06.03.2024 yildagi 116-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga muvofiq Toshkent shahrida 2027-yil 1-yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi joriy etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qaroriga muvofiq “Toshkent Invest kompaniyasi” AJga ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qo‘llab-quvvatlash)gacha bo‘lgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat xaridlari doirasida “hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkorlik subyekti bilan hamkorlikda amalga oshirishga ruxsat etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Toshkent shahar hokimligi 2026-yil 1-dekabrga qadar ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan huquqiy eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda, huquqiy eksperimentning maqsadga muvofiqligi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
 LexUZ sharhi
6. Tashabbuskor ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusida “HDSh” asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha buyurtmanoma bilan Kompaniyaga murojaat qiladi.
10. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilmagan yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim qilinganda yoki mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda, buyurtmanomani qabul qilish rad etiladi.
 LexUZ sharhi
18. “HDSh” “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda tuziladi va shartnomaga quyidagi qoidalar ham kiritilishi lozim:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashabbuskor

(davlat tashkiloti)

1. “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarini moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash choralarini ko‘radi.

Har yilning 1-sentabriga qadar

2. “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha buyurtmanoma bilan “Toshkent Invest kompaniyasi” AJga murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ

1. Buyurtmanomani qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talab�ariga muvofiqligi, moliyalashtirish manbalarining aniqligini o‘rganib, natijasi bo‘yicha qaror qabul qiladi.

5 ish kunida

2. Buyurtmanomani ma’qullash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng, tashabbuskor bilan loyihalarni “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirishda huquq va majburiyatlarni Kompaniyaga o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv tuzadi.

10 ish kunida

3-bosqich

“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ

Loyihalar bo‘yicha ijrochini tanlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va moliyalashtirish ishlarini “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Kelishuv tuzilgandan so‘ng, manzilli ro‘yxatda belgilangan muddatlarga asosan

4-bosqich

Xarid qilish tartib-taomillari g‘olibi

(ijrochi)

“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ bilan “Hayotiy davr shartnomasi”ni tuzadi.

10 kun muddatda

5-bosqich

“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ

“Hayotiy davr shartnomasi” asosida loyihalarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qiladi.

Muntazam