1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Ijro uchun mas’ullar |
|
1. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish: davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi o‘rinlarda — ekohududlar) joylashgan yer uchastkalari uchastkalarini ularning toifasini o‘zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga berish; ekohududlarda joylashgan turistik klasterlar tashkil etish uchun ijaraga beriladigan yer uchastkalariga yillik ijara miqdorini belgilash tartibini ishlab chiqish; ekohududlarda joylashgan yer uchastkalarini turistik klasterlar tashkil etish uchun ijaraga berish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan tuziladigan namunaviy shartnomani ishlab chiqish; Mazkur qarorning 3-ilovasida belgilangan davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, pitomniklar, milliy tabiat bog‘lari, o‘rmon xo‘jaliklarida turistik klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan hududlar chegaralarini belgilash. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil mart |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
2. |
Mazkur qarorga 3-ilovada ko‘rsatilgan davlat qo‘riqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bog‘lari va o‘rmon xo‘jaliklarining batafsil rejalashtirish loyihalari va master-rejalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil qilish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024-2025-yillar davomida |
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
3. |
Ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlar hududida turistik obyektlarni qurish uchun yengil va tez quriladigan konstruksiya hamda ekologik toza qurilish materiallarga qo‘yiladigan norma va talablarni belgilash. Amalga oshirish shakli: qo‘shma idoraviy hujjat. |
2024-yil mart |
- |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
|
4. |
Ekohududlarda yaqin besh yillik davrda inson faoliyati natijasida ekologiya va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday zararning oldini olishni nazarda tutgan holda rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: har bir ekohududni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha reja-grafik. |
2024-yil aprel |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
5. |
Davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar, o‘rmon xo‘jaliklari hududiga kirish uchun to‘lov undirish miqdori, tartibini ishlab chiqish. Bunda, to‘lovlarni elektron kuzatish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil aprel |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
6. |
Ekohududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning brendini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: har bir ekohududning brendini ishlab chiqish bo‘yicha reja-grafik. |
2024-yil may |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yo‘l ko‘rsatkichlarni markirovkalash tartibini belgilash. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil aprel |
- |
Turizm qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
8. |
Davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi turistik so‘qmoqlar tashkil qilish tartibini belgilash: turistik so‘qmoqlarga talablar va ularni tashkil qilish; turistik so‘qmoqlar reyestrini yuritish; turistik so‘qmoqlarni belgilangan talablar darajasida saqlash majburiyatini belgilash; turistik so‘qmoqlarning elektron xaritalarini ishlab chiqish; turistik so‘qmoqlarning marshrut yo‘nalishlarini internet xaritalarda belgilash. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat va standart loyihasi. |
2024-yil aprel |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
9. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tilida va kamida ikki xorijiy tillarda yuritiladigan “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishlab chiqish: turistik klasterlari hududlarining elektron xaritasi; tashrif markazlarida taqdim etiladigan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar; ushbu hududlarga sayohatlarni rejalashtirish va joylashtirish vositalarini oldindan band qilish; respublika hududida mavjud turistik so‘qmoqlar va ular imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar. Amalga oshirish shakli: platformani ishlab chiqish va ishga tushirish. |
2024-yil avgust |
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
10. |
Davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil etiladigan tashrif markazlarini (visitor center) qo‘yiladigan talablarni belgilash. Amalga oshirish shakli: standart loyihasi. |
2024-yil may |
- |
Turizm qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
11. |
Davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududi va ular atrofidagi chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil may |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
