13.05.2024 yildagi PQ-176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat va iste’mol tovarlarining eksport bozorini diversifikatsiya qilish va yangi transport-logistika tizimini tashkil etishni jadallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Surxondaryo viloyati hokimligining “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Markaz hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Afg‘oniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji va chakana savdoda to‘lov vositasi sifatida, istisno tariqasida, o‘zbek so‘mi bilan bir vaqtda AQSh dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda qabul qilingan naqd xorijiy valyuta Markazda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari orqali Markazda faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududida tashkil etiladigan zamonaviy tibbiyot klinikasida Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolariga tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi hamda ushbu klinikada davolash imkoni bo‘lmagan og‘ir turdagi kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududida joylashgan davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun tibbiy kirish vizalari olish uchun yo‘llanma beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Markaz hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida nazorat-o‘tkazish punktlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng kiritiladi hamda ularga Markaz hududida tashkil etilgan barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh kun muddatgacha Markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni olgan, shuningdek, shartnoma asosida ishlash, ta’lim muassasalarida o‘qish, bank filiallarida faoliyat yuritish, savdo-sotiq va boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanish maqsadida tashrif buyurayotgan mamlakatda o‘n besh kundan ortiq muddat bo‘lishni rejalashtirgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirgan holda kirib kelishlari talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Markaz hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olingan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax Free) qoidalari qo‘llanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilingan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng olib kiriladi. Bunda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashgan obyektlarni boshqarish, ekspluatatsiya qilish, ijaraga berish va sotish “Termez International Trade Centre” MChJ tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash, sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergov tadbirlarini o‘tkazish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda “Surxon sanoat ta’minot” MChJning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududidagi bino va inshootlarni mulkiy majmua sifatida “Termez International Trade Centre” MChJga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasini belgilangan tartibda tugatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “Termez International Trade Centre” MChJning Surxondaryo viloyati hokimligiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Termiz xalqaro savdo markazi obyektlari qurilishiga ajratilgan 20 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini qaytarish majburiyatini “Termez International Trade Centre” MChJga o‘tkazish hamda kreditning to‘lov muddatini 2028-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz hududini qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga 129 ta, Bojxona qo‘mitasiga 62 ta, Ichki ishlar vazirligiga 67 ta shtat birligi ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilayotgan shtat birliklarini inobatga olgan holda Markaz hududida yangi bojxona posti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimligi “Termez International Trade Centre” MChJ bilan birgalikda bojxona postini Markaz hududida barpo etilgan binolarga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha shtat birliklarini saqlash uchun zarur mablag‘lar 2024-yilda tegishlicha Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan, 2025-yildan boshlab umumiy tartibda Davlat budjetidan ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6109-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Ishchi guruh (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda kamida bir marotaba “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqib, tezkor qarorlar qabul qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar bajarilishini doimiy nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3665-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev, Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi bo‘yicha mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-176-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshiriladigan vazifalar

Muddat

Mas’ul ijrochilar

1.

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish.

Erkin savdo zonalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha umumiy talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

2.

Chegara va bojxona xizmati xodimlarining Markaz hududida faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratish.

1. Chegara va bojxona xizmatini Markaz hududida “nol” qiymatda ijara huquqi asosida joylashtirish.

2024-yil 1-iyun

“Termez International Trade Centre” MChJ

2. Kommunal xizmat, aloqa uchun to‘lovlarni Markaz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.

Doimiy ravishda

3.

Markaz hududida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ko‘rgazma-yarmarkani tashkil etish.

1. Markaz hududida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning mahsulotlari va xizmatlari namunalari jamlangan doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ko‘rgazma-yarmarkani tashkil etish.

Markaz faoliyati boshlangach

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov)

2. Ko‘rgazma-yarmarka faoliyati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi tadbirkorlarini tanishtirish, ularga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar imzolashga ko‘maklashish.

Doimiy ravishda

3. Ko‘rgazma-yarmarka bazasida O‘zbekiston-Afg‘oniston tadbirkorlari biznes forumini o‘tkazib borish.

Har chorakda bir marotaba

4.

Markaz hududida multivalyuta tizimini yo‘lga qo‘yib, chakana savdoni o‘zbek so‘mi, AQSh dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valyutalarida amalga oshirishga ruxsat berish.

Erkin savdo zonalarida multivalyuta tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi taklif ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyul

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

5.

Markaz hududida faoliyat olib boruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga faqatgina Markazda filiallari mavjud bo‘lgan O‘zbekiston banklarida milliy va xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, Mastercard, UnionPay va boshqalar) kartalari ochishga va xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish.

Markazda filiallari mavjud bo‘lgan O‘zbekiston banklarida milliy va xalqaro to‘lov tizimlari kartalari ochish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni nazarda tutuvchi taklif ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyul

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

6.

Markaz hududida biznes maktabini tashkil etish.

1. O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes maktabini tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-yil 1-iyul

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Termez International Trade Centre” MChJ

2. O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes maktabiga mutasaddi oliy ta’lim muassasalarining ingliz, forsiy (urdu, pushtu) tillarida biznes va menejment asoslari kurslaridan ta’lim bera oladigan professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida jalb etish.

2024-yil avgust

3. O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes maktabiga qabul qilingan talabalarga belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berishni tashkil etish.

Doimiy ravishda

7.

Markaz hududida tashkil etilgan tibbiyot klinikasi yo‘llanmalari asosida Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan bemorlarga davolanish va tibbiy yordam olish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish vizalarini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Markaz hududida joylashgan tibbiyot klinikasining viza talabnomalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini joriy etish.

2. Viza talabnomalari asosida ko‘p martalik vizalar berishni tashkil etish.

3. Afg‘oniston fuqarolariga elektron viza berishni jadallashtirish maqsadida Markaz hududida yangi investor tomonidan viza markazi faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish.

2024-yil 1-avgust

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Termez International Trade Centre” MChJ

8.

Afg‘oniston Islom Respublikasining Mozori Sharif shahridan Markaz hududigacha (95 km) ekspress avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish (Shuttle bus).

1. Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan yo‘lovchi tashish avtobuslarini berish va Mozori Sharif shahridan Markaz hududigacha qatnovni tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolash.

2024-yil yakuniga qadar

“Termez International Trade Centre” MChJ

2. Afg‘oniston Islom Respublikasining Mozori Sharif shahridan Markaz hududigacha avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy ravishda

9.

Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuk tashuvchi avtotransport vositalarini Markaz hududida tashkil etilgan xalqaro logistika markazida bojxona nazorati va chegara nazoratidan o‘tkazishni tashkil etish.

1. Markaz hududida Bojxona qo‘mitasi tizimida yangi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postini tashkil etish.

2. Bojxona postini barcha zarur bojxona nazorati o‘lchov uskunalari bilan jihozlash.

3. Bojxona posti faoliyatini samarali tashkil etish.

2024-yil 1-iyun

Bojxona qo‘mitasi

(B. Mavlonov)

10.

Markaz hududida qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etish.

1. Markaz hududida Afg‘oniston fuqarolaridan avval foydalanishda bo‘lgan zargarlik buyumlarini qabul qilib olish markazini tashkil etish.

2. Korxonalarga zargarlikka oid qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash.

2024-yil 1-iyul

“Termez International Trade Centre” MChJ,

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov),

Milliy bank

11.

Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari va tadbirkorlarini O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar namunalari hamda xizmat turlari bilan tanishtirish va eksportni yo‘lga qo‘yish.

Markaz hududida, istisno tariqasida, bir yil mobaynida ijara to‘lovisiz joylashtiriladigan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sanoat va iste’mol mahsulotlarining doimiy ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil 1-iyul

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari

12.

Mahalliy korxonalar import qilayotgan xomashyo (qishloq xo‘jaligi, qurilish va bezak toshlari, ruda va boshqalar) mahsulotlarini Afg‘oniston Islom Respublikasi korxonalari tomonidan xarid qilish imkoniyatlarini doimiy o‘rganib borish.

1. Afg‘oniston hududida joylashgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan sanoat va iste’mol tovarlarini yetkazib berishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-avgust

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3665-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “shtatlarining cheklangan soni” so‘zlari “ro‘yxati” so‘zi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining (mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan shtatlar soni 4 684 nafar, shu jumladan, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari soni 4 nafar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda umumiy cheklangan shtatlar sonining 169 ta shtat birligi 2024-yil 1-sentabrda, 115 ta shtat birligi 2025-yil 1-sentabrda kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova nomidagi “cheklangan shtat birligi” so‘zlari “ro‘yxati” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shtat birligi soni” ustuni va “jami” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shtat birligi soni” ustuni chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 31-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

31.

“Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 171-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

171.

“Keskanyor” chegara bojxona posti

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 172-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

172.

“Xonobod” chegara bojxona posti

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 173-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

173.

“Qorasuv” chegara bojxona posti

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 174-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

174.

“Mingtepa” chegara bojxona posti

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 291-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

291.

“Pushmon” chegara bojxona posti

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 581-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

581.

“Termiz xalqaro savdo markazi” TIF bojxona posti

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrga qadar “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti ikkinchi toifali bojxona posti sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrda “Qorasuv” chegara bojxona posti, 2025-yil 1-sentabrda “Keskanyor” va “Pushmon” chegara bojxona postlari tashkil etiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)