10.11.2023 yildagi 596-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoya qilish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini kengaytirish hamda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2024-yil 1-apreldan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda ma’lumotnoma taqdim etish bo‘yicha elektron shaklda davlat xizmatini ko‘rsatishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatini ko‘rsatishni YIDXP orqali joriy etish bo‘yicha texnik hujjatlarni tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi hamda ularning chet elga borish maqsadlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etib borilishini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2024-yil 1-apreldan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qo‘mitasining ish haqi fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlariga asoslanib, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ish beruvchilar tomonidan har bir xodim bo‘yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘z vaqtida o‘tkazilishi bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan, shuningdek, aholi bandligi masalalari bo‘yicha maslahat olish uchun mehnat organlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan hamda ketma-ket ikki va undan ortiq marotaba ijtimoiy nafaqalar olayotgan oilalar bandligini ta’minlash hamda ularning daromadlarini oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi gematologiya, onkologiya, immunologiya va boshqa uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar to‘g‘risida yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin va uning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda chet elda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasiga transport vositasining rusumi, dvigatel quvvati va boshqa zarur ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy kiritish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun murojaat qilgan oilalarning elektr energiyasi xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qo‘mitasi ishlovchi onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan nafaqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2023-yil 15-noyabrdan so‘ng taqdim etilgan arizalarga nisbatan joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 1-ilovaning 7-bandi 2024-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 10-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
596-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-banddagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi 122-son qarorining 10-bandi va unga 2-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoni hamda “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son qarori)” 2022-yil 9-iyundagi 323-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 76-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)