1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi, bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chogʻida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 49-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi qonunlari. Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi PF-1939-sonli “Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chogʻida huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega boʻladi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qoʻlga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Banklar tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochish, ularni qayta rasmiylashtirish hamda yopish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomada belgilangan (roʻyxat № 1948, 27.04.2009-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan manzili koʻrsatilgan yumaloq muhriga ega boʻlishi lozim. Muhrda ayni paytning oʻzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻz nomi yozilgan shtampi va blankalariga, oʻz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa oʻz belgi-alomatlariga ega boʻlishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻz firma nomiga ega boʻladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning oʻzida jamiyat xohishiga koʻra boshqa tillarda oʻzining toʻliq va qisqartma nomlariga ega boʻlishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning manzili u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat u bilan aloqa oʻrnatib turiladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim va oʻz pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar boʻladi. Ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda tugatilgan taqdirda jamiyat aksiyadorlarning mablagʻlari saqlanishi uchun oʻzi joylashtirgan qimmatli qogʻozlarning kamida nominal qiymati darajasida javobgar boʻladi. Jamiyat oʻz javobgarligini sugʻurta tashkilotlarida sugʻurtalab qoʻyishi shart.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar va uning faoliyati bilan bogʻliq ziyonlarni oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar haqining hammasini toʻlamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymatining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻz aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador sifatidagi shaxsning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy koʻrsatma berish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini oldindan bilib, oʻz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.
(4-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va uning organlari jamiyat oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar boʻlmaydilar, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori boʻlishi lozim.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatnashchilari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna oʻtkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna oʻtkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani oʻtkazish imkoniyati cheklab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalari faqat oʻz muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday jamiyat oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna oʻtkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod boʻlishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach sud tartibida tugatilishi lozim.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni oʻzga shaxsga taklif etilayotgan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda oʻz imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega boʻlishi uning ustavida koʻzda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qoʻyilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat filiallar tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular oʻzlarini tashkil etgan jamiyat tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida uning filiallari hamda vakolatxonalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan boʻlishi kerak. Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir maʼlumotlar oʻzgarishi munosabati bilan uning ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisidagi axborot yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga oluvchi organga maʼlumot tarzida taqdim etiladi. Jamiyat ustavidagi mazkur oʻzgartishlar maʼlum qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yuridik shaxs huquqini olgan shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati qarzlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba xoʻjalik jamiyatiga bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni berishga huquqli asosiy jamiyat ana shunday koʻrsatmalarni bajarish uchun shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan solidar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyatiga bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni berish huquqi shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuʼba xoʻjalik jamiyatining ustavida koʻzda tutilgan taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) boʻlib qolgan hollarda asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining qarzlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini oldindan bilib, yuqorida aytilgan oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan hollardagina shuʼba xoʻjalik jamiyatining nochorligi (bankrotligi) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba xoʻjalik jamiyati aksiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga keltirilgan ziyonni toʻlashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon koʻrishini oldindan bilib, oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina ziyon asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatga qarashli ovoz beruvchi aksiyalarning yigirma foizidan ziyodrogʻi boshqa ishtirokchi jamiyatga qarashli boʻlsa, bu jamiyat tobe xoʻjalik jamiyati deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirok etuvchi va tobe xoʻjalik jamiyatlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-68-moddalari.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TUZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Jamiyatni tuzish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yangidan taʼsis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Jamiyatni taʼsis etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni taʼsis etish yoʻli bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror taʼsis yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilgan taqdirda jamiyatni taʼsis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolgʻiz oʻzi qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat muassislari uni tuzish toʻgʻrisida oʻzaro taʼsis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni taʼsis etish borasida birgalikda faoliyat koʻrsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi kerak boʻlgan aksiyalarning xillari va turlari, ular uchun toʻlanadigan haq miqdori va bu haqni toʻlash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni taʼsis etish, jamiyat ustavini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini toʻlash uchun topshirilayotgan qimmatli qogʻozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar adliya organlaridan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Korxonani xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona deb hisoblash shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son Farmoni bilan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega boʻlgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Jamiyatning muassislari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat muassislari jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bogʻliq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar boʻladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida maʼqullangan taqdirdagina javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-sonli “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq aksiyadorlik jamiyati muassislari oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash taʼsis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi. Aksiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda ustav fondi tegishli ravishda koʻpaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilayotgan aksiyalar xillari va turlarini hamda ularning sonini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis yigʻilishida (konferensiyasida) ovoz berish muassislar qoʻshgan hissalarga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) qarorlarni oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Taʼsis shartnomasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda taʼsis yigʻilishi oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis yigʻilishi (muassis) tasdiqlagan ustav yoki taʼsis shartnomasi va ustav yoxud faqat taʼsis shartnomasi jamiyatning taʼsis hujjati hisoblanadi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyalar soni va ular nominal qiymatining summasi cheklab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyador, auditor yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ustavda belgilangan muddatlarda ularga jamiyat ustavi, shu jumladan unga doir oʻzgartishlar va qoʻshimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan jamiyatning amaldagi ustavidan nusxa olib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Jamiyat ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismdan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat roʻyxatdan oʻtish uchun roʻyxatga oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Davlat korxonasini qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilgan aksiyadorlik jamiyati ustavini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 11 va 12-bandlari.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga muvofiq kelmasligi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina jamiyat qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran uzogʻi bilan olti oygacha boʻlgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi, kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi va ijroiya organ toʻgʻrisidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi toʻgʻrisidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining koʻrsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlashi shart.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning jamiyatni roʻyxatdan oʻtkazishga doir 17-moddasida koʻzda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab, ushbu Qonunda belgilangan hollarda esa davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. JAMIYATNING USTAV FONDI. JAMIYATNING AKSIYALARI, OBLIGATSIYALARI VA BOShQA QIMMATLI QOGʻOZLARI. JAMIYATNING SOF AKTIVLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining oʻz kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning V boʻlimi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oddiy aksiyalarni, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqlidir. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat roʻyxatdan oʻtkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan eng kam ish haqining besh yuz baravar summasidan kam boʻlmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi esa, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng kam oylik ish haqining summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgargan taqdirda, aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi bir yil ichida belgilangan miqdorga muvofiq holga keltirilishi kerak.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan koʻpaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan eʼlon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki ustavda koʻzda tutilgan boʻlsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy (odatdagi) aksiyalarning va eʼlon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan mazkur qonunga muvofiq joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega boʻlgan aksiyadorlar uchun jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish bahosi belgilangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozlarning yigirma besh foizdan ziyodini tashkil etadigan davlatga qarashli aksiyalar turkumi mavjud boʻlganda qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish faqat Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasining vakolatiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini jamiyatning oʻzi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini aksiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish orqali kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyatning ustaviga kiritilgan tegishli oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish kuni belgilanadigan jamiyat ustav fondining eng kam miqdoridan qonun hujjatlarida belgilanganidan kamayib ketadigan boʻlsa, jamiyat ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondini kamaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi fondni kamaytirish sabablarini koʻrsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondini kamaytirish vaqtida jamiyat tugatilganida nazarda tutiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish shartlariga rioya etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani toʻgʻrisida kreditorlarni xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan boshlab jamiyat kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida oʻz kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida oʻzlariga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan oʻz majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Aksiyalarning xillari va turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning xillari va turlari (toifalari) boʻyicha farqlanadi. Aksiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aksiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyada koʻrsatilgan va jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi boʻlmish aksiyador deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasi yozilmagan aksiyani saqlovchi shu aksiyaning egasidir. Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining reyestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz beruvchi boʻlib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yigʻilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek aksiyadorlik jamiyati tugatilganda aksiyalarga qoʻyilgan mablagʻlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalar hisoblanadi. Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar boʻlishi mumkin, ularni boshqa shaxsga oʻtkazish tartibi ustavda belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarga aksiyalar oʻrniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi aksiyadorlik jamiyatining ustavida qonun hujjatlariga muvofiq belgilab qoʻyiladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning nominal qiymati yuz soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiya boʻlinmasdir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va eʼlon qilingan aksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilab qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga (eʼlon qilingan aksiyalar) qoʻshimcha ravishda joylashtirishga haqli boʻlgan aksiyalarning miqdori va nominal qiymati belgilab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustavida eʼlon qilingan aksiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirish tartibi va shartlari, shuningdek jamiyat joylashtirayotgan aksiyalarning har bir xili beradigan huquqlar belgilab qoʻyilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan qoidalar ustavda boʻlmasa, jamiyat ana shunday xildagi qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustaviga jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bogʻliq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyat tomonidan aksiyalarga erkin ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar joylashtirilsa, bu xildagi eʼlon qilingan aksiyalarning soni ushbu qimmatli qogʻozlar muomalada boʻlish muddati davomida erkin ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻzi joylashtirgan qimmatli qogʻozlar erkin ayirboshlanishi mumkin boʻlgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qogʻozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari reyestriga kiritilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari reyestridan oʻzlari haqida qimmatli qogʻoz hisoblanmaydigan koʻchirmalar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida toʻliq va toʻgʻri axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organda, shuningdek sudda oʻz huquqlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar sotib olish vaqtida zarar koʻrish va (yoki) foydaning bir qismini yoʻqotish ehtimoli bilan bogʻliq tavakkalchilikni sugʻurtalash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻladilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Oddiy (odatdagi) aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi boʻlmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishida mazkur yigʻilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida jamiyatning muayyan turdagi imtiyozli aksiyalari uchun boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning bir turdagi imtiyozli aksiyalari ularning egalari boʻlmish aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va odatdagi aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tugatilgan taqdirda har bir turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendlar va (yoki) qiymatning (tugatilish qiymatining) miqdori jamiyat ustavida belgilab qoʻyilishi lozim. Dividend miqdori va tugatilish qiymati qatʼiy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar miqdori va tugatilish qiymatini aniqlash tartibi jamiyat ustavida koʻrsatilgan boʻlsa ham ular belgilangan hisoblanadi. Dividend miqdori belgilanmagan imtiyozli aksiyalarning egalari oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bilan baravar dividendlar olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyat ustavida ikki va undan ortiq turdagi imtiyozli aksiya nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar va tugatilish qiymatini toʻlash navbati ham belgilangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha miqdori ustavda belgilangan boʻlib, toʻlanmagan yoki hammasi toʻlanmagan dividend jamgʻarib borilishi va keyinchalik toʻlanishi (kumulyativ imtiyozli aksiyalar) jamiyat ustavida belgilab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning oddiy (odatdagi) aksiyalar yoki boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarga erkin ayirboshlanishi mumkinligi va shartlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadilar. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyat ustaviga shu turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki koʻpaytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki koʻpaytirish masalalari, shuningdek boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarga dividend va (yoki) aksiyaning tugatilish qiymatini toʻlash navbati boʻyicha imtiyozlar berish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividend miqdori jamiyat ustavida belgilab qoʻyilgan muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar, kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarni istisno etganda, ana shu turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab umumiy yigʻilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega. Bunday turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan boshlab toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar ana shu aksiyalar boʻyicha jamgʻarilib qolgan dividendlarni toʻliq miqdorda toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim boʻlganu, ammo bunday qaror qabul qilmagan yoxud dividendlarni toʻliq miqdorda toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilgan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan eʼtiboran umumiy yigʻilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egasi boʻlmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha jamgʻarilib qolgan barcha dividendlar toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan boshlab toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarni odatdagi aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi bu turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ana shunday imtiyozli aksiya egasi oʻziga qarashli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan odatdagi aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdorda ovozlarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Aksiyalarni boshqa shaxsga mulk qilib oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasi yozilgan aksiyalar boshqa shaxsga mulk boʻlib oʻtishi (sotib olinishi, hadya qilinishi, meros boʻlib oʻtishi va shu kabilar) mumkin. Bunda aksiya egasining oʻzgarganini qayd etuvchi organ aksiya yangi egasining ismi yoki nomini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida aksiyadorlardan ularga qarashli aksiyalarni sotib olishga haqli. Koʻrsatib oʻtilgan aksiyalar koʻpi bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim. Ana shu davr ichida dividendlarni taqsimlash, shuningdek aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish va kvorumni aniqlash jamiyat sotib olgan oʻz aksiyalarini hisobga olmagan holda oʻtkaziladi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻz aksiyalarini mustaqil ravishda yoki investitsiya institutlari orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 41, 42, 44 va 45-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandi va “Korporativ qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat № 1396, 06.08.2004-y.).
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Jamiyatning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni jamiyat oʻz ustaviga muvofiq joylashtirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibi” (roʻyxat raqami 320, 02.04.1997-y.) va “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari” (roʻyxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlariga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador taʼsis yigʻilishida (konferensiyasida) belgilangan muddatda, ammo jamiyat roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin koʻpi bilan bir yil ichida aksiyalarni toʻliq sotib olishi lozim. Aksiyalarni sotib olish muddati oʻtganidan keyin aksiyadorlik jamiyati bu aksiyalarni oʻz xohishiga koʻra realizatsiya qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalariga ularni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq belgilangan muddat ichida, biroq ular sotib olingan (joylashtirilgan) paytdan eʼtiboran koʻpi bilan bir yil ichida haq toʻlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlariga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va toʻlovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish chogʻida uning aksiyalariga haq toʻlash shakli jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada (qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qoʻshimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash esa, ularni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorda belgilab qoʻyiladi.
(33-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganida aksiyalar haqini toʻlash tartibini davlat mulkini tasarruf etishga vakolat berilgan organ belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni taʼsis etish chogʻida aksiyaga toʻlanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning shu yoʻsinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini mustaqil narxlovchi (auditor) chiqarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida uning aksiyalari va boshqa egasi yozilgan qimmatli qogʻozlari haqi sifatida topshiriladigan mol-mulk turlari cheklab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiya haqi toʻliq toʻlangunga va uning yangi egasi aksiyadorlar reyestrida roʻyxatga olingunga qadar aksiya ovoz huquqini bermaydi, reyestrida roʻyxatga olish, jamiyatni tuzish vaqtida muassislar sotib olgan aksiyalar bundan mustasno.
(33-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ovoz huquqini bermaydi, ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida inobatga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtgan paytdan eʼtiboran koʻpi bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi koʻrsatib oʻtilgan aksiyalarni muomaladan chiqarish orqali jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav fondining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda jamiyat zaxira fondi tuziladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustav fondida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar oʻtkazish orqali tashkil etiladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning zaxira fondi koʻrilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun moʻljallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisob-kitob maʼlumotlari boʻyicha belgilangan tartibda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdigʻiga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan oz boʻlib chiqsa, jamiyat oʻz ustav fondini sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishini eʼlon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdigʻiga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati ushbu Qonunning 20-moddasida koʻrsatilgan ustav fondining eng kam miqdoridan oz boʻlib chiqsa, jamiyat oʻzini tugatish haqida qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini kamaytirish yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmasa, uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek davlat tomonidan vakolat berilgan organlar jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. AKSIYALAR VA BOShQA QIMMATLI QOGʻOZLARNI TARQATISh HAMDA JOYLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Aksiyalarni tarqatish (sotish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻz aksiyalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tarqatadi (sotadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda davlatga qarashli aksiyalarni dastlabki va keyinchalik tarqatish davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega boʻlgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolatiga ega boʻlgan organ davlatga qarashli aksiyalarni realizatsiya qilish haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq aksiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini qimmatli qogʻozlarga ayirboshlash yoʻli bilan joylashtirish bunday qimmatli qogʻozlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, jamiyat ustavida bu xususda koʻrsatmalar boʻlmasa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida jamiyat aksiyalari va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarini joylashtirish uslubi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom va “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari” (roʻyxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart boʻlgan hollar belgilab qoʻyilishi mumkin.
(36-moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Aksiyalarning joylashtirish bahosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyalariga haq toʻlash bozor qiymatida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni taʼsis etish vaqtida uning aksiyalari haqini toʻlash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat quyidagi hollarda aksiyalarni ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning qoʻshimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymatining toʻqson foizidan past boʻlmagan narxda sotib olishdan iborat oʻz imtiyozli huquqlarini roʻyobga chiqargan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan koʻpi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon boʻlganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalar ularning nominal qiymati boʻyicha joylashtiriladi va bu hol emissiya maʼlumotnomasida qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan davlat korxonalarini mehnat jamoalari aʼzolari oʻrtasida aksiyalarni tarqatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini toʻlab ustav fondidagi tegishli ulishdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega boʻladi.
(37-1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarning joylashtirish bahosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ularning bozor qiymati boʻyicha joylashtiradi, quyidagi hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odatdagi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar odatdagi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qogʻozlarni bozor qiymatining toʻqson foizidan kam boʻlmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini roʻyobga chiqarsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan koʻpi bilan bunday qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini toʻlashni yoki aksiyaga ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan toʻlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirsa, jamiyat ustavida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi boʻlmish aksiyadorlar bunday qimmatli qogʻozlarni oʻzlari ega boʻlgan ovoz beruvchi aksiyalar soniga mutanosib miqdorda imtiyozli sotib olishga haqli ekanligi nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar haqi pul bilan toʻlangan ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda imtiyozli sotib olish huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni imtiyozli sotib olish huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida belgilangan muddat davomida, ammo bunday qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran koʻpi bilan bir yil davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning qoidalari ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq jamiyatning ovoz berish huquqini olgan imtiyozli aksiyalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan toʻlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtira boshlaydigan kundan kamida 30 kun oldin jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari boʻlmish aksiyadorlar ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan oʻz huquqlarini amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabardor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarning joylashtirilayotgan miqdori, ularni joylashtirish bahosi (shu jumladan, agar jamiyat aksiyadorlari oʻzlarining bunday qimmatli qogʻozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirsalar, ularni jamiyatning aksiyadorlariga joylashtirish bahosi), har bir aksiyador sotib olishga haqli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bunday huquqi amal qiladigan muddat va huquqni roʻyobga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi (nomi) va yashash manzili (joylashgan manzili), sotib oladigan qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma ariza va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni jamiyat nomiga yuborib, oʻzining imtiyozli huquqini toʻla yoki qisman roʻyobga chiqarishga haqlidir. Bunday ariza ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qoʻshimcha aksiyalar va qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boshlanadigan sanadan kechi bilan bir kun oldin jamiyat nomiga yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, joylashtirilgan aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida, shuningdek keyinchalik qayta sotish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq oʻzining joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati ustav fondining ushbu Qonunda nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan boʻlsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yoʻli bilan ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni sotib olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qabul qilgan qaror asosida jamiyat tomonidan sotib olingan aksiyalar ularni sotib olish vaqtida muomaladan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni sotib olish toʻgʻrisidagi qarorda sotib olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat sotib oladigan har bir turdagi aksiyaning soni, sotib olish narxi, aksiyalar haqini toʻlash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda sotib olinishi belgilab qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning ustavida oʻzgacha tartib belgilanmagan boʻlsa, aksiyalarni sotib olish vaqtida ularga pul bilan haq toʻlanadi. Aksiyalarni sotib olish muddati 30 kundan kam boʻlmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy (odatdagi) aksiyalarni sotib olish narxi bozor bahosiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan muayyan turlardagi aksiyalarning egasi boʻlmish har bir aksiyador koʻrsatib oʻtilgan aksiyalarni sotishga haqlidir, jamiyat esa ularni sotib olishi shart. Agar jamiyatning sotib olishi toʻgʻrisida ariza tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda jamiyat sotib olishi mumkin boʻlgan aksiyalarning sonidan ortib ketsa, aksiyadorlardan arizada koʻrsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar sotib olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan 30 kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarni xabardor qilishi shart. Xabarnomada ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli aksiyalar jamiyat ustavida nazarda tutilgan narxlarda sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning butun ustav fondi batamom toʻlanguniga qadar, agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatda bankrotlik belgilari boʻlsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni sotib olganligi natijasida paydo boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatga qarashli sof aktivlarning qiymati uning ustav fondidan, zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning ustavda belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatdan ortiq qismidan kam boʻlsa yoxud aksiyalarni sotib olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, oddiy aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmagunicha jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish huquqiga ega boʻlib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning eʼlon qilingan aksiyalarining nominal qiymati va soniga doir tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalash huquqiga ega boʻlib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari nominal qiymati va soniga doir tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Aksiyadorlar talabiga binoan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat qayta tashkil etilganda yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan ushbu Qonunning 90-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilingan qarorga binoan yirik bitim amalga oshirilganda, basharti aksiyadorlar qayta tashkil etish yoki koʻrsatib oʻtilgan bitimni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsalar yoxud bu masalalar boʻyicha ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilganda yoki jamiyatning ustavi ularning huquqlarini cheklaydigan tarzda yangi tahrirda tasdiqlanganda, basharti aksiyadorlar tegishli qarorlar qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsalar, oʻzlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzlariga tegishli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati tuzilgan kundagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha qaytarib sotib oladi, bu qiymatni aniqlash chogʻida jamiyatning aksiyalarni baholashni va qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sabab boʻladigan harakati natijasida uning qiymati oʻzgarishi hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarni oʻzlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligidan, qaytarib sotib olish bahosi va uni amalga oshirish tartibidan xabardor etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabar ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlmagan aksiyadorlardan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi boʻlgan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 7 kun ichida ularga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish toʻgʻrisidagi yozma talabi aksiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili) va u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar sonini koʻrsatgan holda jamiyatga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning oʻzlariga qarashli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishi toʻgʻrisidagi talablari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 45 kun ichida jamiyatga taqdim qilinmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan muddat tugaganidan soʻng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qoʻygan aksiyadorlardan aksiyalarni 30 kun ichida sotib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyalarni, ushbu Qonunga muvofiq, ovoz berish natijasida aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni kun tartibiga kiritgan holda umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan bahoda sotib oladi. Jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishga ajratadigan mablagʻlarning umumiy summasi aksiyadorlarda oʻzlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi boʻlgan qaror qabul qilingan kundagi jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn foizidan oshib ketishi mumkin emas. Qaytarib sotib olish talabi qoʻyilgan aksiyalarning umumiy soni jamiyat yuqorida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda qaytarib sotib olishi mumkin boʻlgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyadorlardan aksiyalar qoʻyilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda u qaytarib sotib olgan aksiyalar ularni qaytarib sotib olish chogʻida muomaladan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat qaytarib sotib olgan aksiyalar jamiyatning tasarrufiga tushadi. Mazkur aksiyalar ovoz huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chogʻida hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish yoʻli bilan jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkning bozor qiymati, shu jumladan jamiyatga qarashli aksiyalar yoki boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati shunday bahodirki, mol-mulkning qiymati toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan va uni sotishga majbur boʻlmagan sotuvchi uni shu bahoda sotishga rozi boʻlishi mumkin, mol-mulkning qiymati toʻgʻrisida toʻliq axborotga ega boʻlgan va uni sotib olishga majbur boʻlmagan oluvchi esa uni shu bahoda sotib olishga rozi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun xolis baholovchi (auditor) jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olgan taqdirda mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun xolis baholovchi (auditor)ni jalb etish shart boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning oʻzi jamiyat aksiyalarining egasi boʻlgan taqdirda, davlat moliya organini jalb etish majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymatini aniqlash talab qilinayotgan mol-mulk aksiya yoki boshqa qimmatli qogʻozlardan iborat boʻlib, ularning sotib olish narxi yoki talab narxi hamda taklif narxi matbuotda muntazam eʼlon qilib turilgan boʻlsa, mazkur mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun ana shu sotib olish narxi yoki talab narxi va taklif narxi eʼtiborga olinishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.06 Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOʻLIM. AKSIYADORLAR REESTRI VA AKSIYALARNI SAQLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Aksiyadorlar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar reyestri roʻyxatga olingan aksiya egalarining ularga tegishli egasi yozilgan qimmatli qogʻozlar soni, nominal qiymati va toifasi koʻrsatilgan, har qanday belgilangan sanadagi holatga koʻra tuzilgan hamda bu aksiya egalari, ularga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni va toifalari aynan toʻgʻriligini aniqlash imkonini beradigan roʻyxatidir. Emitentlar aksiyadorlar reyestrini davlat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organ belgilagan shaklda yuritishi shart. Aksiyalarni joylashtirgan jamiyat yoki ixtisoslashgan roʻyxatchi jamiyat aksiyadorlari reyestrining saqlovchisi boʻlishi mumkin. Oddiy (odatdagi) aksiya egalari boʻlmish aksiyadorlari 500 va undan ortiq boʻlgan jamiyat reyestr yuritish va saqlashni ixtisoslashgan reyestr saqlovchiga (roʻyxatchiga) shartnoma asosida topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashgan roʻyxatchiga reyestr yuritishni topshirgan jamiyat reyestrni yuritish va uni saqlash uchun javobgarlikdan ozod etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari boʻlgan va qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzga bir faoliyat uchun litsenziyasi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar shu jamiyat aksiyadorlari reyestrining saqlovchisi boʻla olmaydilar. Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini yuritish bilan shugʻullanuvchi roʻyxatchi (emitentning oʻzi bundan mustasno) qimmatli qogʻozlar yuzasidan bitimlar tuzishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini yuritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari va qimmatli qogʻozlar egalari aynan toʻgʻriligini aniqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning oʻz nomlariga roʻyxatdan oʻtkazilgan, axborot olish va uni mazkur shaxslarga yoʻllash hamda qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini tuzish imkonini beradigan qimmatli qogʻozlarga nisbatan boʻlgan huquqlarini hisobga olishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egalari reyestriga oʻzgartishlar kiritishni zarur qilib qoʻyadigan barcha faktlar va hujjatlar toʻgʻrisidagi hamda bunday oʻzgartishlarni kiritish borasida reyestr saqlovchining barcha harakatlari haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda toʻplash va saqlashni taʼminlamogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasi yozilmagan qimmatli qogʻozlar uchun qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish tizimi joriy etilmaydi. Reyestrni yuritish uchun shartnoma faqat bitta yuridik shaxs bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlari reyestrida roʻyxatga olingan har bir shaxs (aksiyador yoki nominal aksiya saqlovchi) roʻyxatga olingan har bir shaxsning nomiga yozilgan aksiyalarning soni va turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlar reyestrini yuritish va saqlashni jamiyat davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir oy ichida taʼminlamogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlari reyestrida roʻyxatga olingan shaxs oʻziga tegishli maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida jamiyat aksiyadorlari reyestrining saqlovchisini oʻz vaqtida xabardor etishi shart. U oʻziga tegishli maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etmagan taqdirda, shu munosabat bilan aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun jamiyat va ixtisoslashgan roʻyxatchi javobgar boʻlmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Aksiyadorlar reyestridan koʻchirma berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrni saqlovchi qimmatli qogʻozlar egasi yoki uning nomidan ish olib borayotgan shaxsning, shuningdek nominal saqlovchining talabiga binoan ikki ish kuni ichida reyestrdan koʻchirma berishi shart. Qimmatli qogʻozlar egasi reyestrdan koʻchirmaga oʻziga taalluqli boʻlmagan axborotni, shu jumladan boshqa qimmatli qogʻozlar egalari hamda ularga tegishli qimmatli qogʻozlar soni toʻgʻrisidagi axborotni kiritishni talab etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrdan koʻchirma qimmatli qogʻozlarning egasini, koʻchirma berilayotgan paytda hisobda boʻlgan har bir chiqarish turkumiga kirgan qimmatli qogʻozlar sonini, ular ustidan majburiyatlar olish hollarini, shuningdek bu qogʻozlarga taalluqli boshqa axborotni koʻrsatgan holda reyestr saqlovchi tomonidan beriladigan hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrdan koʻchirmada unda soʻz yuritilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha barcha cheklashlar yoki (qimmatli qogʻozlar) ustidan majburiyatlar olish hollari toʻgʻrisida, reyestr yuritish tizimida u tuzilgan sanada qayd etilgan majburiyatlar haqidagi belgi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur koʻchirmani bergan shaxs undagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgardir. Qimmatli qogʻozlarni berish toʻgʻrisidagi farmoyishning shakli va farmoyishda qanday maʼlumotlar koʻrsatilishi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritish aksiyadorning yoki aksiyalarni nominal saqlovchining talabiga binoan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uch kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda, mazkur reyestrning saqlovchisi jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritish talabi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan besh kun ichida yozuv kiritish rad etilganligi toʻgʻrisidagi dalil-isbotli bildirishni yozuv kiritishni talab etgan shaxsga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchisi qimmatli qogʻozda mustahkamlab qoʻyilgan huquqlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchisi ularning egasi talabiga binoan reyestrni yuritish tizimiga qimmatli qogʻozlarni egasining nomiga oʻtkazish toʻgʻrisida yozuv kiritilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI BOʻLIM. DIVIDENDLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Dividend
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividend foydaning soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻlanganidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan soʻng aksiyadorlar jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanishi kerak boʻlgan qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyalarning har bir turi boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar jamiyatining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan dividend pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari bilan toʻlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividend aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Dividendlarni toʻlash muddatlari va shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qaror qabul qilishga (eʼlon qilishga) haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda. Yakuniy va oraliq dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning har bir turi boʻyicha oraliq dividendlar (yilning har bir choragi boʻyicha, yarim yillik dividendlar) toʻlash, dividend miqdori va uni toʻlash shakli toʻgʻrisidagi qaror jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning har bir turi boʻyicha yillik dividendlar toʻlash, dividendning miqdori hamda uni toʻlash shakli toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Yillik dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya etgan miqdordan koʻp va toʻlangan oraliq dividendlardan kam boʻlishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning muayyan turlari boʻyicha dividend toʻlamaslik toʻgʻrisida, shuningdek imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlar toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli, bunday aksiyalar boʻyicha dividend miqdori ustavda belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oraliq dividendlar toʻlash oqibatida aksiyadorlar jamiyatining moliya-xoʻjalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan boʻlsa, oraliq dividendlar toʻlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda. Dividendlarni toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlar jamiyatning joriy yildagi sof foydasidan toʻlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyatning maxsus moʻljallangan fondlari hisobidan toʻlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik dividendlarni toʻlash sanasi jamiyat ustavi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi chiqargan qaror bilan belgilab qoʻyiladi va shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 60 kundan kech boʻlmasligi lozim. Oraliq dividendlar toʻlash sanasi jamiyat kuzatuv kengashining oraliq dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarori bilan belgilanadi, biroq ana shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kamida 30 kun oʻtishi kerak.
