03.05.2024 yildagi PF-72-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xomashyo bazasini kengaytirish hamda ipak qurti urug‘i hajmlarini keskin ko‘paytirish, pilla yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali sohadagi bandlikni ikki baravarga oshirish, shuningdek, bozor mexanizmlarini joriy qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024 — 2027-yillar davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ipak qurti urug‘iga bo‘lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmonining 1-ilovasida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang‘ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblari tomonidan yer maydonlarida tutzorlar barpo etilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. G‘aniyev qishloq xo‘jaligi vaziri, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan dala chetlarida 2024 — 2027-yillarda 2-ilovaga muvofiq yakka qator tut ko‘chatlari ekilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tutzorlar barpo qilish maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun tut ko‘chatlarini ekishga mos bo‘lgan yer maydonlari to‘liq joylashtirilishiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmonining 2-ilovasida ko‘rsatilgan prognoz ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida bajarilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2027-yilga qadar bosqichma-bosqich pillachilik sohasida aholining mavsumiy bandligini 2 millionga yetkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har chorakda ishsiz va band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, ayollar ro‘yxatini Qo‘mitaga taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita ushbu ro‘yxatga asosan pillachilik klasterlari bilan birgalikda pillani yetishtirish agrotexnikasi va pillani qayta ishlash ko‘nikmalariga o‘qitish kurslarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan aholining bandligi ustuvor ravishda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo etish va dala chetlarida yangi tut ko‘chatlari ekish hisobiga ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv kurslarini yuqori darajada tashkil qilish maqsadida vaqtinchalik o‘quv binolari ajratilishini va zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shu jumladan, ayollarni pilla yetishtirish agrotexnikasiga va pillani qayta ishlash ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha grafiklarni tasdiqlab, ijrosini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga mazkur bandda belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda yetishtiriladigan pilla (tirik pilla)ning tavsiyaviy xarid narxini 25 foizga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yildan boshlab pillachilik klasterlari tomonidan yetishtirilgan pilla hosili uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatini sentabr oyi etib belgilash yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xo‘jaliklari va kasanachilar yetishtirgan pilla xomashyosi uchun pillachilik klasterlari tomonidan to‘lanadigan mablag‘larning haqqoniyligini o‘rganish maqsadida Qo‘mita yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng to‘lovlarni monitoring qilishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda ipakchilik sohasiga 2026-yil 1-yanvarga qadar quyidagi imtiyozlarni qo‘llashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi (kasanachi)larni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘larni, bo‘shagan mablag‘larni ularni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘ini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo‘llagan holda to‘lash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi ishlab chiqargan o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha Soliq kodeksining 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun foyda solig‘i nol stavkada qo‘llanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulklarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qo‘mita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil davomida Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi davlat muassasasi shaklidagi naslli urug‘chilik stansiyalari tashkil qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil yakuniga qadar naslli urug‘chilik stansiyalarida mahalliy ipak qurti urug‘i ishlab chiqarilishini va pilla yetishtiruvchilarga sotilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, 2024-yil pilla yetishtirish mavsumidan boshlab pillani qayta ishlovchi va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun respublika budjeti hisobidan 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil Davlat budjeti parametrlarida qayd etib o‘tilgan subsidiyalarni ajratish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Qo‘mitaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida naslli urug‘chilik stansiyalarini tashkil qilishga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2024-yilda naslli urug‘chilik stansiyalarini tashkil qilish, ular uchun yer maydonlari ajratish, qurilish va jihozlash ishlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda naslli urug‘chilik stansiyalarida O‘zbekiston sharoitiga mos, chidamli va unumdorligi yuqori mahalliy ipak qurti zotlarini yaratish maqsadida 2025-2026-yillarda xorijiy donor va hamkorlarning grantlarini jalb qilish bo‘yicha aniq takliflar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024-2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida amalga oshiriladigan naslli urug‘chilik stansiyalari tashkil etish, ipak matosi va ipak matosidan tayyor mahsulot hamda ipak mahsulotidan sohaga noan’anaviy bo‘lgan dori-darmon, kosmetika kabi tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024 — 2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 4 foiz stavkada 15 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kredit liniyasi hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 6 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari mutanosibligini ta’minlash maqsadida ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-son qarori asosida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ochilgan kredit liniyasini maqbullashtirish evaziga ajratilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlarni rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul organni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi hamda ilmiy-tadqiqot institutlarini Qo‘mita tarkibidan chiqargan holda faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining qorako‘lchilikni rivojlantirish, teri va jun sanoati yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Keng jamoatchilik fikrini inobatga olib hamda tutlarning noyob navlarini saqlab qolish maqsadida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ipakchi ko‘chasi, 1-uy manzilidagi bino va inshootlar ularga biriktirilgan yer uchastkasi bilan birgalikda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ipakchi ko‘chasi, 1-uy manziliga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut o‘ziga tegishli bo‘sh turgan yer maydonlariga tut daraxtlarining noyob navlari ekilishini va ularning genofondini yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh 2024-yil 1-iyulga qadar mazkur Farmondan kelib chiqib, 2025-yil pilla yetishtirish mavsumidan boshlab pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidan “hamda maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev va qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 3-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-72-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTUVOR YO‘NALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohalarida bozor munosabatlari va halol raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish zanjirining barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar va imtiyozlar tizimini yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida erkin biznes muhitini yaratish hamda tadbirkorlarning sohaga kirishi va faoliyat yuritishi uchun oshkora qoidalarni qo‘llash orqali teng imkoniyatlar va ishlab chiqarish zanjirining barcha ishtirokchilari uchun manfaatli tizim yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublikada ochiq pilla bozorini tashkil etish, pillaning bozor narxlarida sotilishini tashkil etish orqali fermerlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni pilla yetishtirishga jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ipak qurtining mahalliy zotlarini yaratishni rag‘batlantirish, pilla yetishtiruvchilarni kafolatli ravishda sifatli ipak qurti bilan ta’minlash hamda ipak qurti ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning mas’uliyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sifatli ipak ishlab chiqarish, uni qayta ishlash darajasini oshirish va qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pilla yetishtirish va ipakni qayta ishlash jarayonlariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini keng joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan dala chetlarida 2024 — 2027-yillarda yakka qator tut ko‘chatlari ekishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Mavjud yakka qator tut ko‘chatlari soni

(ming tup)

Yakka qator tut ko‘chatlari ekish (ming tup)

2024 — 2027-yillarda jami ekiladigan qator tut ko‘chatlari soni

(ming tup)

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

9 087

3 000

4 000

5 000

5 100

17 100

2.

Andijon viloyati

22 857

4 500

5 500

6 500

7 500

24 000

3.

Buxoro viloyati

17 784

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

4.

Jizzax viloyati

14 902

5 000

6 000

7 000

7 500

25 500

5.

Qashqadaryo viloyati

22 518

5 000

6 000

7 000

8 400

26 400

6.

Navoiy viloyati

7 934

2 500

3 500

4 500

5 500

16 000

7.

Namangan viloyati

19 766

4 500

5 500

6 500

7 200

23 700

8.

Samarqand viloyati

20 013

4 500

5 500

6 500

7 500

24 000

9.

Surxondaryo viloyati

16 566

4 000

5 000

6 000

6 800

21 800

10.

Sirdaryo viloyati

8 354

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

11.

Toshkent viloyati

12 704

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

12.

Farg‘ona viloyati

30 318

5 000

6 000

7 000

8 500

26 500

13.

Xorazm viloyati

14 658

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

JAMI:

217 461

52 000

65 000

78 000

87 600

282 600

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72 son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024-2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyiha nomi

Loyiha tashabbuskori

Manzili

Loyiha kiymati (ming dollar)

shundan:

Ishlab chiqarish kuvvati

Yaratiladigan ish o‘rni

Amalga oshirish muddati

o‘z mablag‘i (ming dollar)

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (ming dollar)

O‘lchov birligi

natura

mln so‘m

Respublika buyicha jami:

60 600

30 600

30 000

x

x

272 130,4

1 970

x

1.

Ipak mato bo‘yashni tashkil etish

“Asaka Ipagi” MCHJ

Asaka tumani

1 000

600

400

ming p.m.

30

2 232,0

40

2024-yil dekabr

2.

Ipak mato ishlab chiqarish va bo‘yashni tashkil etish

“Oltinko‘l Zar Ipagi” MCHJ

Oltinko‘l tumani

1 000

600

400

ming p.m.

30

2 232,0

40

2025-yil dekabr

3.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Ulug‘nor Silk 7” MCHJ

Ulug‘nor tumani

2 000

1 000

1 000

tonna

24

11 904,0

30

2025-yil dekabr

4.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Bo‘ston Investment-Silk” MCHJ

Bo‘ston tumani

2 000

1 000

1 000

tonna

24

11 904,0

30

2025-yil dekabr

5.

Ipak trikotaj ishlab chiqarishni tashkil etish

“Asaka Silkworm” MCHJ

Asaka tumani

1 000

500

500

ming dona

100

13 640,0

100

2025-yil avgust

6.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Romstar” KQ

Romitan tumani

3 500

1 500

2 000

ming p.m.

18

1 339,2

100

2025-yil dekabr

7.

Ipak trikotaj ishlab chiqarishni tashkil etish

“Silk Service” MCHJ

Buxoro tumani

500

300

200

ming dona

50

6 820,0

30

2024-yil dekabr

8.

Ipakdan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni tashkil etish

“G‘allaorol Silk Eksport” MCHJ

G‘allaorol tumani

500

300

200

ming dona

50

6 820,0

30

2024-yil dekabr

9.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Yakkabog‘ Silk Production” MCHJ

Yakkabog‘ tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

10.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Chiroqchi-Tolasi” MCHJ

Chiroqchi tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

11.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Pop Ipak Tolasi Invest” MCHJ

Pop tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

50

2024-yil dekabr

12.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Navoiy Silk Production 2020” MCHJ

Karmana tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

40

2024-yil dekabr

13.

Ipak mato ishlab chiqarish va bo‘yashni tashkil etish

“Elbek T.R.J” MCHJ

Pastdarg‘om tumani

2 000

1 500

500

ming p.m.

60

4 464,0

50

2025-yil dekabr

14.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Oltin Pilla 2020” MCHJ

Chinoz tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

15.

Ipakdan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Nurli Tong Silk” MCHJ

Marg‘ilon shahri

1 000

600

400

ming dona

100

13 640,0

100

2024-yil dekabr

16.

Ipak mato ishlab chiqarish va bo‘yashni tashkil etish

“Xorazm Pilla Xolding” MCHJ

Yangiariq tumani

2 000

1 300

700

ming p.m.

30

2 232,0

50

2024-yil dekabr

17.

Ipak mato ishlab chiqarish va bo‘yashni tashkil etish

“Khiva Silk Fabric” MCHJ

Xiva tumani

1 000

500

500

ming p.m.

60

4 464,0

50

2024-yil dekabr

18.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Bog‘ot Silk Co” MCHJ

Bog‘ot tumani

1 000

500

500

ming p.m.

60

4 464,0

40

2025-yil dekabr

19.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Shovot Silk” MCHJ

Shovot tumani

1 000

500

500

ming p.m.

12

892,8

30

2025-yil dekabr

20.

Ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarishni tashkil etish

“Platinum Silkworm” MCHJ

Pastdarg‘om tumani

5 000

2 000

3 000

ming kuti

20

2 976,0

100

2025-yil dekabr

21.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Jayhun silk” MCHJ

Amudaryo tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

22.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Bustan silk” MCHJ

Ellikqal’a tumani

500

200

300

ming p.m.

30

2 232

30

2025-yil dekabr

23.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“KKR Ipak cluster” MCHJ

Beruniy tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

24.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Turtkul silk carpets” MCHJ

To‘rtko‘l tumani

500

200

300

tonna

10

4 340,0

20

2025-yil dekabr

25.

Sanoat usulida (yarimavtomat dastgohda) ipak va jun aralashmali gilam ishlab chiqarish

“Andijan silk co” MCHJ

Marhamat tumani

1 000

500

500

dona

50

744,0

30

2025-yil dekabr

26.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Sapfir sanoat” MCHJ

Shahrixon tumani

500

200

300

ming p.m.

30

2232,0

30

2025-yil dekabr

27.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Baliqchi ishonch pillachilik” MCHJ

Baliqchi tumani

1 000

500

500

ming p.m

30

2232,0

20

2025-yil dekabr

28.

Ipak gilam ishlab chiqarish

“Kumushkent ipagi” MCHJ

Vobkent tumani

500

200

300

dona

30

2232,0

20

2025-yil dekabr

29.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“G‘ijduvon ipag tola” MCHJ

G‘ijduvon tumani

1 500

500

1 000

ming p.m

100

7 440,0

100

2025-yil dekabr

30.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Imastar” MCHJ

Peshku tumani

1 000

500

500

tonna

10

4960,0

20

2025-yil dekabr

31.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Silk expert processing” MCHJ

Jizzax shahri

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

32.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zomin asl ipak tolasi” XK

Zomin tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2024-yil dekabr

33.

Ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Al Abbos silk” MCHJ

Jizzax shahri

500

200

300

tonna

10

4 340,0

20

2025-yil dekabr

34.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zafarobod Pilla Klaster” MCHJ

Zafarobod tumani

1 000

500

500

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

35.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Radiant silk” MCHJ

Qarshi shahri

1 000

500

500

ming p.m

20

1 488,0

30

2025-yil dekabr

36.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Shakhrisabz silk production” MCHJ

Shahrisabz tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

37.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Al Aziz ipagi” MCHJ

Navbahor tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

38.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Qiziltepa Pillachilik” MCHJ

Qiziltepa tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

39.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Xatirchi pilla xazinasi” XK

Xatirchi tumani

1 000

500

500

ming p.m

60

4 464

100

2025-yil dekabr

40.

Ipak kalava ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zilol silk” MCHJ

To‘raqo‘rg‘on tumani

2 000

500

1 500

tonna

9,2

6 844,80

30

2025-yil dekabr

41.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Chortoq innovation silk” MCHJ

Chortoq tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2024-yil dekabr

42.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Yangi zamin ipagi” MCHJ

Yangiko‘rg‘on tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2025-yil dekabr

43.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Namangan sof pillasi” MCHJ

Namangan tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2025-yil dekabr

44.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Jomboy Silk-R” MCHJ

Jomboy tumani

1 100

600

500

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

45.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Oqdaryo ipagi” MCHJ

Oqdaryo tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

46.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Samarkand silk AO” MCHJ

Narpay tumani

1 000

600

400

ming p.m.

30

2 232,0

20

2025-yil dekabr

47.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Ziyovuddin silk” MCHJ

Paxtachi tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

48.

Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

“Urgut silk fiber company” MCHJ

Urgut tumani

1 000

700

300

ming dona

100

13 640,0

100

2025-yil dekabr

49.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Ishtixon silk” MCHJ

Ishtixon tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

50.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Tayloq ipagi” MCHJ

Tayloq tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2025-yil dekabr

51.

Xom ipak va ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zar oltin pilla” MCHJ

Bulung‘ur tumani

1 000

700

300

tonna

24

11 904,0

20

2025-yil dekabr

52.

Ipak momig‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

“Movarounnahr silk road” MCHJ

Bo‘stonliq tumani

500

200

300

tonna

10

4 340,0

20

2025-yil dekabr

53.

Ipak gilam ishlab chiqarish tashkil etish

“Jinjuz silk co” MCHJ XK

Ohangaron tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining taklifiga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

J. Xodjayev

Bosh vazir o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

I. Abduraxmonov

qishloq xo‘jaligi vaziri

I. Ergashev

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi

lavozimi bo‘yicha

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi

A. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

A. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

A. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Yu. Yusupov

mustaqil ekspert, “Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori

lavozimi bo‘yicha

Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh az’olari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/72/0331-son; 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)