12. |
Turistik klasterlar tashkil qilish uchun salohiyati yuqori bo‘lgan tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil qilish. Amalga oshirish shakli: rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi reja-grafik. |
2024-yil may |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
13. |
O‘zbekistonning ekoturizm xaritasini ishlab chiqish va chop etish. Amalga oshirish shakli: ekoturizm xaritasini ishlab chiqish. |
2024-yil yanvardan boshlab, doimiy |
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
14. |
Quyidagi joylashtirish vositalariga toifa (yulduz) berish tartibini belgilash: Glempinglar va o‘tovlar; modulli mehmonxonalar. Amalga oshirish shakli: standart loyihasi. |
2024-yil iyun |
- |
Turizm qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
15. |
Ekohududlarda o‘ljalardan va tabiat in’om etgan mahsulotlardan suvenirlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024-yil apreldan boshlab, doimiy |
- |
Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
17. |
Ekohududlarda turistlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil aprel |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
|
18. |
Ekohududlarda ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil qilish va ularni o‘tkazish, shuningdek, mazkur hududlarda tashkil etiladigan tadbirlarning yagona kalendar rejasini shakllantirish tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil iyun |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Cho‘l hududlarida tadbirkorlik subyektlarining turistlarga ko‘chat va butalar ekish hamda daraxtlardan labirint xizmatlari tashkil qilish loyihalari uchun ko‘chat va butalarni xarid qilish tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil iyul |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
20. |
Ekohududlarda joylashtirish vositalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, ularni mustaqil va ko‘chma oqova suv tizimi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil iyun |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
21. |
Ekohududlarda turoperatorlar tomonidan turizm xizmatlarini tashkil qilish davomida sayyohlar xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tartibni belgilash. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil aprel |
- |
Turizm qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
22. |
Ekohududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari xarajatlarining qoplab berish tartibini belgilash. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2024-yil iyun |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
23. |
Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsat berish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish, onlayn to‘lov hamda olingan ruxsatnomalardan foydalanishni nazorat qilish mexanizmini o‘z ichiga olgan yagona avtomatlashtirilgan elektron tizim va uning mobil ilovasini yaratish hamda uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinishini ta’minlash. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024-yil davomida |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
|
24. |
Respublikaning tuman va shaharlarida tabiat muzeylarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi. |
2025-yil mart |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
25. |
Ekohududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, turizm va unga yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda investitsiya dasturiga kiritib borish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024-yil davomida, doimiy |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
26. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish: yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari, ularga toifalarni belgilash hamda malaka sertifikatini berish tartibi; ekoturizm yo‘nalishida turoperatorlik faoliyatini amalga oshirishda turistlar hayoti va sog‘ligiga javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi talablarni belgilash. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat va standart loyihasi. |
2024-yil aprel |
- |
Turizm qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
27. |
Qo‘shni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarning yillik sonini aniqlash tartibini belgilash. Amalga oshirish shakli: qo‘shma reglament loyihasi. |
2024-yil avgust |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
28. |
Qo‘shni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarning yillik sonini aniqlash bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashuvi tizimini joriy qilish hamda hisobga kiritilgan (olingan) yovvoyi hayvonlarga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024-yil sentabrdan boshlab, har chorakda |
Ekologiya jamg‘armasi va qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
|
29. |
Surxon davlat qo‘riqxonasining Zarautsoy qo‘riqlanma hududida kamida 5 ta ekoturizm maskanlarini tashkil etish bo‘yicha investorlarni jalb qilish choralarini ko‘rish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024 — 2026-yillar davomida |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
30. |
Respublikaning tog‘li hududlarida dor yo‘li va tomosha maydonlarini va cho‘l hududlarida 20 ta safari, ralli va boshqa ekstremal turizm obyektlarini tashkil qilish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024 — 2026-yillar davomida |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
31. |
Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi va “Turizm to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni inobatga olish. Amalga oshirish shakli: Qonun loyihasi. |
2024-yil aprel |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
32. |
“Yashil sayohat” (Green travel) milliy standart va sertifikatlash tizimini yaratish. Bunda, joylashtirish vositalari, shu jumladan, muhofaza etiladigan hududlarda barpo etiladigan mehmonxona (kemping, glemping, ekouylar, o‘tovlar va b.), hunarmandchilik mahsulotlari, ovqatlanish va chakana savdo, osma dor yo‘llari va boshqa turdagi turistik obyektlarni faqatgina ekologik toza hamda qayta ishlanadigan materiallardan barpo etishga qo‘yiladigan talablarni belgilash. Amalga oshirish shakli: milliy standart va sertifikatlash tartibi. |
2024 — 2026-yillar davomida |
Ijrochilar mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2-ILOVA
|
T/r |
Faoliyat (xizmat) turi |
|
1. |
Tashrif markazlari (Visitor center) |
|
2. |
Tabiat muzeyi |
|
3. |
Modulli mehmonxonalar |
|
4. |
Glempinglar majmuasi |
|
5. |
Chodirli (kemping) lagerlar |
|
6. |
O‘tovli lagerlar |
|
7. |
Avtokempinglar majmuasi |
|
8. |
Ekouylar majmuasi |
|
9. |
Konteyner shaharchalar |
|
10. |
Hunarmandchilik va suvenir mahsulotlari savdosi |
|
11. |
Piknik zona |
|
12. |
Baliq ovlash va suv bo‘yi turizmi maskanlari |
|
13. |
Ekstremal turizm yo‘nalishida zarur bo‘ladigan anjomlar ijarasi markazi |
|
14. |
Boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar |
|
15. |
Banji-jamping attraksionlari |
|
16. |
Ziplayn attraksionlari |
|
17. |
Zorbing markazi |
|
18. |
Velosiped ijarasi |
|
19. |
Kvadrotsikl va baggikarlar ijarasi (tog‘li, cho‘l va qumli hududlarda) |
|
20. |
Jip turlar (cho‘l va qumli hududlarda) |
|
21. |
Kanatli (arqonli) park (Taypark) |
|
22. |
Sun’iy qoyalarga chiqish (skalodrom) |
|
23. |
Ot va tuyada sayr qilish xizmati |
|
24. |
Rafting xizmati |
|
25. |
Kayaking xizmati |
|
26. |
Kaytsyorfing xizmati |
|
27. |
Deltaplan xizmati |
|
28. |
Motoparaplan xizmati |
|
29. |
Trekking va xayking uchun ekskursovod xizmati |
|
30. |
Elektromotorli qayiqlar ijarasi |
|
31. |
Qorda harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus transport vositalari (tog‘li hududlarda) |
|
32. |
Zorbing xizmati |
|
33. |
Qumli serfing va sendbording xizmati |
|
34. |
Qushlarni kuzatish (byordvotching) uchun maxsus joy |
|
35. |
Selfi zona |
|
36. |
Ekstremal turizm uchun tematik park |
|
37. |
Tungi vaqtda yulduzlarni kuzatish xizmati |
|
38. |
O‘simlik, daraxt va butalardan labirint faoliyati (cho‘l va qumli hududlarda) |
3-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
Batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqish muddati |
|
Davlat qo‘riqxonalari (bufer zonasi) | ||
|
1. |
Surxon davlat qo‘riqxonasi |
2024-yil noyabr |
|
2. |
Hisor davlat qo‘riqxonasi |
2024-yil dekabr |
|
3. |
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi |
2025-yil oktabr |
|
4. |
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi |
2025-yil noyabr |
|
5. |
Nurota qo‘riqxonasi |
2025-yil dekabr |
|
6. |
Zomin davlat qo‘riqxonasi |
2024-yil oktabr |
|
7. |
“Barsakelmes” davlat buyurtma qo‘riqxonasi |
2025-yil dekabr |
|
Milliy tabiat bog‘lari va pitomnik | ||
|
8. |
Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog‘i |
2025-yil noyabr |
|
9. |
Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog‘i |
2024-yil noyabr |
|
10. |
Zarafshon milliy tabiat bog‘i |
2024-yil dekabr |
|
11. |
Xorazm milliy tabiat bog‘i |
2025-yil dekabr |
|
12. |
Zomin milliy tabiat bog‘i |
2024-yil noyabr |
|
13. |
Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i |
2025-yil oktabr |
|
14. |
Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i |
2024-yil dekabr |
|
15. |
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati |
2025-yil sentabr |
|
16. |
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi |
2025-yil iyun |
|
