Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek moddiy va protsessual huquq normalarini bir xilda qoʻllashni taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarori:
oʻzbekcha matndan 2-bandi ikkinchi xatboshisining beshinchi kichik xatboshisidagi “faktlarini tasdiqlashi mumkin” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi kichik xatboshi bilan toʻldirilsin:
“chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaganligi faktini tasdiqlashi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshootga nisbatan xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish fakti aniqlanmaydi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida” 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 1997-yil 2-maydagi 3-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, fuqaro egallab turgan turar joyni xususiylashtirish rad qilinishi ustidan shikoyat maʼmuriy sudlar sudloviga taalluqli”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarori:
3-bandining uchinchi xatboshisi “ushlab turish” degan soʻzlardan keyin “shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Reabilitatsiya etilganning maʼnaviy ziyonni undirishga boʻlgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishi tugatilganidan keyin vujudga kelishini nazarda tutish lozim (JPK 302, 303, 306, 309 va 310-moddalari). Reabilitatsiya etilganga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni undirish haqidagi daʼvo fuqarolik ishi yuritish tartibida koʻriladi (FK 1021-moddasi)”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli qarori:
7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “asos boʻladi” degan soʻzlar “asos boʻlishi mumkin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, davlat uy-joy fondiga tegishli turar joy davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilgan taqdirda, shu uy-joylardan koʻchirilayotgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 71-moddasining toʻrtinchi-oltinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa obod turar joy beriladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarori:
2-bandining “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) uyning va yordamchi imoratlarning ustiga, yoniga qoʻshimcha imoratlar qurish yoki ularni qayta qurish toʻgʻrisidagi, basharti bunga umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari eʼtiroz bildirgan boʻlsa”;
3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qonunchilikda belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ana shunday uyga nisbatan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, meros olish, shuningdek uyni boʻlish bilan bogʻliq daʼvolar, oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilinganidan qatʼi nazar, sudlarga taalluqli emas, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 212-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori 1-ilovasining 35, 36-bandlariga (Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom) asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, boshqa shaxsga begonalashtirilishi mumkin emas”;
6-bandidan “Ayrim hollarda, sudlar ishning barcha holatlarini inobatga olib, mazkur shaxslarning uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishi mumkin. Bunda taraflarning oʻzaro haqiqiy munosabatlari sinchkovlik bilan tekshirilishi, uy qurilishida uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqi bor deb eʼtirof etilishiga daʼvogarlik qilayotgan shaxslarning ishtirokida amalga oshirilganligi sabablari, taraflar oʻrtasida uyga nisbatan umumiy mulkning vujudga kelishi toʻgʻrisida kelishuv boʻlgan-boʻlmaganligi aniqlanishi zarur” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8-bandi chiqarib tashlansin;
18-bandidagi “hokimiyatning ruxsati” degan soʻzlar “organlar ruxsatnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida” 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli qarori:
23-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra tadqiqot predmetini ekspertga topshirishdan yoki ekspertiza oʻtkazishda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgan holatlarda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli qarorining 18-bandidagi tushuntirishga asoslanishlari lozim”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida” 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli qarori:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Sudga davlat boji toʻlanmagan ariza kelib tushganda, sudya arizachi qonun bilan davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan-qilinmaganligini tekshirishi shart. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan fuqarolik ishlari boʻyicha davlat bojidan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxati qatʼiy hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga koʻra, 2020-yil 1-yanvarga qadar qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan davlat bojini toʻlashdan ozod qilish ushbu hujjatlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchda qolishi inobatga olinishi lozim”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2010-yil 14-maydagi 5-sonli qarori 15-bandining birinchi xatboshisidan “va ishga sud majlisida ishonch bildiruvchining arizasiga binoan kirishgan shaxs ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarori:
7-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 241-moddasida” degan soʻzlar “FPK 34-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12-bandining uchinchi xatboshisidagi “(FPK 195-moddasi)” degan soʻzlar “(FPK 196-moddasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-bandidagi “uyga kiritish” degan soʻzlardan keyin “, bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tuman boʻlimlariga” degan soʻzlar “tegishli fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2011-yil 25-noyabrdagi 8-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan otalikni belgilash rad etilganda, oʻz otaligini tan olgan shaxs tomonidan maʼmuriy sudga shikoyat berilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshisi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qarori:
2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar yoki Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud arizani hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olishni istisno qiluvchi holatlar bor-yoʻqligini aniqlashi shart. Sud, jumladan, shuni inobatga olishi lozimki, quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchi boʻlishlari mumkin emas:
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar;
Oila kodeksi 169-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
Oila kodeksi 169-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
Oila kodeksi 169-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;
farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar”.
17-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga” degan soʻzlar “Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning Maʼmuriy Reglamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2015-yil 18-sentabrdagi 14-sonli qarori:
kirish qismidan birinchi — beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
2-bandidagi “27, 29-moddalariga” degan soʻzlar “30, 31-moddalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda, Qonunning 10-moddasiga muvofiq, shaxs psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻz xohishiga koʻra vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni vasiy, voyaga yetmagan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni esa ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili amalga oshiradi”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2019-yil 24-maydagi 12-sonli qarori 20-bandining birinchi xatboshisidagi “qonunga koʻra (FPK 260-moddasi)” degan soʻzlar “qonun mazmuniga koʻra” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida” 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli qarori:
3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Sud alohida protsessual hujjat sifatida:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida;
arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
arizani qaytarish toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisida;
bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talablarni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida;
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida;
ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrish toʻgʻrisida;
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish toʻgʻrisida;
ish boʻyicha boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisida;
huquqiy vorislar protsessga kirishishi toʻgʻrisida;
sud topshirigʻi toʻgʻrisida;
daʼvoni taʼminlash, daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish, shuningdek daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisida;
rad qilish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida;
shaxsni majburiy keltirish toʻgʻrisida;
sud jarimasini solish toʻgʻrisida;
sud ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisida;
javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida;
ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida;
arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash va ish muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida;
alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar undirish toʻgʻrisida;
ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida;
sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida;
ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrish yoki ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini darhol ijro etish haqida;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrish toʻgʻrisida;
hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish yoki bekor qilishni rad qilish toʻgʻrisida;
hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida;
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish yoki buni rad etish toʻgʻrisida;
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizani qaytarish toʻgʻrisida;
apellyatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish toʻgʻrisida;
protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoxud boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha ajrim chiqarishga majbur”;
6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. FPK 272-moddasining mazmuniga koʻra, sudning alohida xonada (maslahatxonada) chiqarilgan ajrimi kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat.
Ajrimning kirish qismida:
ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
ishni koʻrayotgan sudning nomi;
sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Ajrimning bayon qismida nizo predmeti va sud tomonidan hal qilinayotgan masalaning mohiyati koʻrsatiladi.
Ajrimning asoslantiruvchi qismida:
sudning xulosasiga olib kelgan sabablar;
ishni hal etishda sud amal qilgan qonun normalariga havola koʻrsatiladi.
Ajrimning xulosa qismida:
sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosalari;
ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari koʻrsatiladi.
Ajrim xulosa qismining taʼrifi uni ijro etishda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi uchun aniq va tushunarli boʻlishi kerak.
Alohida sud hujjati koʻrinishida chiqarilgan ajrim, u chiqarilgandan soʻng darhol eʼlon qilinadi va ishga qoʻshiladi”;
9-bandining birinchi xatboshisi “194, 226,” degan soʻzlardan keyin “2792, 2794” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“FPK 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10, 101 va 11-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ariza koʻrmasdan qoldirilganda, sudning ajrimida ishning hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etish yoʻllari koʻrsatilishi lozim.
FPK 122-moddasining 1, 3, 4, 103 va 11-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirishda, sud ajrimda ish boʻyicha qabul qilingan daʼvoni taʼminlash choralari bekor qilinganligi haqida koʻrsatadi”;
15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Qonunga muvofiq (FPK 400-moddasi), birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin, basharti protsessual qonunda bu toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa yoki ajrim ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa.
Bunday ajrimlarga quyidagilar kiradi:
arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
arizani qaytarish toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi;
sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi;
oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi;
qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uning boʻlib-boʻlib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi;
ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisidagi;
daʼvoni taʼminlash masalalari boʻyicha;
sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha;
apellyatsiya shikoyatini qaytarish toʻgʻrisidagi;
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ish boʻyicha;
chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi;
ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish haqidagi masalalar boʻyicha;
ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi va boshqalar.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunga muvofiq FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin (FPK 123-moddasining uchinchi qismi)”;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Birinchi instansiya sudining xususan, quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilinmaydi:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi;
ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi;
bir necha ishlarni birlashtirish va bir necha talablarni ajratish toʻgʻrisidagi;
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi;
sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi;
javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisidagi;
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish toʻgʻrisidagi;
huquqiy vorislar, uchinchi shaxslar va vakillarning protsessga kirishi toʻgʻrisidagi;
rad qilishni qabul qilish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi;
ishni mazmunan koʻrishni tiklash toʻgʻrisidagi;
ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrish toʻgʻrisidagi;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoxud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
ashyoviy dalillarni saqlash va ularni qaytarish toʻgʻrisidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi;
shaxsni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi;
ishga boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisidagi;
videokonferensaloqa rejimida sud majlisida ishtirok etish toʻgʻrisidagi;
ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrish yoki daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻgʻrisidagi va boshqalar”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash toʻgʻrisida” 2019-yil 24-dekabrdagi 25-sonli qarori:
2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ishda ishtirok etgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni (bundan buyon matnda sud hujjatini deb yuritiladi) yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega”;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli qarori 3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Guvohlarni soʻroq qilish sud tomonidan FPK 229 — 231-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Guvohlarning sud tomonidan dalillarni taʼminlash yoki sud topshirigʻi tartibida, shuningdek notarius tomonidan dalillarni taʼminlash tartibida (Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 702-moddasi) olingan koʻrsatuvlari sud majlisida oʻqib eshittiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-fevral,
5-son