17.11.2021 yildagi PQ-14-son
Moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Raqamli ekotizimni shakllantirish

1.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markaziga aylantirish va unga Raqamli ekotizim operatori vazifalarini yuklash.

Markazning Nizom va biznes — rejasini tasdiqlash, uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

2022-yil I chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2.

Raqamli ekotizimning dasturiy ta’minotini yaratish.

1. Raqamli ekotizim dasturiy ta’minotini yaratish bo‘yicha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini r�vojlantirish vazirligi

3.

“O‘zbekiston milliy raqamli xabi” — Raqamli ekotizim veb-saytini yaratish.

1. Raqamli ekotizim veb-saytini yaratish uchun texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash, xususan:

eksportchi, investor, mahalliy sanoat korxonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda tegishli vakolatli organlarning shaxsiy kabinetlari dizaynini ishlab chiqish;

raqamli xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlash;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida texnik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish.

2. Veb-saytni ishlab chiqish.

3. Foydalanuvchilar uchun texnik hujjatlar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash (o‘zbek, rus, ingliz tillarida);

4. Veb-saytni sinovdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.

5. Veb-saytni ishga tushirish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Elektron tijorat platformalarning Raqamli ekotizimga uzluksiz kirishni ta’minlaydigan integratsion xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

Raqamli ekotizim, raqamli platformalar va xizmatlar o‘rtasida turli xil protokollar bo‘yicha ishonchli, yuqori tezlikdagi ma’lumotlar almashinuvi hamda iste’molchilarga raqamli ekotizim xizmatlarini ko‘rsatishning umumiy interfeysini ta’minlaydigan integratsiya va xizmat ko‘rsatish tizimini ishlab chiqish, xususan:

integratsiya va xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish uchun texnik shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

foydalanuvchilar uchun texnik hujjatlar va ko‘rsatmalarni (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) ishlab chiqish va tasdiqlash;

aniqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish;

dasturiy ta’minotni ishga tushirish;

mustaqil operatorlarga tegishli raqamli platformalar va xizmatlarni ulash uchun o‘zaro bog‘lanish shartnomasini ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Elektron tijoratning asosiy platformalarini ishlab chiqish va joriy etish

5.

Raqamli ekotizimning asosiy platformalarini amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xususiy sheriklarini shaffoflik bilan aniqlash choralarini ko‘rish.

1. Dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida qonunchilik talablari asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qiluvchi yuridik shaxslarni aniqlash.

2022-yil I chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Transport va logistika masalalarini hal qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yordam berish choralarini ko‘rish.

Elektron logistika tizimini joriy etish, bunda:

dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan texnik talablarni va shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

aniqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish;

dasturiy ta’minotni ishga tushirish;

mahsulotlarni saqlash, ichki va tashqi yuk tashish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlovchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

tashqi bozorlarni o‘rganish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini tashqi bozorlarga tashish uchun bozorda raqobat muhitini yaratish maqsadida xorijiy logistika operatorlari va yuk tashuvchilarni jalb qilish;

ushbu tizimdan foydalanishda bojxona jarayonlarini tezla�tirish va soddalashtirishni nazarda tutgan holda, tashqi savdo va bojxona operatsiyalari ma’lumotlar bazalarining elektron logistika tizimi bilan o‘zaro integratsiyasi bo‘yicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil III chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

III. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitob tizimini joriy etish

7.

Eskrou tizimini (bank bo‘lmagan akkreditiv) joriy etish orqali Raqamli ekotizimda amalga oshiriladigan operatsiyalarni tez va xavfsiz hal qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

Elektron hisob-kitob va kliring tiziminijoriy etish. Bunda:

dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan texnik shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

�niqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish;

dasturiy ta’minotni ishga tushirish;

kliring markazi operatorini (yuridik shaxsni) tashkil etish;

Raqamli ekotizimining Kliring markazi huzurida Kafolat fondini tashkil etish;

hisob-kitoblarni tashkil etish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash va Raqamli ekotizimda repozitar xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

Raqamli ekotizim kliring markazining Kafolat fondini shakllantirish, undan foydalanish va mablag‘larini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

IV. Raqamli ekotizimning qo‘shimcha xizmatlarini joriy etish

8.

“Big data” texnologiyasini joriy etish orqali ma’lumotlar bazalarini tizimlashtirish va tahlil qilish, mahalliy eksportyorlar, sanoat korxonalari, investorlar, shu jumladan xorijiy tashkilotla� ehtiyojlari uchun davlat tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish.

Vazirliklar va idoralar bilan ularning shaxsiy �abinetlariga taqdim etiladigan statistik ma’lumotlar shakllarni kelishish.

Ma’lumotlarni yetkazib berishning umumiy statistik shakllarini ishlab chiqish va mahalliy eksportchilar, sanoat korxonalari, investorlar, shu jumladan xorijiy korxonalarga o‘z ehtiyojlari uchun ushbu ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini yaratish.

Raqamli ekotizim bilan vazirliklar va idoralar ma’lumotlar bazalari o‘rtasida turli xil protokollar yordamida ishonchli, yuqori tezlikdagi ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan integratsiya va xizmat ko‘rsatish tizimini ishlab chiqish.

“Big data” texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish orqali idoralararo “Tahlil” axborot-tahlil platformasini ishga tushirish, bunda:

dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

xarid hujjatlarini ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni qonun hujjatlariga muvofiq jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish hamda tanlov asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxsni aniqlash;

dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

aniqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish;

dasturiy ta’minotni ishga tushirish.

2022-yil IV chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Raqamli ekotizim operatori

V. Raqamli ekotizimning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va amaliy choralar

9.

Ochiq raqamli ekotizimining axborot xavfsizligini ta’minlash.

Raqamli ekotizimga ulangan barcha axborot tizimlari uchun kiberxavfsizlik sertifikatining majburiyligi talabini belgilash.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Raqamli ekotizim operatori

10.

Raqamli ekotizimda raqamli platformalar va xizmatlarni jadal joriy etishni ta’minlash maqsadida qonunchilikni takomillashtirish.

Raqamli ekotizimda maxsus huquqiy rejimlar doirasidagi munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi