13.12.2019 yildagi 994-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son va “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorining 9-bandi 5-xatboshisidan “shuningdek, tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
994-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 994-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Asosiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash (keyingi o‘rinlarda sertifikatlash deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasidan eksport va reeksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) — tovarlarning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risida aniq dalolat beruvchi hujjat, shu jumladan elektron shakldagi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxs — vakolatli organning sertifikatni guvohlantirish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni ekspertiza qilish — ekspert tomonidan ariza beruvchining ishlab chiqarishi mazkur Nizomda belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar — bojxona chegarasidan o‘tuvchi har qanday mol-mulk, shu jumladan issiqlik, elektr, boshqa energiya turlari va transport vositalari (tovar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish xizmatlarini amalga oshiruvchi transport vositalaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo‘yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo‘natilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo‘l yukida va bagajida olib o‘tilayotgan tovar yoki uning bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert — vakolatli organning zimmasiga ekspertiza o‘tkazish, ekspertiza dalolatnomasini yoki ekspert xulosasi va sertifikatni rasmiylashtirish funksiyasi yuklatilgan vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aynan bir xil tovar — bir ishlab chiqaruvchi tomonidan aynan bir xil texnologik jarayonga asosan ishlab chiqarilgan, tarkibi, nomi (shu jumladan, modeli, savdo belgisi, turi bo‘yicha) va TIF TN kodlari bo‘yicha bir xil tavsiflangan, aynan bir ariza beruvchi tomonidan sertifikatlash uchun taqdim etilgan tovar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi — ushbu Nizom 36-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar uchun beriladigan umumiy shakldagi kelib chiqish sertifikatini berish uchun asos bo‘ladigan hujjat, shu jumladan elektron shakldagi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z-o‘zini sertifikatlash — tovar olib kirilayotgan mamlakatda o‘rnatilgan tartibga muvofiq, eksport qiluvchining hisob-varaq faktura yoki tovarning boshqa kuzatuv hujjatlarida tovarning kelib chiqishini deklaratsiya orqali tasdiqlashi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, tovar olib kirilayotgan mamlakatning milliy qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bobda ko‘rsatilgan tushunchalar va ularning talqini qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sertifikat vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish mamlakatini guvohlantirish maqsadida rasmiylashtiriladi va tovar olib kiriladigan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar olish yoki imtiyozlar olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlar uchun qo‘llanilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni olib chiqib ketish vaqtida sertifikat, basharti uning zarurligi tegishli shartnomalarda, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalarida qayd etilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, shuningdek, eksport qiluvchining talabi bo‘yicha beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash tamoyillari mavjud xalqaro amaliyotga asoslanadi. Bunda imtiyozli kelib chiqish qoidalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, Bosh preferensiyalar tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi davlatlarning imtiyozli kelib chiqish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa hollarda mazkur Nizomning 2-bobiga muvofiq kelib chiqish qoidalari qo‘llaniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tovarning kelib chiqishini ekspertiza qilishni o‘tkazish va sertifikat berish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tovarlar batamom ishlab chiqarilgan yoki yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovarning kelib chiqish mamlakati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa yoki basharti, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib ko‘rsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi tovarlar mazkur mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uning hududidan yoki hududiy suvlaridan yoxud kontinental shelfidan va dengiz ostidan olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat dengiz ostini qazish uchun mutlaq huquqqa ega bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uning hududida o‘stirilgan yoki yig‘ib olingan o‘simlik mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mamlakatda tug‘ilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mamlakatda yetishtirilgan o‘simlik mahsulotlari va hayvonlardan olingan mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mamlakat kemalarida yoki u ijaraga olgan (fraxt qilingan) kemalarda jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) mamlakatdagi ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning natijasi bo‘lmish ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) mamlakatga qarashli yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq kosmosda olingan yuqori texnologiya mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) mamlakatda mazkur bandning “a” — “z” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlardangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan bo‘lsa, tovarning kelib chiqishi uning “yetarli darajada qayta ishlanganligi” mezoniga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu mamlakatda tovarning “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezoni quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovari tasniflovchi kodining) TIF TN bo‘yicha dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur hududdan kelib chiqqan deb hisoblash uchun yetarli bo‘lgan zarur ishlab chiqarish va texnologik operatsiyalarning bajarilishi;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advalor ulush qoidasi — foydalanilgan materiallar qiymatining yoki qo‘shilgan qiymatning foizlardagi ulushi yetkazib berilayotgan tovar bahosining qayd etilgan ulushiga yetganda, tovar qiymatining o‘zgarishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar aniq tovar yoki aniq mamlakatga (mamlakatlarga) nisbatan tovarning kelib chiqish mezoni alohida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezoni quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eng ko‘p qulaylik rejimini yaratgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar uchun (o‘zaro bitimlarda yoki tovar olib kiriladigan mamlakat milliy