26.07.2023 yildagi PQ-236-son
3. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahrida ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan obyektlar negizida Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin:
4. Kompaniyaga ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qo‘llab-quvvatlash)gacha bo‘lgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat xaridlari doirasida “hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkorlik subyekti bilan hamkorlikda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “g” kichik bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 07/24/138/0238-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “g” kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 07/24/138/0238-son)
Bunda, Toshkent shahri hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq obyektlarni barpo etish uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining 2024 — 2030-yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda inobatga olsin.

T/r

Kanal nomi

Umumiy uzunligi (km)

Muhofaza hududi (m)

Obyekt manzili

Amalga oshirish mexanizmi

Uzunligi (km)

Talab etiladigan mablag‘lar (mlrd so‘m)

Jami: 46 ta obyekt

109,2

923,3

2024 — 2030-yillarda amalga oshiriladigan ishlar

1.

“Bo‘zsuv”

24,6

15

Yunusobod tumani, Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasidan Xotira maydonigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

5,3

52,8

2.

Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasidan Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha

1,4

14,2

3.

Chilonzor tumani, GESdan Furqat ko‘chasigacha

0,6

6,3

4.

Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi bo‘ylab

0,6

5,9

5.

Chilonzor tumani, Bog‘iston ko‘chasi bo‘ylab

0,6

6,2

6.

Chilonzor tumani, GESdan Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha

0,4

3,4

7.

“Anhor”

8,7

10

Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

0,4

4,5

8.

Chilonzor tumani, Afrosiyob ko‘chasidan (Muz saroyi hududi tugashidan) Furqat ko‘chasigacha

0,3

3,3

9.

Chilonzor tumani, Seul ko‘chasidan Muqimiy ko‘chasigacha

2,5

24,6

10.

Chilonzor tumani, Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasidan Singapur menejmentni rivojlantirish institutigacha

0,4

3,9

11.

Chilonzor tumani, Isxakova ko‘chasidan Naqqoshlik mahallasigacha

1,0

9,7

Jami: 11 ta obyekt

13,5

134,8

2024 — 2026-yillarda amalga oshiriladigan ishlar

1.

“Qorasuv”

17,8

10

Mirobod tumani, Abdurauf Fitrat ko‘chasidan Eski Otchopar ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

0,9

6,4

2.

“Katta Kalkauz”

1,4

12

Shayxontohur tumani, Anhor bo‘yi ko‘chasidan Taxtapul ko‘chasigacha

1,4

5,9

3.

“Kalkauz”

3,7

4

Olmazor tumani, Nurafshon aylanma ko‘chasi yon qismidan o‘tuvchi qismida

0,7

3,3

4.

“Bo‘zsuv”

24,6

15

Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha

Obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

3,5

35

5.

“Baratxo‘ja”

7,1

4

Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

3,0

28,4

6.

“Qorasuv”

17,8

10

Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Qarnoq ko‘chasigacha

2,4

13,5

7.

“Salar”

23,3

10

Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasidan Movarounnahr ko‘chasigacha

1,2

13

8.

“Katta Tolariq”

8,2

6

Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Sergeli tumani, Qo‘shqo‘rg‘on 5-tor ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

2,8

13,9

9.

“Damashi”

7,4

12

Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

3,4

22,2

10.

“Qonqus”

4,1

6

Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi bo‘ylab (Gavxar ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha)

Obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

4,1

28,6

11.

“Jun”

5,9

12

Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasidan Zangiota tumani chegarasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash va oqim bo‘yicha chap qirg‘oqda sayilgoh tashkil etish

5,9

20,3

12.

“Salar”

23,3

10

Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasidan Yangihayot tumani, Navro‘z ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

5,1

24,2

13.

“Salar”

23,3

10

Yunusobod tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan Do‘rmon yo‘li ko‘chasigacha

1,9

9,6

14.

“Qorasuv”

17,8

10

Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasidan Do‘stlik bog‘igacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,5

13,3

Jami: 14 ta obyekt

37,8

237,6

2026 — 2028-yillarda amalga oshiriladigan ishlar

15.

“Qorasuv”

17,8

10

Mirzo Ulug‘bek tumani, A. Yugnakiy ko‘chasidan Kaltatoy ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,6

32,1

16.

“Salar

23,3

10

Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha

1,9

32,4

17.

“Katta Tolariq”

8,2

6

Yashnobod tumani, “Olmos” MFY hududidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha

4,3

27,9

18.

“Aerodromnaya”

12

12

Yashnobod tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasidan Aerodromnaya ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

12

101

19.

“Qorasuv”

17,8

10

Mirobod tumani, “Oq uy” MFYdan Qo‘shqo‘rg‘on ko‘chasigacha

3,2

38,3

20.

“Yuzariq”

1,8

4

Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrabot ko‘chasidan Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasigacha

1,8

22,7

21.

“Salar”

23,3

10

Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha

1,2

9

Jami: 7 ta obyekt

26

263,4

2028 — 2030-yillarda amalga oshiriladigan ishlar

22.

“Bo‘zsuv”

24,6

15

Uchtepa tumani, Archa ko‘chasidan Farhod ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

3

26,5

23.

“Cho‘pon ota”

5,2

4

Uchtepa tumani, Cho‘pon ota ko‘chasidan “Nafosat” MFYgacha

0,5

3,1

24.

“Damashi”

7,4

12

Olmazor tumani, Nurafshon ko‘chasidan Usta Olim ko‘chasigacha

0,7

9,5

25.

“Damashi”

7,4

12

Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor ko‘chasidan “Xonchorbog‘” MFYgacha

0,3

8,9

26.

“Damashi”

7,4

12

Olmazor tumani, Olimpiya mavzesidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha

1,2

14,8

27.

