15.12.2023 yildagi 666-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish va tizimlashtirish, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini davlat namunasidagi hujjatlar bilan ta’minlash, diplom va uning ilovasidagi axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ilg‘or xorijiy amaliyotda foydalaniladigan namunalar ko‘rinishiga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplomning davlat namunasi va tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplomga ilovaning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplom va diplomga ilovani tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar aniq hisob-kitoblarga asosan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplom va diplomga ilova (dublikat berish holatlari bundan mustasno) bitiruvchilarga bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplom, diplomga ilova va sertifikat blankalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmasi bo‘yicha himoyalangan maxsus qog‘ozlarda shartnoma asosida tayyorlab berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2023/2024 o‘quv yiliga qadar akademik litseylarning bitiruvchilariga berilgan qog‘oz shaklidagi diplom yo‘qotilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida belgilangan davlat namunasidagi diplomning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
666-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplomning davlat namunasi va tavsifi

Akademik litsey diplomi

NAMUNASI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ko‘rinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

AKADEMIK LITSEY

DIPLOMI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomning ichki chap tomoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

AKADEMIK LITSEY

DIPLOMI

L № 00000000

_____________________________________________________

_____________________________________________________

(ta’lim muassasasining nomi)

Davlat attestatsiya komissiyasining

20___-yil ___-________ dagi qaroriga binoan

_____________________________________________________

(bitiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

_____________________________________________________

__________________________________________ yo‘nalishi

(yo‘nalish nomi)

bo‘yicha tamomladi.

Direktor: ___________________________M.O‘

QR-kod

Ro‘yxatga olish raqami: _________________

(tartib raqami)

_____________________________________________________

(berilgan joy va sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomning ichki o‘ng tomoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TNE REPUBLIC OG‘ UZBEKISTAN

DIPLOMA

OG‘ ACADEMIC LYCEUM

L № 00000000

_____________________________________________________

_____________________________________________________

(the name of educational institution)

By the decision of the State Attestation Commission

____ ________ 20 ____

_____________________________________________________

(graduate’s surname, first name, other name)

completed ____________________________________________

(field of study)

_____________________________________________________

bo‘yicha tamomladi.

Director: ___________________________P.S.

QR-kod

Registration № __________________________

(serial number)

_____________________________________________________

(date and place)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Akademik litsey diplomining

TAVSIFI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey diplomi muqovasining tomonlari 148x210 mm o‘lchamda yaxlit qoplangan to‘q ko‘k (a’lo darajali diplom qizil-marmar) rangli muqova matbaa materialidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Diplom muqova materiali — to‘q ko‘k, “a’lo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangdan iborat. Muqova materiali bumvinil, to‘q ko‘k va qizil-marmar rangdan iborat bo‘ladi. Muqovada matn oltin rang zarli qog‘ozda, diametri 45 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” nomi bosma naqsh usulida yoziladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom blankasining ichki qismi 290x200 mm o‘lchamda, maxsus milliy naqsh tushirilgan suv belgili qog‘ozda, matn qismi qora rangda va tasviriy elementlari esa ko‘k rangda ofset bosma usulida bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli o‘lchamda bo‘lgan o‘ziga xos ko‘rinishdagi ko‘k rang bo‘yoqda tushirilgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilyosh elementidan iborat bo‘ladi. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A’lo darajali” diplomning ichki qismi uchun “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” va “TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM” so‘zlari pastiga qizil bo‘yoqda lotin yozuvidagi o‘zbek tilida “A’LO DARAJALI” va ingliz tilida “WITN NONOUR’S” so‘zlari yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom blankasining ichki qismi himoya elementlari quyidagicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qog‘oz tavsifi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qog‘oz — 100 foiz paxta, qalinligi 120 ± 5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy naqsh ko‘rinishidagi suv belgisi mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qog‘oz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm bo‘lgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nur ostida ko‘rinadigan sariq va ko‘k rangli tolalar mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosma tavsifi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma jarayonda kimyoviy barqaror matbaa bo‘yoqlaridan foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplom blankasining chap tomonida o‘zgaruvchan rangda OVI bo‘yog‘i ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki varaqning asosiy foni ko‘k rang, ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat, nusxa ko‘chirilmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplom blankasining ikki tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm bo‘lgan ko‘rinmaydigan tasviri tushiriladi va u ultrabinafsha nur ostida ko‘rinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko‘rinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va Davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” mikromatnli so‘z birikmasi mavjud bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seriyasi “L” va raqami sakkiz xonali sonda ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nur ostida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplomga ilovaning davlat namunasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REPUBLIC OF UZBEKISTAN

1. DIPLOM SOHIBI HAQIDA MA’LUMOTLAR /

INFORMATION ABOUT THE DIPLOMA NOLDER

1.1. Familiyasi / Surname

1.2. Ismi, otasining ismi / First name, other name

1.3. Tug‘ilgan sana / Date of birth

L № _____________________

2. MALAKASI HAQIDA MA’LUMOTLAR / QUALIFICATION

DIPLOMGA ILOVA /

DEPLOMA SUPPLEMENT

(diplomsiz ilova haqiqiy hisoblanmaydi /

without diploma the attachment is invalid)

2.1. Yo‘nalish nomi / Field of study

Davlat attestatsiya komissiyasining qarori / Decision of the State Attestation Commission

2.2. Ta’lim muassasasining nomi / The name of educational institution

2.3. Ta’lim (imtihon) til(lar)i / Language (s) of education (examination)

___________________________________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi / full name

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3. Ta’lim dasturini o‘zlashtirish natijalari haqida ma’lumotlar / Obtained programme details and grades

T/r

Fan (modul)ning nomi / Course title

Soatlarning umumiy miqdori / Total hours in the curriculum

Baholash (ball, reyting, baho) / Grade (score, rating, mark)

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

Davlat attestatsiyalari / The state attestations

1.

 

2.

3.

4.

5.

6.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4. QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR / ADDITIONALINFORMATION

IMZO VA MUHR / SIGNATURE AND SEAL

Direktor / Director

Direktor o‘rinbosari / Deputy Director

Ro‘yxat raqami / Registration number ___________________________________________

Berilgan vaqti / Date of issue __________________________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

a) 3 va 4-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 2-ilovaga, akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmalariga muvofiq har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

b) 5-banddagi “Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“2. Bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan davlat va nodavlat umumta’lim muassasalari, akademik litseylar (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdirlanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilarga bo‘ysunuvidan qat’i nazar, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma beriladigan ta’lim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, bo‘ysunuvidan qat’i nazar, bitiruvchilariga o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risida diplom beriladigan ta’lim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9 — 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“9. Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi har yili 17-iyunga qadar ta’lim muassasasi joylashgan hudud bo‘yicha tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdim etiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi har yili 20-iyunga qadar tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda har yili 25-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilariga o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 25-iyunga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 30-iyunga qadar o‘zining rasmiy veb-saytida oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ta’lim muassasalari ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida tegishli o‘quv yilining 15-noyabriga qadar oltin va kumush medallarga buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tegishli o‘quv yilining 25-noyabriga qadar buyurtmalarni umumlashtirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari oltin va kumush medallarga buyurtmani umumlashtirib, tegishli o‘quv yilining 1-dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilariga o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari belgilangan tartibda oltin va kumush medallarga buyurtmani har o‘quv yilining 1-dekabriga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi. Vazirlik va idoralar buyurtmalarni umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyurtmalarni umumlashtirib, tegishli o‘quv yilining 15-dekabriga qadar Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasiga buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

15. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmasi asosida oltin va kumush medallarni tegishli o‘quv yilining 1-mayiga qadar tayyorlaydi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oltin va kumush medallar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’minot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan tegishli o‘quv yilining 1-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oltin va kumush medallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli o‘quv yilining 5-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari orqali tegishli o‘quv yilining 8-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimida bitiruvchilariga o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risida diplom beriladigan ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar oltin va kumush medallarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan qabul qilib, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida tegishli o‘quv yilining 5-iyuniga qadar ta’lim muassasalariga yetkazadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

18 — 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Oltin va kumush medallar turli sabablarga ko‘ra ortib qolgan taqdirda tegishli o‘quv yilining 15-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tegishli o‘quv yilining 18-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarining mas’ul xodimiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

19. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli o‘quv yilining 30-iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qaytariladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risida diplom beriladigan ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalarida ortib qolgan oltin va kumush medallarni 30-iyunga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ortib qolgan oltin va kumush medallar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida zaxira sifatida saqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Ijrochilar” ustunidagi “xalq ta’limi”, “Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi” hamda “Xalq ta’limi” so‘zlari tegishlicha “maktabgacha va maktab ta’limi”, “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi” hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirlar” ustunidagi “Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi” hamda “Xalq ta’limi” so‘zlari tegishlicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi” hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

g) 2-ilovaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Medallarning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana bo‘ylab bosh harflar bilan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning o‘lchami 2 millimetr”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilarga beriladigan oltin va kumush medallarning diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, metall qotishmasidan tayyorlangan, doira bo‘rtma shaklda. Oltin medal oltinsimon rangli, kumush medal kumushsimon rangli bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltin va kumush medallarning o‘rta qismida doiraning markazida, ko‘tarilayotgan quyosh nurlari fonida bo‘rtma kitob tasvirlangan, uning umumiy balandligi 11 millimetr, eni 21 millimetr, pastki chap tomondan o‘ng tomonga qarab ustki qismiga qadar nihol tasvirlangan. Yuqoridagi belgilar diametri 30 millimetr bo‘lgan doira shaklidagi bo‘rtma gardish bilan o‘ralgan. Medalning chap pastki qismidan boshlab, aylana bo‘ylab bosh harflar bilan “O‘QISHDAGI MUVAFFAQIYATLARI VA NAMUNALI XULQI UCHUN” degan yozuv joylashgan. Harflarning o‘lchami 2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medallarning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana bo‘ylab bosh harflar bilan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning o‘lchami 2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medallar ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning bo‘yi — 17 millimetr, eni — 26 millimetr. Qadag‘ichda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qadag‘ichning orqa tomoniga medallarni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tizimidagi harbiy akademik litseylarning bitiruvchilariga beriladigan medallarning orqa tomonida tegishli vazirlik va idoralarning logotiplari tasvirlanadi hamda orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana bo‘ylab bosh harflar bilan tegishli vazirlik va idoraning nomi tushirilgan yozuv joylashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) V bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V. Professional ta’lim muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari” so‘zlari “Professional ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining yillik ish rejasi 40 soatlik ish haftasidan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda o‘quv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari, ishlab chiqarish ta’limini, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uchun materiallar qismini tayyorlash bo‘yicha taqsimlab chiqiladi. Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ish vaqti normativlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

v) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi” so‘zlari “professional ta’lim muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“17. Shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda professional ta’lim muassasasi rahbariyati o‘qituvchining o‘quv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin. Bunda o‘quv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki ko‘paytirish tomonga 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 18-banddagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida” so‘zlari “professional ta’lim muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

e) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Professional ta’lim muassasasining har bir o‘qituvchisi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi yillik ish rejasi bajarilishi to‘g‘risida pedagogik kengashda yoki professional ta’lim muassasasining boshqa kollegial organi majlisida har yili kamida bir marta hisobot beradi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)