qonunchiligida boshqacha mezon belgilanmagan hollarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodining) TIF TN bo‘yicha dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarishi yoki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 50 foizidan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlari mavjud bo‘lmagan davlatlar uchun hamda o‘zaro erkin yoki imtiyozli savdo to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar tuzilgan davlatlarga eksport qilinayotgan, ammo shartnomada belgilangan imtiyozli kelib chiqish qoidalari talablariga javob bermaydigan tovarlar uchun (tovar olib kiriladigan mamlakat milliy qonunchiligida boshqacha mezon belgilanmagan hollarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodining) TIF TN bo‘yicha dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarishi yoki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 70 foizidan oshmasligi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yetarli darajada qayta ishlanganlik mezoni advalor ulush orqali ifodalangan holatlarda, qiymatli ko‘rsatkichlar quyidagicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) import qilinayotgan materiallar uchun — olib kirishda boj olinadigan (SIF negizida) qiymat bo‘yicha yoki agar ularning kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan holda, ishlab chiqarish amalga oshiriladigan mamlakat hududida belgilangan birinchi sotuv bahosi bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tayyor tovarlar uchun — franko-zavod bahosi yoki eksport bahosi bo‘yicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga javob bermaydi deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni jo‘natishni tashkil qilish, saralash, qaytadan o‘rash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oddiy yig‘uv operatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlanadigan xususiyatlarni bermaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalarning ikkitasi yoki undan ortig‘ini bir vaqtda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) chorva mollarini so‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga ko‘ra, tovarlarni bitta turkum qilib jo‘natishning iloji bo‘lmaganligi sababli ular bo‘lib-bo‘lib yoki yig‘ilmagan holda yetkazib berilsa, uning kelib chiqishini aniqlash nuqtai nazaridan importyorning xohishiga ko‘ra, yagona predmet deb qaralishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoidaning qo‘llanish sharti quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘laklarga bo‘lingan yoki yig‘ilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini, bunday taqsimlash sabablarini, har bir turkumga kiradigan tovarlarning TIF TN bo‘yicha kodlari, qiymati va ularni ishlab chiqargan mamlakatni ko‘rsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini O‘zbekiston Respublikasi bojxona organiga oldindan ma’lum qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta eksport qiluvchilar orqali yetkazib berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning barcha turkumlarini bitta bojxona postida rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turkumdagi tovarlarning shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tovarlarning kelib chiqishini aniqlashda, ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan issiqlik va elektr energiyasi, mashinalar, uskuna va asboblarning kelib chiqishi inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tovarlarning kelib chiqish mamlakati “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga muvofiq aniqlanganda, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan materiallar xorijiy materiallar deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risida 1994-yil 15-apreldagi bitim yoki Erkin savdo hududi to‘g‘risida 2011-yil 18-oktabrdagi shartnoma ishtirokchi-davlatlarining tovarlari uchun kelib chiqish mamlakatini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tovarning Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risida 1994-yil 15-apreldagi bitim yoki Erkin savdo hududi to‘g‘risida 2011-yil 18-oktabrdagi shartnoma ishtirokchi-davlatining bojxona hududidan kelib chiqqanligini guvohlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi bojxona organiga bitim yoki shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan kelib chiqish mamlakatining vakolatli organi tomonidan berilgan sertifikat (ST-1 shakl) taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi 1994-yil 15-apreldagi Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risidagi bitim yoki 2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchi-davlatlari bilan savdoda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) hukumatlari rahbarlari Kengashining 1993-yil 24-sentabrdagi qarori bilan, keyinchalik kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalarini qo‘llaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tovar, agar u mazkur Nizomning II bo‘limida belgilangan kelib chiqish mezonlariga muvofiq bo‘lsa, 1994-yil 15-apreldagi Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risidagi bitim yoki 2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchi-davlatlaridan birortasining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan bo‘lsa va bitim yoki shartnomaning boshqa ishtirokchi davlati bojxona hududidan ushbu bitim yoki shartnomaning ishtirokchi-davlati rezidenti tomonidan olib kirilayotgan bo‘lsa, Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risidagi bitim yoki Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchi-davlatining bojxona hududidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Bunda rezident deganda, ushbu davlat hududida tuzilgan tashkilot yoki ushbu davlat hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxs tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tovarlarni MDH davlatlariga eksport qilishda “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezonini qo‘llash uchun kumulyatsiya tamoyilidan foydalanish mumkin, ya’ni tovarlarni MDH davlatlarida birin-ketinlikda qayta ishlashda, ushbu davlatlar kelib chiqishni aniqlash maqsadlari uchun yaxlit hudud sifatida ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 1993-yil 24-sentabrdagi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash Qoidalari kuchga kirgunga qadar Shartnoma ishtirokchi davlatlari hududlarida ishlab chiqarilgan va ularning bojxona hududiga olib kirilgan (joylashtirilgan), Shartnoma ishtirokchi davlatlar ichida tovarlarni olib o‘tishda ST-1 shaklidagi sertifikat berilishi mumkin va sertifikatning 5-ustuniga “Tovar (mamlakatning xozirgi nomi, ishlab chiqaruvchining nomi va ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatiladi) ishlab chiqarilgan” yozuvi kiritiladi. Bunda 12-ustunda tovar ishlab chiqarilgan davlatning xozirgi nomi ko‘rsatiladi. Tovar ishlab chiqaruvchisi (uning nomi, manzili va tovar ishlab chiqarilgan