1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalariga erishish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar | ||||
1. | Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mansabdor shaxslariga Konsepsiyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini yetkazish, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Vazirliklar va idoralarda Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish va mas’ul shaxslarga vazifalarni belgilash. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari |
2. Hududlarda Konsepsiyaning mohiyatini yetkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlarini tashkil etish. | reja asosida | |||
3. Konsepsiyaning ijrosi bo‘yicha tizimli monitoring olib borish. | muntazam ravishda | |||
2. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari hamda Konsepsiya ijrosini ta’minlash yuzasidan harbiy-ma’muriy sektor a’zolari bilan kengaytirilgan yig‘ilishlarni o‘tkazish. | 1. Hududlarning o‘z xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, qabul qilish va harbiy-ma’muriy sektor yig‘ilishida ko‘rib chiqish. | har yil yanvar oyida | Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari |
2. Qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha hisobotlarni hamda ushbu yo‘nalish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga taqdim qilish. | har chorakda | |||
3. | Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish ishlarini samarali tashkil etish. | 1. Yoshlar siyosati va sport vazirligining hududiy boshqarmalari negizida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish bo‘yicha shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2023-yil iyul | Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari |
2. Shtab yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda mas’ul shaxslar hisobotlarini eshitib borish. | doimiy ravishda | |||
3. Dastur ijrosi yuzasidan hudud kesimida tahliliy hisobotlarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga kiritish. | har chorakda | |||
4. | Harbiy qism va muassasalarning mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini olib boradigan bo‘linmalari (guruhlari) uchun o‘quv qo‘llanma, uslubiy tavsiyalar, targ‘ibot materiallarini (taqdimot va videorolik) tayyorlash va yoshlar yetakchilariga tarqatish. | 1. Zarur targ‘ibot materiallarini tayyorlash. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
2. Targ‘ibot materiallarini chop etish va belgilangan tartibda har bir mahallaning yoshlar yetakchilariga yetkazilishini ta’minlash. | har yil aprel oyida | |||
5. | Har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasasi rektorlari o‘zlariga biriktirilgan e’tiborga muhtoj yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish | 1. Biriktirilgan yoshlar ro‘yxatlariga aniqlik kiritish va ularning turmush tarzini o‘rganish. | har yil yanvar oyida | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Aniqlangan ma’lumotlar asosida yoshlarga ko‘mak berish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash. | har yil fevral oyida | |||
3. Biriktirilgan yoshlar bilan maqsadli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. | muntazam | |||
4. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot kiritish. | har chorak yakuni bo‘yicha | |||
II. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar | ||||
6. | Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan amaliy tajribalarini oshirish choralarini ko‘rish. | 1. Mahallalardagi yoshlar yetakchilarini yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ko‘rgazmali materiallar, targ‘ibot roliklari hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash. | 2023-yil avgust | Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Harbiy okruglar (garnizon) miqyosida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan o‘quv-uslubiy seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish. | har yil kamida ikki marotaba | |||
7. | O‘zbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatining samaradorligini oshirish. | 1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlarini ko‘rgazmali materiallari, targ‘ibot roliklari hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash. | 2023-yil avgust | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qurolli Kuchlar tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari bilan forumini o‘tkazish. | har yil kamida ikki marotaba | |||
3. “Eng ilg‘or O‘zbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash. | har yil avgust-sentabr oylarida | |||
8. | “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining faoliyatini samaradorligini yanada oshirish. | 1. “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari a’zolarining Forumini tashkil etish va o‘tkazish. | har yil aprel oyida | Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari o‘rtasida sport musobaqalari va intellektual viktorinalarning tuman, viloyat, respublika bosqichlarini o‘tkazish. | alohida rejaga muvofiq | |||
9. | “Jizzax tajribasi” asosida harbiy qismlar bazasida profilaktik hisobda turgan va tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan “Jasorat maktabi” nomli harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inlarini tashkil etish va o‘tkazish. | 1. O‘quv yig‘inlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi hokimlar qarorlarini ishlab chiqish. | har chorakda kamida bir marotaba | Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari |
2. Yig‘inlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish. | reja asosida | |||
10. | Yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish. | 1. Tadbirlarning reja-ssenariylarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari |
2. Targ‘ibot materiallarini tayyorlash. | 2023-yil iyul | |||
3. Tadbirlarni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
11. | Mahallalardagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlarini tashkil etish. | 1. “Ezgu amal” saxovat karvonlarini o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja asosida tadbirlarni amalga oshirish. | alohida reja asosida | |||
