29.03.2023 yildagi PQ-103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, agrar sektorda qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan talabni qondirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini ma’nan va jismonan eskirgan texnikalar o‘rniga zamonaviy va resurstejamkor texnikalar bilan ta’minlashni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi yagona tartibi 2023-yil 1-apreldan boshlab joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi “Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-7-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar barcha mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlik subyektlariga erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-156-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari tomonidan lizing kompaniyalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarini lizingga berishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2023-2024-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridini moliyalashtirish uchun jami 2,6 trln so‘m yo‘naltirilsin, shundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qaroriga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun tijorat banklariga joylashtirilgan 100 mln AQSH dollaridan 2022-yilda o‘zlashtirilmasdan qolgan 670 mlrd so‘m (59 mln AQSH dollari) miqdoridagi mablag‘ texnika xaridi uchun 10 foiz stavkada 10 yilga kredit ajratish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
800 mlrd so‘m (70 mln AQSH dollari) — xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun lizing tashkilotlariga joylashtirish hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,1 trln so‘m (100 mln AQSH dollari) — xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun tijorat banklariga joylashtirish hisobiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari tomonidan lizing tashkilotlariga kredit ajratilishida garov ta’minoti sifatida lizingga beriladigan texnikalar va sug‘urta polisi qabul qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan xaridorlarga qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing marjasi yillik 3 foizdan oshmagan stavkada 10 yilgacha bo‘lgan muddatga Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyurtmasi asosida lizingga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklariga lizing kompaniyalariga qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish uchun qarz mablag‘larini garov ta’minoti sifatida sotib olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini, kreditning butun davri uchun qarz mablag‘larini qaytarmaslik xatarlaridan 100 foiz garov sifatida sug‘urta polisini yoki uchinchi shaxslarning kafilligini qabul qilish orqali ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda tijorat banklari tomonidan garov ta’minoti sifatida qabul qilinadigan sug‘urta kompaniyalari tomonidan taqdim etiladigan qarz mablag‘larini qaytarmaslik xatarlaridan sug‘urta polisi (shartnomasi)ning namunaviy shaklini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda sug‘urta bozorini takomillashtirish, xavf-xatarlarni to‘g‘ri baholash, ayniqsa, budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun resurslar hisobiga kreditlarga nisbatan sug‘urta operatsiyalari ustidan prudensial nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har yili 1-oktabrga qadar mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda keyingi yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishning maqsadli parametrlarini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili taqdim etiladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishning maqsadli parametrlari va yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari turlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishning moliyalashtirish manbalarini ularni ajratish davrlari kesimida shakllantirsin hamda Jamg‘armadan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq 2023-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev va qishloq xo‘jaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-103-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2023-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-maydagi “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3712-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-son qarorining 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi “2021-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 666-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2023-y., 07/23/103/0180-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son)