ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Ishtirokchi | Elektron doʻkonga oʻz ofertasini oʻn besh ish kuniga joylashtiradi. | Ixtiyoriy ravishda | |||
2-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Elektron doʻkonda ishtirokchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va narx soʻrovi mexanizmidan foydalanadi. | Ixtiyoriy | |||
3-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga, shuningdek, elektron doʻkonda oʻxshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga narxlar soʻrovi mexanizmini amalga oshirgan holda xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish toʻgʻrisida takliflarni yuboradi. | Avtomatik ravishda | |||
4-bosqich | Takliflarni olgan ishtirokchi | Narxlar soʻrovida ishtirok etish toʻgʻrisida taklif tushgandan soʻng oʻz takliflarini berishi mumkin. | Qirq sakkiz soat ichida | |||
5-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | 1. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslashni amalga oshiradi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno). 2. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shartnomani shakllantiradi. 3. Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi. 4. Agar xarid qilish tartib-taomilining yakuniga koʻra faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan boʻlsa, davlat buyurtmachisi va ishtirokchi oʻrtasida elektron shaklda savdolashish imkonini yaratadi va savdolar yakuniga koʻra shartnomani shakllantiradi yoki xarid qilish tartib-taomilini oʻtkazilmagan deb topadi. | Avtomatik ravishda | |||
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Muddatlar | ||||
1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat xaridlarining reja-jadvaliga muvofiq eʼlon joylashtiradi. | Ixtiyoriy ravishda | |||
2-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Eʼlon joylashtirilgan vaqtdan eʼtiboran auksion boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni boshlaydi. | Eʼlon joylashtirilgan vaqtdan boshlab kamida besh ish kuni davomida | |||
3-bosqich | Ishtirokchi | Auksion davomida narx boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishi mumkin. | Eʼlonda koʻrsatilgan muddat davomida | |||
4-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | 1. Auksion yakuniga koʻra berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan ishtirokchini auksion gʻolibi sifatida saralab oladi hamda u va davlat buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomani shakllantiradi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno). 2. Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi. 3. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksionni oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. | Avtomatik ravishda | |||
3-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Toq sonli va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi. 2. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi. 3. Tanlash oʻtkazish haqidagi eʼlon, tanlash boʻyicha xarid qilish hujjati loyihasi matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi. | Zaruratga koʻra | |||
2-bosqich | Xarid komissiyasi | Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi. | Zaruratga koʻra | |||
3-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi. | Zaruratga koʻra | |||
4-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Tasdiqlangan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tanlash oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi. | Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin | |||
5-bosqich | Ishtirokchi | Tanlash boʻyicha elektron taklifni oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi. | Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay | |||
6-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | 1. Tanlash taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. 2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. 3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. | Tanlash takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar | |||
7-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolariga koʻrish imkoniyatini beradi. | Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol | |||
8-bosqich | Xarid komissiyasining masʼul kotibi | 1. Biriktirilgan fayllardagi maʼlumotlarning ishtirokchining tanlash taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi. 2. Tanlash taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
9-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Ishtirokchining tanlash taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qarorni ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. | Qaror qabul qilingan kunda | |||
10-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Tanlash taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno). | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
11-bosqich | Xarid komissiyasi | Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
12-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | 1. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib: tanlash taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda); tanlash takliflarining texnik qismini baholash natijalariga koʻra tanlashda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) gʻolib sifatida aniqlaydi. 2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan boʻlsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tanlash taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini gʻolib deb topadi. 3. Tanlash takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan dastlabki elektron bayonnomada qayd etadi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
13-bosqich | Xarid komissiyasi aʼzolari | Dastlabki elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
14-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi. | Dastlabki bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran ikki ish kunida | |||
15-bosqich | Xarid komissiyasi | 1. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida tegishli elektron bayonnomani rasmiylashtiradi. 2. Tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha tanlash ishtirokchilaridan eʼtirozlar tushganda ushbu eʼtirozlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
16-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Gʻolib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi. | Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida | |||
17-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi. | Avtomatik ravishda | |||
4-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Toq sonli va kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi. 2. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi. 3. Tender oʻtkazish haqidagi eʼlonning, tender boʻyicha xarid qilish hujjatining va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi. | Zaruratga koʻra | |||
2-bosqich | Xarid komissiyasi | Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi. | Zaruratga koʻra | |||
