Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2023 04.04.2019 yildagi PQ-4268-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-sonli “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda respublikamizning agrar sektorini xalqaro standartlarga muvofiq hamda mamlakat hududlarining tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga javob beradigan zamonaviy mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, birgina 2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga, birinchi navbatda, fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va klasterlarga 33,7 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berildi. Bu esa 2017-yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 1,5 baravarga ko‘p.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarining 25 foizidan ortig‘i 15 yildan ortiq muddat mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda, shu bois qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli va arzon texnikalar bilan ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda va davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ushbu jarayonga tijorat banklarining moliyaviy mablag‘larini jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy g‘alla o‘rish va paxta terish texnikalarini yetkazib berishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan foiz stavkasi bo‘yicha va qaytarilish muddati xarajatlar qoplanishi muddatiga qarab 7 yildan 10 yilgacha bo‘lgan qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi hamda moliyalashtirish hajmi Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi o‘ziyurar, osma va tirkama texnikalarni xarid qilish uchun kredit va lizing shartnomalari bo‘yicha foiz xarajatlari qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, foiz xarajatlarini qoplashning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi o‘zgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yilda, eksperiment tariqasida, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda paxta terish mashinalari xizmatiga haq to‘lash xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-dekabrga qadar ushbu amaliyotni mamlakatning boshqa hududlariga tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2019-yil 20-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJ va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi 2018-yilning IV choragida lizing asosida yetkazib berilgan texnikalar uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga 155,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3694-son qaroriga muvofiq ularning ustav kapitaliga yo‘naltirilgan mablag‘larning 30 foizini 2019-yilda mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun maqsadli kreditlar ajratishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan 2020-yil 1-yanvarga qadar lizing kompaniyalari va tijorat banklari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i lizing xizmatlari qismida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan, shu jumladan import qilingan lizing obyektini sotib olish narxi va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi texnikalari mahalliy ishlab chiqaruvchilariga yillik 5 foiz stavkada, shu jumladan tijorat bankining 1 foiz marjasini inobatga olgan holda maqsadli kreditlar ajratish uchun 50,0 mln AQSh dollarini tijorat banklariga ularning buyurtmanomalari asosida ikki yil muddatga depozit sifatida joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda 2019 — 2021-yillarda mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish maqsadida har yili 100 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalari jalb qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarining jadal amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va bunda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJga amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatlari hamda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tanlov asosida eng yaxshi takliflarni ajratib olish yo‘li bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini korxonalarning asosiy faoliyati turini saqlab qolish sharti bilan 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy “Agroservis MTP” MChJning mashina-traktor parklari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini tadbirkorlik subyektlariga baholash qiymatida mashina-traktor parklarining asosiy faoliyati turi (mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish)ni saqlab qolish va 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan 2-ilovaga muvofiq sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushini 1-ilovaga muvofiq sotishdan tushgan mablag‘lar “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklari sotilmagan taqdirda, boshlang‘ich narxni ular sotuvga qo‘yilgan sanadan ikki oy o‘tgach har 15 kunda bosqichma-bosqich 10 foizga kamaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, ammo nominal qiymatdan kam bo‘lmagan narxda ommaviy sotuvga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlarni baholash hamda ularni sotish bo‘yicha tanlovlarni e’lon qilish va o‘tkazishda shaffoflikni ta’minlashda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJga har tomonlama ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda 2021-yilning oxiriga barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini kamida 40 foizga yetkazishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zagrolizing” AJ tijorat banklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish bo‘yicha buyurtmalar portfelini shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu qaror qoidalarining keng yoritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4268-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi PQ-4268-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav kapitallari (fondlari)dagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatining ulushlari korxonaning asosiy faoliyatini saqlab qolish sharti bilan sotiladigan xo‘jalik jamiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilotning nomlanishi

Sotiladigan ulush hajmi, foizda

1.

“Agregat zavodi” AJ

99,2

2.

“Texnolog” AJ

98,8

3.

“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ

91,7

4.

“Urgenchkormash” AJ

26,0

5.

“Agrosanoatmashinvest” MChJ

100

6.

“Agrotexmash-DD” MChJ

100

7.

“Agromash sanoat invest” MChJ

76,0

8.

“Castle in mountain” MChJ

50,0

9.

“Raduga” BSO

100

10.

“Byeldirsoy” BSO

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi PQ-4268-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav kapitallari (fondlari)dagi hududiy “Agroservis MTP” MChJlarning ulushi tadbirkorlik subyektlariga sotiladigan mashina-traktor parklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud

Mashina-traktor parklarining nomlanishi

1.

Korakalpog‘iston Respublikasi

“Beruni Agroservis MTP” MChJ

2.

“Ellikqal’a Agroservis MTP” MChJ

3.

“Amudaryo Agroservis MTP” MChJ

4.

Andijon viloyati

“Baliqchi Agroservis MTP va ISM” MChJ

5.

“Bo‘z Agroservis MTP” MChJ

6.

“Jalaquduk Agroservis MTP” MChJ

7.

“Izboskan Agroservis MTP” MChJ

8.

“Ulug‘nor Agroservis MTP” MChJ

9.

