31.08.2023 yildagi 435-son
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida davlat xizmatini ko‘rsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etilgan taqdirda, to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi.
Ariza beruvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovni qaytarib olishi yoki davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovni takroran amalga oshirmasdan davlat xizmatlaridan boshqa vaqtda foydalanishi mumkin. Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mazkur bobda belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

(jismoniy va yuridik shaxslar)

1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Adliya vazirligining Aloqa markaziga yoki uning rasmiy veb-saytiga (keyingi o‘rinlarda — “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt) orqali murojaat etadi.

2. Rasmiy veb-sayt orqali murojaat qilganda so‘rovnomani bevosita o‘zi to‘ldiradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

“Call-markaz”

1. “Call-markaz” mas’ul xodimi ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomadagi ma’lumotlar tasdiqlangandan so‘ng ariza beruvchiga to‘lov invoysini yuboradi.

1. So‘rovnoma tasdiqlangandan keyin avtomatik ravishda

2. Tegishli so‘rovnomani vakolatli organga yuboradi.

2. To‘lov amalga oshirilgandan keyin avtomatik ravishda

3-bosqich

Vakolatli organ

(davlat xizmatlari markazi)

1. Mas’ul xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi.

1. So‘rovnomada belgilangan muddatlarda

2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasini ariza beruvchiga taqdim etadi:

ariza beruvchi davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurganda;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda;

pochta xizmati orqali.

2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish yakunlangandan so‘ng

(davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda)