarning toifasi va mehmonxona mavjud bo‘lmagan 22 ta tuman (shahar)larda yangi qurilgan kichik otellarning xonalar sonidan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan mehmonxona va kichik otellarga Davlat budjeti hisobidan quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlardagi mehmonxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarori doirasida hamda Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 7-sentabrdagi 550-son qarori talablari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) respublikaning mehmonxona mavjud bo‘lmagan 22 ta tuman (shahar)laridagi kichik otellarning umumiy xonalari soni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 tadan kam bo‘lmagan holda, har bir xona uchun — 10 mln so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 tadan kam bo‘lmagan holda, har bir xona uchun — 15 mln so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 tadan kam bo‘lmagan holda, har bir xona uchun — 20 mln so‘m miqdorlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investor subsidiya olish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan bo‘lmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investor yoki uning vakili (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi uning nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya olish maqsadida taqdim etilgan arizadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligi uchun ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza to‘ldirilganidan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — qo‘mita) ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kunida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qo‘mita ariza beruvchining arizasini o‘rganish davrida quyidagi hujjatlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali real vaqt rejimida oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning ro‘yxatdan o‘tish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvarag‘i rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonaga (kichik otel) berilgan muvofiqlik sertifikati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qo‘mita o‘rganish natijalari bo‘yicha subsidiya berish yoki subsidiya berishni rad etish to‘g‘risida (rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchining (elektron tarzda murojaat etganda) YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Subsidiya berish to‘g‘risidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona (kichik otel) nomi, xonalar fondi, joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor (yuridik shaxs) nomi va STIR hamda tijorat bankidagi hisobvarag‘i ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Subsidiya berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmaganligi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor va mehmonxona (kichik otel) ushbu Nizomning 3 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya ajratilgan obyektga subsidiya olish uchun takroran murojaat qilinganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya berishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab ikki oy ichida qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, subsidiya olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab qo‘mita bir ish kunida subsidiya ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga investorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning hisob-kitobi ko‘rsatilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi hamda mablag‘lar qo‘mitaning tegishli g‘azna hisobvaraqlariga ajratilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng besh ish kunida qo‘mita ularni investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yil yakunida qo‘mitaning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari tegishli moliya yili yakuniga qadar Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Subsidiya berish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan investorlar ro‘yxati (reyestri) qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar miqdori va qo‘shimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar fondi to‘g‘risidagi ma’lumot har oy yakuni bo‘yicha yangilab boriladi hamda oylar va investorlar kesimida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Investor subsidiya olish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning to‘g‘riligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qo‘mita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning investorga yetkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mehmonxona (kichik otel) subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritishi, toifali mehmonxona bo‘lgan taqdirda, kamida besh yil ushbu toifani saqlab qolishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor besh yil mobaynida mehmonxona xizmatlarini tashkil qila olmagan taqdirda, ajratilgan subsidiyani faoliyat yuritgan davriga mutanosib ravishda chegirgan holda, qolgan mablag‘larni Davlat budjetiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilishi hamda subsidiyadan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda, qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablag‘larni investordan Davlat budjetiga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat xizmatlari markazlari va qo‘mita o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Investor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Investor

(ariza beruvchi)

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali subsidiya olish to‘g‘risida so‘rovnoma bilan murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Qo‘mita

So‘rovnomani ko‘rib chiqadi va subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda davlat xizmatlari markaziga yoki investorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

O‘n ish kunida

3-bosqich

Investor

(ariza beruvchi)

Subsidiya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olganda, qarorda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Qo‘mitaga takroran davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Ikki oy ichida

4-bosqich

Qo‘mita

1. Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta ko‘rib chiqadi.

Besh ish kunida

2. Subsidiya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish to‘g‘risida buyurtmanoma yuboradi.

Bir ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Buyurtmanomani ko‘rib chiqadi va mablag‘larni Qo‘mitaning tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Uch ish kunida

6-bosqich

Qo‘mita

Investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga mablag‘larni o‘tkazib beradi.

Besh ish kunida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasiga

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi)

_________________________________________________________________________________________

(manzil, telefon, faks, elektron pochta)

_____________________________________________________________ manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan

_________________________________________________________________________________________

(ro‘yxatdan o‘tish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)

_____________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, bino raqami)

mehmonxona (kichik otel) qurish va uni jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratishingizni so‘rayman.

Mehmonxona (kichik otel) xonalarining soni: ________________________________________________

Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: _____________________________________________

Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili): __________________________________________

STIR:___________________________________________________________________________________

Elektron pochta manzili: __________________________________________________________________

Bank hisobvarag‘i: ________________________________________________________________________

Ilova: ______ varaqda

________________________________________________

_______________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

20 _____ yil ______________

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)lar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Beruniy tumani

2.

Nukus tumani

3.

Xo‘jayli tumani

4.

Chimboy tumani

5.

Andijon viloyati

Xo‘jaobod tumani

6.

Asaka tumani

7.

Buxoro viloyati

Peshku tumani

8.

Qorovulbozor tumani

9.

Jizzax viloyati

G‘allaorol tumani

10.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabog‘ tumani

11.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

12.

Navbahor tumani

13.

Tomdi tumani

14.

Namangan viloyati

To‘raqo‘rg‘on tumani

15.

Yangi Namangan tumani

16.

Samarqand viloyati

Payariq tumani

17.

Nurobod tumani

18.

Sirdaryo viloyati

Yangiyer shahri

19.

Toshkent viloyati

Parkent tumani

20.

Farg‘ona viloyati

Uchko‘prik tumani

21.

Beshariq tumani

22.

Xorazm viloyati

Shovot tumani

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/24/919/0025-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)