1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida xizmatlar ko‘rsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar siyosati va sport sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 15-bandida davlat sport-ta’lim muassasalarida xo‘jalik, jumladan, sportchi-o‘quvchilarni ovqatlantirish xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida autsorsingga o‘tkaziladigan xizmatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida xizmatlar ko‘rsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport-ta’lim tashkilotlarida xizmatlar autsorsing asosida mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport-ta’lim tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlantirishni tashkil etishda autsorser vaqtincha foydalanadigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebel jihozlari tekin foydalanish shartnomasi asosida beriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 617-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar ko‘rsatilishi autsorsing asosida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan Davlat budjeti mablag‘lari, birinchi navbatda, sport-ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5280-son “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sport vazirligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport-ta’lim tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvarga qadar kamida 10 ta sport-ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni autsorsing asosida tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan autsorsingga o‘tkaziladigan xizmatlarni sport-ta’lim tashkilotlarida joriy qilish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
598-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 598-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida autsorsingga o‘tkaziladigan xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Xizmat turi
1.
Sportchi-o‘quvchilarni ovqatlantirish
2.
Kir yuvish
3.
Bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularning muhandislik-texnik tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 598-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida xizmatlar ko‘rsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida xizmatlar ko‘rsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing — Vazirlik tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarining ayrim funksiya va xizmatlarini shartnoma asosida tadbirkorlik subyektiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser — Vazirlik tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlariga shartnoma asosida xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ishlarni bajarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Vazirlik tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — sport-ta’lim tashkilotlariga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish hamda ushbu Nizomga muvofiq tanlashda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsingga o‘tkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserni qonunchilik hujjatlari asosida tanlab olish hamda unga o‘tkaziladigan ishlar (xizmatlar) sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining autsorserga o‘tkaziladigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi xizmatlarni autsorserga o‘tkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xo‘jalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish hamda autsorserga o‘tkazilgan ishlar (xizmatlar)ning sifatini oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Autsorser xodimlarining buyurtmachiga tegishli hududga belgilangan tartibda oldindan taqdim etilgan ro‘yxat asosida kirishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Autsorsing xizmatini ko‘rsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya etish buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Autsorsing xizmatlariga haq to‘lash miqdorlari buyurtmachi tomonidan tegishli xizmat uchun sarflanadigan barcha xarajatlar (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy va boshqa xarajatlar) summasidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda buyurtmachining xizmatlarni autsorserga o‘tkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida autsorserga to‘lanadigan haq miqdori ushbu xizmat uchun buyurtmachi tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan sarflanadigan barcha xarajatlaridan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Autsorser O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatida nazarda tutilgan ishlar yoki xizmatlar bo‘yicha autsorser buyurtmachi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Xarid komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Xarid komissiyasi) tomonidan katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va moddiy-texnik bazasiga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik bergan holda ularning narxlarni o‘rganish orqali aniqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgorlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmati bo‘yicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq xabardor etish, litsenziya yoki ruxsat berish talab etiladigan faoliyat turlari bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan, tegishli litsenziya yoki ruxsat olgan bo‘lishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Buyurtmachi tomonidan autsorser ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Autsorserni tanlashda buyurtmachi tomonidan toq sonli va kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda Xarid komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi Xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Autsorserni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kun ichida buyurtmachining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi tomonidan xarid hujjatlari, shartnoma va tanlash haqidagi e’lonning matni ishlab chiqilib, Xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xarid komissiyasi tomonidan xarid hujjatlari, shartnoma va tanlash haqidagi e’lonning matni uch kun ichida ko‘rib chiqilib, kelishiladi hamda buyurtmachiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Buyurtmachi bir kun ichida Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tasdiqlangan xarid hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek, autsorserni tanlash haqidagi e’lon talabgorlarning takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin buyurtmachi tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgorlar takliflarini o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Takliflarni ochish muddati kelgunga qadar takliflar talabgorlar, shuningdek, Xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolar tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ushbu takliflarni taqdim etgan talabgorlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat xaridlarining elektron tizimi talabgor taklif etgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, davlat xaridlarining elektron tizimida rad etish sababi ko‘rsatilgan holda talabgorning taklifi rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning talabgor taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi Xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar taklif O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va xarid hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lsa, u Xarid komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qaror ushbu qaror qabul qilingan kunda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. G‘olib xarid hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklifning miqdoriy ko‘rsatkichlari, shu jumladan, narx qismi davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Takliflarni ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik tarzda shakllangan dastlabki elektron bayonnomada qayd etiladi va uni o‘tkazish bo‘yicha Xarid komissiyasi a’zolari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Dastlabki elektron bayonnoma rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimida muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki ish kuni ichida talabgorlar tomonidan natijalar bo‘yicha e’tirozlar tushmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida Xarid komissiyasining tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va davlat buyurtmachisi bilan g‘olib deb topilgan talabgor o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Autsorserni tanlash natijalari bo‘yicha talabgorlardan e’tirozlar tushganda, Xarid komissiyasi e’tirozlarni ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Buyurtmachi tomonidan Xarid komissiyasiga taqdim etilgan muhokama natijalari to‘g‘risidagi axborot asosida Xarid komissiyasining tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va bayonnoma imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Autsorserni tanlash natijalariga doir shartnoma xarid hujjatlarida va o‘zi bilan shartnoma tuzilayotgan talabgor tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnoma moliya yili boshida yilning birinchi choragi uchun buyurtmachining vaqtincha xarajatlar smetasida ushbu xizmatlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida, yilning 1-aprel holatiga ko‘ra esa, asosiy xarajatlar smetasida ajratilgan yillik mablag‘lar doirasida joriy moliya yili oxiriga qadar (kalendar yil uchun o‘quvchi-sportchilarga beriladigan ta’tillarni inobatga olgan holda) amal qilinishini nazarda tutgan holda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Autsorserni tanlash natijalariga ko‘ra shartnoma elektron shaklda tuziladi hamda Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ko‘rsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi oldindan o‘tkazib berilganidan, qolgan 85 foizi haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob- kitob esa — keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Uquv yili davomida o‘quvchi-sportchilar soni o‘zgarganda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida tasdiqlangan o‘rtacha bozor narxlari keskin o‘zgarganda, autsorser va buyurtmachi tomonidan shartnoma bo‘yicha umumiy boshlang‘ich summaning 10 foizidan oshmagan miqdorda qo‘shimcha shartnoma tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni to‘lash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va tashkilotga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar tannarxining o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorser qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Autsorser:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni o‘z hisobidan ta’mirlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmatini ko‘rsatishda texnika, yong‘in, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifatli ishlab chiqarilishini va buyurtmachiga yetkazilishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxfiylik tartibiga qat’iy rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni ta’minlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorser zimmasiga qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatli ishlab chiqarilishi (bajarilishi, ko‘rsatilishi)ni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan texnologik jihozlar, oshxona va omborxonalar, asbob- uskunalar, idish-tovoqlar va mebellardan foydalanish uchun nol stavkada topshirish va ularning ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Buyurtmachi shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shuningdek, foydalaniladigan kommunal xizmatlar xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni belgilangan normalar asosida sport-ta’lim tashkilotlariga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida o‘z vaqtida amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi zimmasiga qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Autsorsing xizmatlarini tashkil etishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi bo‘yicha buyurtmachi va autsorser mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Komissiya tarkibi sport-ta’lim tashkilotlari pedagogik kengashining qaroriga asosan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga sport-ta’lim tashkilotlari o‘quvchi- sportchilarining kamida uch nafar ota-onalari kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, sport-ta’lim tashkiloti xodimlari va o‘quvchi- sportchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshxona va omborlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar talablarining buzilish holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor taom va oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan kunlik me’yorlarga mos bo‘lishini hamda sifatini o‘rganadi, zarur holatlarda chetdan mutaxassislar jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya buyurtmachi tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena me’yorlari hamda qoidalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Autsorser tomonidan tashkil etilgan xizmatlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga to‘liq muvofiqligi vakolatli davlat organlari hamda Vazirlikning tegishli bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorser o‘rtasida tuzilgan shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida xizmatlar ko‘rsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Buyurtmachi
1. Toq sonli va kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.
2. Autsorserni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Buyurtmachi
Xarid hujjatlari, shartnoma va autsorserni tanlash haqidagi e’lonning matnini ishlab chiqib, Xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda taqdim etadi.
Autsorserni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kun ichida
3-bosqich
Xarid komissiyasi
Xarid hujjatlari, shartnoma va autsorserni tanlash haqidagi e’lonning matnini ko‘rib chiqadi va kelishilgan hujjatlarni buyurtmachiga yuboradi.
Uch kun ichida
4-bosqich
Buyurtmachi
1. Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
1. Bir kun ichida
2. Xarid hujjatlari, shuningdek, autsorserni tanlash haqidagi e’lonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
2. Talabgorlarning takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin
5-bosqich
Talabgor
Elektron taklifni o‘zining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
E’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Talabgor taklif etayotgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
Takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar
2. Talabgor tomonidan taklif etilayotgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, rad etish sababini ko‘rsatgan holda talabgorning taklifini rad etadi.
3. Taklif talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qarorni talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Qaror qabul qilingan kunda
7-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Tanlash to‘g‘risidagi taklifning miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi.
1. Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda
2. Takliflarni ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari bo‘yicha dastlabki elektron bayonnomani shakllantiradi.
2. Avtomatik tarzda
8-bosqich
Xarid komissiyasi a’zolari
Dastlabki elektron bayonnomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda
9-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.
1. Avtomatik tarzda
2. Elektron bayonnoma muhokamasini o‘tkazadi.
2. Ikki ish kuni ichida
10-bosqich
Xarid komissiyasi
Talabgorlar tomonidan tanlov o‘tkazish natijalari bo‘yicha e’tirozlar tushmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida tegishli elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.
Ikki ish kuni ichida
11-bosqich
Buyurtmachi
G‘olib deb topilgan talabgor bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.
Un ish kuni ichida
12-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.
Avtomatik tarzda
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2023-y., 09/23/598/0858-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)