05.10.2022 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan kelib chiqib, ularning himoya qilinganlik darajalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinganlik darajasini ta’minlash bo‘yicha talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik va genetik ma’lumotlarni moddiy jismlarda saqlash, ulardan foydalanish va ularning hisobini yuritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik va genetik ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga qo‘yiladigan talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda belgilangan talablarga amal qilishda kelib chiqadigan xarajatlar shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov beruvchi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablarini buzish holatlarini aniqlash, ular bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish va sudga taqdim etish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab, uch oydan so‘ng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori U.Sh. Tashxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
570-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 570-son qaroriga
1-ILOVA

Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotlar bazasi) mulkdor va (yoki) operatorlari tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan kelib chiqib, ularning himoya qilinganlik darajasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mulkdor va (yoki) operatorlar shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni himoya qilishning tashkiliy va texnik chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash mulkdor va (yoki) operatorlar yoxud ular mas’ul etib belgilagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ma’lumotlar bazalarida ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 25, 26, 29-moddalariga muvofiq maxsus, biometrik, genetik va hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy dasturiy ta’minot — aniq predmet sohasi bo‘yicha muayyan masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir (Access, Oracle va hokazo).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik ma’lumotlar — subyektning anatomik va fiziologik o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir ma’lumotlar;

genetik ma’lumotlar — subyektning nasldan-naslga o‘tgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar;