3-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi. | Zaruratga koʻra | |||
4-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Tasdiqlangan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tender oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi. | Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin | |||
5-bosqich | Ishtirokchi | Tender taklifini elektron taklif koʻrinishida oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi. | Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay | |||
6-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | 1. Tender taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. 2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. 3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. | Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar | |||
7-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | 1. Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolariga koʻrish imkoniyatini beradi. 2. Tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan soʻng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini taʼminlaydi. | Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol | |||
8-bosqich | Xarid komissiyasining masʼul kotibi | 1. Biriktirilgan fayllardagi maʼlumotlarning ishtirokchining tender taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi. 2. Tender taklifi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
9-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Tender taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno). | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
10-bosqich | Xarid komissiyasi | Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
11-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | 1. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib: tender taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda); tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga koʻra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) gʻolib sifatida aniqlaydi. 2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan boʻlsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini gʻolib deb hisoblaydi. 3. Tender takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan elektron bayonnomada qayd etadi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
12-bosqich | Xarid komissiyasi aʼzolari | Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi. | Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
13-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Gʻolib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi. | Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida | |||
14-bosqich | Davlat xaridlarining elektron tizimi | Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi. | Avtomatik ravishda | |||
5-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Chora-tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
Korporativ buyurtmachisi |
1. Toq sonli va kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi. 2. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi. 3. Hadli kelishuv orqali xaridlarni amalga oshirish haqidagi eʼlonning, xarid qilish hujjatlarining, hadli kelishuv va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi. |
Zaruratga koʻra | |||
|
2-bosqich |
Xarid komissiyasi |
Xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi. |
Zaruratga koʻra | |||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Korporativ buyurtmachisi |
Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi. |
Zaruratga koʻra | |||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Korporativ buyurtmachisi |
Xarid qilish hujjatlari, hadli kelishuv va shartnoma loyihasi, shuningdek, hadli kelishuv orqali xaridlar oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi. |
Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin | |||
|
5-bosqich |
Ishtirokchi |
Hadli kelishuv taklifini elektron taklif koʻrinishida oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi. |
Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay | |||
|
6-bosqich |
Davlat xaridlarining elektron tizimi |
1. Hadli kelishuv taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. 2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. 3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. |
Hadli kelishuv takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar | |||
|
7-bosqich |
Davlat xaridlarining elektron tizimi |
Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning hadli kelishuv takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolariga koʻrish imkoniyatini beradi. |
Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol | |||
|
8-bosqich |
Xarid komissiyasining masʼul kotibi |
1. Biriktirilgan fayllardagi maʼlumotlarning ishtirokchining hadli kelishuv taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi. 2. Hadli kelishuv taklifi xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi. |
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
|
9-bosqich |
Davlat xaridlarining elektron tizimi |
Hadli kelishuv taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini baholaydi. |
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
|
10-bosqich |
Xarid komissiyasi |
Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi. |
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
|
11-bosqich |
Davlat xaridlarining elektron tizimi |
1. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilarni aniqlaydi. 2. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilarning soni uchtadan kam boʻlgan taqdirda, hadli kelishuv boʻyicha xarid qilish tartib-taomilini boʻlib oʻtmagan deb hisoblaydi. 3. Hadli kelishuv takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan birinchi bosqichning elektron bayonnomasida qayd etadi. |
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
|
12-bosqich |
Xarid komissiyasi aʼzolari |
Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi. |
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
|
13-bosqich |
Korporativ buyurtmachi |
Hadli kelishuv tartib-taomilining birinchi bosqichi natijalariga koʻra xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuvni imzolaydi. |
Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida | |||
|
14-bosqich |
Korporativ buyurtmachi |
1. Hadli kelishuv tartib-taomilining ikkinchi bosqichida korporativ buyurtmachi shartnomani tuzish uchun birinchi bosqichdan oʻtib, hadli kelishuv tuzilgan barcha ishtirokchilarga ishtirok etish uchun davlat xaridlarining elektron tizimi orqali narx soʻrovini yuboradi. 2. Narx soʻrovi va yakuniy baholash natijalariga koʻra aniqlangan gʻolib bilan hadli kelishuvning umumiy summasi va amal qilish muddati doirasida shartnoma tuzadi. |
Hadli kelishuvning amal qilish muddati doirasida | |||
|
15-bosqich |
Davlat xaridlarining elektron tizimi |
Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi. |
Avtomatik ravishda | |||