27.07.2023 yildagi PQ-238-son
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Bunda, mazkur bandning “a” va “b” kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har yili 150 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ul ijrochilar

1.

Qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish:

mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish. Ushbu yo‘nalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha yetkazish, shuningdek, 2026-yil yakuniga qadar 11,6 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijiy davlatlardan — 2 million turistni jalb qilish;

turistik-ekskursion xizmatlar iste’moliga aholining keng qatlamlarini jalb qilish, ichki turizm harakatining ommaviyligini qayta tiklash, turizm xizmatlarini ishlab chiqishda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, hududlar o‘rtasida turistlar ichki oqimini kengaytirish, ularning sonini yiliga 20 milliondan oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023 — 2026-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Respublikaning turistik jozibadorligini xorijiy davlatlarga targ‘ib qilish maqsadida xorijiy va mahalliy axborot vositalari vakillari, turoperatorlar uchun infoturlar tashkil qilish.

Bunda, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan belgilanadigan tartib asosida OAV vakillari uchun infoturlar tashkil qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish.

2023-yil avgustdan boshlab,

doimiy

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimo�)

3.

Sohadagi tashkilot va muassasalarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

sohaga oid tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan tashabbuslarni qayta ko‘rib chiqish;

sohada tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlarni moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritish;

sohada davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida kamida 2 ta xorijiy davlat tajribasini o‘rganish va eng ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda joriy etish choralarini ko‘rish;

turizm obyektlari bo‘yicha turoperator va turagentlar faoliyatida o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotga a’zolik (ishtirok etish) asosida o‘zini o‘zi boshqarish tizimini joriy qilish;

turizm sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ishbilarmonlik (MICE) turizmi salohiyatini o‘rganish va ushbu turizm turini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. Bunda, xorijiy ekspert va olimlarni jalb qilish hamda ijobiy tajribalarni o‘rganishga qaratilgan xizmat safarlarini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil davomida

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev)

4.

Turizmning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolarni o‘rganib ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritib borish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

Doimiy

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida sayohat qiluvchi mahalliy sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkazish. Bunda, quyidagilar amalga oshiriladi:

respublika bo‘ylab mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan 228,3 ming nafar xodimlarni;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 yoshdan yuqori 50 ming nafar xotin-qizlarni;

turistlar oqimi kamaygan mavsumda respublika bo‘ylab 50 ming nafar o‘quvchi-talabalar va korxonalar xodimlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumaniga;

“Manguberdi vataniga sayoha�” nomli ichki turizm dasturi orqali Xorazm viloyatiga o‘quvchi, talaba va pensionerlarni;

“Oilaviy sayohat” turistik paketlarini joriy etgan holda ming nafar notinch va kam ta’minlangan oilalarni;

respublikadagi mavjud ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarga 3 million nafar sayyohlarni jalb etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Turizm sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, sohadagi korrupsion omillarni bartaraf etish va shaffoflikni ta’minlash, turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash jarayoni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashni to‘liq raqamlashtirilgan tizimini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil dekabr

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

7.

Respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy turistlarga O‘zbekistonda sotib olingan mahsulotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tizimini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024 — 2026-yillar davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

8.

Quyidagi chora-tadbirlarni alohida reja-grafik asosida amalga oshirish:

Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlariga loukosterlarning muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish;

Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlariga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun uchrashuvlar tashkil qilish;

Sa�arqand aeroportiga tranzit aviaqatnovlar sonini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023 — 2025-yillar davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“Uzbekistan airports” AJ (R. Jurayeva)

9.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shu jumladan, restoran va kafelarda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish, jahon standartlari talablari asosida ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga “Mishlen” yulduzini O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish vakolatini berish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-2024-yillarda

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

10.

Xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan parvozlar orqali xorijiy turistlar, shu jumladan, ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, yangi yo‘nalishlarni ochish va muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish choralarini ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“Uzbekistan airports” AJ (R. Jurayeva)

11.

Internet tarmog‘ida xorijiy tillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi ma’lumotlarni keskin ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

internet tarmog‘ida targ‘ibot materiallarini ko‘paytirganlarni rag‘batlantirish;

uzoq xorijiy mamlakatlardan respublikaga yetib kelish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish nazarda tutiladi.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“Uzbekistan airports” AJ (R. Jurayeva),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

12.

Turizm qo‘mitasining faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash. Bunda:

Qo‘mita zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni;

Qo‘mitaga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini;

Qo‘mita hamda uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

13.

