Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2023 10.05.2018 yildagi PQ-3712-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq ho‘jaligini o‘z vaqtida qishloq ho‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-sonli “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi vaqtlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maqsadlarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil qilindi. Natijada birgina 2017-yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish hajmi 1,7 baravar, mexanizatsiya xizmatlari hajmi 2,5 baravar oshdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, texnika parkini yangilash, shuningdek, ularga o‘z vaqtida servis xizmatini ko‘rsatish ishlarida jiddiy kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, real ehtiyoj, agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib, mashina-traktor parklari, tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, shartnomalar tuzishning bozor mexanizmlari mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, eng maqbul agrotexnik muddatlarda ommaviy qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish uchun o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikasi yetarli emas, o‘z vaqtida ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasining pastligi, oqibatda, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxining raqobatbardosh emasligi mexanizatsiya xizmatlari va ishlab chiqarilayotgan yakuniy mahsulot narxining oshib ketishiga olib kelmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmi mukammal emas, lizing mexanizmlari, xususiy servis tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari mablag‘larini jalb etishdan yetarli darajada foydalanilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish hisobidan qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan jihozlash darajasini yanada oshirish, agrotexnika ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan shakllantirilgan 2018-yilda hududlar kesimida, jumladan, lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish ustuvor ravishda bir yilda ikki marta — fevral-mart va sentyabr-oktyabr oylarida mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida o‘tkaziladigan hududiy yarmarkalar davomida amalga oshiriladi. Bunda fevral-mart oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasini joriy yil uchun, sentyabr-oktyabr oylarida — kelgusi yil uchun yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun oldindan to‘lov yetkazib berilayotgan texnika narxining 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda texnikani yetkazib berish boshlanishidan 120 kundan kam bo‘lmagan muddatda, yakuniy hisob-kitob esa yetkazib berilgan texnika qabul qilingandan keyin 10 ish kuni davomida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 1-ilovaga* muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun tovarlarni sotib olish bo‘yicha import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga oshiradi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda tumanlar kesimida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlarini, shuningdek, ushbu qarorni inobatga olgan holda, ularni moliyalashtirish va yetkazib berishning oyma-oy grafiklarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar portfelini shakllantirish va shartnomalar tuzish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish sxemalarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2020-yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining har bir turi bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2020-yillarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni kelgusida moliyalashtirish uchun asosiy qarz va foizlarni to‘ldirish bo‘yicha 4 oydan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli davr bilan lizing tashkilotlariga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishga va qishloq xo‘jaligiga ilmiy yutuqlarni joriy etish muddatlarini qisqartirish maqsadida Institut faoliyatini tubdan yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning “O‘zagrotexmash” AJ, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan samarali ilmiy-texnik kooperatsiyasi va o‘zaro hamkorligini o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozorida yangi, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi texnikasi turlari va modellarini ishlab chiqish, yaratish, tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarishga joriy etishning yagona rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlar faoliyatiga joriy qilish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq ho‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishi ustidan tizimli monitoring va nazorat o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini o‘rgansin, sabzavotchilik, uzumchilikni jadal rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini unifikatsiya qilish va joylarda ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni o‘zlashtirishni nazarda tutgan holda agrotexnika tadbirlarining turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan miqdoriy ehtiyoj, foydalanishga yaroqsiz hamda hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan texnikani inobatga olgan holda ularning amalda mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli reja asosida respublikaning qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash usullari va yo‘llarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklarining moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat tizimini yaratish va ular tomonidan qarzdorlikning o‘sishiga olib keluvchi to‘lovlarsiz xizmat ko‘rsatish amaliyotini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy bozorlarda o‘xshash texnikaning sifati va narxini tahlil qilgan holda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev, J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3712-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini qo‘shimcha yetkazib berish hajmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

dona

T/r

Qishloq xo‘jaligi texnikasining nomlanishi

Hududlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Toshkent viloyati

Farg‘ona viloyati

Xorazm viloyati

Jami

1.

Quvvati 156 ot kuchiga ko‘p bo‘lgan haydov traktorlari

4

2

4

2

11

5

4

2

1

1

9

45

2.

Quvvati 135 — 155 ot kuchiga teng universal — shudgorlash traktorlari

56

13

23

31

37

20

34

28

12

20

22

27

30

353

3.

Quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng universal — shudgorlash traktorlari

5

5

5

7

7

4

9

10

7

100

7

9

5

180

4.

Quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng yuqori klirensli shudgorlash traktorlari

18

40

84

70

153

8

35

294

43

103

48

221

56

1 173

5.

Quvvati 80 ot kuchiga teng traktorlar

8

20

1

9

7

24

41

110

6.

Quvvati 50 ot kuchiga teng bog‘dorchilik traktorlari

3

21

14

16

36

3

33

55

25

59

83

5

353

7.

Pluglar

17

6

17

77

30

7

257

144

43

15

57

23

28

721

8.

Yer tekislagichlar

8

15

5

16

2

10

10

24

9

1

9

109

9.

Mola (borona)lar, shu jumladan diskli boronalar

333

14

592

546

662

101

1 031

157

153

118

202

466

143

4 518

10.

Mineral o‘g‘itlarni sochuvchi uskunalar

9

11

15

73

5

37

2

31

2

21

12

3

221

11.

Mayda urug‘li ekinlarni ekuvchi seyalkalar

7

1

1

9

2

2

1

2

2

27

12.

Traktor purkagichlari

2

20

44

13

2

6

23

4

75

16

51

16

16

288

13.

G‘alla seyalkalari

22

8

63

123

3

7

64

17

12

34

9

362

14.

G‘o‘za kultivatorlari

18

27

36

59

164

20

115

55

117

97

47

186

74

1 015

15.

G‘alla yig‘ishtirib olish kombaynlari

4

1

4

1

50

1

1

30

3

3

2

100

16.

Paxta yig‘ishtirib olish kombaynlari

50

64

114

17.

Ko‘rak yig‘ishtirib oluvchi mashinalar

1

10

1

14

26

18.

Em-xashak yig‘ishtirib oluvchi texnika

16

9

15

17

19

14

1

17

20

7

6

10

4

155

19.

Yig‘ib presslagich mashinalar

4

22

14

21

18

13

26

26

15

11

19

15

4

208

20.

Traktor pritseplari

97

51

4

123

101

31

91

63

43

104

63

73

65

909

21.

Kartoshka ekuvchi texnika va sabzavot seyalkalari

11

32

6

11

31

14

2

107

22.

Ekskavatorlar, yuk ortuvchi ekskavatorlar

1

5

1

2

2

4

6

2

3

26

Jami:

628

278

886

1 227

1 449

237

1 735

1 005

639

699

682

1 200

455

11 120

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ajratiladigan mablag‘lar doirasida texnikalarning soni va nomenklaturasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “O‘zagrosanoatxolding” AJ bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini qo‘shimcha yetkazib berish hajmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

dona

T/r

Qishloq xo‘jaligi texnikasining nomlanishi

Hududlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Toshkent viloyati

Farg‘ona viloyati

Xorazm viloyati

Jami

1.

Quvvati 156 ot kuchiga ko‘p bo‘lgan haydov traktorlari

4

2

4

2

11

5

4

2

1

1

9

45

2.

Quvvati 135 — 155 ot kuchiga teng universal — shudgorlash traktorlari

56

13

23

31

37

20

34

28

12

20

22

27

30

353

3.

Quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng universal — shudgorlash traktorlari

5

5

5

7

7

4

9

10

7

100

7

9

5

180

4.

Quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng yuqori klirensli shudgorlash traktorlari

18

40

74

70

137

8

33

280

25

103

48

207

55

1 098

5.

Quvvati 80 ot kuchiga teng trakto�lar

8

20

1

9

7

14

21

80

6.

Quvvati 50 ot kuchiga teng bog‘dorchilik traktorlari

3

6

7

6

6

3

8

8

8

10

10

5

80

7.

4, 5 — korpusli pluglar

9

5

2

46

3

105

19

2

2

20

3

4

220

8.

Yer tekislagichlar

8

15

5

16

2

10

10

24

9

1

9

109

9.

Mola (borona)lar, shu jumladan diskli boronalar

1

13

1

1

1

1

6

3

2

2

31

10.

Mineral o‘g‘itlarni sochuvchi uskunalar

9

11

15

73

5

37

2

31

2

21

12

3

221

11.

Mayda urug‘li ekinlarni ekuvchi seyalkalar

7

1

1

9

2

2

1

2

2

27

12.

Traktor purkagichlari

2

17

42

10

1

6

23

3

29

1

40

10

10

194

13.

G‘alla seyalkalari

8

1

1

3

6

1

1

1

1

1

24

14.

G‘alla kultivatorlari

4

19

22

35

56

86

23

35

11

2

293

15.

G‘alla yig‘ishtirib olish kombaynlari

4

1

4

1

50

1

1

30

3

3

2

100

16.

Paxta yig‘ishtirib olish kombaynlari

17.

Ko‘rak yig‘ishtirib oluvchi mashinalar

1

10

1

14

26

18.

Em — xashak yig‘ishtirib oluvchi texnika

16

9

15

17

19

14

1

17

20

7

6

10

4

155

19.

Yig‘ib presslagich mashinalar

4

22

14

21

18

13

26

26

15

11

19

15

4

208

20.

Traktor pritseplari

80

3

4

110

80

20

91

50

35

100

20

60

50

703

21.

Kartoshka ekuvchi texnika va sabzavot seyalkalari

11

32

6

11

31

14

2

107

22.

Ekskavatorlar, yuk ortuvchi ekskavatorlar

1

2

1

2

6

Jami:

234

197

246

489

463

99

496

534

246

406

261

405

184

4 260

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3712/1197-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2023-y., 07/23/103/0180-son)