“Qoraqamish”

6

8

Olmazor tumani, Miskin ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha

0,7

7,5

28.

“Ko‘kcha”

5,5

4

Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasidan Nurafshon aylanma ko‘chasigacha

Qirg‘oqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,4

9,1

29.

“Salar”

23,3

10

Sergeli tumani, Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasidan O‘zar ko‘chasigacha

5,6

54,5

30.

“Kalkauz”

3,7

4

Olmazor tumani, Nurafshon ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha

3,7

27,7

31.

“Salar”

23,3

10

Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasigacha

1,2

12

32.

“Nayman”

3,7

10

Yangihayot tumani, Fayzli ko‘chasidan Chortoq ko‘chasigacha

2,1

19,6

33.

“Bektemir”

5

5

Bektemir tumani, Chirchiq daryosidan Bektemir shoh ko‘chasiga

5

33,5

34.

“Yalang‘och”

7,4

4

Mirzo Ulug‘bek tumani, Gulsanam ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasigacha

5,4

44,5

35.

“Pulemas-eski”

6

4

Yashnobod tumani, Aviasozlar 2-tor ko‘chasidan Asalobod-2 ko‘chasigacha

1,1

16,3

Jami: 14 ta obyekt

31,9

287,5

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Davlat organlarining axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Kadastr agentligi (Po‘latov), Soliq qo‘mitasi (Fayzibayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Pekos), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini belgilash.

Toshkent shahri hokimi qarori

Har yili dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ

3.

Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalar�ni hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdorlarini belgilash.

Toshkent shahri hokimi qarori

Har yili dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

4.

Yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan boshlang‘ich qiymatda auksion savdolariga chiqarish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Kadastr agentligi (Po‘latov)

5.

Toshkent shahri hududidagi barcha avtomobil yo‘llarida qurilish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va loyihalash ishlari, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, foto va video qayd etish va harakatni tashkil etish vositalarini o‘rnatish, chorrahalar boshqaruv tizimini joriy etish, reklama konstruksiyalari va elektromobillarni quvvatlash shoxobchalarini o‘rnatish, transport vositalari to‘xtash joylari, bekatlar, piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish hamda bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishi (fasadi) qiyofasini shakllantirishni tartibga soluvchi mavjud mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni yagona yondashuvlar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Transport vazirligi (Maxkamov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)

6.

Toshkent shahri hokimligi tasarrufiga o‘tkaziladigan davlatga tegishli kanal bo‘ylari, xiyobonlar, bog‘lar, transport vositalarining to‘xtash joylari, yer osti va yer usti piyodalar yo‘laklari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va yer usti metrosi ostidagi hududlar va boshqa bo‘sh yerlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Transport vazirligi (Maxkamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Kadastr agentligi (Po‘latov)

7.

Obyektlar faoliyatidan kelib chiqib, ularning amaldagi holati, shu jumladan atrof-muhitni yaxshilash, arxitektura qiyofasini saqlash, aholiga hordiq chiqarish uchun qulayliklar yaratishni nazarda tutgan holda, Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini hamda 2023 — 2025-yillarda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

8.

“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

9.

Mulk egalariga tegishli binolarga tutash hududlarda mavsumiy kafe, savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa tijorat maqsadlarida faoliyatni tashkil etish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun bozor tamoyillari asosida narx belgilash va yillik ijara haqini har oyda teng ulushlarda to‘lab borish tartibini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Kadastr agentligi (Po‘latov)

10.

Yangi obyektlarni loyihalashtirishda ularning qavatlari sonini mazkur hududning bosh rejasida (batafsil rejalashtirish loyihasida, master rejada yoki qurish loyihasida) obyektlar uchun belgilangan parametrlardan (qavatlar sonidan) 1,5 baravargacha oshirishga ruxsat berish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Adilov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

11.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha to‘lov qiymatiga kiritish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Adilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

12.

Quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektromobillarni tezkor quvvatlash shoxobchalari tomonidan sotilgan elektr energiyasiga ustama o‘rnatish va mazkur mablag‘larni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

13.

Kommunal sohadagi korxonalarning faoliyatini tahlil qilgan holda, ulardagi yo‘qotishlarni kamaytirish, tarmoqlardagi uzilishlarni bartaraf etish hamda ushbu korxonalar faoliyatini transformatsiya qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil yanvar

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

14.

Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish.

Kommunal to‘lovlarini yagona billing tizimiga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

2024-yil iyun

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Pekos), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Zakirov)

15.

Oqar suvlarni to‘liq hisobga olish, ulardan foydalanish bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev)

16.

Toshkent shahrining markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida yopiq tizimga o‘tish davrini 10 yildan 5 yilga qisqartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

17.

Toshkent shahrining markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulangan ko‘p qavatli uylarning ichki isitish va issiq suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

18.

Qiymati 50 mln AQSh dollari bo‘lgan investitsiya loyihasi doirasida “Maxsustrans” DUKga qarashli Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Shahar chiqindixonasi” poligoni hududida yiliga 1 mln tonnagacha qattiq maishiy chiqindilarni saralash va muqobil energiya ishlab chiqarishga ega bo‘lgan zavod qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil sentyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

19.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasi doirasida:

OTB kredit mablag‘larini Toshkent shahri mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qaytarish;

loyihani amalga oshirish muddatini 2024-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish;

loyiha doirasida iqtisod qilingan kredit mablag‘larini “Maxsustrans” DUK moddiy texnika bazasini rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

20.

“Maxsustrans” DUKga unga biriktirib berilgan hududlardagi chiqindi to‘plash shoxobchalari va yer maydonlarini hamda boshqa zarur joylar va bino-inshootlarni ajratish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan chiqindi tashuvchi texnikalarni xarid qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)