19.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3505
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i, 19.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3505
Kuchga kirish sanasi
21.06.2024
Hujjat hali kuchga kirgan emas
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyundagi PQ-181-son “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 994-son “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
4. Dastlabki qaror ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi va manfaatdor shaxsga taqdim etiladi.
7. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
arizani taqdim etishda mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan bo‘lsa;
arizaga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
19. Mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq arizani ko‘rib chiqish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning o‘zida manfaatdor shaxsga yozma xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada arizani ko‘rib chiqishning rad etilishi sabablari ko‘rsatiladi.
32. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritish uchun mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda va shaklda murojaat qiladi hamda o‘zgartirish kiritish zaruriyati va asoslovchi hujjatlarni taqdim etadi.

______________

(sana)

______________

(raqam)

I. Tovarlarning egasi to‘g‘risidagi ma’lumot

1.1

Tovarlar egasi bo‘lgan yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.

1.2

Pochta manzili (Pochta indeksi)

1.3

Tashkiliy-huquqiy shakli

1.4

STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya (JShShIR) raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

1.5

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqami va sanasi

1.6

Telefon raqami

II. Tovarlarning nomidan ariza topshiruvchi vakolatli shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot (ariza vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilganda)

2.1

Vakolatli shaxsning JShShIR hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

2.2.

Vakolatini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami *

III. Dastlabki qarorni qabul qilish uchun tovarlar haqidagi ma’lumotlar

3.1

Tovarlarning savdo, tijorat nomi va to‘liq tavsifi, savdo belgisi, asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), navi, standartlari, bajaradigan funksiyalari, texnik va tijorat xususiyatlari

3.2

Tovarlar haqida ma’lumot (TIF TNga muvofiq tovarlarning kodi, savdo qiluvchi mamlakat, yuk jo‘natuvchi va kelib chiqish mamlakati, yuk jo‘natuvchi, sotuvchi, tovar ishlab chiqaruvchi, tovarning brutto/netto og‘irliklari hamda asosiy va (yoki) qo‘shimcha o‘lchov birliklaridagi miqdori

3.3

Tovarlarning narxi, valyutasi va valyuta kodi ko‘rsatilgan holda

3.4

Tashqi savdo shartnomasi (mavjud bo‘lsa), tovarlarni yetkazib berish shartlari

3.5

Tovarning kelib chiqish sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)

3.6

Ilgari qabul qilingan dastlabki qaror haqidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa)

3.7

Tovarning kelib chiqishini aniqlash uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar

3.8

Ilova qilinadigan hujjatlar**