yili) to‘g‘risidagi hujjatlar taqdim qilinganda, har qanday shartnoma ishtirokchi davlatlari tomonidan sertifikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. O‘zbekiston Respublikasidan eksport (reeskport) qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish va sertifikat olish uchun ariza beruvchi tovarni yuklash amalga oshirilayotgan joydagi vakolatli organga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va butlovchi qismlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma va hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyo va butlovchi qismlarning O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlarning sotib olganligini tasdiqlovchi shartnoma va hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjatlar (eksport qilinayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisi bo‘lib hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarning sifat va texnik ko‘rsatkichlarini tasdiqlovchi hamda identifikatsiyalash uchun zarur hujjatlar (ariza beruvchi talabiga ko‘ra sertifikatda tovar haqida qo‘shimcha va aniqlashtiruvchi ma’lumotlar, shuningdek, uning sifati va texnik tavsifi qayd etilishi zarur hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat qilgan va mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan berilishi rad etilgan hollarda, tovarni O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi ST-UZ kelib chiqish sertifikati. Bunda ushbu sertifikatni berish uchun asos bo‘lgan kelib chiqish mezoni imtiyozli kelib chiqish qoidalari va ushbu Nizomning 11-bandi talablari asosida eksportga sertifikat berish uchun yetarli deb hisoblangan hollarda kelib chiqishini tasdiqlash maqsadida qo‘llanishi mumkin;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy operatsiyalarini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish texnologik jarayonining tavsifi, o‘zining yoki ijaraga olingan ishlab chiqarish obyektlari va uskunalarning mavjudligi haqida ma’lumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarilishida import qilingan qismlar, xomashyo materiallari, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlatilgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha murojaat qilingan holda, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda quyidagi hujjatlarning nusxalari taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga xomashyo yoki qismlarni olib kirishdagi yuk bojxona deklaratsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar birligining foydalanilgan import xomashyo va materiallarning qiymati ajratilgan holda narxining hisobi (tovarlarning kelib chiqishini advalor ulush qoidasi bo‘yicha aniqlash zarurati bo‘lgan hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan import xomashyolarning TIF TN bo‘yicha tasnif kodi haqida ma’lumot (O‘zbekiston Respublikasiga xomashyo yoki qismlarni olib kirishdagi yuk bojxona deklaratsiyalari taqdim qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyo va qismlarning kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikati (tovarning kelib chiqishi kumulyativ metod asosida aniqlangan hollarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun murojaat qilinganda quyidagilar taqdim qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning asl nusxasi yoki asl nusxa berish majburiy bo‘lmagan mamlakatlar tomonidan berilgan va O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlaridan olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlangan elektron havola orqali tekshirish (tasdiqlash) imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda elektron shakldagi sertifikat nusxasi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi yoki tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan reeksport qilinayotganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilib eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga sertifikat olish bo‘yicha murojaat qilinganda, arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishini tasdiqlaydigan hujjatlar (eksport qiluvchining yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida yetishtirilib eksport qilinayotgan tovarning sotib olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat olish uchun murojaat qilingan kuni mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganda, ariza beruvchi tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotning nomi, hajmi, tayyorlovchisi va yetishtirilgan hududi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi xatni taqdim etishga ruxsat etiladi. Bunda xalqaro me’yorlarga muvofiq tovar olib kirilayotgan mamlakatning bojxona yoki boshqa vakolatli organlari tomonidan so‘rovnoma kelganda, shuningdek, taqdim etilayotgan xatda ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilgan hollarda, vakolatli organ eksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi bo‘yicha obyektiv xulosa berish uchun uning talabiga ko‘ra ariza beruvchi ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizom 36-bandining “g” kichik bandiga asosan eksport qilinayotgan mahsulotga sertifikat olish uchun eksport qiluvchi ushbu Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ariza-deklaratsiyani taqdim etishi mumkin. Ariza-deklaratsiya yozma yoki elektron shaklda hamda ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan holda taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. 22 — 25-bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza topshirish sanasida respublikada faoliyat yuritayotgan foydalanuvchilarni identifikatsiyalash (aniqlash) yagona axborot tizimidan foydalangan holda taqdim etiladi yoki ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi sertifikat olish uchun arizaga vakolatli organni xabardor qilish zarur deb hisoblaydigan qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlarni ilova qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘liq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va ekspertiza dalolatnomasini tuzish, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ariza topshirilgan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari aynan bir xil tovar uchun sertifikat olgan ariza beruvchi murojaat qilgan taqdirda, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda ariza beruvchi arizasida sertifikatlanayotgan mahsulot nomi va miqdoridan so‘ng aynan ilgari berilgan sertifikatning raqamini ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlariga sertifikat olish bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan murojaat qilinganda, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIF TN kodlari bo‘yicha 84 — 89 guruhlarda tavsiflanadigan yoki yirik assortimentlardagi (3 tadan ortiq ishlab chiqaruvchi va/yoki 30 turdan ortiq) tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlashda ekspertiza qilish, shuningdek ekspertiza dalolatnomasini tuzish 2 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ishlab chiqarishni ekspertiza qilish eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonini o‘rganishdan va tovarning O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqishini tasdiqlash uchun ekspertiza buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishdan boshlanadi. Ekspert quyidagilar bilan tanishib chiqishi va o‘rganishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 22, 24, 25-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqaruvchisi bo‘lib hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda, eksport qilinayotgan tovar turkumining mavjudligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda, eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarish uchun obyektiv sharoitlarni tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish jarayonida ekspert eksport qilinayotgan tovar kelib chiqish mezonlaridan qaysi biriga: mahsulotning batamom ishlab chiqarilganligi yoki mahsulotning yetarlicha qayta ishlanganligiga mos kelishini aniqlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti ekspertiza natijasida tovarning O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqishi tasdiqlansa va kelib chiqish mezoni aniqlansa, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ekspertiza dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ekspertiza dalolatnomasi eksport qilinayotgan tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga yoki (eksport qiluvchining ixtiyoriga ko‘ra) tovar turkumiga rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirishda, korxonaning ushbu miqdorga mos ishlab chiqarish quvvatlari hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlarning mavjud bo‘lishi talab etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Dalolatnoma ekspert tomonidan aniq, qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlardan tashqari) va bo‘yalishlarsiz rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Tuzatishlarga ekspert tomonidan izoh berilishi va uning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ekspertiza dalolatnomasida taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, tekshirish natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi va tovarning kelib chiqishini aniqlashning aniq asosi keltirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ekspertiza dalolatnomasi bir nusxada rasmiylashtirilib, vakolatli organda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ariza beruvchi tomonidan tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish va ekspertiza dalolatnomasi olish (sertifikat rasmiylashtirilmasdan) uchun murojaat qilingan hollarda, ariza beruvchi tovar ishlab chiqarilgan hududdagi vakolatli organga mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim qiladi. Ushbu holatda, ariza beruvchi tomonidan sertifikat olish uchun tovar ortilayotgan hudud vakolatli organiga o‘zi tomonidan tasdiqlangan ekspertiza dalolatnomasining nusxasi beriladi. Bunday ekspertiza dalolatnomasi 12 oy amal qilish muddati bilan beriladi. Tovarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida (shu jumladan tovarning tarkibiy qismida), eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan xom-ashyo va materiallarning kelib chiqishida yoki tovar eksport qilinayotgan mamlakat o‘zgargan taqdirda, ariza beruvchi yangi ekspertiza dalolatnomasi olish uchun ekspertiza dalolatnomasi bergan vakolatli organga mazkur Nizomning 22-bandida qayd etilgan zarur hujjatlardagi tegishli o‘zgarishlari bilan murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Agar ekspertiza natijasida tovarning O‘zbekiston Respublikasida “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga rioya qilinmaganligi aniqlansa yoki tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash imkoni bo‘lmasa, eksport qiluvchiga taqdim etilgan tovar O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqqan tovar sifatida tasniflana olmasligi to‘g‘risida, sabablari ko‘rsatilgan holda, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ekspert xulosasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash jarayonida kelib chiqish mamlakati to‘g‘risidagi dastlabki qaror davlat bojxona xizmati tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash jarayonida tovar kelib chiqish mamlakati to‘g‘risidagi dastlabki qarorni berish tartibi va shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sertifikatni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ekspertiza dalolatnomasi (“a” — “d” kichik bandlar) yoki ariza-deklaratsiya (“g” kichik band) asosida sertifikat, eksport qilinayotgan tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga yoki tovar turkumiga (eksport qiluvchining ixtiyoriga ko‘ra) quyidagi shakllarda rasmiylashtiriladi:
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bosh preferensiyalar tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgan tovarlarga — A shaklida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlariga — ST-1 shaklida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi bilan shartnomalar tuzgan davlatlarga shartnomalarda belgilangan shakllarda yoki mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda rus yoki ingliz tillarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu bandning “a” — “v” kichik bandlarida ko‘rsatilmagan mamlakatlarga va tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlash shartnoma (bitim) shartlarida yoki bunday davlatlarning milliy qoidalarida zarurligi nazarda tutilgan bo‘lsa, mazkur Nizomga 5-ilovasiga muvofiq shaklda, shuningdek, eksport qiluvchining xohishiga ko‘ra tan olinadigan davlatlar uchun 5a-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yish orqali elektron shaklda rus yoki ingliz tillarida;
(36-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarlarning keyinchalik eksportga chiqarish maqsadlarida ichki aylanishi uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq ST-UZ shaklida, bunda ushbu sertifikat tovarning tayyor miqdori va turkumiga, shuningdek, arizada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga, korxonaning ushbu miqdorga mos ishlab chiqarish quvvatlari hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlar mavjud bo‘lgan taqdirda rasmiylashtiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchining ixtiyoriga ko‘ra, sertifikat alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza dalolatnomasi yoki ariza-deklaratsiya asosida sertifikatni rasmiylashtirish bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Eksport qilinayotgan tovar ishlab chiqarilgan hududdan boshqa hududda tovarlarning kelib chiqish sertifikatini olish uchun murojaat qilinganda, arizaga mazkur tovar ishlab chiqarilgan hududdagi vakolatli organ tomonidan berilgan ekspertiza dalolatnomasining ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi va eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qoidaga ko‘ra, tovarga berilgan sertifikat, shu