15.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3478
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 15.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3478
Kuchga kirish sanasi
17.11.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3478]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TAShKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 15-noyabrdagi 20-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Namunaviy tartib shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va himoya qilish tartibini, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish prinsiplari, maqsadlari hamda shartlarini, shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Namunaviy tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish — shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator boʻlmagan, ammo shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish boʻyicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish — shaxsga doir maʼlumotlarni olish bilan bogʻliq harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni tizimlashtirish — shaxsga doir maʼlumotlarni maʼlum bir tizimga birlashtirishga qaratilgan harakat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash — shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligi, maxfiyligi va foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish — shaxsga doir maʼlumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilishga, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirishga yoki shaxsga doir maʼlumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni berish — shaxsga doir maʼlumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni bloklash (cheklash) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish (shaxsga doir maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun ishlov berish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish — mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan shaxsga doir maʼlumotlar bilan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va (yoki) toʻldirish — shaxsga doir maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar qiymatlarini oʻzgartirish va (yoki) toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish — shaxsga doir maʼlumotlarni mulkdor va (yoki) operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish — amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilish — amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarni tiklash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biografik maʼlumotlar — subyektning familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, tugʻilgan yili va joyi, manzili, kasbi toʻgʻrisidagi, shuningdek biometrik, genetik va maxsus maʼlumotlar tarkibiga kirmaydigan shaxsga doir boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik maʼlumotlar — subyektning anatomik va fiziologik oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir maʼlumotlar (barmoq izlari, yuz koʻrinishi, koʻz gavhari, ovoz xususiyatlari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genetik maʼlumotlar — subyektning nasldan-naslga oʻtgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli boʻlgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus maʼlumotlar — irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid maʼlumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid eʼtiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli maʼlumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Namunaviy tartib shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida mulkdorlar, operatorlar, subyektlar va uchinchi shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning prinsiplari, shartlari va maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt taraf boʻlgan shartnomani bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish yoki shunday shartnoma tuzilguniga qadar subyektning soʻroviga binoan choralar koʻrish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor va (yoki) operatorning qonunchilikda belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor va (yoki) operatorning yoki uchinchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun yoxud shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar bu maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan olingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlgan taqdirda, bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik olish mumkin boʻlgan paytga qadar subyektning roziligisiz yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mulkdor va (yoki) operator yoxud uchinchi shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni aniq va oldindan belgilangan maqsadlarda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda maqsadlari bir-biriga mos kelmaydigan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi, ishonchliligi, yaxlitligi va butligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash muddati qonunchilikda yoki subyekt bilan tuzilgan shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shaxsga doir maʼlumotlarni ularga ishlov berish maqsadlariga erishish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ishlov berilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar ishlov berish maqsadlariga erishilgandan soʻng yoki ushbu maqsadlarga erishish zarurati yoʻqolgan taqdirda yoʻq qilinishi yoki egasizlantirilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari mulkdor va (yoki) operatorning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, taʼsis hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan va hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan yoki maxfiylikka rioya etishga doir talablar tatbiq etilmaydigan shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlardir. Ular tarkibiga shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarda, jumladan elektron axborot resurslarida, ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda joylashtirilgan shaxsga doir maʼlumotlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlar erkin foydalanilishi uchun subyektning roziligi berilmagan hamda qonunchilik hujjatlari bilan foydalanilishi cheklangan shaxsga doir maʼlumotlardir. Ular tarkibiga subyektga tegishli boʻlgan biografik, biometrik, genetik, maxsus va boshqa maʼlumotlar kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan subyekt yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan amalga oshiriladi, ushbu Namunaviy tartibning 4-bandi uchinchi — sakkizinchi xatboshlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning roziligi yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ofertada (ommaviy shartnomada) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari aniq koʻrsatilgan taqdirda, ofertani (ommaviy shartnomani) qabul qilish (tasdiqlash) subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga roziligi deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning mulkdor va (yoki) operatorning xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan talab va shartlarga rozilik berishi mulkdor va (yoki) operator tomonidan subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlovga berishga roziligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Subyekt yoki uning qonuniy vakili shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini istalgan vaqtda qaytarib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni toʻxtatish haqida ariza (xabarnoma) kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechikmay mulkdor va (yoki) operator tomonidan subyektning shaxsga doir maʼlumotlari yoʻq qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning roziligida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) operatorning nomi, STIRi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JShShIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) subyektning familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) subyektning ishlov berishga rozilik berilayotgan shaxsga doir maʼlumotlari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik amal qiladigan muddat yoki davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga berish va (yoki) ushbu maʼlumotlarni transchegaraviy uzatishga roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) shaxsga doir maʼlumotlarni hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarda tarqatishga roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish uchun subyekt yoki uning qonuniy vakilining roziligini olish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy hayot daxlsizligi yoki ehtiyot choralari sifatida oʻrnatilgan videotasvirga oluvchi vositalar yordamida yigʻilgan maʼlumotlar ularga aniq maqsadlarda ishlov berish nazarda tutilmagan taqdirda shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish hisoblanmaydi. Bunda, ushbu videotasvirga oluvchi vositalar yordamida yigʻilgan maʼlumotlarni tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shaxsga doir maʼlumotlarni tizimlashtirish tartibi va prinsiplari mulkdor va (yoki) operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish chogʻida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada subyektni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish hamda toʻldirish mulkdor va (yoki) operator tomonidan subyektning yoki uning qonuniy vakilining arizasi (soʻrovi) asosida hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish subyektning arizasi (soʻrov) berilgan paytdan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay mulkdor va (yoki) operator tomonidan amalga oshiriladi hamda bu haqda subyekt xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan faqatgina ularni yigʻishning ilgari koʻrsatilgan maqsadlari uchun amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish faqat ularning oʻz kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishning ilgari bildirilgan maqsadlaridan chetga chiqilgan hollarda, ushbu maʼlumotlarni tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat organlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar soʻrab olinganda shaxsga doir maʼlumotlar subyektiga bu haqida xabarnoma yuboriladi (bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan holatlar mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari, nodavlat tashkilotlarga shaxsga doir maʼlumotlar uning subyekti roziligi bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Subyektni xabardor qilish va uning roziligini quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda ishlov berish uchun berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan yigʻilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari bir xilda himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar hududiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Shaxsga doir maʼlumotlarning bir xilda himoya qilinishini taʼminlamaydigan xorijiy davlatlar hududiga transchegaraviy uzatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlarini transchegaraviy uzatish boʻyicha roziligi mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, aholining sogʻligʻi va maʼnaviyatini muhofaza qilish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda mulkdor va operator, shuningdek uchinchi shaxs bu maʼlumotlarni egasizlantirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish uchun subyektning roziligini olish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish shaxsga doir maʼlumotlarni tiklash imkoniyatini istisno qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shaxsga doir maʼlumotlar mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda uch kun ichida yoʻq qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning subyekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati oʻtganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Subyekt haqidagi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilganda, subyekt yoki uning qonuniy vakilining talabiga, sud qarori yoki boshqa vakolatli davlat organining talabiga asosan bir ish kuni ichida u saqlanayotgan manbadan yoʻq qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mulkdor va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mulkdor va (yoki) operator:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning murojaatiga koʻra uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi vazifalarini bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar tarkibini tasdiqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishdan koʻzlangan maqsadga erishilgan taqdirda, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda ularni yoʻq qilish choralarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun roziligi olinganligi dalilini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basharti yangi maʼlumotlarning ishonchliligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirishi va (yoki) toʻldirishi yoxud bunday oʻzgartirish va (yoki) toʻldirishni kiritish imkoni boʻlmagan taqdirda bu maʼlumotlarni yoʻq qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlgan taqdirda, ularga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatishi yoki ularni yoʻq qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish va (yoki) ularni yoʻq qilish uchun subyekt tomonidan hujjatlarni elektron tarzda berish imkoniyatini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar oʻzgartirilgan, yoʻq qilingan va ulardan foydalanish cheklangan hollarda subyektni, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning boshqa ishtirokchilarini yozma shaklda xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar soʻrab olinganda, shaxsga doir maʼlumotlar subyektiga bu haqida xabarnoma yuborishi (bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan holatlar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari, nodavlat tashkilotlarga shaxsga doir maʼlumotlar uning subyekti roziligi bilan taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mulki boʻlgan va (yoki) ishlov berilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni quyidagi hollarda uchinchi shaxsga topshirishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud boʻlgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qaror mulkdor va subyekt oʻrtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mulkdorning va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha majburiyatlari shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish paytidan eʼtiboran vujudga keladi va ular yoʻq qilib tashlangan yoki egasizlantirilgan paytga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq ishlar uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmani yoki mansabdor shaxsni belgilaydi hamda uning faoliyatini Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibiga muvofiq taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish choralarini koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligiga boʻlgan tahdid shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida ruxsatsiz, shu jumladan tasodifiy kirish natijasida yoʻq qilish, oʻzgartirish, bloklash, nusxa olish, uchinchi shaxslarga ruxsatsiz taqdim etish, ruxsatsiz tarqatish va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadigan shartlar va omillar majmuidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) subyektning oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilishni taʼminlash maqsadida mulkdor va (yoki) operator quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shaxsga doir maʼlumotlarni hamma foydalanishi mumkin boʻlgan va hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlarga ajratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ulardan foydalanish tartibini belgilashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish yoki ularga kirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarni belgilashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) axborot xavfsizligi vositalarini oʻrnatish hamda hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi texnik vositalarning dasturiy taʼminotini yangilashni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlarining hodisalar jurnalini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlarga kirish huquqiga ega boʻlgan foydalanuvchilarning harakatlarini qayd qilinishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlar yaxlitligini nazorat qilish vositalarini qoʻllashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) subyektning roziligi mavjud boʻlganda hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlarni xavfsiz aloqa kanallari va (yoki) shifrlash vositalari orqali boshqa shaxslarga berishi, bundan qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlarni ishonchli saqlash uchun kriptografik axborotni himoya qilish vositalaridan foydalanishni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) hamma foydalanishi mumkin boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish va (yoki) autentifikatsiya qilish vositalaridan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) agar mulkdor va (yoki) operator yuridik shaxs boʻlsa, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni tashkil etuvchi vakolatli shaxsni tayinlashi yoki tuzilmaviy boʻlinmani tashkil qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish boʻyicha mulkdor va (yoki) operator siyosatini belgilaydigan ichki hujjatlarni tasdiqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) shaxsga doir maʼlumotlar subyektining murojaatiga asosan shaxsga doir maʼlumotlarni bloklash va yoʻq qilish tartibini belgilashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida axborot xavfsizligini tashkil etish va amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarni maʼlumotlar bazalarida ishlov berishda zarur himoya qilinganlik darajasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mulkdor va (yoki) operatorlar shaxsga doir maʼlumotlarga maʼlumotlar bazalarida ishlov berishda shaxsga doir maʼlumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga maʼlumotlar bazalarida ishlov berishda shaxsga doir maʼlumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Namunaviy tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2023-y., 10/23/3478/0861-son)