(56-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlarning har bir toʻlovi uchun jamiyatning kuzatuv kengashi dividend olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxatini tuzadi. Oraliq dividendlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatiga jamiyat kuzatuv kengashi dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan kamida 30 kun oldin jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilgan aksiyadorlar va aksiyalarning nominal saqlovchilari, yillik dividendlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatiga esa aksiyadorlarning umumiy yillik yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati tuziladigan kungacha jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilgan aksiyadorlar va aksiyalarning nominal saqlovchilari kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlar toʻlash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha, soʻngra oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha qatʼiy belgilangan dividendlarni toʻlash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud boʻlgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarni saqlovchilarga dividendlar toʻlashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar toʻlashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega boʻlmasa yoki zarar koʻrib ishlagan boʻlsa, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira fondi hisobidan va ana shu fond doirasidagina toʻlanishi mumkin. Egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxoʻri daʼvo qilish uchun belgilangan muddatda talab qilib olmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan jamiyat ixtiyorida qoladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasiga muvofiq umumiy daʼvo muddati — uch yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tomonidan vakolat berilgan organ Oʻzbekiston Respublikasining norezident aksiyadorlari xohishiga binoan, belgilab qoʻyilgan tartibda ular olgan dividendlarni ana shu dividendlar hisoblab chiqarilgan sanada amalda boʻlgan kurs qiymati boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutaga ayirboshlab berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar reyestridan olingan, emitent tomonidan tasdiqlangan koʻchirmalar hamda toʻlangan dividendlar summasi va ular yozilgan sana toʻgʻrisida aksiyadorlar jamiyati buxgalteriyasi bergan maʼlumotnoma ayirboshlash uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Dividendlar toʻlash mumkin boʻladigan aksiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar reyestrida u yopilgunga qadar yozib qoʻyilgan investorlar dividend olish huquqiga ega. Aksiyadorlar reyestri aksiyadorlarning yigʻilishi rasmiy ravishda eʼlon qilingan sanadan 30 kun avval yopiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlangʻich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning toʻla summasi boʻyicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi toʻlanishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Toʻlanmagan va olinmagan dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi belgilagan muddatlarda dividendlarni oʻz aybi bilan toʻlamagan taqdirda toʻlanmagan va toʻliq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror moliyalash stavkalari boʻyicha penya yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati eʼlon qilgan dividendlarni toʻlashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir. Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot boʻlgan deb eʼlon qilish tadbiri qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(59-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Dividendlar toʻlashdagi cheklashlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustav fondining hammasi toʻlab boʻlinguncha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda toʻlovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari boʻlsa yoki dividendlar toʻlash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash (eʼlon qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Dividendlar toʻlanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda eʼlon qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni dividendlar toʻlanadigan sanadan 31 kalendar kun oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mijozning topshirigʻiga binoan aksiyalar investitsiya instituti tomonidan boshqarilayotgan boʻlsa, aksiyalarni saqlovchiga dividendlar investitsiya instituti haqini chegirib tashlagan holda toʻlanadi, bu haq mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida dividendlardan soliq olishda vaqtinchalik imtiyozlar belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII BOʻLIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI BOShQARUVChI ORGANLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yigʻilishini) oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy hisobot yigʻilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin koʻpi bilan olti oy ichida oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yigʻilishida jamiyatning yillik hisoboti va ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi oʻn birinchi xatboshisiga muvofiq boshqa hujjatlar majburiy tartibda qarab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan tashqari oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishlari navbatdan tashqari yigʻilish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana va uni oʻtkazish tartibi, yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) roʻyxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni qayta tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning aʼzolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustav fondini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz aksiyalarini qaytarib sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar jamiyat ustaviga koʻra jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan boʻlsa, ana shu masalalarni hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat taftish komissiyasining aʼzolarini (taftishchini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning auditorini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvaragʻini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisida ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilish reglamentini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 94-moddasida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 89-moddasida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning mol-mulk sotib olishi va mol-mulkni begonalashtirishi bilan bogʻliq yirik bitimlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning kuzatuv kengashiga berilishi mumkin emas, ushbu Qonunning 16 va 26-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav kapitalini koʻpaytirish bilan bogʻliq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning oddiy (odatdagi) aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar ovoz berish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiya egasi boʻlmish aksiyadorga ovozga qoʻyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy (odatdagi) aksiya yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir. Agar ovoz beruvchi aksiyalar miqdorini aniqlash chogʻida imtiyozli aksiya uning egasiga bittadan ortiq ovoz bersa, bunday imtiyozli aksiya boʻyicha har bir ovoz alohida ovoz beruvchi aksiya sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozga qoʻyilgan masala boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar ovozining koʻproq miqdori belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, yigʻilishda ishtirok etayotgan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalari egasi boʻlmish aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan, hal qilish chogʻida jamiyat oddiy va imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar ovoz huquqiga ega boʻladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida oʻzga qoida belgilanmagan boʻlsa, ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi boʻyicha birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror, agar jamiyat ustavida boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan faqat kuzatuv kengashining taklifiga binoan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismi birinchi — uchinchi, beshinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini olib borish tartibi boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar boʻyicha qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib hamda muddatlarda aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar qabul qilingan sanadan eʼtiboran 45 kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aksiyador uzrli sabablarga koʻra aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsa, u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinadigan qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarori yigʻilishni oʻtkazmagan holda jamiyat ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilingan qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida yetmish besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar qatnashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda oʻtkaziladi. Aksiyadorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat byulletenlarni qabul qilishni toʻxtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxati jamiyat aksiyadorlari reyestrining jamiyat kuzatuv kengashi belgilaydigan sanaga doir maʼlumotlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxatini tuzish sanasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan oldin va umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan 60 kundan oldin belgilanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kvorumini belgilashda va ovoz berishda jamiyat tomonidan ushbu Qonunning 75-moddasiga muvofiq olingan byulletenlar ishtirok etadigan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxatini tuzish sanasi umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sanaga kechi bilan 45 kun qolganida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxatini tuzish uchun aksiyalarning nominal saqlovchisi roʻyxat tuzilayotgan sanada kimning manfaatini koʻzlab aksiyalarga egalik qilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxatida har bir aksiyadorning ismi (nomi), uning manzili (joylashgan yeri), unga qarashli aksiyalarning soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxati jamiyat aksiyadorlarining reyestrida roʻyxatga olingan va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozlarning kamida oʻn foiziga ega boʻlgan shaxslarning talabiga binoan tanishish uchun jamiyat tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorning talabiga binoan jamiyat unga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxatiga oʻzgartishlar mazkur roʻyxatga u tuzilgan sanada kiritilmay qolgan shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan yoki roʻyxatni tuzish vaqtida yoʻl qoʻyilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyadorlarga ularning nomiga yozma xabarnoma yuborish va matbuotda tegishli axborot eʼlon qilish orqali maʼlum qilinadi.
