27.11.2015 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda sudlar tomonidan qonunchilik normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlar aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda axborotni oshkor qilish haqidagi talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 31-iyulda 2383-son bilan roʻyxatga olingan Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarida nazarda tutilganligini inobatga olishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, mazkur qarorda aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari — qimmatli qogʻozlar emitentlarining qarorlari, bitimlari yuzasidan nizolashilayotganda sudlar tomonidan axborotni oshkor qilishga oid talablarni nazarda tutuvchi qonunchilik normalarining qoʻllanilishi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Axborotni oshkor qilish deganda, qimmatli qogʻozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni qaysi maqsadda olishidan qatʼi nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini taʼminlash tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 43-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar axborotni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar, maʼlumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali oshkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga muvofiq, emitent (davlat qimmatli qogʻozlari emitenti bundan mustasno) axborotni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning faoliyatidagi muhim faktlar toʻgʻrisidagi xabarlarda oshkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, emitent deganda, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qimmatli qogʻozlar emissiya risolasining mazmuniga, emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotiga talablar hamda emitentning faoliyatidagi muhim faktlarning roʻyxati “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotining mazmuniga, emitentning faoliyatidagi muhim faktlarga qoʻshimcha talablar hamda muhim faktlarning yuzaga kelish payti Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalari bilan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yuqorida koʻrsatilgan moddasida keltirilgan oshkora qilinadigan maʼlumotlar roʻyxati tugal emas, chunki emitent qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham oshkor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay oʻz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi (20-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyalarning yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish orqali oʻzining imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyadorlariga aksiyalarni yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni mazkur aksiyadorlarda mavjud boʻlgan aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shartlarda, qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyatning boshqaruv organi tomonidan belgilangan joylashtirish narxi boʻyicha olishni taklif etishi shart (36-moddaning birinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan oʻn kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarining egalari boʻlgan aksiyadorlarni jamiyat tomonidan aksiyalar olinishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali xabardor etishi shart (37-moddaning yettinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlarni oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi, qaytarib sotib olish narxi va qaytarib sotib olishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida xabardor etishi shart (41-moddaning birinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar haqida Markaziy depozitariyni yozma shaklda xabardor qilishi shart (44-moddaning ikkinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonunchilikda belgilangan muddatlarda eʼlon qiladi (55-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi (62-moddaning birinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyat oʻz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi (92-moddaning oltinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi (99-moddaning birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilishi shart (19-moddaning sakkizinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran, jamiyat qoʻshib yuborish yoki birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda esa, bu haqda qoʻshilishda yoki birlashtirishda ishtirok etayotgan jamiyatlardan oxirgisi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyat bu haqda jamiyatning oʻziga maʼlum barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilishi shart (49-moddaning oltinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 26-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sugʻurta kompaniyalari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga eʼlon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasi qimmatli qogʻozlar bozori va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻlishini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari kerakki, aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibining buzilganligi nafaqat jamiyatning mansabdor shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi, balki u qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda umumiy yigʻilish qarori va (yoki) jamiyat tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emasligi kabi oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibining har qanday buzilishi ham umumiy yigʻilish qarorini va (yoki) jamiyat tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibining buzilganligi munosabati bilan umumiy yigʻilishning qarorini haqiqiy emas deb topish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik moliyaviy hisobotni majburiy eʼlon qilish toʻgʻrisidagi talabga rioya qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilish oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorlarga, jamiyat ishtirokchilariga xabar berish tartibini buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilishning kun tartibiga kiritilmagan masala boʻyicha qaror qabul qilish asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. Yillik moliyaviy hisobotni majburiy eʼlon qilish talabiga rioya etmaslik deganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik moliyaviy hisobotni qonunda belgilangan muddatlarda eʼlon qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik moliyaviy hisobotning ishonchliligi auditorlar tomonidan tasdiqlanmagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilish muhokamasiga taqdim etilgan hisobot oʻrniga boshqa hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan hisobotning mazmuniga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan yillik moliyaviy hisobotning eʼlon qilinishi tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Umumiy yigʻilish oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorlarga, jamiyat ishtirokchilariga xabar berish tartibini buzish deganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aksiyadorlik jamiyati boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaganligi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuborilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan davlat vakilini aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yetti kun oldin yozma shaklda xabardor qilinmaganligi, agar davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga boʻlgan maxsus huquq joriy etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining dastlabki kun tartibiga oʻzgartishlar kiritilgan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin kun tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilari xabardor qilinmaganligi tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.3. Yigʻilishning kun tartibiga kiritilmagan masala boʻyicha qaror qabul qilish deganda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritilmagan masalalar boʻyicha qaror qabul qilish, masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar boʻyicha esa — jamiyat ishtirokchilariga xabar qilinmagan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinganligini tushunish lozim, bundan mazkur umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.4. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, yillik moliyaviy hisobotni majburiy eʼlon qilish talabini buzganlik uchun aksiyadorlar umumiy yigʻilishining har qanday qarori emas, balki yillik hisobot tasdiqlangan qarorigina haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.5. Umumiy qoidaga koʻra, umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab uzrli sabab bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etmagan va (yoki) bunday qarorga qarshi ovoz bergan aksiyador tomonidan bildirilishi mumkin. Ushbu qoidadan yillik moliyaviy hisobotni majburiy eʼlon qilish tartibi buzilganligi sababli, umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab, agar aksiyadorga qarorni qabul qilish uchun ovoz bergan paytida bu holat maʼlum boʻlmagan boʻlsa, mustasno hisoblanadi. Ushbu holatda umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab qarorning qabul qilinishi uchun ovoz bergan aksiyador tomonidan bildirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilganligi natijasida aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-saytida joylashtirilgan ishonchsiz axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga qimmatli qogʻozlari kiritilgan emitent tomonidan fond birjasining rasmiy veb-saytida oshkor etilgan ishonchsiz axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affillangan shaxs tomonidan jamiyatni oʻzining jamiyat bilan affillanganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaslik asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandida jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar (axborot) sanab oʻtilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bitim yuzasidan nizolashayotgan taraf bunday bitimni jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborotga asoslangan holda tuzganligini isbotlasa, aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan bitim jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborotning ishonchsizligi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda bitim Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 122-moddasiga asosan, yanglishish taʼsirida tuzilganligi sababli haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, koʻrsatilgan asos boʻyicha bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni faqat yanglishish taʼsirida harakat qilgan bitim tarafi bildirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 44-moddasining sakkizinchi qismiga asosan, agar emitentning qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilgan boʻlsa, ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor qilish fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasining listingiga qimmatli qogʻozlari kiritilgan emitent bilan tuzilgan bitim fond birjasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotning ishonchsizligi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda bitim Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 122-moddasiga asosan, yanglishish taʼsirida tuzilganligi sababli haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, koʻrsatilgan asos bilan faqat emitentning qimmatli qogʻozlarini oldi-sotdisi bilan bogʻliq bitim haqiqiy emas deb topilishi mumkin va bunday talabni faqat ushbu bitimning tarafi bildirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 86-moddasining birinchi qismiga asosan, affillangan shaxs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi toʻgʻrisida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, bitimda ishtirok etayotgan shaxslar, bitim predmeti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tegishli shartnomaning muhim shartlarini batafsil koʻrsatgan holda yozma bildirish yuborish orqali jamiyatni xabardor etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs affillanganligi toʻgʻrisida jamiyatni xabardor qilmaganligi jamiyat tomonidan qayd etilgan Qonunda manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni tuzishga qoʻyilgan talablarga rioya etilmasligiga olib keladi, bu esa bunday bitimni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyador, qonunda koʻrsatilgan holatlarda esa, boshqa vakolatli organlar tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, affillanganligi toʻgʻrisida aksiyadorlik jamiyatini oldindan xabardor qilmagan affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorning ovoz berishi aksiyadorlarning ushbu bitimni maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan umumiy yigʻilishida uning ishtirok etishidan yoki ishtirok etmasligidan qatʼi nazar, ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsatmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bitimning tuzilishi jamiyatga yoki daʼvo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga zarar yetkazilishiga sabab boʻlganligi yoki zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkinligi isbotlanmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bitim boʻyicha zararlar bitim taraflarining harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasi boʻlganligi isbotlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bitimning keyinchalik maʼqullanganligi dalillari ishni sudda koʻrib chiqish paytida taqdim etilgan boʻlsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 43-moddasining birinchi qismiga koʻra, tuzilishidan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxslar, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi manfaatdor boʻlgan yoki oʻz affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi boʻlgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining roziligisiz jamiyat tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun 43-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining eʼtiboriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) affillangan shaxslari aksiyalarining (paylar ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tuzilishidan manfaatdor deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan tuziladigan yoki taxmin qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni yetkazishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan va qayd etilgan Qonunning 43-moddasida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitim jamiyat yoki uning ishtirokchisining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sudlar inobatga olishlari lozimki, aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan taqdirda, aksiyadorlarga davlat bojini toʻlash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undiriladi. Bunda, iltimosnomaga aksiyador tomonidan uning mulkiy ahvoli davlat bojini oʻrnatilgan tartibda toʻlash uchun imkoniyat bermasligini tasdiqlovchi hujjatlarning ilova qilinishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organlarining aksiyadorlar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar manfaatlarida iqtisodiy sudga taqdim etgan daʼvolari boʻyicha davlat boji undirilmaydi. Bunday holda daʼvo talablari qanoatlantirilganda davlat boji daʼvoning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
290-son