tovar to‘g‘risida quyidagi zarur ma’lumotlarni (ariza beruvchi taqdim qilgan ma’lumotlar asosida) o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eksport qiluvchining nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) import qiluvchining nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) transportda tashish vositalari va harakatlanish marshruti (qanchalik aniqligiga qarab);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) o‘rinlar soni va o‘rab-joylash turi, tovarni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi tovarning bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) brutto va sof og‘irligi (ushbu ko‘rsatkichlar boshqalar bilan, masalan, tovar birliklari soni yoki hajmi kabilar bilan almashtirilishi mumkin, basharti tovarni transportda tashishda uning vazni sezilarli darajada o‘zgarsa yoki bu birliklar tovarning ushbu turiga standart qo‘llanilsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tovarning kelib chiqish mezonining asosi (ST-UZ kelib chiqish sertifikatlari uchun). Bunda mezonlar quyidagicha ifodalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“P” — batamom ishlab chiqarilgan deb hisoblanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D XXXX” — qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodning) TIF TN bo‘yicha dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarish sodir bo‘lib, yetarli darajada qayta ishlangan deb topilganda, tovar pozitsiyasini ko‘rsatgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D 50%” — ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 50 foizidan oshmagan va yetarli darajada qayta ishlangan deb topilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D 70%” — ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 70 foizidan oshmagan va yetarli darajada qayta ishlangan deb topilgan holda.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Sertifikat vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlanadi, shuningdek,ushbu Nizomning 36-bandi “g” kichik bandiga ko‘ra sertifikatlar tan olinadigan xorijiy davlatlar uchun QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yish orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Sertifikatni guvohlantirish joyi (shahri) va sanasi, shuningdek, vakolatli organning nomi va to‘liq manzili ko‘rsatiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Sertifikatlarni tasdiqlash majburiyati yuklatiladigan shaxslar imzolarining namunalari va vakolatli organ muhrlarining bosma nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga, shuningdek, boshqa davlatlarning vakolatli organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Sertifikat bir nechta nusxada, bitta asl nusxa va qolgan nusxalari “kopiya” (“nusxa”) belgisi bilan tuziladi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron sertifikat bundan mustasno.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchining murojaatiga ko‘ra sertifikatning “bankka taqdim etish uchun” belgisi qo‘yilgan ikkinchi asl nusxasi berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Har bir sertifikat uni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan odatiy tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ariza beruvchining iltimosiga ko‘ra sertifikatni tovar jo‘natilganidan so‘ng bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan bir yildan kechiktirmasdan guvohlantirishga ruxsat etiladi. Bu holda, mazkur Nizomning 22, 24-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarga ariza beruvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda bojxona organlarining tovarning jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari va yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladi. Bunday hollarda sertifikatning “Xizmat belgilari uchun” ustunlarida “Keyinchalik berilgan” yozuvi bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Sertifikat yo‘qolgan yoki buzilgan hollarda ariza beruvchi avval berilgan sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida avval taqdim etilgan hujjatlar asosida guvohlantiriladigan dublikat olish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bunday sertifikatning dublikati, sertifikat asl nusxasining rasmiylashtirilgan sanasi va raqami ko‘rsatilgan holda, “dublikat” yozuviga ega bo‘lishi kerak. Bunda dublikatga avval berilgan sertifikat asl nusxasining ro‘yxatga olish raqami va dublikat rasmiylashtirilgan kunning sanasi qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron sertifikat berilganda, dublikat olish talab etilmaydi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish zarurati tug‘ilganda, ariza beruvchi asoslantirilgan yozma murojaat asosida avval berilgan sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida yangi sertifikat olish huquqiga ega. Bunda “Xizmat belgilari uchun” ustunlariga avval berilgan sertifikatning raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda, “Sertifikat o‘rniga berilgan” yozuvi kiritiladi. Avval berilgan sertifikatning o‘rniga berilgan sertifikatga yangi ro‘yxatga olish raqami va yangi sertifikat rasmiylashtirilgan kunning sanasi qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Agar sertifikatning haqiqiyligiga yoki undagi eksport qilinayotgan mahsulotga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning aniqligiga shubha tug‘ilishi munosabati bilan, Yevropa Ittifoqining, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning organlari O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtirilgan sertifikatni tekshirish uchun qaytarsa yoki rasmiy talab yo‘llasa, vakolatli organ sertifikatlash va sertifikatlarni tasdiqlashning belgilangan tartibiga rioya qilinganligini tekshirish bo‘yicha choralar ko‘radi, zarur bo‘lganda mazkur tovarning eksport qiluvchilari — tashkilotlar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday tekshiruv natijalari bo‘yicha importyor-mamlakatning so‘rovnoma yuborgan organiga axborot yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Katta turkumlarda bo‘lmagan (faktura qiymati 5000 AQSH dollarigacha bo‘lgan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 6000 yevrogacha bo‘lgan) tovarlarning kelib chiqishini guvohlantirishda, eksport qiluvchilar tovarning kelib chiqish mamlakatini hisobvaraq-fakturada yoki tovarning kuzatuv hujjatlarida, agarda mazkur tovarlar turkumi bitta shartnoma doirasida yetkazib berilayotgan tovarlar turkumining bir qismi bo‘lmasa deklaratsiyalashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tovarlarning kelib chiqishida o‘z-o‘zini sertifikatlash tartibi (REX tizimida eksport qiluvchilarni ro‘yxatga olish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yevropa Ittifoqi davlatlariga tovarlar eksport kilingan holda, Yevropa Ittifoqi Bosh preferensiyalar tizimining kelib chiqishi talablariga javob beradigan, umumiy qiymati 6000 yevrodan oshadigan tovarlarning kelib chiqishini