ma’lumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan axborot tizimi tarzidagi ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus ma’lumotlar — irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid ma’lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid e’tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga a’zolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga doir maxsus ma’lumotlardir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli dasturiy ta’minot — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasi (operatsion tizimlar, drayverlar, utilitalar, arxivatorlar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar — subyektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin bo‘lgan yoki maxfiylikka rioya etishga doir talablar tatbiq etilmaydigan ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mulkdor va (yoki) operatorlar xodimlarining ma’lumotlar bazasida faqatgina ushbu xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari bo‘lmagan subyektlarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish alohida ma’lumotlar bazasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdidlar deganda, ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz, shu jumladan tasodifiy kirish natijasida shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish, yo‘q qilish, nusxalash, shuningdek, boshqa noqonuniy harakatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar va omillar yig‘indisi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining tizimli dasturiy ta’minotida deklaratsiya qilinmagan (e’lon qilinmagan) imkoniyatlar mavjudligi bilan bog‘liq tahdidlar 1-turdagi tahdidlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining amaliy dasturiy ta’minotida deklaratsiya qilinmagan (e’lon qilinmagan) imkoniyatlar mavjudligi bilan bog‘liq tahdidlar 2-turdagi tahdidlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining tizimli hamda amaliy dasturiy ta’minotida deklaratsiya qilinmagan (e’lon qilinmagan) imkoniyatlar mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lmagan tahdidlar 3-turdagi tahdidlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ma’lumotlar bazasiga taalluqli shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarning turi ushbu hujjatga muvofiq mulkdor va (yoki) operator tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarni himoya qilishning 4 ta darajasi mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 1-darajasi o‘rnatilishi uchun quyidagi shartlardan kamida bittasi mavjud bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 1-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda ma’lumotlar bazalarida maxsus va (yoki) biometrik va (yoki) genetik ma’lumotlarga ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari bo‘lmagan 50 000 dan ortiq subyektlarning maxsus ma’lumotlariga ishlov berilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 2-darajasi o‘rnatilishi uchun quyidagi shartlardan kamida bittasi mavjud bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 1-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda ma’lumotlar bazalarida hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda mulkdor va (yoki) operator xodimlarining maxsus ma’lumotlari yoki mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari bo‘lmagan 50 000 dan kam bo‘lgan subyektlarning maxsus ma’lumotlariga ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda ma’lumotlar bazalarida biometrik va (yoki) genetik ma’lumotlarga ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari bo‘lmagan 50 000 dan ortiq subyektlarning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlariga ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari bo‘lmagan 50 000 dan ortiq subyektlarning maxsus ma’lumotlariga ishlov berilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 3-darajasi o‘rnatilishi uchun quyidagi shartlardan kamida bittasi mavjud bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda mulkdor va (yoki) operator xodimlarining hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlariga yoxud mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari bo‘lmagan 50 000 dan kam bo‘lgan subyektlarning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlariga ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda mulkdor va (yoki) operator xodimlarining maxsus ma’lumotlariga yoki mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari bo‘lmagan 50 000 dan kam bo‘lgan subyektlarning maxsus ma’lumotlariga ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda biometrik va (yoki) genetik ma’lumotlarga ishlov berilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 4-darajasi o‘rnatilishi uchun quyidagi shart mavjud bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud bo‘lganda hamda ma’lumotlar bazasida hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga ishlov berilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinganlik darajalarini ta’minlaydigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 4-darajasini ta’minlash uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalari joylashgan binolarning xavfsizlik rejimini tashkil etish, ushbu binolarga kirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarning nazoratsiz kirishi yoki ushbu binolarda qolishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlar xavfsizligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalarida ishlov berilayotgan shaxsga doir ma’lumotlarga kirish, ularning xizmat (mehnat) vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini belgilaydigan hujjatni mulkdor va (yoki) operator rahbari tomonidan tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlarni mavjud tahdidlardan himoya qilish, zarurat bo‘lganda axborot xavfsizligi sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholash tartibidan o‘tgan axborot xavfsizligi vositalaridan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 3-darajasini ta’minlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan talablarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazasidagi shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxs (xodim) tayinlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 2-darajasini ta’minlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan talablarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazasining elektron xabarlar jurnalidagi ma’lumotlar faqat xizmat (mehnat) vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan xodimlar yoki vakolatli shaxslarga ushbu jurnalga kirish huquqini taqdim etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 1-darajasini ta’minlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan talablarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalaridagi shaxsga doir ma’lumotlarga kirish uchun mulkdor va (yoki) operator xodimining vakolatlari o‘zgarishini elektron xavfsizlik jurnalida avtomatik ravishda ro‘yxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar bazalaridagi shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tuzish yoki tarkibiy bo‘linmalardan biriga bunday xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini yuklash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 570-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik ma’lumotlar — subyektning anatomik va fiziologik o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genetik ma’lumotlar — subyektning nasldan-naslga o‘tgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda saqlaydigan moddiy jismlar — moslashuvchan magnit disklar, optik disklar, qattiq (olinmaydigan) magnit disklar, elektron xotirali disklar (flesh), autentifikatsiyaning elektron vositalari (tokenlar, planshetlar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy jismlar — shaxsga doir ma’lumotlarni tashkil etuvchi axborot qayd etilgan moddiy jismlar, shu jumladan hajmli jismlar, shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar bazasi (ma’lumotlar bazasi) — tarkibida shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan axborot tizimi tarzidagi ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir ma’lumotlar o‘ziga taalluqli bo‘lgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qog‘oz yoki plastmassadan iborat moddiy jismlar — qog‘oz asosida chop etilgan matnli, grafik va boshqa ma’lumotlar, plastik kartalar va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Biometrik va genetik ma’lumotlarni moddiy jismlarda saqlash, ulardan foydalanish va ularning hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov berish maqsadida foydalaniladigan har qanday moddiy jismlar qonunchilikda belgilangan tartibda “maxfiy” yoki “xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi bilan belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Biometrik va genetik ma’lumotlarni elektron shaklda saqlashda ushbu ma’lumotlar shifrlangan va kriptografik yoki boshqa usullarda himoyalangan bo‘lishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mulkdor va (yoki) operator biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida ushbu ma’lumotlar saqlanayotgan moddiy jismlarning hisobi yuritilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mulkdor va (yoki) operator biometrik va genetik ma’lumotlar qayd etilgan moddiy jismlarning o‘g‘irlanishi, o‘chirilishi, yo‘q qilinishi, ruxsatsiz olinishi, o‘zgartirilishi hamda nazoratsiz qoldirilishining oldini oluvchi tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsizlik choralarini ko‘rishda biometrik va genetik ma’lumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yong‘in xavfsizligi talablariga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi, shuningdek, suv bosmasligidan kafolatlangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
begona shaxslarning kirish imkoniyatini istisno etadigan ishonchli himoya vositalariga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seyflarda, metall javonlarda yoki metall stellajlarda saqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish eshiklari va derazalari qo‘riqlash xizmatiga bog‘langan qo‘riqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan xonalarda saqlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Biometrik va genetik ma’lumotlar qayd etilgan moddiy jismlardan shaxsga doir ma’lumotlar o‘chirilganda, ushbu moddiy jismlar hisobdan chiqarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobdan chiqarilmagan moddiy jismlardan kelgusida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadida qayta foydalanish mumkin, bir martalik foydalanish nazarda tutilgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelgan moddiy jismlar bundan mustasno. Bunday moddiy jismlar belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moddiy jismdan unga biometrik va genetik ma’lumotlarni qayd etgan mulkdor va (yoki) operator tomonidan belgilangan, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan ekspluatatsiya muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatda foydalanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Biometrik va genetik ma’lumotlardan nusxa ko‘chirish ushbu ma’lumotlar ishlov berilishiga ruxsat etilgan texnik qurilmalarda hamda mulkdor va (yoki) operator mas’ul xodimlarining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar moddiy jismda biometrik va genetik ma’lumotlar bilan birga ularga bog‘liq qo‘shimcha shaxsga doir ma’lumotlar ham bo‘lsa, bunday ma’lumotlar kuchaytirilgan malakali elektron imzo bilan tasdiqlanishi va (yoki) moddiy jismda qayd etilgan ma’lumotlarning yaxlitligi hamda o‘zgarmasligini saqlab qolish imkonini beruvchi boshqa axborot texnologiyalari bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ma’lumotlar bazasidagi biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida qo‘llanilgan qurilma to‘g‘risida identifikatsiya ma’lumotlari (IP-adres, MAC-adres va boshqa identifikatorlar) qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov berish uchun foydalaniladigan moddiy jism turi mulkdor va (yoki) operator tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Biometrik va genetik ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Biometrik va genetik ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlashda quyidagi texnologik va boshqa talablar ta’minlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor va (yoki) operatorning vakolatli shaxslari uchun moddiy jismda saqlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlarga kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy jismda qayd etilgan biometrik va genetik ma’lumotlarning yaxlitligi va o‘zgarmasligini saqlab qolishga imkon beruvchi elektron imzo vositalaridan yoki boshqa axborot texnologiyalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning o‘ziga tegishli biometrik va genetik ma’lumotlarni ishlov berishga bergan yozma roziligi yoki biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov berish uchun qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa asoslar mavjudligini tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Biometrik va genetik ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar bazasidan alohida saqlash uchun chiqarilganda, ushbu ma’lumotlarni ruxsatsiz va takroran qayd etish asoslari ro‘yxatga olinishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mulkdor va (yoki) operator o‘zining ma’lumotlar bazalarida biometrik va genetik ma’lumotlarni himoya qilish usullaridan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha talablarni belgilash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/570/0900-son)