1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.89.00 (Кучини йукотган) Talaba va oʻquvchilarni moddiy-maishiy jihatdan taʼminlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallar taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari aʼlo boʻlgan bitiruvchilarga;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumush medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan bitiruvchilarga beriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 2-ilovaga, akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmalariga muvofiq har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internatlari, sport yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda bitiruvchilar deb ataladi) oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan davlat va nodavlat umumtaʼlim muassasalari, akademik litseylar (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) tomonidan ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taqdirlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilarga boʻysunuvidan qatʼi nazar, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma beriladigan taʼlim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, shuningdek, boʻysunuvidan qatʼi nazar, bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan taʼlim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bitiruvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari aʼlo boʻlgan bitiruvchilarga beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kumush medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan bitiruvchilarga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari har yili 10-iyunga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin va kumush medallar bilan taqdirlashga munosib boʻlgan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Pedagogik kengash deb ataladi) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pedagogik kengash ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida har yili 14-iyunga qadar bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida taʼlim muassasasi direktori tomonidan har yili 15-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi har yili 17-iyunga qadar taʼlim muassasasi joylashgan hudud boʻyicha tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi har yili 20-iyunga qadar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda har yili 25-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 25-iyunga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar har yili 30-iyunga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlarni joylashtiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Buyurtmani shakllantirish hamda oltin va kumush medallarni tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taʼlim muassasalari ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida tegishli oʻquv yilining 15-noyabriga qadar oltin va kumush medallarga buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tegishli oʻquv yilining 25-noyabriga qadar buyurtmalarni umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari oltin va kumush medallarga buyurtmani umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari belgilangan tartibda oltin va kumush medallarga buyurtmani har oʻquv yilining 1-dekabriga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi. Vazirlik va idoralar buyurtmalarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyurtmalarni umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 15-dekabriga qadar Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasiga buyurtma beradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmasi asosida oltin va kumush medallarni tegishli oʻquv yilining 1-mayiga qadar tayyorlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Taʼminot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan tegishli oʻquv yilining 1-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltin va kumush medallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 5-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari orqali tegishli oʻquv yilining 8-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimida bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar oltin va kumush medallarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan qabul qilib, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida tegishli oʻquv yilining 5-iyuniga qadar taʼlim muassasalariga yetkazadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taʼlim muassasasida oltin va kumush medallar taʼlim muassasasi direktorining poʻlat sandigʻida (seyfda) saqlanadi. Medallar oʻquvchilarga topshirilgunga qadar saqlash uchun javobgarlik taʼlim muassasasi direktoriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oltin va kumush medallar turli sabablarga koʻra ortib qolgan taqdirda tegishli oʻquv yilining 15-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida taʼlim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan tegishli oʻquv yilining 18-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining masʼul xodimiga topshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 30-iyuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalarida ortib qolgan oltin va kumush medallarni 30-iyunga qadar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida zaxira sifatida saqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oltin va kumush medallar davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Taʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari
1) bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganish
2) oltin va kumush medal bilan taqdirlashga munosib boʻlgan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish
3) oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini Pedagogik kengashga taqdim etish
Har yili 10-iyunga qadar
2-bosqich
Pedagogik kengash
Bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Xar yili 14-iyunga qadar
3-bosqich
Taʼlim muassasasi direktori mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari. bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni tantanali ravishda topshirish
Har yili 15-iyunga qadar
4-bosqich
Taʼlim muassasasi direktori
Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasini tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim etish
Har yili 17-iyunga qadar
5-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimiboʻlimi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish
Har yili 20-iyunga qadar
6-bosqich
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimivazirligi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari
1. Oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimivazirligiga taqdim etish
Har yili 25-iyunga qadar
2. Tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar
2 Oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralariga taqdim etish
7-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar
Rasmiy veb-saytda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar roʻyxatini joylashtirish
Har yili 30-iyunga qadar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarning diametri 35 millimetrli doira shaklida boʻlib, metall qotishmasidan tayyorlangan, doira boʻrtma shaklda. Oltin medal oltinsimon rangli, kumush medal kumushsimon rangli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltin va kumush medallarning oʻrta qismida doiraning markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida boʻrtma kitob tasvirlangan, uning umumiy balandligi 20 millimetr, eni 28 millimetr, pastki chap tomondan oʻng tomonga qarab ustki qismiga qadar nihol tasvirlangan. Yuqoridagi belgilar diametri 30 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Medalning chap pastki qismidan boshlab aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻQISNDAGI MUVAFFAQIYATLARI UCNUN” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
(ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medallarning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medallar ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 15 millimetr, eni — 25 millimetr. Qadagʻichda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga medallarni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(medalning tasviri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilarga beriladigan oltin va kumush medallarning diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, metall qotishmasidan tayyorlangan, doira boʻrtma shaklda. Oltin medal oltinsimon rangli, kumush medal kumushsimon rangli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltin va kumush medallarning oʻrta qismida doiraning markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida boʻrtma kitob tasvirlangan, uning umumiy balandligi 11 millimetr, eni 21 millimetr, pastki chap tomondan oʻng tomonga qarab ustki qismiga qadar nihol tasvirlangan. Yuqoridagi belgilar diametri 30 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Medalning chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻQISHDAGI MUVAFFAQIYATLARI UCHUN” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
(ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medallarning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medallar ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 17 millimetr, eni — 26 millimetr. Qadagʻichda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga medallarni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tizimidagi harbiy akademik litseylarning bitiruvchilariga beriladigan medallarning orqa tomonida tegishli vazirlik va idoralarning logotiplari tasvirlanadi hamda orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan tegishli vazirlik va idoraning nomi tushirilgan yozuv joylashtiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 09/19/154/2650-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)