“Marxamat Agroservis MTP” MChJ

10.

“Xo‘jaobod Agroservis MTP” MChJ

11.

“Shahrixon Agroservis MTP” MChJ

12.

“Ko‘rg‘ontepa Agroservis MTP” MChJ

13.

Buxoro viloyati

“Buxoro Agroservis MTP” MChJ

14.

“Jondor MTP Agrosavdoservis” MChJ

15.

“Romitan MTP Agrosavdoservis” MChJ

16.

“Kogon Agroservis MTP” MChJ

17.

“Qorako‘l MTP Agrosavdoservis” MChJ

18.

“Olot MTP Agrosavdoservis” MChJ

19.

“Shofirkon MTP Texservis” MChJ

20.

Jizzax viloyati

“Sh. Rashidov MTP ISM” MChJ

21.

“Do‘stlik Agroservis MTP ISM” MChJ

22.

“Zarbdor Agroservis MTP” MChJ

23.

“Paxtakor Agroservis MTP” MChJ

24.

Qashqadaryo viloyati

“Qarshi Agroservis MTP va ISM” MChJ

25.

“Koson Agroservis MTP” MChJ

26.

“Qamashi Agroservis MTP” MChJ

27.

“Baxoriston Agroservis MTP” MChJ

28.

“Mirishkor Agroservis MTP” MChJ

29.

“Mo‘g‘ilon Agroservis MTP” MChJ

30.

“Kasbi Agroservis MTP” MChJ

31.

“Shaxrisabz Agroservis MTP” MChJ

32.

“U. Yusupov Agroservis MTP” MChJ

33.

“Yakkabog‘ Agroservis MTP” MChJ

34.

Navoiy viloyati

“Karmana Agrotexservis MTP va ISM” MChJ

35.

“Xatirchi Agrotexservis MTP” MChJ

36.

“Qiziltepa Agroservis MTP” MChJ

37.

“Navbaxor Agrotexservis MTP” MChJ

38.

“Konimex Agroservis MTP” MChJ

39.

Namangan viloyati

“Mingbuloq tuman Agroservis MTP va ISM” MChJ

40.

“Pop tuman Agroservis MTP” MChJ

41.

“Namangan tuman Agroservis MTP” MChJ

42.

“Norin tuman Agroservis MTP” MChJ

43.

“Uychi tuman Agroservis MTP va ISM” MChJ

44.

“Uchkurg‘on tuman Agroservis MTP” MChJ

45.

“Chortoq tuman Agroservis MTP” MChJ

46.

“Chust tuman Agroservis MTP” MChJ

47.

Samarqand viloyati

“Ishtixon Agroservis MTP” MChJ

48.

“Kattaming Agroservis MTP” MChJ

49.

Nurobod tuman Agroservis MTP” MChJ

50.

“Guzalkent Agroservis MTP” MChJ

51.

“Paxtachi Agroservis MTP” MChJ

52.

“Narpay Agroservis MTP” MChJ

53.

“Payariq Agroservis MTP” MChJ

54.

“Chelak Agroservis MTP” MChJ

55.

“Oqdaryo Agroservis MTP” MChJ

56.

“Jomboy Agroservis MTP” MChJ

57.

Surxandaryo viloyati

“Angor Agroservis MTP 2017” MChJ

58.

“Qiziriq Agroservis MTP 2017” MChJ

59.

“Denov Agroservis va ISM MTP” MChJ

60.

“Qumqo‘rg‘on Agroservis MTP 2017” MChJ

61.

“Oltinsoy Agroservis MTP 2017” MChJ

62.

“Uzun Agroservis MTP 2017” MChJ

63.

“Sho‘rchi Agroservis MTP 2017” MChJ

64.

Sirdaryo viloyati

“Agroservis Mirzaobod MTP” MChJ

65.

“Agroservis Sardoba MTP” MChJ

66.

“Agroservis Sayxunobod MTP va ISM” MChJ

67.

“Xovos Agroservis MTP” MChJ

68.

Toshkent viloyati

“Bo‘ka Agroservis MTP va ISM” MChJ

69.

“Piskent Agroservis MTP” MChJ

70.

“O`rtachirchiq Agroservis MTP” MChJ

71.

“Oqqo‘rg‘on Agroservis MTP” MChJ

72.

“Quyichirchiq Agroservis MTP va ISM” MChJ

73.

“Chinoz Agroservis MTP” MChJ

74.

Farg‘ona viloyati

“Yozyovon Trans Servis” MChJ

75.

“Beshariq mashtex” MChJ

76.

“Texmashservis” MChJ

77.

“Chimyon mashtexservis MTP” MChJ

78.

“Yangiobod mashtexservis” MChJ

79.

“Furqat mashina traktor parki” MChJ

80.

“Bagdod mashholding” MChJ

81.

“Rishton MTP” MChJ

82.

“Toshloq mashina-traktor parki” MChJ

83.

Xorazm viloyati

“Xazorasp MTP” MChJ

84.

“Xonqa MTP” MChJ

85.

“Xiva MTP” MChJ

86.

“Shovot MTP” MChJ

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 07/19/4268/2884-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son; 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son; 30.03.2023-y., 07/23/103/0180-son)