(69-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat umumiy yigʻilish oʻtkazish haqida aksiyadorlarni boshqa ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio) orqali qoʻshimcha xabardor qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar oʻz ifodasini topishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning nomi va joylashgan yeri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati tuzilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni tanishtirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyatini yillik tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va jamiyat auditorining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashiga va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga taqdim etilishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha axborot (materiallar) roʻyxati davlat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organ tomonidan belgilab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, jamiyat aksiyadorlari reyestrida roʻyxatga olingan shaxs aksiyalarning nominal saqlovchisi boʻlsa, umumiy yigʻilishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyalarning nominal saqlovchisiga yuboriladi. Aksiyalarning nominal saqlovchisi bu xabarni qonun hujjatlari yoki mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda va muddatda oʻz mijozlari eʼtiboriga yetkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-modda. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishining kun tartibiga takliflar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida bir foiziga ega boʻlgan jamiyat aksiyadorlari (aksiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzogʻi bilan 30 kun ichida, basharti jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar koʻrsatishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga masala uni qoʻyish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turini koʻrsatgan holda yozma ravishda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga nomzodlar koʻrsatish, shu jumladan oʻzining nomzodini koʻrsatish toʻgʻrisida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aksiyadori boʻlsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni koʻrsatgan aksiyadorlarning ismi, ularga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni koʻrib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat tugaganidan soʻng uzogʻi bilan 15 kun ichida ularni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyador (aksiyadorlar) kiritgan masala aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga, shuningdek koʻrsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga rioya etmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflar ushbu Qonunning yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi dalil-isbotli qarori ana shu masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorga (aksiyadorlarga) qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan uch kun ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda jamiyat kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa yigʻilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, joy va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxati tuziladigan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
byulleten bilan ovoz beriladigan boʻlsa, ovoz berish byulletenining shakli va matni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan uning oʻz tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi, auditori talabiga koʻra, shuningdek talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabi bilan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining, jamiyat auditorining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqidagi talab taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan 45 kun ichida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda yigʻilish kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar ularni kiritish sababini koʻrsatgan holda taʼriflab berilmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining, jamiyat auditorining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi masalalarning taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish talabi aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda bu talabda umumiy yigʻilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni va turi (xili) koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish talabnomasi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar) navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni chaqirish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etgan sanadan boshlab 10 kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida yoki yigʻilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchining), jamiyat auditorining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, basharti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qarori yoki bunday yigʻilishni chaqirishni rad etish haqidagi dalil-isbotli qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan uch kun ichida yigʻilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan boʻlsa yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan boʻlsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq xarajatlar aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyatning mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-modda. Sanoq komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalar egalarining soni yuzdan ortiq boʻlgan jamiyatda sanoq komissiyasi tuziladi, uning miqdor va shaxsiy tarkibi jamiyat kuzatuv kengashining taklifiga binoan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, taftish komissiyasining aʼzolari, kollegial ijroiya organi aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shu bilan birga ana shu lavozimlarga nomzodi koʻrsatilgan shaxslar kiritilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalar egalarining soni besh yuzdan ortiq boʻlgan jamiyatda sanoq komissiyasining vazifasi jamiyatning ixtisoslashtirilgan reyestr saqlovchisi zimmasiga yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishida kvorum bor yoki yoʻqligini aniqlaydi, aksiyadorlar (ularning vakillari) umumiy yigʻilishda ovoz berish huquqlarini roʻyobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalar xususida tushuntirishlar beradi, ovozga qoʻyiladigan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini taʼminlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunini chiqaradi, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishda ishtirok etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqi shaxsan aksiyador tomonidan ham, uning vakili orqali ham roʻyobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yigʻilishidagi oʻz vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yigʻilishda shaxsan oʻzi ishtirok etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida yozma ishonchnoma asosida ish koʻradi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport maʼlumotlari) aks ettirilgan boʻlishi lozim. Ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aksiyalar roʻyxat tuzilgan sanadan keyin va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanaga qadar boshqa shaxsga berilgan boʻlsa, jamiyat aksiyani sotib olgan shaxsga ovoz berish uchun ishonchnoma berishi yoki aksiyani sotib olgan shaxsning koʻrsatmalariga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berishi shart. Koʻrsatib oʻtilgan qoida aksiyani keyingi har bir boshqa shaxsga topshirish holatiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyat aksiyasi bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulki boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish vakolati ularning xohishiga koʻra umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kvorumi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etuvchilarni roʻyxatga olish tamom boʻlgan paytga kelib, jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizidan koʻpiga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatli (kvorum toʻplagan) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum boʻlmasa, aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi. Aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazishda kun tartibiga oʻzgartishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilmay qolgan yigʻilish oʻrniga aksiyadorlarning yangi chaqirilgan umumiy yigʻilishida ishtirok etuvchilarni roʻyxatga olish tugagan paytga kelib, jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizdan kam boʻlmagan ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatga olingan boʻlsa, bu umumiy yigʻilish vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar qilish ushbu Qonunning 69-moddasida nazarda tutilgan tarzda yigʻilish oʻtkaziladigan sanaga kamida 10 kun qolganida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kvorum boʻlmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi 20 kundan kam muddatga koʻchirilgan taqdirda, umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar oʻtkazilmay qolgan umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxatiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish “jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” qoidasiga muvofiq oʻtkaziladi, jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash boʻyicha kumulyativ ovoz berishni oʻtkazish hollari va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-modda. Ovoz berish byulleteni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibi masalalari boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmish aksiyadorlar soni yuzdan ortiq boʻlgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida kun tartibi boʻyicha ovoz berish faqat ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ovoz berish byulleteni umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning toʻliq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi va vaqti, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masalaning taʼrifi va uni qarab chiqish navbati, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi soʻzlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari, ovoz berish byulleteni aksiyador tomonidan imzolanishi lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi aʼzosini saylash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumot aks ettirilgan boʻlib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala boʻyicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan boʻlsa, oʻsha masala boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda toʻldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qoʻyilgan bir necha masala aks ettirilgan boʻlsa, bir yoki bir necha masalaga nisbatan yuqorida koʻrsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb hisoblanishiga sabab boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79-modda. Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzadi. Bayonnoma sanoq komissiyasining aʼzolari yoki komissiya vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan soʻrgʻichlanadi va saqlab qoʻyish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish oʻtkazilgan umumiy yigʻilishida oʻqib eshittiriladi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni eʼlon qilish yoki aksiyadorlarga yuborish orqali aksiyadorlarning eʼtiboriga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yigʻilishda raislik qiluvchi va umumiy yigʻilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan joy va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining umumiy soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega boʻlgan ovozlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilishning kun tartibi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni, ovozga qoʻyilgan masalalar hamda ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalari, yigʻilish qabul qilgan qarorlar aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi boʻlgan aksiyadorlar soni oʻttiz kishidan kam boʻlgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etishga vakolati boʻlgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida oʻz aksini topishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolariga ular oʻz vazifalarini bajarib turgan davrda badal toʻlanishi va (yoki) kuzatuv kengashining aʼzosi vazifasini bajarish bilan bogʻliq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va toʻlovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilab qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat faoliyatining ustun yoʻnalishlarini belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini chaqirishga, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxati tuziladigan sanani belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va oʻn ikkinchi xatboshlarida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga huquq berilgan boʻlsa, eʼlon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini koʻpaytirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, obligatsiyalar va qimmatli qogʻozlarni joylashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga huquq berilgan boʻlsa, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat joylashtirgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan boʻlsa, ijroiya organiga toʻlanadigan haq va badallar miqdorini belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat taftish komissiyasi aʼzolariga (taftishchisiga) toʻlanadigan haq va badallar miqdori yuzasidan tavsiyalar berish hamda auditorning xizmatlariga haq toʻlash miqdorini belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar boʻyicha dividendlar miqdori va ularni toʻlash tartibi yuzasidan tavsiyalar berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni boshqarish organlari faoliyat tartibini belgilab beruvchi hujjatlarni tasdiqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning filiallarini tashkil etish hamda vakolatxonalarini ochishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning shuʼba va tobe korxonalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning VIII boʻlimida nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sotib olish va uni tasarrufdan chiqarish bilan bogʻliq yirik bitimlar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun qoidalariga muvofiq jamiyat ustavida kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashini saylash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar jamiyat ustavi bilan yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlari soni besh yuzdan ortiq boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi yetti aʼzodan kam boʻlishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq boʻlgan jamiyat uchun esa toʻqqiz aʼzodan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador oʻziga tegishli aksiyalar boʻyicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga toʻliq berishga yoki bir nechta nomzod oʻrtasida taqsimlashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan ularning oʻzlari orasidan kuzatuv kengashi aʼzolari umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashi oʻz raisini kuzatuv kengashi jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishida raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi yoʻqligida uning vazifasini kuzatuv kengashi aʼzolaridan biri bajarib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning oʻz tashabbusi bilan, kuzatuv kengashining aʼzosi, taftish komissiyasi yoki auditorning, jamiyat ijroiya organining, shuningdek jamiyat ustavida belgilab qoʻyilgan boshqa shaxslarning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibi ustavda belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv kengashi majlisini oʻtkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, biroq u kuzatuv kengashiga saylangan aʼzolarning yetmish besh foizidan kam boʻlmasligi kerak. Kuzatuv kengashi aʼzolarining soni ustavda nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam boʻlib qolsa, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan aʼzolari aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagina qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashi majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibini belgilab beruvchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, majlisda hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining bir aʼzosi oʻz ovozini kuzatuv kengashining boshqa aʼzosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida kuzatuv kengashi aʼzolarining ovozlari teng boʻlingan hollarda kuzatuv kengashining qarorini qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlis oʻtkazilgan joy va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisda hozir boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisning kun tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qarorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda raislik qilgan shaxs tomonidan imzolanadi, u majlisning bayonnomasi toʻgʻriligi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-modda. Jamiyatning ijroiya organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida”gi namunaviy nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir paytning oʻzida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organlari boʻlishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari belgilab qoʻyilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma boʻyicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, basharti ustavda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Boshqaruvchi kompaniyalar toʻgʻrisida”gi nizom va “Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining rahbarini yollash toʻgʻrisida”gi namunaviy mehnat shartnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoki kuzatuv kengashining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va burchlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda ularning har biri jamiyat bilan tuzadigan shartnomada belgilanadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha majburiyatlari hamda ularning umumiy yigʻilish va kuzatuv kengashi oldidagi hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim.
(86-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) oʻrtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozimlarni oʻrindoshlik yoʻli bilan bir shaxsning egallashiga kuzatuv kengashi roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan boʻlsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir.
(86-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-modda. Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kollegial ijroiya organi majlisida bayonnoma yuritiladi. Kollegial ijroiya organi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolariga, auditorga ularning talabiga koʻra beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarini oʻtkazishni jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajarayotgan shaxs tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda kollegial ijroiya organi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, kollegial ijroiya organi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini koʻzlab ish tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda jamiyatga zarar keltirishga sababchi boʻlgan qarorga ovoz berishda qatnashmagan yoki bunday qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari, kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) aʼzolari javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy aksiyalarning hammasi boʻlib kamida bir foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni daʼvo qilib kuzatuv kengashi aʼzosi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzosi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII BOʻLIM. JAMIYATNING YIRIK BITIMLAR TUZIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bogʻliq yirik bitimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar yirik bitimlar deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan bogʻliq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq bitim yoki oʻzaro bogʻlangan bir necha bitim, oddiy xoʻjalik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning yigirma besh foizidan koʻprogʻini tashkil etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq bir yoki oʻzaro bogʻlangan bir necha bitim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitimga sabab boʻlgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bogʻliq yirik bitimni tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida boʻlgan yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan aʼzolari ovozi hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hukmiga havola etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan yigʻilishda qatnashayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismdan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX BOʻLIM. JAMIYATNING BITIM TUZIShIDAN MANFAATDORLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosi, jamiyatning oʻzga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, oʻzining tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma va undan koʻproq foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri boʻlsa yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning tomonlaridan biri boʻlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham koʻproq foiziga ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning tomonlaridan biri boʻlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi boʻlsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdorlik toʻgʻrisidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 91-moddasida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aksiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga mustaqil tarzda yoki oʻzlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega boʻlsalar, shu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan boʻlsalar, shu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin boʻlsa, oʻzlariga maʼlum boʻlgan ana shu bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) va auditor eʼtiboriga yetkazishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimni tuzish tartibiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi toʻgʻrisidagi qarorni kuzatuv kengashi uni tuzishdan manfaatdor boʻlmagan kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi toʻgʻrisidagi qarorni ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bitimni tuzishdan manfaatdor boʻlmagan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar bitim boʻyicha toʻlanadigan haq summasi va bitimga sabab boʻlgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar bitta bitim va (yoki) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qogʻozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitim boʻyicha manfaatdor shaxs jamiyatga qarz berayotgan boʻlsa, bunday bitimni tuzish uchun ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat bilan boshqa tomon oʻrtasidagi xoʻjalik munosabatlarini davom ettirish yuzasidan tuziladigan, tuzilishidan kelajakda manfaatdorlik paydo boʻlishi mumkin boʻlgan bitimlarni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan sanada aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi jamiyat bilan oʻzga shaxs oʻrtasida tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlarning xususiyati va ular summasining eng koʻp miqdorini koʻrsatib, shartnoma munosabatlari oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu modda uchinchi qismining talablari bajarilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining barcha aʼzolari manfaatdor shaxslar deb topilgan taqdirda, bitimdan manfaatdor boʻlmagan aksiyadorlar koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan bitim tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitim ayni bir vaqtda jamiyatning mol-mulk sotib olishi yoki topshirishi bilan bogʻliq yirik bitim boʻlsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonun VIII boʻlimining qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimga qoʻyiladigan talablarga rioya etmaslik oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitim ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda tuzilgan boʻlsa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113—128-moddalari.
(94-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor shaxs jamiyatga oʻzi yetkazgan zarar miqdorida jamiyat oldida javobgar boʻladi. Agar bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X BOʻLIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni qayta tashkil etish muassislarning yoki vakolatli organning qarori bilan qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tuzilgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, birlashtirish tarzida qayta tashkil etish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat boshqa jamiyatga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etilganida davlat roʻyxatga olish organi qoʻshilib yuborilgan jamiyat oʻz faoliyatini toʻxtatgani haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan eʼtiboran qoʻshib yuborilgan jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan jamiyatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning VI boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran jamiyat 30 kundan kechiktirmay oʻz kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni toʻxtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning oʻrnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yoʻli bilan talab qilishga haqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish haqidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzogʻi bilan 30 kun ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzogʻi bilan 60 kun ichida.
LexUZ sharhi
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 52-moddalarida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar boʻlinish balansi qayta tashkil etilayotgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96-modda. Jamiyatlarni qoʻshib yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini oʻtkazish yoʻli bilan yangi jamiyatni vujudga keltirish jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qoʻshib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini yangi jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga qoʻshib yuborish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi, qoʻshib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va oʻtkazish dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi masalalarni havola etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi vujudga kelayotgan jamiyat ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatlar qoʻshilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquqlar va majburiyatlar oʻtkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan jamiyatga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97-modda. Jamiyatning birlashtirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoki bir nechta jamiyat faoliyatini toʻxtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga oʻtkazish — jamiyatni birlashtirish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashtirilayotgan jamiyat va birlashtirib olayotgan jamiyat birlashish toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar, unda birlashishning tartibi va shartlari, shuningdek birlashtirilayotgan jamiyatning aksiyalarini birlashtirib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi birlashishda ishtirok etayotgan oʻz jamiyatining umumiy yigʻilishi hukmiga birlashish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi va birlashish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani kiritadi. Birlashtirilayotgan jamiyat kuzatuv kengashi oʻtkazish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani ham aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hukmiga havola etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur jamiyatlar aksiyadorlarining qoʻshma umumiy yigʻilishi ustavga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Aksiyadorlarning qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi birlashish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir jamiyat boshqa jamiyatga birlashganda oʻtkazish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlari qoʻshib olgan jamiyatga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-modda. Jamiyatni boʻlish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat faoliyatini toʻxtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan jamiyatlarga oʻtkazish — jamiyatni boʻlish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga boʻlish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari xususidagi, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlar aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi toʻgʻrisidagi masalalarni havola etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni boʻlish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisida, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlarning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Yangi tuzilayotgan har bir jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi uning ustavini tasdiqlash hamda kuzatuv kengashini saylash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat boʻlinganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻlish balansiga muvofiq yangi tashkil etilayotgan ikki yoki bir necha jamiyatga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini toʻxtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini oʻtkazib bir yoki bir nechta jamiyat tuzish jamiyatni ajratib chiqarish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, boʻlish balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani havola etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlashni oʻtkazish tartibi, boʻlish balansini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi boʻlish balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xoʻjalik jamiyati yoki shirkatiga aylanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni havola etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qayta tuzish toʻgʻrisida, qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari oʻzlarining qoʻshma majlislarida uning taʼsis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-modda. Jamiyatni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda jamiyat faoliyatining toʻxtatilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yigʻilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatish komissiyasini tayinlash toʻgʻrisidagi masalani havola etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tugatish toʻgʻrisida va roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
(101-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatish komissiyasini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan eʼtiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatish komissiyasiga oʻtadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori boʻlsa, tugatish komissiyasi tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi. Bu talab bajarilmagan taqdirda, jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ tugatish komissiyasi tayinlanishiga rozilik berishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi yuridik shaxslarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadigan matbuot organlarida jamiyatning tugatilishi, uning kreditorlarining talab qoʻyish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida xabar eʼlon qiladi. Kreditorlarning talab qoʻyish muddati jamiyat tugatilishi toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat oʻz kreditorlari oldida majburiyatlarga ega boʻlmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar oʻrtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning talab qoʻyish muddati tugaganidan keyin tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi. Mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoʻygan talablar, shuningdek ularni qarab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻladi. Oraliq tugatish balansi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tugatilayotgan jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tugatilayotgan jamiyatning mavjud pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatish komissiyasi jamiyatning boshqa mol-mulkini kim oshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini toʻlash tugatish komissiyasi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida mazkur balans tasdiqlangan kundan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyin tugatish komissiyasi tugatish balansini tuzadi. Bu balans aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tugatilayotgan jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-modda. Tugatilayotgan jamiyat mol-mulkini aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatish komissiyasi tomonidan aksiyadorlar oʻrtasida quyidagi navbat boʻyicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda ushbu Qonunning 44-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim boʻlgan aksiyalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha yozilgan, biroq toʻlanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha belgilangan tugatish qiymatini toʻlash amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy (odatdagi) aksiyalar va barcha turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni har bir navbat tartibi boʻyicha taqsimlash avvalgi navbat tartibi boʻyicha mol-mulk toʻliq taqsimlab boʻlinganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq toʻlanmagan dividendlar va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini bir turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish barcha aksiyadorlarga toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, mol-mulk ana shunday turdagi imtiyozli aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlar oʻrtasida ularga qarashli shu turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investor mol-mulk tugatish qiymatining oʻzi olgan qismini belgilangan tartibda ayirboshlashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-modda. Jamiyat tugatilgan payt
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritib qoʻygan paytdan eʼtiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI BOʻLIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT. HUJJATLARNI SAQLASh. JAMIYATGA DOIR AXBOROT
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisob-kitobi va moliya hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritishi va moliya hisobotini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va toʻgʻri yuritilishi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga jamiyat faoliyatiga doir maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijroiya organi zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga taqdim etadigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvaragʻidagi maʼlumotlarning toʻgʻri ekanligi jamiyatning taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni matbuotda eʼlon qilishdan oldin jamiyat yillik moliya hisobotini har yilgi tekshirish va tasdiqlash uchun jamiyat yoki aksiyadorlar bilan mulkiy manfaatlar negizida bogʻliq boʻlmagan auditorni jalb etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni, jamiyatni tuzish toʻgʻrisidagi qarorni, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning oʻz balansidagi mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik moliya hisobotini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar emissiyasi maʼlumotnomasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) majlislarining bayonnomalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyxatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish komissiyasining, auditorning, davlat moliya nazorati organlarining xulosalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustavida, jamiyat boshqaruv organlarining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni saqlab qoʻyishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107-modda. Jamiyatning aksiyadorlarga axborot taqdim etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ushbu Qonun 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlar foydalana olishlari uchun imkoniyat taʼminlab beradi, buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlar va jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning nusxasini haq evaziga berishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning nusxalarini tayyorlashga ketadigan xarajatlar qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali joʻnatish xarajatlaridan ortib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108-modda. Jamiyat tomonidan axborotni eʼlon qilishning shartligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq aksiyadorlik jamiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlar hisobvaragʻini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyalari emissiyasi maʼlumotnomasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyxatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida har yili eʼlon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat, shu jumladan yopiq aksiyadorlik jamiyati ham, obligatsiyalar yoki qimmatli qogʻozlarni oshkora joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi maʼlumotlarni vakolatli davlat organi belgilagan hajm va tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotni ochish toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat № 1127, 18.04.2002-y.)
(108-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi va ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan aksiyadorlik jamiyatining axborotini eʼlon qilishni asossiz ravishda rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Keyingi tahrirga qarang
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari toʻgʻrisidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning affillangan shaxslari jamiyatning oʻzlariga qarashli aksiyalari toʻgʻrisida ularning soni va turlarini koʻrsatgan holda aksiyalar sotib olingan sanadan eʼtiboran kechi bilan 10 kun ichida jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar affillangan shaxsning aybi bilan mazkur axborotning taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan boʻlsa, affillangan shaxs jamiyat oldida oʻzi yetkazgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oʻzining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular toʻgʻrisida qonun hujjatlarining talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart.
Affilangan shaxslar tushunchasi va aksionerlik jamiyatlarida ularni hisobini yuritish va maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi “Aksiyadorlik jamiyatlarida affillangan shaxslar, ularning hisobini olib borish va axborotlarni oshkor qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi bilan belgilangan (roʻyxat № 1212, 29.01.2003-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII BOʻLIM. JAMIYAT FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110-modda. Taftish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi taftish komissiyasini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari boʻyicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida oʻn foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning taftish komissiyasi ushbu Qonunning 72-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Kuzatuv kengashining aʼzolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi aʼzolarini saylash chogʻida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111-modda. Auditor
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditor (fuqaro yoki auditorlik tashkiloti) jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyat auditorini tasdiqlaydi. Auditorning xizmatiga toʻlanadigan haq miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112-modda. Taftish komissiyasi yoki auditorning xulosasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra taftish komissiyasi yoki auditor xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan maʼlumotlar qay darajada toʻgʻriligiga baho beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish chogʻida qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIII BOʻLIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113-modda. Aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning xoʻjalik va boshqa faoliyatiga davlat organlari va boshqa organlarning aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ularning qonunsiz xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda belgilangan va ustavda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali emitent (aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya institutlari va fond birjalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilarining koʻngilli birlashmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa subyektlari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq buzilguniga qadar mavjud boʻlgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqni buzish tahdidini soluvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
natura holida ijro etishga hukm qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararlarni qoplatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neustoyka undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy zarar uchun tovon undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy munosabatlarni toʻxtatish yoki oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar oʻzlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda jamoat birlashmalariga uyushishga haqlidirlar.
LexUZ sharhi
Jamoat birlashmalarini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va ularning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aksiyalarining birlamchi emissiyasi chogʻida mehnat jamoasi aʼzolarining huquqlarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan davlat korxonasi mehnat jamoasi aʼzolarining aksiyalarni sotib olishdan iborat huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan taʼminlanadi. Mehnat jamoasi aʼzolari orasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalar ulushining miqdori har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-modda. Investitsiya institutlarining masʼuliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya institutlari, fond birjalari, auditorlar va boshqalarning masʼuliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish