06.01.2025 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali bolalarga ta’lim va tarbiya berish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining (natura ko‘rinishida) hisobini “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat MTTlari) tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik huzurida davlat muassasasi shaklida Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlantirishni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing asosida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda davlat xaridlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini hamda investitsiya majburiyatlariga rioya etilishini monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazning cheklangan boshqaruv shtat birliklari soni 36 tani tashkil qiladi hamda Vazirlik tizimining umumiy shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz xodimlariga Vazirlik xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining lavozim maoshi Vazirlik departamenti direktori lavozim maoshiga, direktor o‘rinbosarining lavozim maoshi Vazirlik boshqarma boshlig‘i lavozim maoshiga, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarining lavozim maoshi Vazirlik bo‘lim boshlig‘i lavozim maoshiga, boshqa mutaxassis xodimlarning lavozim maoshi Vazirlikning tegishli darajadagi mutaxassislari lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Markazga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining 1 foizi yo‘naltiriladi hamda ushbu mablag‘lar sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xodimlarni rag‘batlantirish, malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun oshxona jihozlarini xarid qilishga sarflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik ikki hafta muddatda Markaz to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlab, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda maxsus axborot portali orqali davlat xaridlari elektron tizimlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari nomidan davlat xaridlari jarayonini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida reja-jadvallarni joylashtirish, xarid hujjatlarini elektron shaklda ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash hamda e’lon joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridlari jarayonlari yakunlariga ko‘ra tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari va g‘olib bo‘lgan autsorserlar bilan imzolangan elektron shartnomalarni tuman (shahar) g‘aznachilik xizmati bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan davlat xaridlari jarayonini amalga oshirish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga kelgusi davr uchun autsorserlarni belgilashda mablag‘lar budjetdan rejalashtirilmagan taqdirda, mazkur xaridlar bo‘yicha e’lonlarni joylashtirish imkoniyatlarini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat MTTlari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-iyulga qadar Vazirlik hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat MTTlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida oziq-ovqat xarajatlarining (natura ko‘rinishida) hisobi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimiga Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali avtomatik tarzda yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat MTTlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajati hududlar kesimida quyidagi tartibda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlari bo‘yicha tegishli oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha bozor narxlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Vazirlikka har yili 1-sentabrga qadar taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha bozor narxlari hamda “Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari me’yorlaridan kelib chiqib, Vazirlik tomonidan har bir hudud bo‘yicha bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish narxi shakllantiriladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi moliya yili uchun oziq-ovqat xarajatlari uchun mablag‘larni rejalashtirishda, bir tarbiyalanuvchi uchun tasdiqlangan kunlik ovqatlantirish narxiga iste’mol narxlari indeksi koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) barcha davlat MTTlari ovqatlantirishni tashkil etish usulidan qat’i nazar, bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish narxiga majburiy tartibda rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda moliya yili davomida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari alohida holatlarda oshganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining narxlar oshganligining aniq sabablari ko‘rsatilgan takliflariga ko‘ra davlat MTTlarining bir nafar tarbiyalanuvchisini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxi Vazirlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) autsorser tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat bo‘yicha taklif va shikoyatlar jamoatchilik nazorati hamda ota-onalar tomonidan Markazning “QR-Feedback” axborot tizimi orqali kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 18-dekabrdagi 848-son qarorining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “2 foiz” so‘zlari “1 foiz” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-martga qadar budjet xarajatlarini rejalashtirish uchun 2025 moliya yilida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini hududlar kesimida belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-iyulga qadar sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishini va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda respublika hududlari bo‘yicha tegishli oziq-ovqat mahsulotlarining 2025-yil uchun o‘rtacha bozor narxlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Vazirlikka 2025-yil 1-aprelga qadar taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi uchun talab etiladigan mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 6-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat MTTlari) autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish belgilangan tartibda tasdiqlangan “Yagona mavsumiy taomnoma”, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser — xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing — Vazirlik tizimidagi davlat MTTlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini autsorserga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachisi — tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi — davlat MTTlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatish istagini bildirib, xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini amalga oshirish uchun talabgor sifatida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring guruhi — autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning “Yagona mavsumiy taomnoma”ga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi hamda kiritilgan investitsiya majburiyatlariga rioya etilishini o‘rganib chiquvchi guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlantirishning an’anaviy usuli — davlat MTTlariga oshxona uchun zarur shtat birliklari ajratilgan va oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotchilar tomonidan yetkazib beriladigan holda tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustama haq — autsorserning daromadini va barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish kabi) o‘z ichiga oladigan har bir mavsum uchun belgilanadigan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxiga nisbatan 30 (o‘ttiz) foizdan oshmaydigan ustama haq miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona mavsumiy taomnoma” (bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari uchun) — davlat MTTlarida tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarni o‘z ichiga olgan hamda to‘rt fasl uchun respublika miqyosida qo‘llaniladigan Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan taomnomalar to‘plami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizom talablari davlat MTTlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat MTTlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni to‘laqonli sog‘lom ovqatlantirish, ularning sog‘ligini mustahkamlash va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli taomlar tayyorlash orqali tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida sog‘lom ovqatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini inobatga olgan holda, ularning ratsional ovqatlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tarbiyalanuvchilarning sog‘lom o‘sishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zarur moddalar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi hamda sifatini kafolatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilar orasida ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlarni tayyorlashda va oziq-ovqat xom ashyosini saqlashda, tashishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) davomati qayd etilgan tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib tegishli ish kuni uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida ovqatlantirishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarining ro‘yxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat buyurtmachilari autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari ro‘yxatini shakllantirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) har yili 10-iyunga qadar taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu ro‘yxatda har bir davlat MTTlarining quvvati, tarbiyalanuvchilar soni, oshxonasining holati (ta’mirtalabligi, sanitariya-gigiyena va jihozlarining holati, boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududiy boshqarmalar davlat buyurtmachilari tomonidan taqdim etilgan autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari ro‘yxatini o‘rganib chiqqan holda umumlashtirib, har yili 20-iyunga qadar Vazirlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan davlat MTTlari ro‘yxati asosida kelgusi moliya yilida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari sonini hududlar kesimida har yili 15-iyulga qadar belgilaydi va kelgusi moliya yilida zarur mablag‘larni rejalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarining belgilangan soni, ro‘yxati va tegishli ma’lumotlarni har yili 5-avgustga qadar Vazirlik huzuridagi “Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi” davlat muassasasiga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Yagona mavsumiy taomnoma”ni ishlab chiqish va narxlarni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Yagona mavsumiy taomnoma” tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarni o‘z ichiga olgan holda, to‘rt fasl uchun respublika miqyosida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona mavsumiy taomnoma” Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan har yili 1-iyulga qadar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 20-avgustga qadar “Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining har biri bo‘yicha joriy yil to‘rt mavsum uchun o‘rtacha haqiqiy bozor narxlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) Vazirlikka tasdiqlangan holda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlik “Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining me’yorlari va taqdim etilgan narxlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxini har bir mavsum bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarning me’yorlari va taqdim etilgan narxlari asosida har bir mavsum uchun belgilanadigan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxlarini belgilashda, tegishli mavsum uchun tuzilgan har bir “Yagona mavsumiy taomnoma”ning o‘rtacha narxlari olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlik tomonidan kiritilgan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxini kelgusi moliya yili uchun iste’mol narxlari indeksining eng yuqori koeffitsiyentidan kam bo‘lmagan miqdorga oshirgan holda, kelgusi moliya yili uchun narxni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Moliya yili davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari alohida holatlarda oshganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining narxlar oshganligining aniq sabablari ko‘rsatilgan takliflariga ko‘ra davlat MTTlarining bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxi Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori va ushbu Nizom talablari asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlovni (tenderni) tashkil etish uchun Xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kelgusi moliya yili uchun davlat MTTlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha xarid jarayonlari joriy moliya yilining 25-dekabriga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, zaruratga ko‘ra, joriy yil uchun davlat MTTlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha xarid jarayonlari joriy moliya yili davomida ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha xarid hujjatlari, shu jumladan, baholash mezonlari hamda davlat xaridlari bilan bog‘liq boshqa hujjatlar Markaz tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha davlat xaridlari bir yoki bir nechta davlat buyurtmachilari (tuman, shahar), shuningdek, bir yoki bir nechta davlat MTTlari kesimida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishtirokchining sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun xizmat ko‘rsatish ustama haqi miqdori bo‘yicha taklifi davlat xaridi narxi sifatida qabul qilinadi hamda uning miqdori 30 (o‘ttiz) foizdan ko‘p va 15 (o‘n besh) foizdan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ishtirokchiga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun ariza berilgan kundan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, to‘lovlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmagan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun texnik topshiriq va tanlov (tender) hujjatlari talablariga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarga (muhandis-texnolog, diyetolog, oshpazlar) ega bo‘lishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xarid komissiyasi tomonidan xarid qilish tartib-taomili natijalariga ko‘ra g‘olib sifatida belgilangan ishtirokchi bilan davlat buyurtmachisi o‘rtasida keyingi moliya yili uchun elektron shartnoma imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda moliya yilidan keyingi yilga o‘tuvchi shartnomalarda shartnoma muddati 12 (o‘n ikki) oy etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xarid komissiyasi qarori bilan xarid qilish hujjatlarida va taklifda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq autsorserning taklifidan keyingi eng maqbul taklifni taqdim etgan ishtirokchi sifatida e’tirof etilgan zaxiradagi g‘olib aniqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni yakunlanmagan yoki tanlov (tender) o‘tkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, shuningdek, autsorser bilan shartnoma bekor qilinganda, ushbu davlat MTTlarida autsorser aniqlangunga qadar belgilangan tartibda ovqatlantirish an’anaviy usulida tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oshxona xodimlari bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq muddatli (autsorser aniqlangunga qadar) mehnat shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sog‘lom ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat MTTlarining autsorser bilan tuziladigan shartnoma umumiy miqdori (12 oyga) quyidagicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shm = RT * (Os(qish) * Nm(qish) + Os(bahor) * Nm(bahor) +
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
+ Os(yoz) * Nm(yoz) + Os(kuz) * Nm(kuz)) * Um * 5 * 4,2
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shm — sog‘lom ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat MTTning autsorser bilan tuziladigan shartnoma umumiy miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RT — sog‘lom ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat MTTlarining ro‘yxatdagi tarbiyalanuvchilar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Os — tegishli mavsum bo‘yicha (qish, bahor, yoz, kuz) oylar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nm — tegishli mavsum bo‘yicha (qish, bahor, yoz, kuz) bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Um — autsorser uchun belgilangan ustama haq miqdori, koeffitsiyent hisobida olinadi (misol uchun, ustama haq miqdori 30 foizni tashkil qilsa, formulada 1,30 koeffitsiyent etib qo‘llaniladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda moliya yilidan keyingi yilga o‘tuvchi shartnomalarda tegishli yilning ko‘rsatkichlari inobatga olingan holda, kelgusi yil uchun qo‘shimcha kelishuv tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaning umumiy summasi davlat MTTlarining joriy va kelgusi moliya yili uchun shakllantiriladigan budjet va budjetdan tashqari (ota-onalar to‘lovlari hisobidan shakllantiriladigan) mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida to‘liq rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar shartnoma belgilangan tartibda imzolangan kundan keyingi 3 (uch) ish kuni ichida davlat buyurtmachisining markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat MTTlarida yilning mavsumidan kelib chiqib, “Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan taomlar tanlanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) autsorser tomonidan “Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan kunlik taomlar kamida ikki ish kunidan oldin axborot tizimi orqali tanlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tegishli ish kunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nonushta tayyorlash uchun tarbiyalanuvchilar soni axborot tizimi ro‘yxatida bir kun oldingi belgilangan tarbiyalanuvchilar soni doirasida autsorser tomonidan rejalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soat 07.00 dan 09.00 ga qadar axborot tizimida qayd etilgan tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib, davlat MTTlarida tushlik va ikkinchi tushlik tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) autsorser tomonidan tegishli ish kunida davlat MTTlari tarbiyalanuvchilari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida axborot tizimi orqali tayyorlanadigan taomlar belgilanmagan taqdirda, axborot tizimi tomonidan navbatdagi kunlik taomlar avtomatik ravishda tanlanadi va autsorser tomonidan ushbu taomlar tayyorlanishi majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlat MTTlari direktori autsorser tomonidan “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tanlangan kunlik taomlar to‘g‘risidagi ma’lumotni axborot tizimi orqali nazorat qiladi va bu haqidagi ma’lumotlarni Brakeraj komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “Yagona mavsumiy taomnoma”da tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Autsorser tomonidan olib kelinayotgan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyorlab berilayotgan tayyor taomlar sifati, vazni, tarkibining “Yagona mavsumiy taomnoma”ga muvofiqligi davlat MTTlari xodimlari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan tashkil topgan davlat MTTlarining Brakeraj komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat MTTlari direktorining Brakeraj komissiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yil uchun alohida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat MTTlari tibbiyot xodimi Brakeraj komissiyasining raisi bo‘lib, uning tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, davlat MTTlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar vakillari a’zo sifatida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Brakeraj komissiyasi har ish kuni autsorser tomonidan yetkazib berilgan tayyor taomlar sifatini o‘rganib chiqadi hamda nazorat yakunlari bo‘yicha ma’lumotlarni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladigan “Tayyor taomlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha brakeraj daftari”da har kuni qayd etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ta’mi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda to‘ldirilib, har kuni davlat MTTlari tibbiyot xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Brakeraj komissiyasi a’zolari tomonidan brakeraj daftari yuritilishining doimiy monitoringi olib boriladi. Brakeraj daftarining birinchi sahifasida Brakeraj komissiyasini tasdiqlash haqidagi buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi, daftar raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, davlat MTTlari direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish holatini o‘rganish hamda kunlik sinamalar olish davlat MTTlari tibbiyot xodimi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat MTTlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash maqsadida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi davlat MTTlariga keltirilgan xom oziq-ovqat mahsulotlari sifati haqidagi ma’lumotlar va 4-ilovaga muvofiq shakldagi tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari axborot tizimida davlat MTTlari tibbiyot xodimi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish umumiy tipda yoki guruh xonalarida tashkil etilganda, tayyor taomlar “Yagona mavsumiy taomnoma”da belgilangan miqdorlarda va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos ravishda bo‘lishini ta’minlashga davlat MTTlari direktori mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Jamoatchilik nazorati va ota-onalar tomonidan autsorserning ko‘rsatilayotgan xizmati yuzasidan taklif va shikoyatlar “QR-Feedback” axborot tizimiga kiritib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Autsorser tomonidan shartnoma umumiy summasining kamida 3 (uch) foizidan kam bo‘lmagan miqdorda u xizmat ko‘rsatayotgan davlat MTTlariga investitsiya kiritilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda investitsiya shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 6 (olti) oy muddat ichida to‘liq hajmda kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya mablag‘lari davlat MTTlarining, birinchi navbatda, davlat MTTlari oshxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’mirlash va boshqa ishlariga, keyinchalik davlat MTTlarining boshqa zarur muammolarini hal qilish uchun sarflanadi hamda ushbu tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda davlat MTTlari balansiga kirim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Autsorserga davlat MTTlarining ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun “nol” stavkada to‘lov belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oshxona va oshxona jihozlarini ta’mirlash, o‘z xodimlari ish haqi, ularning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, malaka oshirishi, oshpazlar kiyimi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantiruvchi va yuvish vositalari bilan ta’minlash ishlari autsorser tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat MTTlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish faoliyatini yurituvchi oshpazlarining malakasini oshirish jarayoni Vazirlik tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va dasturi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Autsorser tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tarbiyalanuvchilarning haqiqatda davlat MTTlariga kelgan kunlari sonidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmachisi tomonidan autsorserga autsorsing xizmatlari bo‘yicha “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish uchun belgilangan narx va unga nisbatan olingan ustama haq miqdori to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Autsorser har o‘n kunda davlat MTTlari direktori tomonidan tasdiqlangan taomnoma nusxalari, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisobvaraq-faktura hujjatlari hamda buyurtmani tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmachisi yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar asosida autsorserga ko‘rsatgan xizmatlari uchun tegishli mablag‘larni xizmat ko‘rsatilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, ota-onalar to‘lovdan tushgan tushumlar, homiylik mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etilgan davlat MTTlarida oshpaz, oshxona ishchilari shtat birliklari nazarda tutilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Autsorser tomonidan shartnoma va investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganda, o‘z faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirilganda, davlat buyurtmachisi hamda autsorser bilan tuzilgan shartnoma xarid komissiyasi qaroriga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser tomonidan taklif etilgan ustama haq miqdori o‘zgartirishsiz qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser bilan shartnomani ikki yildan ortiq uzaytirish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Davlat MTTlari xodimlarining ushbu davlat MTTlarida ovqatlanish autsorser bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Autsorser va davlat buyurtmachisining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat MTTlarida har kunlik haqiqatda bo‘lgan tarbiyalanuvchilar soniga qarab ularni ovqatlantirish uchun ehtiyojdan oshmagan holda foydalaniladigan kommunal xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlar davlat MTTlariga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat MTTlari oshxonasining ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari, mebelidan shartnoma amal qilish davrida tekin foydalanish va ularning ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat MTTlariga ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lovni o‘z vaqtida olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat MTTlarida haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha tomonlar o‘rtasida imzolanib, tasdiqlangan dalolatnoma asosida to‘lovni amalga oshirish yuzasidan murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorser qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Autsorserga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va foydalaniladigan jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish xizmatini davlat MTTlari oshxonasining o‘zida to‘liq va sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlarni amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda ovqat tayyorlash texnologiyasiga to‘liq amal qilgan holda tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha soha mutaxassislari (muhandis-texnolog, diyetolog, oshpazlar) bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona mavsumiy taomnoma” bo‘yicha tayyor taomlarning vazni, tarkibidagi mahsulotlar miqdori to‘g‘ri bo‘lishini hamda texnologik kartalarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik jihozlar va asbob-uskunalarini muntazam ravishda joriy ta’mirlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring guruhi, hududiy boshqarma hamda davlat buyurtmachisi tomonidan o‘tkaziladigan monitoring jarayonlariga to‘sqinlik qilmaslik va so‘ralgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma umumiy summasining kamida 3 (uch) foizi miqdorida xizmat ko‘rsatayotgan davlat MTTlariga investitsiya kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshpazlarni belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda ishga qabul qilishni va o‘z mablag‘lari hisobidan ularning har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorserga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Davlat buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing usulida ovqatlantirish uchun qo‘yilgan talablar bajarilishini hamda tayyor taomlar sifatining “Yagona mavsumiy taomnoma”ga muvofiqligini monitoring qilishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, ularda foydalaniladigan texnologik sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlarining sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya etilishini tasdiqlangan rejaga asosan nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmachisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Davlat buyurtmachisiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserning xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq kommunal xizmatlari xarajatlarini belgilangan normalar asosida davlat MTTlariga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserga texnologik jihozlar, oshxona va omborxonalar, asbob-uskunalar, idish-tovoqlar va mebellardan ijara shartnomasi asosida vaqtincha foydalanish uchun nol stavkada topshirish va ularning ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda to‘lovni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmachisiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Monitoring guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Autsorserning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan Vazirlik tomonidan Monitoring guruhi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring guruhi tarkibi Vazirlik, Markaz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari, O‘zbekiston Autsorsing xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar uyushmasi, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillaridan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring guruhi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan monitoring yuritish reja-jadvaliga muvofiq g‘olib deb topilgan autsorser majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Monitoring guruhi autsorser “Yagona mavsumiy taomnoma” hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida faoliyat yuritayotgani, tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, taom tayyorlashda texnologik kartalardan foydalanayotgani, kiritilgan investitsiya miqdori va narxi, texnologik jihozlar va asbob-uskunalarini muntazam ravishda joriy ta’mirlab borilishi yuzasidan monitoring o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Monitoring guruhi monitoring o‘tkazish jarayonida autsorser tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda Markazga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Markaz Monitoring guruhi tomonidan taqdim etilgan dalolatnomadagi kamchiliklarni o‘rganib chiqqan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida autsorserga ogohlantirish beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ogohlantirishda belgilangan muddat davomida autsorser tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, xarid komissiyasi autsorser bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va davlat buyurtmachisiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorser bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda zaxiradagi g‘olib autsorser tomonidan taklif etilgan ustama haq miqdorida shartnoma tuzishi yoki shartnoma tuzishni rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha monitoring 5-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Davlat buyurtmachisi monitoring natijalari yuzasidan autsorser shartnomadagi majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida hududiy boshqarmalarga mazkur holatlar bo‘yicha ma’lumot kiritadi, hududiy boshqarmalar kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Vazirlik hamda Markazga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Monitoring guruhi “QR-Feedback” axborot tizimiga jamoatchilik nazorati va ota-onalardan kelib tushgan shikoyat va takliflarni muvofiqlashtirib boradi hamda o‘rganish natijasi to‘g‘risida Markazga doimiy ravishda ma’lumot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tavsiya etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga taqdim etadi.

Ro‘yxatda har bir tashkilotning quvvati, tarbiyalanuvchilar soni, oshxonasining holati (ta’mirtalabligi, sanitariya-gigiyena va jihozlarining holati hamda boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Har yili 10-iyunga qadar

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari ro‘yxatini va tegishli ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan holda umumlashtirib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 20-iyunga qadar

3-bosqich

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi qo‘mitasi

Tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarni o‘z ichiga olgan holda, to‘rt fasl uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” hamda texnologik kartasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-iyulga qadar

4-bosqich

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan davlat MTTlari ro‘yxati asosida kelgusi moliya yilida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari sonini hududlar kesimida belgilaydi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 15-iyulga qadar

5-bosqich

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarining belgilangan soni, ro‘yxati va tegishli ma’lumotlarni Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markaziga taqdim etadi.

Har yili 5-avgustga qadar

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining har biri bo‘yicha joriy yil to‘rt mavsumi uchun o‘rtacha bozor narxlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tasdiqlangan holda taqdim etadi.

Har yili 20-avgustga qadar

7-bosqich

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

“Yagona mavsumiy taomnoma”da ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining me’yorlari va taqdim etilgan narxlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxini har bir mavsum bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

Har yili 15-sentabrga qadar

8-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan kiritilgan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxini kelgusi moliya yili uchun iste’mol narxlari indeksining eng yuqori koeffitsiyentidan kam bo‘lmagan miqdorga oshirgan holda, kelgusi moliya yili uchun bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sog‘lom ovqatlantirish narxini belgilaydi.

Har yili 1-oktabrga qadar

9-bosqich

Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etgan holda, davlat xaridlarini amalga oshiradi.

Har yili 15-dekabrga qadar

(zaruratga ko‘ra yil davomida)

10-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

G‘olib autsorserlar aniqlangan bayonnomalariga muvofiq belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.

Har yili 25-dekabrga qadar

(zaruratga ko‘ra yil davomida)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyor taomlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha brakeraj daftari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tayyor ovqatning nomlanishi

Baholanishi

Sinama olingan vaqti

Tibbiyot xodimining ruxsati

Imzo

taomnomaning bajarilishi

sifati

ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinganligi

20___ yil ____ ___________

Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

Kechki ovqat

20___ yil ____ __________

Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

Kechki ovqat

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga keltirilgan xom oziq-ovqat mahsulotlari sifati haqidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’LUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Autsorser

(tashkilot nomi)

Mahsulot keltirilgan sana

Mahsulot nomi

Miqdori

(kg, litr, dona)

Baholash

Brakeraj komissiyasi ruxsati

Brakeraj komissiyasi a’zosi imzosi

mahsulot sifatini organoleptik usulda baholash

sifatsizlik alomatlarini izohlash

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifati tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish bo‘yicha daftar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Autsorser

(tashkilot nomi)

Mahsulotning kelgan vaqti va sanasi

Sifati tez ayniydigan mahsulotlar va ularning miqdori

(kg, litr, dona)

Sifati haqida ma’lumot

Foydalanish muddatining oxirgi sanasi va vaqti

Imzo

1.

2.

3.

4.

5.

...

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha monitoring yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Monitorning yuritish yuzasidan reja-jadvalni tasdiqlaydi hamda hududiy boshqarmalar va davlat buyurtmachilariga taqdim etadi.

Har chorakda

2-bosqich

Monitoring guruhi

G‘olib deb topilgan autsorserning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan har chorakda monitoring yuritadi.

Har chorakda

3-bosqich

Monitoring guruhi

Autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning “Yagona mavsumiy taomnoma”ga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini hamda kiritilgan investitsiya majburiyatlari ijrosini o‘rganadi.

Kamchiliklar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi va Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markaziga ma’lumot kiritadi.

Yil davomida zaruratga ko‘ra

4 bosqich

Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddatni belgilaydi va bu haqda autsorserga ogohlantirish beradi.

Yil davomida zaruratga ko‘ra

5-bosqich

Xarid komissiyasi

Ogohlantirishda belgilangan muddat davomida autsorser tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, autsorser bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga yuboradi.

Yil davomida zaruratga ko‘ra

6-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

Xarid komissiyasi qaroriga asosan amaldagi autsorser bilan shartnomani bekor qiladi va zaxiradagi g‘olib bilan shartnoma tuzadi.

Yil davomida zaruratga ko‘ra

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi va 2-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni)” 2021-yil 19-noyabrdagi 694-son qaroriga 1-ilovaning 65-bandi “v” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 674-bandi “b” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-maydagi 255-son qaroriga 3-ilovaning 22-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/1/0020-son)