35 gektar maydonda sun’iy ko‘l va 50 gektar maydonda akvapark qurish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlari, ommaviy-madaniy va konsert-tomosha, shuningdek, san’at va kinematografiya tadbirlarining yagona taqvimini ishlab chiqish:

yagona taqvimni shakllantirish tartibi va muddatlari;

yagona taqvimga kiritilgan tadbirlarni xalqaro, respublika va mahalliy darajalarga ajratgan holda shakllantirish;

tadbirlar haqida ma’lumotlarni davlat tilida va kamida ikkita xorijiy tilda vazirlikning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va targ‘ibot platformalariga joylashtirib borish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Har yil 30-noyabrgacha

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Yoshlar ishlari va sport vazirligi (A. Ikramov),

manfaatdor vazirlik

va idoralar

15.

Turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun Davlat budjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantiruvchi subsidiyalar berish tartibini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: rag‘batlantiruvchi subsidiya berish tartibini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

16.

Quyidagilarni:

turagentlarning elektron to‘lovlar, bron qi�ish xizmatlarini ko‘rsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega bo‘lishi;

turoperatorlarning elektron to‘lovlar xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi talablarini bekor qilish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

17.

Quyidagi xizmatlarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish ishlarini yakuniga yetkazish:

oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish;

gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikati va identifikatsiya kartasini berish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil oktyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘�garishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

18.

Toifasi (yulduz) bo‘lmagan joylashtirish vositalari uch va undan yuqori toifa (yulduz) olganda, joylashtirish vositalarining muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlarni Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

19.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “To‘siqsiz turizm” dasturini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev)

21.

Mehmonxonalar sonini va ularda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tartiblarni belgilash:

investorlarning yangi mehmonxonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;

dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tashkilotlar uchun royaltini franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Qudbiyev)

22.

Turizm yo‘nalishida xalqaro talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Bunda, xalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini “franshiza” asosida jalb qilish, ta’lim dasturlaridagi o‘quv jarayonini “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil fevral

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmanov)

23.

Qo‘mita markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi mexanizmlarini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining buyrug‘i.

2023-yil avgust

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

24.

Qo‘mitaga zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yuksak professional vazifalarni samarali bajarishga qod�r bo‘lgan mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil avgust-sentyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov)

25.

Qo‘mita tarkibiga k?ruvchi obyektlarni xatlovdan o‘tkazish.

Qo‘mita markaziy apparati hamda o‘z binolari mavjud bo‘lgan tizim va hududiy organlarning ma’muriy binolariga quyosh fotoelektr stansiya (panel)larini o‘rnatish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Sobiq Turizm va madaniy meros vazirligiga tegishli mol-mulk, shu jumladan, bino va inshootlar, avtotransport vositalari, mebel va jihozlar hamda axborot-dasturiy mahsulotlarini Qo‘mitaga o‘tkazish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

27.

Jizzax shahri Hamid Olimjon bog‘i hududida joylashgan sobiq “Vatan” kinoteatri binosida zamonaviy talablarga mos keladigan “Ekologiya va tabiat muzeyi”ni hamda unga tutash hududdagi cherkov binosida “Tabiat va san’at” muloqot markazi faoliyatini tashkil qilish uchun “Vatan” kinoteatri binosini tutash hududi bilan birgalikda hamda cherkov binosini Ekologiya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkazib berish.

Amalga oshirish shakli: qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov)

28.

Turizm yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi davlat oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarining turizm, servis, mehmonxona xo‘jaligi va gid (gid-tarjimon) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglar uchun o‘rta va qisqa muddatli o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish.

Amalga oshirish shakli: o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmanov)

29.

Turistlarni mamlakat tarixi bilan tanishtirish va ekskursiyalarni tashkil qilish maqsadida madaniy meros obyektlari va davlat muzeylarida davlat tili va chet till�rida ma’lumotlar beruvchi audiogidlardan foydalanishni kengaytirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali:

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) binosining qurilish va kapital ta’mirlash ishlarini;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi binosi hududida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Situatsion Markazi va “Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishi milliy markazi” davlat muassasasi uchun bino va inshoot qurish ishlarini;

Sanitar tozalash tashkil etish respublika markazi va Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘cha, 72-uyda joylashgan binoning 1-qavatida kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Qurilish va kapital ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini qisqa muddatda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

�malga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov)

31.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon dahasi, Chimkent yo‘li ko‘chasi 18-uyda joylashgan Toshkent tumani, O‘rmon xo‘jali ilmiy-tadqiqot instituti, Darxon ilmiy-tajriba xo‘jaligiga tegishli o‘rmon fondi yerlarini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkazib berish.