O‘rmon xo‘jaliklari | ||
|
17. |
Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2024-yil noyabr |
|
18. |
Darg‘om davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi |
2025-yil iyul |
|
19. |
Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2025-yil Dekabr |
|
20. |
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2024-yil noyabr |
|
21. |
Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2025-yil iyul |
|
22. |
Hisor davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2024-yil oktabr |
|
23. |
Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2025-yil noyabr |
|
24. |
Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2025-yil oktabr |
|
25. |
Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2025-yil dekabr |
|
26. |
Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi |
2024-yil noyabr |
4-ILOVA
|
T/r |
Suv havza nomi |
Joylashgan joyi |
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ||
|
1. |
Sudochye ko‘li |
Mo‘ynoq tumani |
|
2. |
Ashshiko‘l |
Nukus shahri |
|
3. |
Qaratereng ko‘li |
Taxtako‘pir tumani |
|
4. |
Aqchako‘l |
Ellikqal’a tumani |
|
Buxoro viloyati | ||
|
5. |
Jilvon jilosi ko‘li |
Shofirkon tuman |
|
Jizzax viloyati | ||
|
6. |
Arnasoy suv ombori |
Arnasoy tumani |
|
7. |
Tuzkon ko‘li |
Forish tumani |
|
8. |
Aydarko‘l |
Forish tumani |
|
Qashqadaryo viloyati | ||
|
9. |
Xo‘jaipok |
Dehqonobod tumani |
|
10. |
Konsoyko‘l |
Dehqonobod tumani |
|
11. |
“Delfin” istirohat plyaji |
Qarshi shahri |
|
Navoiy viloyati | ||
|
12. |
Aydarko‘l |
Nurota tumani |
|
13. |
To‘dako‘l |
Qiziltepa tumani |
|
14. |
“Yoshlar” sun’iy ko‘li |
Navoiy shahri |
|
Namangan viloyati | ||
|
15. |
Chortoq suv ombori |
Chortoq tumani |
|
Samarqand viloyati | ||
|
16. |
Qoratepa suv ombori |
Urgut tumani |
|
Surxondaryo viloyati | ||
|
17. |
“Uchqizil” suv ombori |
Termiz tumani |
|
18. |
“Degriz”suv ombori |
Oltinsoy tumani |
|
19. |
“To‘palang” suv ombori |
Sariosiyo tumani |
|
20. |
Janubiy Surxon suv ombori |
Qumqo‘rg‘on tumani |
|
21. |
“Oqtepa” suv ombori |
Jarqo‘rg‘on tumani |
|
Toshkent viloyati | ||
|
22. |
Chorvoq suv ombori |
Bo‘stonliq tumani |
|
23. |
Toshkent suv ombori |
O‘rta chirchiq tumani |
|
Farg‘ona viloyati | ||
|
24. |
“Karkidon” suv ombori |
Quva tumani |
|
Xorazm viloyati | ||
|
25. |
Qal’ajiq qal’a |
Bog‘ot tumani |
|
26. |
Yoshlar ko‘li |
Urganch shahri |
|
Toshkent shahri | ||
|
27. |
Cho‘milish plyaji |
Chilonzor tumani |
5-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
Tuman (shahar) nomi |
Quriladigan dor yo‘li soni |
|
1. |
Andijon viloyati |
Xonobod shahri |
1 |
|
2. |
Namangan viloyati |
Yangiqo‘rg‘on tumani |
1 |
|
3. |
Pop tumani |
1 | |
|
4. |
Navoiy viloyati |
Xatirchi tumani |
1 |
|
5. |
Jizzax viloyati |
Zomin tumani |
1 |
|
6. |
Forish tumani |
1 | |
|
7. |
Baxmal tumani |
1 | |
|
8. |
Samarqand viloyati |
Nurobod tumani |
1 |
|
9. |
Qashqadaryo viloyati |
Shahrisabz tumani |
1 |
|
10. |
Kitob tumani |
1 | |
|
11. |
Qamashi tumani |
2 | |
|
12. |
Surxondaryo viloyati |
Boysun tumani |
1 |
|
13. |
Sariosiyo tumani |
1 | |
|
14. |
Toshkent viloyati |
Bo‘stonliq tumani |
4 |
|
15. |
2 | ||
|
16. |
1 | ||
|
17. |
Parkent tumani |
1 | |
|
18. |
Angren shahri |
1 | |
|
19. |
Ohangaron tumani |
1 | |
|
Jami: |
24 | ||
6-ILOVA
|
Loyiha nomi |
Hudud nomi |
Amalga oshirish muddati |
Ajratiladigan yer maydoni (gektar) |
Loyihaning umumiy qiymati |
shundan, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha | |||
|
O‘z mablag‘lari |
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar |
Tijorat banklari kreditlari | ||||||
|
1. |
Tog‘ velosporti trassalarini (velosiped sportining tog‘ velosporti va shosse turlari bo‘yicha) jahon standartlari asosida barpo etish. |
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chimboyliq” MFY |
3 yil |
400 |
18 mln AQSH dolari |
2 mln AQSH dollari |
13 mln AQSH dollari |
3 mln AQSH dollari |
|
2 km uzunlikdagi dor yo‘li, tomosha maydonchasi va restoran. | ||||||||
|
Avtokempinglarni (karavan, kemperlar) ijaraga berish xizmati. | ||||||||
|
Zarur infratuzilmaga ega kempinglar va piknik zonalarni yaratish. | ||||||||
|
Turistik so‘qmoq va yo‘laklarni (sayr va xayking) barpo etish. | ||||||||
|
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish. | ||||||||
|
O‘rmonlarni saqlash, qo‘riqlash, o‘rash va yangi daraxtlarni ekish, ularni parvarishlash (bodom, do‘lana, yong‘oq va boshqalar) va qayta ishlash. | ||||||||
|
2. |
Ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida zarur infratuzilmaga ega kempinglar va piknik zonalarni yaratish. |
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Burchmilla davlat o‘rmon xo‘jaligining Sijjak bo‘limi |
2 yil |
5 |
20 mlrd so‘m |
- |
20 mlrd so‘m |
- |