deklaratsiyalash orqali tasdiqlash uchun, eksport qiluvchi Yevropa Ittifoqining Eksport qiluvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida (REX) ruyxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan YEI reglamentlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mas’ul organlar (keyingi o‘rinlarda ruyxatdan o‘tkazuvchi organ deb ataladi) vakolatli organ tomondan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish eksport qiluvchining arizasi va eksport qilinayotgan tovarning YEI reglamentlari talablariga muvofiqligi haqidagi ekspertiza dalolatnomasi asosida, o‘z tijoriy faoliyati, manzili, ishlab chiqaradigan va(yoki) eksport kilayotgan maxsuloti TIF TN kodlari va boshqa ma’lumotlarni ilova qilgan holda (qog‘oz ko‘rinishida yoki elektron ravishda) taqdim kilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport qiluvchilarga REX-tizimining individual raqami beriladi, bunda ushbu eksport qiluvchi va tovarlarga biriktirilgan REX-tizimining individual raqamini hisobvaraq-fakturada yoki tovarning boshqa kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatib deklaratsiyalash asosida Yevropa Ittifoqi bojxona organlari tomonidan preferensiyalar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Eksport qiluvchi eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishini aniqlashga asos bo‘lgan hujjatlarni, eksport kilingan yilning tugashidan boshlab uch yil muddatgacha saqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy hamkorlik maqsadida eksport qiluvchi har chorakda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tovarlarning kelib chiqishi haqidagi deklaratsiyani o‘z ichiga olgan invoysning skaner nusxasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchining reglament talablariga rioya etayotganligi, jumladan kelib chiqish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ishonchliligini aniqlash yiliga kamida bir marotaba ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ekspertiza o‘tkazib, ekspertiza dalolatnomasi tuzish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. YEIning Soliq va bojxona ishlari Bosh direktorati tomonidan deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash to‘g‘risida so‘rovnoma jo‘natilgan taqdirda, eksport qiluvchi vakolatli yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan xabardor qilingandan so‘ng 3 kun muddatda vakolatli organ/ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ishlab chiqarish va tovarning kelib chiqishini aniqlashga asos bulgan hujjatlar bilan tanishish uchun sharoit yaratib berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. So‘rovnomani ko‘rib chiqish va javobini yo‘llash vakolatli organ tomonidan, eksport qiluvchi barcha hujjatlarni taqdim qilgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Kelib chiqish mamlakatini aniqlashning to‘g‘riligi va hisobvaraq-faktura yoki tovarning boshqa kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan tovarning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun mas’uliyat eksport qiluvchining zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash uchun to‘lov to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ekspertizani o‘tkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va tovarning kelib chiqish sertifikatini rasmiylashtirish, shuningdek ekspert xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq miqdorda haq to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ekspert ishlab chiqarishni ekspertiza qilish jarayonida mazkur tashkilotda amal qiluvchi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Qonunchilikka muvofiq ekspert, ekspertizaning xolisligi, sifati va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga hamda ekspertiza dalolatnomasi, ekspert xulosasi va sertifikatning lozim darajada rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tovarning kelib chiqishini sertifikatlash uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi hamda aynan sertifikatlash uchun taqdim etilgan va ekspertiza o‘tkazilgan tovarning eksport qilinishi uchun ariza beruvchi javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza beruvchi tomonidan berilgan ma’lumotlar ishonchsiz ekanligi aniqlangan yoki ushbu Nizomning 24-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda vakolatli organ berilgan sertifikatlarni belgilangan tartibda bekor qilishi mumkin.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Tovarning O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqishi to‘g‘risidagi ekspert xulosasini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ekspertiza dalolatnomasi bilan birga arxivda uch yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy xususiyatga ega yoki kelib chiqish qoidalarini qo‘llash maqsadida vakolatli organga maxfiy ravishda taqdim etilgan ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan qat’iy maxfiy saqlanadi va bunday ma’lumotlarni taqdim etgan shaxs yoki Hukumatning ruxsatisiz vakolatli organ ularni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, sud tartibida oshkor qilish talab etilgan holatlar bundan mustasno.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Vakolatli organ o‘zi tomonidan berilgan sertifikatlarning ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash elektron tizimini yaratadi va yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarining ma’lumotlar bazasi tovar olib kirilayotgan mamlakat bojxona organlari tomonidan sertifikatni berilishi va uning to‘g‘ri to‘ldirilishi, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirishni on-layn rejimda (on-layn tekshiruv) amalga oshirish maqsadida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron sertifikatlashtirish tizimiga kiritilgan sertifikatning elektron shaklidagi mavjud ma’lumotlar tarkibi ariza beruvchiga berilgan qog‘oz ko‘rinishidagi sertifikat asl nusxasidagi ma’lumotlar bilan bir xil bo‘lishi va milliy qonunchilik hamda xalqaro standartlarda ko‘zda tutilgan sertifikatni to‘ldirish tartib va talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatning elektron shakli vakolatli organ tomonidan sertifikatning asl nusxasi guvohlantirilgandan kundan keyingi kundan kechiktirmay elektron sertifikatlashtirish tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert va sertifikatni guvohlantirish uchun mas’ul vakolatli shaxs sertifikatning to‘g‘ri va o‘z vaqtida elektron tizimga kiritilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Ariza beruvchi vakolatli organning qaroridan norozi bo‘lgan hollarda (rad etish, ijro etuvchi organ tomonidan sertifikatlash ishlarini sifatsiz o‘tkazish), vakolatli organga yoki belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudga murojaat qilishga haqli.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarni kelib chiqishini ekspertiza qilishni o‘tkazish va sertifikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyekt

Harakat

Muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi — eksport qiluvchi (korxona)

Yozma yoki elektron ko‘rinishda tegishli hujjatlarini ilova qilgan holda ariza topshirish

Ariza beruvchiningxohishiga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqish va ishlab chiqarish/tovar saqlanayotgan joyga borib ekspertiza o‘tkazish.

2. Ekspertiza dalolatnomasi tuzish (rasmiylashtirish) (ekspertiza natijasi salbiy bo‘lgan hollarda ekspert xulosasi rasmiylashtirish).

Bir ish kuni davomida (TIF TN kodlari bo‘yicha 84 — 89 guruhlarda tavsiflanadigan tovarlarni sertifikatlashda — ikki ish kunigacha)

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Tovarning kelib chiqish sertifikatini tuzish va rasmiylashtirish (ekspertiza dalolatnomasi asosida)

2. Sertifikatni elektron ma’lumotlar bazasiga kiritish

Bir ish kuni davomida

4-bosqich

Ariza beruvchi — eksport qiluvchi (korxona)

Sertifikatni olish

Ariza beruvchiningxohishiga ko‘ra

5-bosqich

Ariza beruvchi — eksport qiluvchi (korxona)

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun vakolatli organga murojaat qilish zarurati tug‘ilganda

Avval berilgan sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida

6-bosqich

Vakolatli organ

Qayta rasmiylashtirish va sertifikat berish

Bir ish kuni davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ARIZA

(tovarlarning kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi sertifikat/ekspertiza
‎dalolatnomasini olish uchun)

Eksport qiluvchi _____________________________________________________________
‎______________________________ bilan _________________________ sanada tuzilgan‎ ______-sonli shartnoma asosida tovar(lar)ning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va tovar(lar)ning kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun ekspert ajratishingizni so‘raydi.

Tovar(lar)ning nomi _________________________________________________________

Hajmi ___________________________ og‘irligi ______________________________ kg/m
‎____________________________________________________________________________

Ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) _________________________________________________

Yuk jo‘natuvchi _______________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Yuk qabul qiluvchi (sotib oluvchi) va uning manzili*_______________________________
‎____________________________________________________________________________

Yuk jo‘natish turi*____________________________________________________________

Jo‘natilish stansiyasi*:_______________________________________________________

Qabul qilish stansiyasi*:______________________________________________________

Sertifikatlar soni*__________________________________________________________

TIF TN kodi ________________________________________________________________

To‘lovni kafolatlaymiz, bizning rekvizitlar: ___________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari bilan tanishtirildim.

Ariza beruvchi

__________________

__________________________

(lavozimi)

(imzo)

(F.I.Sh.)

Izoh: ekspertiza dalolatnomasi olish uchun ariza topshirilganda* bilan belgilangan bandlar to‘ldirilmaydi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ARIZA-DEKLARATSIYA

(umumiy shaklda tovarlarning kelib chiqish to‘g‘risidagi
‎sertifikatni berish uchun)

Ariza beruvchi _______________________________________________________________
‎_________________ bilan _____________________ sanada tuzilgan _____-sonli shartnoma asosida umumiy shakldagi tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish uchun, ekspert ajratishingizni so‘raydi.

To‘lovni kafolatlaymiz. Bizning rekvizitlar ____________________________________
‎____________________________________________________________________________

1. Tuzilgan sana: _____________________________________________________________

2. Tuzilgan joyi: ____________________________________________________________

3. Deklaratsiya ariza beruvchining vakili: ________________________________________
‎___________________________________________________________ tomonidan tuzildi.

(korxona nomi, F.I.O. pasport raqami, lavozimi)

4. Eksport qiluvchi (yuk jo‘natuvchi): ____________________________________________

5. Ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi): ______________________________________________

6. Sotib oluvchi (yuk qabul qiluvchi): ____________________________________________

7. Hisobvaraq-faktura (invoys): ________________________________________________

8. Yuk jo‘natish turi va sanasi: _________________________________________________

9. Jo‘natilish va qabul qilish stansiyasi: ________________________________________

10. Tovar nomi, TIF TN kodi, miqdori (tovar turlari ko‘p bo‘lganda, tovar nomini ushbu deklaratsiyaning alohida qo‘shimcha varaqlarida ko‘rsatishga ruxsat etiladi):
‎____________________________________________________________________________

11. Ishlab chiqarish haqida ma’lumotlar (qisqacha ishlab chiqarish texnologik jarayoni, ishlab chiqarish uskunalari, binolari haqida ma’lumotlar va h.): ____________________
‎____________________________________________________________________________

12. Ishlatilgan xomashyo, yarim tayyor mahsulot, materiallar ro‘yxati, ularning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar) _________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(xomashyo nomi, shartnomalar, xisob-varaq fakturalar, TIF TN kodlarini ko‘rsatgan holda yuk-bojxona deklaratsiyalari)

13. Tovardagi tarkibida import xom-ashyo va materiallarning ulushi (franko zavod narxi bo‘yicha): ________

Xulosa qismi: Ushbu bilan, yuqoridagi ma’lumotlar to‘g‘riligi va 10-bandda ko‘rsatilgan tovarlar haqiqatda O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqqanligi deklaratsiyalanadi. Taqdim qilingan barcha ma’lumotlar uchun javobgarlik masuliyatini olamiz va keyinchalik biz eksport qilgan tovar bo‘yicha tovar olib kirilayotgan mamlakat vakolatli organlari tomonidan bizga ushbu ariza-deklaratsiyadagi ma’lumotlar asosida berilgan sertifikat doirasida noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar aniqlangan taqdirda tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha barcha zarur ma’lumot va hujjatlarni taqdim qilishni o‘z zimmamizga olamiz.

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari bilan tanishtirildim.

Ariza beruvchi vakili (mansabi)

__________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

15. Kelib chiqish mezoni: “___________________________________”

‎‎(Ekspert tomonidan to‘ldiriladi)

_________________________________________

(F.I.O., imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ INVESTITSIYALAR VA TASNQI SAVDO VAZIRLIGI YOKI
‎yoki UNING TOMONIDAN VAKOLAT BERILGAN ORGAN
‎MINISTERSTVO INVESTITSII I VNESHNEY TORGOVLI RESPUBLIKI UZBEKISTAN ILI DELEGIRUYEMIY IM ORGAN
‎(vakolatli organ manzili)

EKSPERTIZA DALOLATNOMASI _____________-son

1. Tuzilgan sana: _____________________________________________________________

2. Tuzilgan joyi: ____________________________________________________________

3. Dalolatnoma tuzuvchi ekspert: ________________________________________________

4. Ekspertiza: _______________________________________________________________

(korxona nomi, korxona rahbari (vakili) familiyasi, ismi, otasining ismi)

____________________________________________________________________________
‎________________________________________________________ ishtirokida o‘tkazildi.

5. Eksport qiluvchi: ___________________________________________________________

6. Ishlab chiqaruvchi: __________________________________________________________

7. Sotib oluvchi: ______________________________________________________________

8. Tovar nomi, miqdori: _______________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

9. Ekspertiza maqsadi — tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash: ____________

10. Taqdim etilgan hujjatlar (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar haqida ma’lumotlar va ularning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar): __________________

(nomi, tarkibi, artikul)

11. Ekspertiza natijasida aniqlandi: __________________________________________

Ekspert: _____________________________

vakil: _____________________________

(imzo)

(imzo)

13. Ekspert xulosasi: yuqorida ko‘rsatilganlar asosida mahsulotning haqiqatdan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilganligi tasdiqlanadi.

TIF TN bo‘yicha mahsulot kodi: _________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Kelib chiqish mezoni: _________________________________________________________

Ekspertiza boshlanishi: ________________

Ekspertiza yakuni: _____________________

(sana)

(sana)

Ekspert: _________________________

(imzo)

M.O‘.

Dalolatnoma 20___ yil “___” _________ da ro‘yxatga olindi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎INVESTITSIYALAR VA TASNQI SAVDO VAZIRLIGI
‎yoki UNING TOMONIDAN VAKOLAT BERILGAN ORGAN

‎MINISTERSTVO INVESTITSIY I VNESHNEY TORGOVLI
‎RESPUBLIKI UZBEKISTAN
‎ili DELEGIRUYEMIY IM ORGAN
‎(vakolatli organ manzili)

20___yil “___” _________dagi ___-_______-sonli
‎EKSPERT XULOSASI

1. Ekspertiza buyurtmachisi: ___________________________________________________

2. Ekspert: __________________________________________________________________

3. Ekspertiza maqsadi: ________________________________________________________

4. Taqdim etilgan hujjatlar (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar haqida ma’lumotlar va ularning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar): __________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

5. Ekspertiza (o‘rganish) natijasi: _____________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Ekspert: _________________________

(imzo)

M.O‘.

Tarkibiy bo‘linma boshlig‘i tomonidan ro‘yxatga olindi: __________________________

(imzo)

Muhrsiz haqiqiy emas.

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ tomonidan tovarlarning kelib chiqishini aniqlash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish xizmati bo‘yicha narxlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xizmat nomi

Birlik

BHMning ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi miqdorida

(QQSni hisobga olmaganda)

1.

TIF TN kodi bo‘yicha 84 — 89 guruhiga mansub bo‘lmagan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish, sertifikat rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

0,65

1 sertifikat

0,35

2.

TIF TN kodi bo‘yicha 84 — 89 guruhiga mansub tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash, sertifikat rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

1,25

1 sertifikat

0,35

3.

Sertifikatni rasmiylashtirmasdan, ekspertiza dalolatnomasi / ekspert xulosasini tuzish hamda rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi / ekspert xulosasi

0,65

4.

Ekspertiza dalolatnomasi yoki eksport qiluvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikatni rasmiylashtirish, avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish, reeksport qilinayotgan tovarga sertifikat/ekspert xulosasini rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,65

5.

Sertifikatning qo‘shimcha varag‘i, alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilgan sertifikat

1 sertifikat

0,35

6.

Avval berilgan sertifikatga dublikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,1

7.

Eksport qilinayotgan tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdori bo‘yicha kelib chiqish mamlakatini aniqlash va rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

2,0

8.

Bankka taqdim qilish uchun sertifikatning asl nusxasi

1 sertifikat

0,3

9.

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirayotganda, uning qo‘shimcha varag‘ini rasmiylashtirish

1 sertifikat

10.

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirayotganda, alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga sertifikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

11.

Sertifikatning qo‘shimcha varag‘iga dublikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,1

12.

ST-UZ kelib chiqish sertifikatini rasmiylashtirish maqsadida ekspertiza o‘tkazish va sertifikatni rasmiylashtirish

tovar turkumiga

1,0

arizada ko‘rsatilgan barcha miqdorga

3,0

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/994/4151-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)