Ushbu hududda pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali yashil jamoat parkini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil aprel

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“O‘rmonqurilish” davlat muassasasi

32.

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusini, qurish, kapital ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish. Bunda:

obyektda bajarilgan qurilish ishlari 2022 moliya yili yakuniga ko‘ra qoldiq qiymatlarini joriy narxlarda qayta hisoblash, qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 740-son qarori talablariga muvofiq tegishli hujjat loyihalari ishlab chiqiladi;

qoldiq qiymatlarini joriy narxlarda qayta hisoblash, qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni to‘liq inobatga olgunga qadar buyurtmachining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra zarur mablag‘lar ajratiladi.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil yanvar

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov),

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

33.

Joylashtirish vositalarida tash�if buyuruvchilarning istagiga ko‘ra xizmatlarni taqdim qilish tizimini takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil oktyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Loyiha ixtisoslashuvi

Loyiha qiymati (mln AQSh dollari)

Ish o‘rni soni

Jami:

630,1

7121

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

Etnoturizm majmuasi.

5

6

2.

Mehmonxona majmuasi.

1

8

3.

Mo‘ynoq tumani

Mehmonxona majmuasi.

1

20

4.

Ellikqal’a tumani

Ekoturizm majmuasi.

Aqchako‘l bo‘yida mehmonxona, restoran, fitnes klub va suvda dam olish xizmatlari tashkil etish.

1

15

5.

Andijon viloyati

Xonobod shahri

Ko‘ngilochar maskan.

Sun’iy ko‘l yaratib, mehmonxona va suvda dam olish xizmatlari tashkil etish.

69,1

950

6.

Andijon shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

1,9

25

7.

Oltinko‘l tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

2,5

30

8.

Buxoro Viloyati

Buxoro shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

14

50

9.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

2

50

10.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

12

50

11.

Peshku tumani

Etnoturizm majmuasi.

Afshona qishlog‘ida etnoturizm shaharchasini tashkil etish.

1

70

12.

Jizzax viloyati

Baxmal tumani

Ekoturizm va ko‘ngilochar maskan.

Tog‘ hududida dor yo‘li, mehmonxona, amfiteatr, tennis korti hamda restoran tashkil etish.

3

150

13.

Zomin tumani

Mehmonxona majmuasi.

Tog‘ hududida mehmonxona tashkil etish.

11

55

14.

Qashqadaryo viloyati

Kitob tumani

Dor yo‘li va mehmonxona.

Kempinglar, attraksionlar, basseyn, favvoralar va restoranlar tashkil etish.

15

700

15.

Shahrisabz tumani

Turizm majmuasi.

Zamonaviy akvapark, kemping, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasini tashkil etish.

2

100

16.

Qarshi shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona tashkil etish.

2,3

20

17.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona tashkil etish.

1

35

18.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va ochiq osmon tagida restoran tashkil etish.

1,1

24

19.

Mehmonxona va ekobog‘ tashkil etish.

1,3

50

20.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona tashkil etish.

1

100

21.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

Zamonaviy turizm majmuasi.

“To‘dako‘l” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish hamda suvda dam olish va sohil bo‘yi (plyaj) turizmini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.

30

1200

22.

Karmana tumani

Yo‘lbo‘yi infratuzilmasi.

Zamonaviy “Karvonsaroy majmuasi”ni tashkil etish.

5

50

23.

Namangan viloyati

Yangiqo‘rg‘on tumani

Ekoturizm majmuasi.

Ekoturizm majmuasida joylashtirish vositalari, suzish havzasi, gastronomik turizm va etnoturizm xizmatlarini tashkil etish.

14,1

30

24.

Pop tumani

Ko‘ngilochar maskan.

Dor yo‘li va mehmonxona tashkil etish.

6,5

70

25.

Samarqand viloyati

Samarqand tumani

Ekoturizm loyihasi.

Tog‘ va ekoturizm kompleksini tashkil etish.

10

60

26.

Mehmonxona majmuasi.

4 yulduzli mehmonxona va restoran tashkil etish.

12

40

27.

Mehmonxona majmuasi.

4 yulduzli mehmonxona, restoran, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish.

30

150

28.

Tibbiyot turizmi majmuasi.

Zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi va mehmonxona tashkil etish.

18

200

29.

Nurobod tumanida

Ekoturizm loyihasi.

Osma dor yo‘li va ekoturizm dam olish �askani tashkil etish.

11,5

30

30.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Tibbiyot turizmi majmuasi.

Mehmonxona, tibbiy diagnostika markazi, zamonaviy savdo majmuasini tashkil etish.

8,3

30

31.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran va bouling tashkil etish.

1,2

25

32.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va restoran tashkil etish.

1,2

20

33.

Surxondaryo viloyati

Boysun tumani

Turistik majmua.

Tog‘ hududida turistik majmua, hunarmandchilik markazi, mehmonxona, amfiteatr, restoran, o‘tov uylari, sport zali, suzish havzasini tashkil etish.

5,8

50

34.

Turistik majmua.

Mehmonxona va o‘tov uylarini tashkil etish.

1

20

35.

Turistik majmua.

Tog‘ hududida turistik majmua, mehmonxona, amfiteatr, restoran, o‘tov uylarini tashkil etish.

18

100

36.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va restoran tashkil etish.

1,5

30

37.

Termiz shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va restoran tashkil etish.

1,2

20

38.

Dam olish maskani.

Eski shahar, amfiteatr va istirohat bog‘i tashkil etish.

1,5

50

39.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, kongress xoll va ko‘ngilochar maskan tashkil etish.

50

100

40.

Toshkent viloyati

Angren shahri

Mehmonxona, osma dor yo‘li va dam olish maskani.

Mehmonxona, osma dor yo‘li, qishki chang‘i uchish yo‘lagi, restoran tashkil etish.

70

50

41.

Bo‘stonliq tumani

Bolalar intellektual sport-sog‘lomlashtirish va dam olish maskani.

Ko‘ngilochar maydon, yozgi amfiteatr, mini futbol maydoni, tennis korti, bolalar maydonchasi, basseyn, kottejlar, mehmonxona binosi, restoran, avtoturargohlarni tashkil etish.

10

85

42.

Bo‘stonliq tumani

Mehmonxona va dam olish maskani.

Mehmonxona binosi, kottejlar, amfiteatr, basseyn, futbol va basketbol maydonchalari, avtoturargoh tashkil etish.

6,8

75

43.

Bo‘stonliq tumani

Dam olish maskani.

Ziplayn, biatlon, vorkaut, mini futbol va badminton maydonlari, shaxmat xonalari, kutubxona, kinoteatr, amfiteatr tashkil etish.

5

80

44.

Bo‘stonliq tumani

Dam olish maskani.

Restoran, avtoturargoh, etnoqishloq, kottej, bolalar maydonchasi, mehmonxona, fitnes zal, spa markazi, amfiteatr, futbol maydonchasi, tennis korti, bouling o‘yingohini tashkil etish.

15

150

45.

Bo‘stonliq tumani

Mehmonxona va dam olish maskani.

Basseyn, restoran, mehmonxona, eko-bog‘, avtoturargoh tashkil etish.

11,4

100

46.

Bo‘stonliq tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

9

70

47.

Bo‘stonliq tumani

Sog‘lomlashtirish oromgohi.

Mini futbol maydonchasi, mehmonxona, kottej, basseyn, avtoturargoh, restoran tashkil etish.

8

50

48.

Bo‘st�nliq tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, basseyn, kottej, eko-bog‘, avtoturargoh tashkil etish.

15

300

49.

Bo‘stonliq tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, basseyn, kottej, eko-bog‘, avtoturargoh tashkil etish.

10

100

50.

Farg‘ona viloyati

Qo‘qon shahri

Milliy hunarmandchilik va turizm markazi.

Hunarmandlar uyi, zamonaviy mehmonxona, gipermarket, restoran tashkil etish.

21,5

300

51.

Rishton tumani

Hunarmandchilik kompleksi.

Hunarmandlar markazi, suzish havzasi, restoran, konferensiya zali, o‘yin maydoni hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish.

5,2

200

52.

Farg‘ona shahri

Ko‘ngilochar maskan.

Tematik bog‘, mehmonxona va restoranlar majmuasini tashkil etish.

15

100

53.

Xorazm viloyati

Bog‘ot tumani

Ekoturizm majmuasi.

Cho‘l hududida mehmonxonalar, restoranlar, basseyn, ekoturizm kompleksi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ekstremal turizm attraksionlari, o‘tov uylari, amfiteatr, baliqchilik ko‘llari, hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etish.

10

500

54.

Xiva tumani

Ekoturizm maskani.

Qorako‘l hududida o‘tov uylari ekoturizm kompleksi, baliqchilik ko‘llari, yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish.

1,2

20

55.

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

16

75

56.

Mirobod tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

10

30

57.

Uchtepa tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

11

33

58.

Chilonzor tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

5

20