1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tashkilotning amaldagi toʻliq (rasmiy) nomi |
Tashkilotning taklif qilinayotgan toʻliq (rasmiy) nomi |
Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi. |
|
Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari | |||
|
2. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi |
Markaz ilmiy muassasa sifatida ish yuritadi va unda 7 ta ilmiy laboratoriya: Biotexnologiya, Eksperimental biofizika, Fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari, Geofizika va nanominerologiya, Fudomiks, Hujayralar texnologiyasi va “BigData” laboratoriyalari tashkil etiladi. Ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirishni taʼminlash maqsadida Markazda “C.A.T. Sciene Accelerator” va inkubator faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. |
|
3. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi |
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisiga iqtisodiyotning real sektorida ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratishni qoʻllab-quvvatlash, ularni tijoratlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda respublika miqyosida forumlar, xalqaro yarmarka va koʻrgazmalar tashkil etish vazifalari yuklatiladi. |
|
4. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Jamgʻarma amaldagi moliyalashtirish tartibi va shartlarini saqlab qolgan holda Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi. |
|
5. |
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi |
Markaz davlat muassasasi shaklida faoliyat olib boradi, uning asosiy faoliyati quyidagilarga yoʻnaltiriladi: oliy taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv-meʼyoriy hujjatlar, malaka talablari va taʼlim dasturlarini tahlil qilish; oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni uzluksizligini metodik jihatdan taʼminlash; taʼlim dasturlariga kiradigan barcha fanlar boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish; davlat namunasidagi qatʼiy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy taʼlim muassasalarini taʼminlash; oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish; oliy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani tadqiq qilish va ularning natijalarini ommalashtirish. |
|
6. |
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti |
Bosh ilmiy-metodik markaz Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlanadi. Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. |
|
7. |
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi |
Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi deb qayta nomlanadi. Markaz oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari talaba (oʻquvchi)larining ijtimoiy loyihalarini ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadi. Markaz oʻz faoliyatini oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodimlar va tyutorlar bilan hamkorlikda tashkil etadi. Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. |
|
8. |
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi |
Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi deb qayta nomlanadi. Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. Markaz oliy va professional taʼlim muassasalarining jihoz, asbob-uskuna, transport vositalari, mebel va boshqa moddiy qimmatliklar bilan taʼminlanishi holatini monitoring qiladi. Shuningdek, oliy va professional taʼlim muassasalari bino va inshootlarining qurilishi, rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal taʼmirlanishi, ularning yangi oʻquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlanishi ustidan monitoring olib boradi. |
|
9. |
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional taʼlimni rivojlantirish instituti |
Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Professional taʼlimni rivojlantirish instituti deb qayta nomlanadi. Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. |
3-ILOVA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |||||||||||||||||||||||||||||
Innovatsion rivojlanish agentligi | Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi | ||||||||||||||||||||||||||||
Kasbiy taʼlim agentligi | Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi | ||||||||||||||||||||||||||||
Bilim va malakalarni baholash agentligi | Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti | ||||||||||||||||||||||||||||
Oliy attestatsiya komissiyasi | Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi | ||||||||||||||||||||||||||||
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Davlat oliy taʼlim tashkilotlari* | ||||||||||||||||||||||||||||
Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi | Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi | ||||||||||||||||||||||||||||
Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi | |||||||||||||||||||||||||||||
4-ILOVA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |||||||||||||||||||||||||||||
Innovatsion rivojlanish agentligi | |||||||||||||||||||||||||||||
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki | Yoshlar texnoparklari | ||||||||||||||||||||||||||||
Ilmiy-texnik axborot markazi | Andijon tajriba-koʻrgazma maydoni | ||||||||||||||||||||||||||||
Startaplarni qoʻllab-quvvatlash markazi | Ilmiy texnik kengashlar | ||||||||||||||||||||||||||||
5-ILOVA
|
|
|||||||||||||||||
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|||||||||||||||||
|
Bilim va malakalarni baholash agentligi |
|||||||||||||||||
|
“Ilmiy-oʻquv amaliy markazi” davlat muassasasi |
|||||||||||||||||
|
Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi* |
|||||||||||||||||
|
Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlari* |
|||||||||||||||||
6-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish: taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlari sonini qisqartirish hamda Vazirlar Mahkamasining ayrim vakolatlarini mazkur organlarga oʻtkazish; taʼlim muassasasini boshqaruvchi institutsional tuzilmalar vakolatlarini aniq belgilash; oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish qoidalarini belgilash; taʼlim sifatini monitoring qilish va taʼminlash boʻyicha huquqiy mexanizmlarni belgilash. | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2023-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. | Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini tanqidiy tahlil qilgan holda ilgʻor xorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqish boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish. | Tanlov eʼlon qilish | 2023-yil iyul | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini ilmiy loyiha takliflari asosida qayta tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2024-yil fevral | |||
4. | Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash, oʻqishdan chetlashtirish hamda akademik mobilligini tashkil etish tartiblarini qayta koʻrib chiqish va belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2024-yil fevral | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengashi |
6. | Yetakchi oliy taʼlim muassasalari bazasida milliy oliy taʼlim dasturlarini xalqaro tashkilotlarning taʼlim sohalari reytingida yuqori 200 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqish. | Reja-jadval asosida | Tasdiqlash — 2023-yil sentabr Amalga oshirish — 2023 — 2030-yillar | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Respublikada faoliyat yurituvchi oliy taʼlim tashkilotlarining reytingini yuritish tizimini xalqaro reyting tashkilotlarining baholash tizimi asosida qayta koʻrib chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengashi |
8. | Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini “haq toʻlanadigan amaliyot” (internship) mexanizmi asosida tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengashi |
9. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10. | Davlat oliy taʼlim muassasalari professorlarining oʻquv va ilmiy faoliyati samaradorligini hamda yosh kadrlarning kasbiy mahorati va masʼuliyatini oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasasi rektoriga (direktoriga) oʻquv ishlari boʻyicha assistent va tadqiqot ishlari boʻyicha assistent lavozimlarini joriy etish vakolatini berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil avgust | Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
11. | Oliy taʼlim muassasalari rahbariyatining taʼlim va ilm-fan boʻyicha maʼruza oʻqishini tashkil etish, xorijiy oliy taʼlim muassasalari faxriy professor unvonini olishi, akademik saylovlarda faol ishtirokini taʼminlash orqali oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining akademik faolligini oshirib borishni ragʻbatlantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
12. | Akademik litseylar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni qayta koʻrib chiqish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish: oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilash; litsey bitiruvchilari uchun elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan va QR-kod qoʻyiladigan elektron shakldagi diplomning davlat namunasini tasdiqlash; taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish, pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil noyabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida akademik litseylari mavjud vazirlik va idoralar |
13. | Akademik litsey oʻquvchilarining xalqaro fan olimpiadalaridagi ijobiy natijalarini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan akademik litseyning oʻquv laboratoriya xonalarini xalqaro fan (kimyo, biologiya, fizika) olimpiadalarini oʻtkazishda foydalaniladigan zamonaviy oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjet mablagʻlari doirasida | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
14. | Navoiy viloyatida robotlarning ehtiyot qismlarini yaratish uchun kichik kontrolyorlar, datchiklar va sensorlar ishlab chiqaradigan Yoshlar milliy laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil dekabr | Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi |
15. | Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini yil davomida oʻtkazishga moʻljallangan namunaviy tipdagi katta sigʻimli pavilyonlar qurish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlarini ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil avgust | - | Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Bilim va malakalarni baholash agentligi |
16. | OʻzASBO axborot tizimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimdagi taʼlim muassasalarining moliya yili uchun tasdiqlangan budjet hamda budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqini beruvchi tizimni joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil avgust | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
17. | Faoliyati tugatilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari Rivojlantirish jamgʻarmasiga oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish. Shuningdek, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim sohalaridagi xalqaro loyihalar, jumladan Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida Inspeksiyaga berilgan moddiy qimmatliklar va jihozlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil iyul | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
18. | Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda samarali faoliyat yuritishlarini tashkil qilish boʻyicha ularning assotsiatsiyasini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish, ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini oshirish hamda amaldagi tarqoq axborot tizimlarini birlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil noyabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Strategik islohotlar agentligi |
20. | Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida: | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |
Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Vengriya va Belarus davlatlarining nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 130 ta xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar doirasida yaratilgan yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud muammolari yechimiga yoʻnaltirish; | - | ||||
jahon ilm-fanining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy loyihalar roʻyxatini shakllantirish. | Xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma tanlov eʼlon qilish | 2023-yil dekabr | Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar | ||
21. | Respublikada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, bunda ilmiy etiket normalarini tatbiq qilish maqsadida ilmiy noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha axborot tizimini joriy etish. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan: respublikadagi barcha ilmiy jurnallar faoliyatini muvofiqlashtirishni yoʻlga qoʻyish, ularda chop etiladigan ilmiy maqolalar mazmuni va sifatiga boʻlgan umumiy texnik talablarni ishlab chiqib, joriy etish; ilmiy noshirlik faoliyatida, jumladan magistrlik dissertatsiyalari, falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari hamda ilmiy monografiyalar, oʻquv qoʻllanma va darsliklar tayyorlash, ilmiy jurnallarda maqola chop etish jarayonida koʻchirmachilikni aniqlash tizimini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2024-yil yanvar | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
22. | Innovatsion loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil sentabr | Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Innovatsion rivojlanish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
23. | Ilm-fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlariga faol jalb qilish, ilmiy tashkilotlar xodimlarini oʻquv jarayoniga kengroq olib kirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
24. | Respublikadagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalaridagi barcha ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarining yagona markazlashgan bazasini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
25. | Korxona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklida yil davomida oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tizimini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
26. | Kasb-hunar maktablariga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini oldingi yillarda tamomlagan imkoniyati cheklangan shaxslarni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
27. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kirgan idoraviy mansub tashkilotlar (davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalaridan tashqari) maʼmuriy-boshqaruv xodimlari tarkibini tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yuqori malakali, halol va tashabbuskor kadrlarni jalb etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
28. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy tarkibiy tuzilmalarini zarur shart-sharoitlari mavjud binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil iyul | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
29. | Magistr va bakalavrlarning mehnat maqomini belgilash yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
30. | “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasini “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etish. Bunda: “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki” masʼuliyati cheklangan jamiyatini “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi etib belgilash; “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasiga tegishli boʻlgan Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol koʻchasi, 5-uyda joylashgan bino-inshootlar va asosiy vositalarni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga muassisning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
31. | Professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻquv-meʼyoriy hujjatlari hamda pedagogik yuklamalarini qayta koʻrib chiqish. Professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
32. | Inklyuziv taʼlim oluvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning savodxonligini oshirish hamda surdotarjimonlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
33. | Oliy taʼlim va fan sohasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, natijalarning xalqaro darajada eʼtirof etilishini taʼminlash maqsadida universitetlar reytingini belgilovchi “Times Nigher Education”, “Quacquarelli Symonds” hamda yirik ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega boʻlgan “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-2026-yillar | Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
35. | Texnikumlarda oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarining qishloq xoʻjaligi, turizm, irrigatsiya va melioratsiya, xizmat koʻrsatish hamda veterinariya yoʻnalishlariga oid kasb va mutaxassisliklariga toʻliq davlat granti asosida oʻquvchilarni qabul qilish. Shuningdek, muhandislik, ishlab chiqarish va qayta ishlash yoʻnalishlariga oid kasb va mutaxassisliklar boʻyicha umumiy qabul koʻrsatkichlarining kamida 50 foizini davlat grantiga ajratish. | Qabul parametrlarini tasdiqlash | 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab | Davlat budjeti mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
36. | Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilariga kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat uchun ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida ustama haq toʻlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | Qoʻshma qaror | 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab | Davlat budjeti mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
37. | Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, Professional taʼlimni rivojlantirish instituti, Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi, Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasini Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy manzili boʻyicha joylashtirish. Bunda: 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy manzili boʻyicha bino-inshootlarni saqlash xarajatlari Professional taʼlimni rivojlantirish institutiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi hamda boshqa tashkilot va muassasalar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi; Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi (Olmazor tumani, Shifonur koʻchasi, 75-uy) va Professional taʼlimni rivojlantirish institutining (Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 76-uy) bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga tegishli ravishda Toshkent davlat texnika universiteti va Oʻzbekiston milliy universitetiga talabalar turar joylarini tashkil etish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi |