O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilansinki, pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarga ularning mobil aloqa vositalariga bepul qisqa SMS xabarlar yuborish orqali quyidagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq pensiya va nafaqalar oshirilganligi to‘g‘risida ma’lumot yuborish;
pensiya va nafaqa oluvchiga uning pensiya yoki nafaqasi bank kartasi orqali o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
fuqarolarga pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar ta’minoti to‘g‘risida ma’lumot yuborish;
pensiya va nafaqalar miqdori, to‘lash shakli va tayinlash muddatlari to‘g‘risida ularning shaxsiy so‘rovlariga ko‘ra ma’lum qisqa raqamlarga ma’lumot berish.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil martga qadar jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari ro‘yxati shakllantirilishini va ushbu ma’lumotlarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-apreldan boshlab FHDYning yagona elektron arxivi axborot tizimiga hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga sudlar tomonidan chiqarilgan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi, ota-onalik huquqidan mahrum etilganlik to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimidan onlayn rejimda ushbu qarorlar chiqarilgan kunda qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Bunda, sudning qarorlariga muvofiq bolalarning ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs qaramog‘ida qoldirilganligi hamda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar va bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha o‘zaro elektron axborot almashinuvi ta’minlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
Bunda, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi to‘lov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-oktabr,
654-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 01.05.2024-y., 09/24/253/0314-son, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)