06.10.2023 yildagi 530-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar masʼul davlat tuzilmalariga oʻz faoliyatini “Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor gʻoya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada ommaviy tadbirlarni tashkil etishda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi organlariga yuklangan boʻlib, ushbu jarayonlarda masʼul vazirlik va idoralar kuch hamda vositalarining birgalikdagi harakatlarini samarali tashkil etish hamda ularning har birining aniq vazifalarini belgilab berish muhim hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hamda Ichki ishlar vazirligining ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini aniq belgilab berish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga 2-ilovaning 101-bandida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmonining 3-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda hamda istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarni, ularning ahamiyati, koʻlami va ular oʻtkaziladigan hududga bogʻliq holda alohida, birinchi va ikkinchi toifalardagi tadbirlarga boʻlinishini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalarining faoliyatini ichki ishlar organlari huzurida tashkil etish hamda ularning tarkibi, maqomi va vakolatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida va ikkinchi toifalardagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlari ichki ishlar organlari, birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 6-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
530-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida toifadagi ommaviy tadbir — “Yangi yil”, “Navroʻz bayrami”, “Mustaqillik kuni”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish”, “Roʻza hayit” (Iyd al-Fitr), “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha), “Rojdestvo Xristovo”, “Pasxa” bayramlarini nishonlashga doir tadbirlar, taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish, umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining boshlanishi va tugashiga bagʻishlangan, saylov va referendumlarni oʻtkazish bilan bogʻliq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar hamda futbol boʻyicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi toifadagi ommaviy tadbir — Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida oʻtkaziladigan alohida toifadagi ommaviy tadbir toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — alohida va birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar toifasiga kirmaydigan ommaviy tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti — ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun maxsus moʻljallangan yoki moslashtirilgan, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, tez tibbiy yordam koʻrsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya vositalari va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari va tizimlari bilan jihozlangan, alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatlariga kiritilgan ochiq joy uchastkalari, binolar, inshootlar, shuningdek, ommaviy tadbirlar oʻtkazishga qulay boʻlgan keng maydonlar (madaniyat-maʼrifat muassasalari, sport majmualari, tarixiy obidalar, dalalar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar va boshqalar)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 51, 52 va 53-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“51. Ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, amal qilishini toʻxtatish yoxud ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqishga kiritish, shuningdek, ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish vakolatli organ huzurida tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — komissiyalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, ommaviy tadbirlarning turiga koʻra boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari vakillari hamda ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati (kelishuv asosida) kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi komissiyalar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari vakillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning tarkibi va uning ish reglamenti vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishlari zarurat boʻlganda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga vakolatli organ rahbarining oʻrinbosari raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, ularni tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqishga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita joyiga chiqqan holda, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni oʻtkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshiradi, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qiladi, zarur xulosalar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini kelishilgan holda jalb qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Oʻz vazifalarini bajarishda komissiya bevosita joyiga borgan holda, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni oʻtkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshirish, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qilish, zarur xulosalar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb qilish huquqiga ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan manfaatdor davlat organlari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat xavfsizligini taʼminlash zaruriyatini inobatga olgan holda, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining asoslantirilgan soʻroviga asosan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur miqdordagi kuch va vositalari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari oʻzlariga biriktirilgan alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda, jamoat tartibini saqlashni tashkil etish maqsadida manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining birgalikda qabul qilgan qarorida belgilangan tartibda hamkorlikdagi rejalar (namunaviy) ishlab chiqish hamda obyektlarda tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, videokuzatuv, zamonaviy muhandis-texnik himoya vositalari, yongin va texnik xavfsizligi hamda atrofni yoritish tizimlaridan kelib chiqqan holda har bir obyektning xavfsizligini taʼminlash pasportini ishlab chiqadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 38-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishchi guruh tarkibiga ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining toifasi, xususiyatlarini, uning xarakterini va ishtirokchilarning sonini hisobga olgan holda vakolatli organ, hududiy ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boʻlinmalari, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati, boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Ishchi guruh tarkibiga, shuningdek, ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmasi va ichki ishlar organining vakillari kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 44-banddagi “ichki ishlar organi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmasini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmasini va hududiy ichki ishlar organini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 58-band “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari” soʻzlaridan keyin “harbiy xizmatchilari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 61-bandning uchinchi xatboshisidagi “yongʻin xavfsizligi” soʻzlari “yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 67-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining koʻrinarli joylarida xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi belgilari, evakuatsiya qilish koʻrsatkichlarini, harakatlanish qoidalarini, sxemalari, rejalari va yoʻriqnomalarini, yongʻin xavfsizligi qoidalarini joylashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“69. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining majburiyatlari:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ommaviy tadbirni tayyorlash va oʻtkazish davrida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini, yoʻl va yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻzaro, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining boʻlinmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan hamkorlikni amalga oshirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshidagi “yongʻinga qarshi” soʻzlari “yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi” soʻzlari “oʻzaro, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda obyektning koʻrsatilgan joylarida zaxira kuchlari va vositalarining jangovar shay holatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilarni qoʻlga olish, zararsizlantirish va yoʻq qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn oltinchi xatboshi oʻn sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy boʻlinmalari va ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishlari mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“70. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda ichki ishlar organlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining huquqlari:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“zaxira kuchlarini shakllantirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi maxsus rejalarga muvofiq zarur choralar koʻrish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 701 va 702-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining yongin xavfsizligi talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish davrida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻgʻrisida ommaviy tadbir ishtirokchilarini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “obyektini oldindan tekshirish” soʻzlari “obyektida belgilangan tartibda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar toʻgʻrisida vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlar va axborotlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda vazirlik faoliyatiga oid hujjatlar talablari buzilishi holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish hamda zarur hollarda kamchiliklar aniqlangan obyektlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini taqiqlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) 7011 va 7012-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7011. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari soʻroviga asosan oʻz xodimlarining komissiya faoliyatida ishtirokini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7012. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining huquqlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyektni tegishli hududda joylashgan birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflariga muvofiq ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim ommaviy tadbirlarni alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatlariga kiritilmagan joylarda oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarini (joylarini), ularni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) quyidagi mazmundagi 7013 va 7014-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7013. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda joylashgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) soʻroviga asosan oʻz xodimlarining komissiya faoliyatida ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar oʻtkazish haqida xabarnomani olgan kunning oʻzida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmasiga (ommaviy tadbir birinchi toifadagi obyektda oʻtkazilganda) yoki hududiy ichki ishlar organiga (ommaviy tadbir ikkinchi toifadagi obyektda oʻtkazilganda) bildirishnoma yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7014. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar tumanlar (shaharlar) hokimliklarining huquqlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyektni tegishli hududda joylashgan alohida, birinchi va ikkinchi toifalardagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatlariga kiritish boʻyicha takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektlariga tutash hududlarning chegaralarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Huquqbuzar unga maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi va bu “E-maʼmuriy ish” tizimida aks ettiriladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 58-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinishi mumkinligi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 11-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari — birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boʻlimlari — ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mavjud emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 12-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alohida toifadagi ommaviy tadbir — “Yangi yil”, “Navroʻz bayrami”, “Mustaqillik kuni”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish”, “Roʻza hayit” (Iyd al-Fitr), “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha), “Rojdestvo Xristovo”, “Pasxa” bayramlarini nishonlashga doir tadbirlar, taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish, umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining boshlanishi va tugashiga bagʻishlangan, saylov va referendumlarni oʻtkazish bilan bogʻliq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar hamda futbol boʻyicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“birinchi toifadagi ommaviy tadbir — Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida oʻtkaziladigan alohida toifadagi ommaviy tadbir toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — alohida va birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar toifasiga kirmaydigan ommaviy tadbir”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)