24.12.2019 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 47-bobi normalarini qoʻllashda masalalar vujudga kelayotganligi, shuningdek, ushbu masala boʻyicha qonunchilikni toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan qayta koʻrilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 47-bobi qoidalaridan kelib chiqib, ish mazmunan hal etilmagan birinchi instansiya sudining boshqa hujjatlari (masalan, arizani qabul qilishni rad etish yoki daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi, arizani koʻrmasdan qoldirish yoki ishni ish yuritishdan tugatish toʻgʻrisidagi, protsessual muddatni tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi, sudning hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ajrimlar, xususiy ajrim) yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlari oʻzlari tomonidan chiqarilgan ajrimlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha ular tomonidan quyi instansiyaning sud hujjati oʻzgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, qayta koʻrishga haqli (FPK 438-moddasi).
(1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishda ishtirok etgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni (bundan buyon matnda sud hujjatini deb yuritiladi) yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 47-moddasiga muvofiq huquqiy vorislik fuqarolik sud ishini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligi sababli, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etgan shaxslarning protsessual huquqiy vorislari ham ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega boʻlmaydi. Agar qonuniy kuchga kirgan sud hujjati ushbu shaxslarning huquqlari va majburiyatlariga daxl qilsa, ular sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini yuqori instansiya sudi tomonidan tekshirish toʻgʻrisida shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi, uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilingan holda imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan yeri) va pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) arizachining fikriga koʻra, sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlayotgan yangi ochilgan holatga koʻrsatma, ularni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ushbu holatni tasdiqlovchi boshqa dalillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudga qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani berishda davlat boji toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 439-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan uch oylik muddatning oʻtkazib yuborilishi, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini FPK 47-bobi tartibida qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish uchun yoxud uni qabul qilishni rad qilish uchun oʻz-oʻzidan asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur muddatga rioya qilinganligi haqidagi masala sud tomonidan ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlib hisoblanadigan holatlar ochilgan kundan olti oydan kechiktirmasdan berilgan boʻlsagina, sud majlisida muhokama qilinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sudga murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga koʻra, oʻtkazib yuborilishi, koʻrsatilgan arizani qanoatlantirishni rad qilish uchun mustaqil asos hisoblanadi va sudning ajrimida asoslantirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudga murojaat qilish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal etishda nafaqat uni oʻtkazib yuborilganining uzrliligi, balki arizachi yangi ochilgan holatlar mavjudligi haqida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgandan keyin sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza oʻz vaqtida berilgan yoki berilmaganligi ham inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish muddatini hisoblashda, FPK 440-moddasiga asoslanish, ariza berish uchun muddat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta koʻrilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos boʻlgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi boʻlgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori yoxud boshqa organning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran hisoblanishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning koʻrilishi FPK 47-bobi qoidalari inobatga olingan holda, tegishli sud instansiyasida ish yuritish qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud arizani qabul qilgandan soʻng sud majlisining vaqti va joyini belgilaydi hamda bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi uni oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 442-moddasiga muvofiq sud qayd etilgan arizani sud majlisida koʻradi, ish boʻyicha yangi ochilgan holatlar mavjudligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillarni tekshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini tinglaydi, sud majlisi bayonnomasida yoritilishi lozim boʻlgan boshqa zarur protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza, u sudning tegishli instansiyasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. FPK 437-moddasining ikkinchi qismida mavjud boʻlgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun normasidan kelib chiqib, yangi ochilgan holatlar, ular ishni toʻgʻri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan hollardagina sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ish koʻrilayotgan paytda obyektiv oʻringa ega boʻlgan va qabul qilingan sud hujjatining mazmuniga taʼsir koʻrsatadigan, ushbu hujjat chiqarilayotganda arizachi, shuningdek, sud bilmagan va bilishi mumkin boʻlmagan ishga taalluqli faktik holatlar, FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan yangi ochilgan holatlar hisoblanadi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, arizachi tomonidan ish boʻyicha taqdim etilgan yangi dalillar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, guvohning bila turib bergan yolgʻon koʻrsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolgʻon xulosasi, atayin notoʻgʻri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki dalillar, agar ular qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga olib kelgan boʻlsa, sud hujjatini qayta koʻrishga asos boʻladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi).
(10-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ularning vakillarining sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoyatlari, sudyalarning ishni koʻrish va hal etishda sodir etgan jinoyatlari (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi), ushbu holatlar ishning natijasiga taʼsir etgan-etmaganligidan qatʼi nazar sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi sudning ajrimi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori bilan aniqlangan holatlar ham, agar sud ushbu holatlarni ish uchun muhim deb topsa, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla oladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlar shuni inobatga olishi zarurki, sud hujjati qabul qilingandan soʻng vujudga kelgan holatlar ham sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday asoslar boʻyicha sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrishda quyidagilarni inobatga olish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatini qabul qilish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoxud boshqa organ qarorining bekor qilinishi sudga murojaat qilish uchun asos boʻlganda va qayta koʻrish masalasi qoʻyilgan hollarda, sud hujjati yoxud boshqa organ qarorining bekor qilinganligi ishni koʻrish natijasiga taʼsir koʻrsatgan yoki koʻrsatmaganligini tekshirish zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar sudga murojaat qilishning asosi mazkur ish boʻyicha noqonuniy yoki asossiz sud hujjatini qabul qilishga olib kelgan bitimning qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilganligi boʻlsa, bu holat boshqa ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori xulosa va (yoki) asoslantiruvchi qismida nizoli yoki oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimni haqiqiy emas deb topish yoxud oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi xulosa mavjud boʻlganda, sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻla oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha sud arizani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi va sud hujjatini bekor qiladi yoxud uni qayta koʻrishni rad qiladi (FPK 443-moddasi). Ajrim nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning qanoatlantirilishi tegishli sud tomonidan FPK bilan ushbu instansiya sudi uchun belgilangan qoidalar boʻyicha ishni qayta koʻrish uchun asos boʻladi (FPK 445-moddasi).
(12-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan qonunda belgilangan muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlari apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarining ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan tegishli yuqori instansiya sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Birinchi instansiya sudining sud hujjatini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) qanoatlantirilganda, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi FPKning 47-bobi tartibida ushbu ajrimni, shuningdek, arizachi tomonidan qayta koʻrish masalasi qoʻyilgan sud hujjatini, agar ushbu sud hujjatini qayta koʻrish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, bekor qiladi. Bunday holda ish tegishli instansiya sudiga mazmunan koʻrish uchun yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agar yuqori instansiya sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni koʻrishda ushbu ajrimni asossiz ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va shu bilan birga sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni rad qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilayotgan paytda ish boʻyicha yangi sud hujjati chiqarilgan boʻlsa, u ham bekor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agar yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan sud hujjati toʻliq yoki qisman ijro etilgan, ish yangidan koʻrilganda esa, boshqa hal qiluv qarori qabul qilingan holda, sud FPK 459-moddasiga muvofiq sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasini hal etishi shart. Sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasi sud tomonidan FPK 461-moddasida nazarda tutilgan, alohida toifadagi ishlar boʻyicha qaytarma ijroning oʻziga xos jihatlari hisobga olingan holda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV