19.04.2022 yildagi PQ-212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash orqali kichik va oʻrta tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bankning kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan qurilish, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 5 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davri 6 oygacha boʻlganda 1 milliard soʻmgacha, 6 oydan 1 yilgacha boʻlganda 2 milliard soʻmgacha, 1 yildan 2 yilgacha boʻlganda 3 milliard soʻmgacha, 2 yildan 3 yilgacha boʻlganda 4 milliard soʻmgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning maʼmuriy markazlaridan va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror doirasida ajratilgan kredit liniyasidan samarali foydalanilishini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov tomonidan amalga oshiriladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit mablagʻlariga talab va loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga qaratilganidan kelib chiqib, kredit liniyasi resurslarini hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar) va tijorat banklari kesimida taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha fabrikalari va loyiha guruhlari tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda loyiha va loyihaoldi hujjatlarning sifatli va qisqa muddatlarda ishlab chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari hamda tijorat banklari tomonidan kredit liniyasi mablagʻlari samarali va manzilli ishlatilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik, idora va hudud rahbarlarining kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish, loyihalarni amalga oshirish va belgilangan muddatda ishga tushirish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev) resurslar hududlar va tijorat banklari kesimidagi taqsimotga muvofiq tijorat banklarining talabnomasi kelib tushgandan soʻng uch kunlik muddatda tijorat banklariga joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratayotgan mablagʻlarning tadbirkorlik subyektlari tomonidan maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan tizimli monitoring hamda nazorat qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-212-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4752-son qarori 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshidagi “foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib” soʻzlari “10 foiz stavkada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshidagi “Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha” soʻzlari “14 foiz stavkada” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qarori 5-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) toʻrtinchi xatboshidagi “foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib” soʻzlari “10 foiz stavkada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) beshinchi xatboshidagi “Markaziy bankning asosiy stavkasida” soʻzlari “14 foiz stavkada” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son)