23.11.2023 yildagi 617-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi mahsulot va xizmatlar turlarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ular uchun tartibga solish yukini kamaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida” 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-14-son qarori hamda “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni yoki boshqa intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini (keyingi o‘rinlarda — maxsus huquqiy rejim) joriy etishga rozilik berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim joriy etiladigan sohalar bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakolatli organlar (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimning maqsadlari hamda talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni bekor qilish va tugatish asoslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat yoki ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha so‘rovnomalari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus huquqiy rejim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakolatli organlar Adliya vazirligi bilan birgalikda arizalar YIDXP orqali qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishining har bir bosqichini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini iqtisodiyotning aniq yo‘nalishlari kesimida joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Adliya vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etishda vakolatli organlarga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
617-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 617-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibini, bekor qilish va tugatish asoslarini, shuningdek, vakolatli organlar hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmonining 1-ilovasiga muvofiq sohalar bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot, xizmat yoki ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini maxsus tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi — maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishga ruxsat berilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv — ariza beruvchi va vakolatli organ o‘rtasida tuziladigan maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish shartlari hamda tartibi belgilangan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus huquqiy rejim qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri va foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yo‘nalishlardagi faoliyatni tashkil etishga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardagi majburiyatlariga zid bo‘lgan, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelmaydigan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus huquqiy rejim quyidagi maqsadlarda joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy faoliyatning yangi turlari, shakllari va usullarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat muhitini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlar tarkibini kengaytirish, ularning sifati hamda foydalanish ko‘lamini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan sohani tartibga solishning samarali usullarini aniqlash, joriy qilish va bu boradagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni amalga oshirish natijalari bo‘yicha umumiy tartibga solishni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha investitsiyalarni keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlaridan farq qiluvchi va ularning ayrim qoidalari qo‘llanilmaydigan maxsus tartibga solish rejimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakolatli organ tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, ular uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar maxsus huquqiy rejimni qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvda ko‘rsatilgan muddatda talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus huquqiy rejim quyidagi talablar asosida joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning yangiligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslanganligi hamda amaldagi mahsulot, xizmat va ishlarga nisbatan takomillashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning mavjud emasligi yoki qonunchilik hujjatlarida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq taqiqlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishda texnik imkoniyatlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish shaxsning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga, shuningdek, davlat mudofaasi va xavfsizligiga zarar yetkazish xavfi baholaganligi va bunday xavf-xatarlarni yuzaga keltirmasligi yoki ularni kamaytirish choralari ko‘rilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vakolatli organ hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakolatli organ maxsus huquqiy rejimni joriy etishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uni muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvni ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida loyihani amalga oshirishning talab va shartlari, shu jumladan, uning muddati, hududi va shaxslar doirasi, tashabbuslarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlari ro‘yxati hamda loyiha natijalarini baholash mezonlari (indikatorlari)ni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining faoliyatini monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish hamda uning natijalari muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalarini xolisona baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining yangi mahsulot, xizmat va ishlarning yangiligi hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslanganligiga doir intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari ro‘yxatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida ariza beruvchining faoliyatini davlat organlari tomonidan tekshirishlar kelishuv asosida o‘tkazilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan tartibda realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni sinovdan o‘tkazish hamda joriy qilish yo‘nalishlaridagi faoliyati cheklangan vaqt, hudud va shaxslar doirasida maxsus tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha vakolatli organga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha asoslantirilgan sabablarni ko‘rsatgan holda vakolatli organga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organga maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlarni olishda to‘sqinlik qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarni yangi mahsulot, xizmat va ishlar maxsus huquqiy rejim doirasida taqdim etilayotganligi, ulardan foydalanishdagi ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risida xabardor qilish va shartnomalarni ushbu rejim muddatiga mos ravishda rasmiylashtirish, bunda iste’molchi yangi mahsulot, xizmat va ishlarning maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilinayotganligi haqida ogohlantirilganligini shartnomada ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim muddatidan oldin yakunlangan taqdirda, uch kun muddatda mijozlarga xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarga o‘zining aybi natijasida yetkazilgan zararni so‘zsiz qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatini amalga oshirishda ekologiya, atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazilishining oldini olish choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi vakolatli organ bilan tuziladigan kelishuvga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maxsus huquqiy rejim mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun tegishli vakolatli organga YIDXP orqali mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq so‘rovnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish to‘g‘risida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ ariza beruvchining ta’sis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimning davomiyligi (boshlanish va tugash sanalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim joriy etiladigan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida amal qilinmaydigan umumiy tartibga solishning alohida qoidalari (talablar, ko‘rsatmalar, taqiqlar va cheklovlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan joy, texnik vositalar va asbob-uskunalar haqida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘lar va ularni moliyalashtirish manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari ro‘yxati va ular bajarishi lozim bo‘lgan talablar (agar maxsus huquqiy rejim bir nechta ishtirokchiga tatbiq etilsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimga boshqa subyektlarni qo‘shish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomini to‘xtatib turish asoslari va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim sharoitida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ishlardan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimni joriy etish natijadorligini baholash tartib-taomillari, mezonlari hamda maqsadli indikatorlari (miqdor va sifat ko‘rsatkichlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlovchi qoidalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ ariza beruvchining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha YIDXP orqali qabul qilgan so‘rovnomasini kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun yetarli resurs va imkoniyatlarga ega bo‘lishi zarur. Bunda maxsus huquqiy rejim ishtirokchisidagi mavjud shart-sharoitlar tegishli soha yo‘nalishidan kelib chiqib, vakolatli organ tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boshqa sohalar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan taqdirda, vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu sohalardagi vakolatli idoralar bilan kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organ so‘rovnomani ko‘rib chiqishda ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlash maqsadida o‘zining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, kelishuvga ko‘ra boshqa davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida ishchi guruh tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ ariza beruvchining hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchi ishtirokida maxsus huquqiy rejim joriy etilishi so‘ralayotgan loyihaning taqdimotini o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ taqdimot o‘tkaziladigan kun va joy haqida ariza beruvchini taqdimot o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin YIDXP orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdimot jarayoni ariza beruvchining roziligi bilan videotasvirga tushiriladi va taqdimot videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ ariza beruvchining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovnomasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, ushbu xulosaga kelishning sabablari va asoslari qarorda aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq emas deb topiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilayotgan yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish ushbu Nizomning 3 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan talab va mezonlarga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilayotgan mahsulot, xizmat yoki ishlarni maxsus huquqiy rejimni joriy etmasdan realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani ko‘rib chiqish vaqtida ariza beruvchi qayta tashkil etish va tugatish jarayonida ekanligi yoki bankrot deb topilgan va unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi maxsus huquqiy rejim doirasida taklif etilayotgan faoliyat bo‘yicha ilgari ekologiya, atrof-muhit yoki inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan va maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvda ushbu xavf-xatarni kamaytirish choralari ko‘zda tutilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri va/yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejimning joriy etilishi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘diruvchi holatlarga olib kelishi aniqlansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vakolatli organ tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi qarorda ko‘rsatib o‘tilgan taqdirda, ariza beruvchi rad qilish asoslarini bartaraf qilgan holda so‘rovnomani qayta yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnoma va qaror nusxasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, xabarnomaga vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvda vakolatli organ maxsus huquqiy rejim joriy etilgan yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari (xavf-xatarlari)dan kelib chiqib, maxsus huquqiy rejim joriy etilgan yo‘nalishlarda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishning baholash indikatorlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vakolatli organ tomonidan maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish muddati uzog‘i bilan uch yil etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi belgilangan muddat davomida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda realizatsiya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi YIDXP orqali maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartirish kiritish haqida vakolatli organga maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur arizada maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartirish kiritish sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartirish kiritish yoki o‘zgartirish kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Maxsus huquqiy rejimni muddatidan oldin bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi bilan tuzilgan kelishuvni muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilishni bekor qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilishda ekologiya, atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazilayotgan yoki yetkazish xavfi mavjud bo‘lsa, basharti ushbu zararning oldini olish yoki uni kamaytirishning imkoniyati mavjud bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishni muddatidan oldin bekor qilishni so‘rab vakolatli organga murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishni boshlash maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan sanadan olti oy muddatga kechikkanda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv shartlari yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish davomida ikki va undan ko‘p marotaba buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan mazkur Nizomning 12-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining to‘lovga qobiliyatsizlik holatida ekanligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vakolatli organ maxsus huquqiy rejim muddatidan oldin bekor qilinganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus huquqiy rejim ishtirokchisiga xabarnoma va qaror nusxasini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi qarorda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishni to‘xtatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maxsus huquqiy rejim muddatidan oldin bekor qilinganligi to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida mijozlar (iste’molchilar)ni maxsus huquqiy rejim doirasidagi faoliyati bekor qilinganligi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejimning bekor qilinishi uni amalga oshirish jarayonida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha taraflarning o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi. Bunda shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Maxsus huquqiy rejimni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Maxsus huquqiy rejim uning amal qilish muddati yakunlanishi bilan tugatilgan hisoblanadi. Bunda maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati yakunlangandan so‘ng besh ish kuni ichida uning ishtirokchisi yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni vakolatli organga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vakolatli organ maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan hisobotni va monitoring davomida to‘plagan ma’lumotlarni o‘ttiz ish kuni ichida ko‘rib chiqib, maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish holatini baholaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasini muvaffaqiyatli deb topish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasini muvaffaqiyatsiz deb topish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vakolatli organ uch ish kuni ichida qabul qilingan qarorni maxsus huquqiy rejim ishtirokchisiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vakolatli organ bir oy muddatda maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vakolatli organ Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida va YIDXPda maxsus huquqiy rejim bo‘yicha ochiq ma’lumotlar reyestrini yuritadi va uning doimiy ravishda yangilanib borishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq ma’lumotlar reyestrida maxsus huquqiy rejim joriy etilgan soha, maxsus huquqiy rejim davri va ishtirokchilari, yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari hamda ularni baholash indikatorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining huquqlari va qonuniy manfaatlari ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa asoslarga ko‘ra cheklanishiga va faoliyati tugatilishi yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganda, maxsus huquqiy rejim yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish muddati tugagunga qadar amalda bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishda soliq, bojxona va mehnat munosabatlari amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi hamda ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilmaslik bo‘yicha imtiyozlar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari vakolatli organlarning xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun tegishli vakolatli organga YIDXP orqali so‘rovnoma yuboradi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Ariza beruvchi tomonidan yuborilgan so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha quyidagicha qaror qabul qiladi:

yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida;

yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida.

O‘ttiz kun ichida

2. Qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi

1. Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda realizatsiya qiladi.

Belgilangan muddatda

2. Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni vakolatli organga taqdim etadi.

 

Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng besh ish kuni ichida

4-bosqich

Vakolatli organ

1. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan hisobotni va monitoring qilish natijasida to‘plagan ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasini muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz deb topish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

O‘ttiz ish kuni ichida

2. Qabul qilingan qarorni maxsus huquqiy rejim ishtirokchisiga yuboradi.

Uch ish kuni ichida

3. Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Yuridik shaxsning STIRi

2. Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili)

3. Asosiy faoliyat turi

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili, rasmiy veb-sayti (agar mavjud bo‘lsa)

6. Maxsus huquqiy rejim doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat (mahsulot, xizmat va ish)

II. Ilova qilinadigan hujjatlar*:

1. Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish to‘g‘risida ma’lumot.

2. Maxsus huquqiy rejimni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh*. Hujjatlar so‘rovnomaga “PDF” shaklda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’LUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Maxsus huquqiy rejim bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma nomi

2.

Maxsus huquqiy rejim bo‘yicha mas’ul bo‘linma rahbari (F.I.O.)

3.

Maxsus huquqiy rejim bo‘yicha mas’ul bo‘linma rahbarining telefon raqami

4.

Maxsus huquqiy rejim sharoitida yangi mahsulot, xizmat va ishlar realizatsiya qilinadigan joy

5.

Maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilinadigan yangi mahsulot, xizmat va ishlar haqida ma’lumot

6.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilish uchun asos

7.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishda foydalaniladigan texnologiyalar

8.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishni moliyalashtirish manbalari

9.

Maxsus huquqiy rejim sharoitida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishda ekologiya, atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar tavsifi

10.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishning biznes jarayoni tavsifi

11.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishda xavf-xatarlarni aniqlash, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar tavsifi

12.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilish muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, iste’molchilar va boshqalarga yetkazilgan zararlarni qoplash yoki majburiyatlarni bajarish mexanizmlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 617-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini iqtisodiyotning aniq yo‘nalishlari kesimida joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YO‘L XARITASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasi

1.

Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasi faoliyatini tahlil qilish.

1. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda elektron tijorat va ochiq raqamli ekotizim sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish.

2. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) ro‘yxatini shakllantirish.

3. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yo‘nalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

2023-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2.

Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bo‘yicha so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan hujjatlar namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. So‘rovnomalarni ko‘rib chiqishda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” platformasi orqali ariza beruvchining ta’sis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

4. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

3.

Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud mas’ullarni tayinlash.

2. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

II. Transport va logistika sohasi

4.

Transport va logistika sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda transport va logistika sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish.

2. Transport va logistika sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) ro‘yxatini shakllantirish.

3. Transport va logistika sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yo‘nalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

Bunda yuqori darajada avtomatlashtirilgan transport vositalarini va uchuvchisiz uchadigan apparatlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, operatorni sertifikatlash, transport-logistika va transport xizmatlarini ko‘rsatish sohalariga e’tibor qaratish.

2023-yil noyabr

Transport vazirligi

5.

Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bo‘yicha so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan hujjat namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. So‘rovnomalarni ko‘rib chiqishda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining ta’sis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini so‘rab olish imkoniyatini yaratish;

2023-yil noyabr-dekabr

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Transport vazirligi

6.

Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud mas’ullarni tayinlash.

2. Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Transport vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

III. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasi

7.

Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo, texnik jihatdan tartibga solish sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish.

2. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) ro‘yxatini shakllantirish.

3. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yo‘nalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

2023-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bo‘yicha so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan hujjat namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. So‘rovnomalarni ko‘rib chiqishda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining ta’sis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

9.

Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishni tashkil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud mas’ullarni tayinlash.

2. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

IV. Qishloq xo‘jaligi sohasi

10.

Qishloq xo‘jaligi sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish.

2. Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) ro‘yxatini shakllantirish.

3. Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yo‘nalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash. Bunda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini sinash sohasiga e’tibor qaratish.

2023-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

11.

Qishloq xo‘jaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bo‘yicha so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan hujjat namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. So‘rovnomalarni ko‘rib chiqishda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining ta’sis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Qishloq xo‘jaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

12.

Qishloq xo‘jaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishni tashkil etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud mas’ullarni tayinlash.

2. Qishloq xo‘jaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

V. Qurilish sohasi

13.

Qurilish sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda qurilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish.

2. Qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) ro‘yxatini shakllantirish.

3. Qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yo‘nalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

Bunda arxitektura-qurilish ishlarini loyihalashtirish, bino-inshootlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, qurilish obyektlarini buzish, binolar va inshootlardan foydalanish sohalariga e’tibor qaratish.

2023-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

14.

Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bo‘yicha so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan hujjat namunalarini, ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. So‘rovnomalarni ko‘rib chiqishda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining ta’sis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

15.

Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishni tashkil etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud mas’ullarni tayinlash.

2. Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 09/23/617/0890-son)