18.04.2024 yildagi 218-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, viloyatda qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududdagi turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar Surxondaryo viloyatida investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya 2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar hamda turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorligi boʻlmagan, shuningdek, bankrotlik va tugatish jarayonida boʻlmagan investorlarga ajratiladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln soʻm;

1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln soʻm;

2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 25 mln soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya ajratiladigan investorlarga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun ariza berish tartibi hamda taqdim etiladigan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya ajratishni rad etish asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarni investorlarga oʻtkazish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 218-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Surxondaryo viloyatida 2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor — mehmonxona qurish va uni jihozlash maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga oʻz mablagʻlari, qarz yoki jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qiluvchi investitsiya faoliyati subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — investorlarga mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan bir marta ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qurilgan mehmonxona — tasdiqlangan loyiha asosida kapital bino va inshoot sifatida qurilgan yoki oxirgi oʻn yilda mehmonxona fondida mavjud boʻlmagan holda qayta qurilgan yoxud qurilish jarayonida oʻzgartirilgan loyiha boʻyicha joylashtirish vositasi sifatida yangi qurilib ishga tushirilgan koʻchmas mulk obyekti, rekonstruksiya qilingan mehmonxona bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya 2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 25 mln soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mehmonxona kamida ikki qavatdan iborat boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qaroriga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investor subsidiya olish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar hamda turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza taqdim etish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investor subsidiya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — qoʻmita) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investorga tegishli koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar qoʻmita tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olib oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Arizani koʻrib chiqishda qoʻshimcha, shu jumladan, joyiga chiqqan holda oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, Qoʻmita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qilgan holda, arizani koʻrib chiqish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslari aniq koʻrsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan soʻng, bir ish kunida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud boʻlsa) va xonalar fondi, joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor (yuridik shaxs) nomi va STIRi hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Subsidiya berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxona Surxondaryo viloyati hududidan tashqarida joylashganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki oy davomida qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Subsidiya 2024 — 2026-yillarda Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya ajratish uchun qoʻmita Iqtisodiyot va moliya vazirligiga investorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning hisob-kitobi koʻrsatilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi hamda mablagʻlar qoʻmitaning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga ajratilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng besh ish kunida qoʻmita ularni investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yil yakunida qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari tegishli moliya yili yakuniga qadar Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Subsidiya berish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan investorlar roʻyxati qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar miqdori va qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar fondi toʻgʻrisidagi maʼlumot har oy yakuni boʻyicha yangilab boriladi hamda oylar va investorlar kesimida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Investor subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoʻmita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning investorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi, toifali mehmonxona boʻlgan taqdirda, kamida besh yil ushbu toifani saqlab qolishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi hamda subsidiyadan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring yuritadi. Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda, qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarning belgilangan tartibda investordan Davlat budjetiga qaytarish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehmonxona toifasi pasaygan taqdirda, investor ajratilgan subsidiyadan pasaygan toifa uchun belgilangan miqdor oʻrtasidagi farqni Davlat budjetiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Investorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga

1-ILOVA

Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Investor

Turizm qoʻmitasiga subsidiya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Turizm qoʻmitasi

1. Arizani oʻrganib chiqadi.

10 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 20 ish kunida

2. Subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish kunida

3-bosqich

Investor

Subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran YIDXP orqali murojaat qiladi.

2 oydan koʻp boʻlmagan muddatda

4-bosqich

Turizm qoʻmitasi

1. Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.

5 ish kunida

2. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma yuboradi.

1 ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Buyurtmanomani koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni Turizm qoʻmitasining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

3 ish kunida

6-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Investorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

5 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi 

Turizm qoʻmitasiga

Subsidiya olish toʻgʻrisida

ARIZA

____________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

____________________________________________________________________________________________

(manzil, telefon, faks, elektron pochta)

________________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

_____________________________________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)

_________________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Mehmonxona xonalarining soni: ________________________________________________________________

Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: ________________________________________________

Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili): _____________________________________________

STIR: ______________________________________________________________________________________

Elektron pochta manzili: _____________________________________________________________________

Bank hisobvaragʻi: ____________________________________________________________________________

Ilova: ______ varaqda

___________________________________

_______

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

20___ yil _______________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/218/0288-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)