12. | Yoshlarni “Er yigitning er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi!” shiori ostida poligonlarga hamda harbiy qismlarga tashriflarini tashkil etish hamda ularga jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari va ko‘rgazmali o‘quvlarni namoyish etish. | 1. Tadbirlarni o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish. | har yil yanvar oyida | |||
3. Tadbirlarni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
13. | Uyushmagan, tarbiyasi og‘ir hamda jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim!” shiori ostida alohida maxsus dastur bo‘yicha harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish. | 1. Tadbirlarni tashkil etish rejasini (har bir okrug, harbiy qism kesimida) ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlarning hududlar kesimida ro‘yxatini shakllantirish. | har yil yanvar oyida | |||
3. Tadbirlarni reja asosida o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
14. | Yoshlar o‘rtasida harbiylar, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida harbiy qismlar bazasida “Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish. | 1. Tadbirlarni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Yoshlar ishlari agentligi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
2. Reja asosida tadbirlarni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
15. | “Vatanparvar” tashkilotining faoliyatiga yoshlarni qiziqishi va xayrixohligini oshirish maqsadida tashkilotning hududiy bo‘linmalarida “Vatanparvar” tashkiloti — mening tanlovim!” shiori ostida ochiq eshiklar kunini o‘tkazish. | 1. “Vatanparvar” tashkiloti hududiy bo‘linmalarida ochiq eshiklar kunini o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash (muvofiqlashtirish). | har yil yanvar oyida | “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
2. Tashkilot faoliyatiga oid targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
16. | Hududlarda yoshlarni keng jalb etgan holda, “Vatan muqaddas, uni himoya qilish — sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallarini tashkil etish. | 1. Festivallarning reja-dasturlarini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja-dastur asosida festivallarni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
III. Yoshlarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar | ||||
17. | Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiylashtirilgan tuzilmalarga ega vazirlik va idoralarning Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish. | 1. Hududlar kesimida Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashlarning ustozlik ruhidagi “Kecha, bugun, ertaga” shiori ostida tadbirlarni o‘tkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni o‘tkazish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, “Nuroniy” jamg‘armasi |
2. Yoshlar, Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “E’zoz va ehtirom” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni o‘tkazish. | reja asosida | |||
3. Tadbirlarni o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida yoritish. | reja asosida | |||
18. | Yoshlarning ma’naviy savodxonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida mahallalarda, ta’lim muassasalarida deputat va senatorlar, O‘zbekiston qahramonlari, xalq shoirlari, obro‘ e’tiborda bo‘lgan, jamoatchilik vakillari ishtirokida ma’naviyat soatlarini tashkil etish. | 1. Ma’naviyat soatlarini o‘tkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish va konspektlar tayyorlash. | 2023-yil iyul | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, “Nuroniy” jamg‘armasi |
2. Reja-dastur asosida tadbirlarni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
19. | Yoshlar bilan harbiy qism va muassasalar madaniyat markazlarida “O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur” shiori ostida madaniy tadbirlarni (konsert dasturlari, harbiylar bilan yoshlarning birgalikda sahna va ko‘rgazmali chiqishlari, QVZ o‘yinlari va boshqalar) tashkil etish. | 1. Yoshlar bilan madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha reja-jadvallarni ishlab chiqish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Madaniyat va turizm vazirligi |
2. Tadbirlarni reja asosida tashkil etish. | haftaning juma kunlari | |||
IV. Yoshlarni axloqiy tarbiyalash va ularni sportga jalb etish bo‘yicha tadbirlar | ||||
20. | “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish | 1. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish. | 2023-yil sentabr | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya |
3. O‘tkazilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish. | reja asosida muntazam ravishda | |||
21. | Mahallalarda yoshlar uchun “Mard askar yoshlarga namuna” shiori ostida harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlarini, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlari ishtirokida hamda “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv kurslari va sport seksiyalarining ko‘rgazmali namoyishlarini tashkil etish. | 1. Harbiy-vatanparvarlik karvonlari, sport marafonlari, festival va aksiyalar o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, O‘zbekiston “Vatanparvar” tashkiloti |
2. Tadbirlarni o‘tkazish joylarini va moddiy-texnik bazasini tayyorlash. | reja asosida | |||
3. Tadbirlarni o‘tkazish. | har oy kamida bir marotaba | |||
22. | Yoshlar o‘rtasida “Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” deb nomlangan harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish. | 1. Tuman (shahar) va hududlar kesimida harbiy-sport musobaqalari nizomini ishlab chiqish va tashkiliy qo‘mita tarkibini tasdiqlash. | 2023-yil iyul | Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari |
2. Harbiy-sport musobaqalarini bosqichma-bosqich o‘tkazish uchun moddiy-texnik bazasini tayyorlash va ro‘yxatlarni shakllantirish. | muntazam ravishda | |||
3. Tadbirlarni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | 2023-2024-yillar | |||
23. | Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun!” shiori ostida uzoq masofalarga yurish va yugurish marafonlarini o‘tkazish. | 1. Tadbirlarni o‘tkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish. | 2023-yil iyul | Sport vazirligi |
2. Tadbirlarni o‘tkazish. | oyiga kamida bir marotaba | |||
24. | Yoshlarda vatanparvarlik yurt ravnaqiga hissa qo‘shish tuyg‘ularini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” mavzusida yoshlar bilan harbiy psixologlarning motivatsion uchrashuvlari (treninglari)ni tashkil etish. | 1. Tadbirlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyi | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja asosida motivatsion uchrashuvlar (treninglar) o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
25. | Yoshlar o‘rtasida to‘rt bosqichda (mahalla — tuman — viloyat — respublika) “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarini o‘tkazish. | 1. Yoshlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini tashkil etish va jamoalarni shakllantirish. | har yil yanvar oyida | “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, harbiy-ma’muriy sektorlar |
2. O‘yinlarni o‘tkazish va g‘olib jamoalarni taqdirlash. | har yil aprel — iyun oylarida | |||
26. | Mahalla yoshlari o‘rtasida to‘rt bosqichda (mahalla — tuman — viloyat — respublika) “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasini o‘tkazish. | 1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ittifoqi |
2. Musobaqani o‘tkazish uchun moddiy-texnik bazani tayyorlash. | muntazam ravishda alohida | |||
3. Musobaqalarni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | reja asosida | |||
27 | Yoshlar orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish maqsadida pnevmatik quroldan o‘q otish, duatlon kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish. | 1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | “Vatanparvar” tashkiloti, Sport vazirligi |
2. Musobaqalarni o‘tkazish uchun moddiy-texnik bazasini tayyorlash. | muntazam ravishda | |||
3. Musobaqalarni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | alohida reja asosida | |||
28. | Taniqli harbiy sportchilar va sport ustalari ishtirokida yoshlar bilan “Mahorat darslari”ni tashkil etish. | 1. “Mahorat darslari”ni o‘tkazishga jalb etiladigan harbiy sportchilar va sport ustalari ro‘yxatini shakllantirish va tadbirlarni o‘tkazish rejalarni tasdiqlash. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Sport vazirligi |
2. “Mahorat darslari”ni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
V. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha irofilaktik tadbirlar | ||||
29. | Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish maqsadida mahallalarda “Qo‘mondon va yoshlar”, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari va davra suhbatlarini tashkil etish. | 1. Tadbirlarni o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil aprel oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja-jadval asosida tadbirlarni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
30. | Xalqaro armiya o‘yinlari hamda turli sport musobaqalari, harbiy yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan, davlat mukofotlari bilan taqdirlagan yosh harbiy xizmatchilarning “Ibratli tengdoshim” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish. | 1. Eng ilg‘or harbiy xizmatchilardan iborat targ‘ibot guruhlarini shakllantirish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari |
2. Targ‘ibot guruhlari tomonidan mahallalardagi yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish. | alohida reja asosida | |||
31. | Umumta’lim maktablari hamda kasb-hunar ta’lim muassasalarida 4 ta sektor rahbarlari tomonidan “Hokim soati”, “Prokuror sabog‘i”, “Huquqiy tarbiya soati”, “Soliq sabog‘i” mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkil etish. | 1. Hududlar kesimida sektor rahbarlari tomonidan ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | har yil yanvar oyida | Harbiy-ma’muriy sektorlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
2. Tadbirlarni amalga oshirish. | alohida reja asosida | |||
32. | Umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan “Ofitserlik mardlar kasbi!” shiori ostida oliy harbiy ta’lim muassasalariga yo‘naltirilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish. | 1. Tadbirlarning reja-jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati |
2. Targ‘ibot materiallarini tayyorlash. | muntazam ravishda | |||
3. Tadbirlarni o‘tkazish. | alohida reja asosida | |||
33. | Yoshlarga tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, yot g‘oyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashishni hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etuvchi badiiy va hujjatli filmlar namoyish etish va ularning muhokamasini o‘tkazish. | 1. Badiiy va hujjatli filmlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Yoshlar ishlari agentligi, Kinematografiya agentligi |
2. Harbiy qismlarga tashrif buyurgan yoshlar uchun filmlar namoyishini tashkil etish. | alohida reja asosida | |||
VI. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari tahlili | ||||
34. | Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosining tizimli monitoringini yuritish. | 1. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida ijro etilishini tizimli monitoring qilib borish. 3. Monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga hisobot kiritib borish. | har chorakda | Mudofaa vazirligi |
35. | Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yoritish. | 1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar yuzasidan axborot materiallarini tayyorlash. 2. Tayyorlangan materiallarni ommaviy axborot vositalari, respublika va mahalliy televideniye kanallari, shuningdek, internet tarmoqlarida yoritish (e’lon qilish). | muntazam ravishda | Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
36. | Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining natijadorligini tahlil qilish. | 1. Yoshlar fikrlarni o‘rganishga qaratilgan hududlar kesimida tadqiqotlar o‘tkazish. | har chorakda | Mudofaa vazirligi |
2. Tadqiqotlar natijasiga muvofiq dasturlarga qo‘shimchalar kiritish. | har yil 5-yanvar | |||
3-ILOVA