11.12.2013 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksida konstitutsiyaviy normalarga muvofiq bolaning oilada tarbiyalanishi oila qonunchiligining ustuvor tamoyillaridan biri sifatida tan olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka olish instituti ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning asosiy kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda ushbu masalani hal qilish vakolati sudlarga berilishi oila institutini yanada mustahkamlash, jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning ahamiyatini kuchaytirish hamda oilaviy munosabatlarda qonuniylikni taʼminlashda sud hokimiyatining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Oila kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi va sudlar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda kelib chiqayotgan savollarni tushuntirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori farzandlikka olish haqidagi arizalarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish bola huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri ekanligiga qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining arizalari boʻyicha farzandlikka olish haqidagi ishlar farzandlikka olinayotgan bolaning yashash yoki turgan joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudloviga taalluqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashab kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek qayerda doimiy yashayotganliklaridan qatʼi nazar, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning farzandlikka olish haqidagi arizalari farzandlikka olinayotgan bolaning yashash yoki turgan joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlari sudloviga taalluqli.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka oluvchilarning biri boshqa davlat fuqarosi boʻlganda ham farzandlikka olish haqidagi ariza ushbu sudlarga taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Farzandlikka olish haqidagi ishlar sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻriladi va arizaning mazmuni FPK 189-moddasida nazarda tutilgan talablar bilan birga FPK 299-moddasi talablariga mos kelishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Arizani ish yuritishga qabul qilish yoki qaytarish masalasini hal qilishda (FPK 193 va 195-moddalari) sud arizaning FPK 299 va 300-moddalariga muvofiqligini tekshirishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarning eʼtibori, mazkur toifadagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash, FPK 301-moddasi talablariga muvofiq amalga oshirilishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vaqtida sudya, bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasi yoki onasini) ishda ishtirok etish uchun jalb qilish masalasini hal qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilganligini inobatga olib, farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyati tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutish lozim.
(5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xulosani taqdim etish majburiyati sudning ajrimi bilan qatʼiy ravishda farzandlikka olinayotgan bolaning aynan yashash (turar) joyidagi vasiylik va homiylik organi zimmasiga yuklatiladi (FPK 301-moddasining birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar xulosaning Nizom talablariga muvofiqligi, xususan, uning vakolatli organlar (shaxslar) tomonidan berilgan-berilmaganligi, tegishli imzolar va muhrlar bilan tasdiqlangan-tasdiqlanmaganligi, xulosaga FPK 301-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilingan-qilinmaganligi masalasiga alohida eʼtibor qaratishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vasiylik va homiylik organi xulosasiga barcha tegishli hujjatlar ilova qilinmagan yoxud xulosa yoki hujjatlar ularga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan boʻlsa, sud tegishli xulosa va hujjatlarni talab qilib olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazarda tutish kerakki, farzandlikka olinuvchining sogʻligʻi holati tibbiy muassasa yoki vrachning maʼlumotnomasi bilan emas, balki sogʻliqni saqlash boshqarmasining, tarkibida pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logopeddan iborat tibbiy ekspert komissiyasining farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosasi bilan tasdiqlanishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarga tushuntirilsinki, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksining 155-moddasiga koʻra, oʻn yoshga toʻlgan bolani farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organi yoki ishni koʻrish davomida sud tomonidan aniqlanadigan uning roziligi talab etilishini inobatga olib, sud bolaning oʻzini sudda ishtirok etish uchun jalb qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud Oila kodeksining 68-moddasi talablariga muvofiq bola oʻzini farzandlikka olinishi masalasida oʻz fikrini shakllantirish va bayon qilishga qodir degan xulosaga kelsa, sud majlisida oʻn yoshga toʻlmagan bolani ham soʻroq qilishi mumkin. Bolaning sudda ishtirok etishi unga noxush taʼsir etishi mumkin deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlgan holda, sud ushbu masala boʻyicha vasiylik va homiylik organining fikrini aniqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oʻn yoshga toʻlgan bola sogʻligʻi holatiga koʻra, sud majlisiga kela olmasa (masalan, bola bolalikdan nogiron, harakatlanish imkoniyati cheklangan boʻlsa va h.k.), sud bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning farzandlikka olish boʻyicha fikrini uning yashash (turar) joyi boʻyicha aniqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar farzandlikka olish haqidagi ariza berilgunga qadar bola farzandlikka oluvchilar (farzandlikka oluvchi)ning oilasida tarbiyalanayotgan boʻlsa va ularni (uni) oʻz ota-onasi deb tan oladigan boʻlsa, sud ishni oʻn yoshga toʻlgan bolaning ishtirokisiz koʻrishga haqli (Oila kodeksining 156-moddasi).
(6-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonun bilan himoyalangan farzandlikka olishning sir saqlanishini taʼminlash (Oila kodeksi 153-moddasi) maqsadida sudlarning eʼtibori mazkur toifadagi ishlar, shu jumladan farzandlikka olishni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlar ham, yopiq sud majlisida koʻrib chiqilishiga va bu masala ishni sudda koʻrishga tayinlash haqidagi ajrim bilan hal etilishi lozimligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ularga maʼlum boʻlgan farzandlikka olish bilan bogʻliq maʼlumotlarni sir saqlashlari zarurligi, shuningdek farzandlikka olish sirini farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi oshkor qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 125-moddasiga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirilishlari lozim. Bu harakatlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va mazkur shaxslar tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi. Fuqarolik ishi yopiq sud majlisida koʻrilishi toʻgʻrisida sud majlisi bayonnomasida va hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oila kodeksining 167-moddasiga muvofiq farzandlikka olingan bolaning tugʻilishini qayd etish daftariga zarur oʻzgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti hisoblanishi sababli bolaning mulkiy huquqlarini (hadya, meros tariqasida yoki xususiylashtirish natijasida vujudga kelgan mulkiy huquqlar va h.k.) himoya qilish toʻgʻrisidagi talablar farzandlikka olish haqidagi ariza bilan birgalikda koʻrilishi mumkin emasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tushuntirilsinki, Oila kodeksining 159-moddasiga muvofiq bolani farzandlikka olish uchun bola ota-onasining roziligi talab etiladi. Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik bildirilishi yoki farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksining 72-moddasiga koʻra voyaga yetmagan ota-ona oʻn olti yoshga toʻlishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil amalga oshirishga haqli ekanliklarini inobatga olgan holda oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda ularning roziligidan tashqari ota-ona qonuniy vakillarining, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining ham roziligi talab etiladi, Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka olish toʻgʻrisida qaror chiqarilgunga qadar ota-ona oʻz roziligini qaytarib olishga haqli ekanligini inobatga olib, rozilik Oila kodeksi 159-moddasining 3-qismida belgilangan tartibda tasdiqlangan arizada bayon etilgan boʻlsa, ularning bolani farzandlikka olinishiga roziligini qayta aniqlash talab etilmaydi. Shu bilan birgalikda, sud ishni koʻrish vaqtida ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olgan-olmaganligini aniqlamogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida sud farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish yuklatilishi sababli, sudlar ota-onaning bola farzandlikka olinishiga roziligi bunday xulosa uchun zarur hujjatlardan biri ekanligiga va nizom talablariga muvofiq ariza notarial tasdiqlangan boʻlishi lozimligini inobatga olishlari talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksining 158-moddasiga asosan vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish, agar uning ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan boʻlsa, vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda sudlar Oila kodeksining 160-moddasida belgilangan hollardagina farzandlikka olishga ota-onaning roziligisiz yoʻl qoʻyilishini inobatga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tushuntirilsinki, Oila kodeksi 157-moddasiga muvofiq, agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan boʻlsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi. Bunday rozilik er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan va er(xotin)ning turar joyi nomaʼlum boʻlgan hollardagina talab qilinmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oila kodeksining 155-moddasi talabiga muvofiq oʻn yoshga toʻlgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab etiladi va bunday rozilik berilganligi vasiylik va homiylik organi yoki ishni koʻrish vaqtida sud tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda, sud bolaga farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari (qarindoshlari bilan koʻrishish, mulkiy va boshqa nizolar), uning familiyasi, ismi va ota ismi tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlarning oʻzgarishi tushunarli holda bayon qilingan boʻlishi lozimligiga eʼtibor qaratishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishni mazmunan koʻrib chiqib, sud arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqarishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud arizani hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olishni istisno qiluvchi holatlar bor-yoʻqligini aniqlashi shart. Sud, jumladan, shuni inobatga olishi lozimki, quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchi boʻlishlari mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksi 169-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksi 169-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksi 169-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar.
(13-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sud oʻz tashabbusi bilan farzandlikka oluvchi (farzandlikka oluvchilar)ning sudlanganlik holati haqida vakolatli davlat organidan maʼlumotnoma talab qilib oladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq oʻn besh yoshdan kam boʻlmasligi shart, oʻgay ota va oʻgay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Farzandlikka olinayotgan bolaning aka-ukalari va opa-singillari boʻlib, ular ham ota-onaning qaramogʻidan mahrum boʻlsalar va ularga nisbatan arizachi ularni ham farzandlikka olish istagini bildirmagan yoxud ularni boshqa shaxs farzandlikka olish istagini bildirgan boʻlsa, bolani farzandlikka olishga uning manfaatiga muvofiq kelsagina (masalan, bolalarga ularning qarindoshligi haqida maʼlum boʻlmasa, bolalar birgalikda yashamagan va tarbiyalanmagan boʻlsalar, turli bolalar muassasalarida boʻlsalar, sogʻliqlarining holatiga koʻra birga yashashlari va tarbiyalanishlari mumkin boʻlmasa) yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli sud Oila kodeksi 151-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq farzandlikka olinayotgan bolaning aka-ukalari va opa-singillari borligini, shuningdek ishni koʻrish vaqtida ularni farzandlikka olish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini, ular turli shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda esa, bu ularning manfaatlariga zid kelish-kelmasligini aniqlashi kerak.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oila kodeksi 151-moddasining 1-qismiga muvofiq farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolaning manfaatlarinigina koʻzlab yoʻl qoʻyilishidan kelib chiqqan holda sudlar, turar joyidan qatʼi nazar, farzandlikka olinuvchining qarindoshlari, farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs, aka-uka, opa-singillarni ular oʻrtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar, oʻgay ota va oʻgay ona, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar farzandlikka olishda ustun huquqqa ega ekanliklarini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishga agar bolani Oʻzbekiston Respublikasining uning hududida doimiy yashayotgan fuqarolariga farzandlikka berish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkinligi inobatga olinmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazarda tutmoq lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasida oʻz diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlgan davlatlarning fuqarolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nazarda tutmoq lozimki, Nizom talablariga muvofiq farzandlikka oluvchilar boʻlish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma boshqa zarur hujjatlar bilan birga ariza beruvchilarni farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qoʻyish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli sudlar farzandlikka oluvchilarning turmush sharoitlarini oʻrganish haqidagi dalolatnomalarni ish boʻyicha boshqa dalillar bilan birgalikda tekshirish va baholash lozimligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlarning eʼtibori chet el fuqarolari boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi lozimligiga qaratilsin. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning Maʼmuriy Reglamentiga muvofiq xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) ishtirokchilari boʻlgan davlat fuqarolarining hujjatlari legallashtirilishi talab etilmasligi, balki vakolatli davlat organlari hujjatni imzolagan sifatida ish koʻrgan shaxsning imzosi haqiqiyligi va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligi tasdiqlanishi kifoya qilishini inobatga olish lozim.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning turmush sharoitlarini oʻrganish haqida dalolatnomalarni tekshirish va baholashda sudlar dalolatnoma Konvensiya hamda FPK 300-moddasining uchinchi qismi talablariga muvofiqligiga eʼtibor qaratishlari talab etiladi.
(17-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nazarda tutmoq lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishda ham Oila Kodeksi 151—167-moddalarining talablariga rioya qilinishi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar farzandlikka olish natijasida bolaning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan boʻlsa, farzandlikka oluvchining fuqarolikka mansubligidan qatʼi nazar, farzandlikka olish mumkin emas, amalga oshirilgan farzandlikka olish esa sud tartibida bekor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish haqidagi arizani koʻrib chiqishda sud nafaqat arizachi fuqarosi hisoblangan davlatning qonunchiligi, balki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi talablaridan ham kelib chiqishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli, sud arizachining bolani farzandlikka olishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjud yoki mavjud emasligini sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oila kodeksining 238-moddasiga muvofiq sud chet el oila huquqining normalarini qoʻllashda mazkur normalarining mazmunini ularning tegishli chet el davlatida rasmiy sharhlanishi va amaliyotda qoʻllanilishiga muvofiq tarzda aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash maqsadida sud yordam va tushuntirishlar olish uchun belgilangan tartibda Adliya vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlariga murojaat qilishi yoki ekspertlarni jalb qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar amalga oshirilgan choralarga qaramay, chet el oila huquqi normalarining mazmuni aniqlanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Farzandlikka olishga faqatgina bola manfaatidan kelib chiqqan holda yoʻl qoʻyilishini inobatga olgan holda sudlar, mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda har bir holatda ariza qanoatlantirilishi bola manfaatlariga qanchalik mos kelishini tekshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli, qaror qabul qilishda farzandlikka oluvchi (oluvchilar)ning maʼnaviy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, uning va u bilan birga yashovchi shaxslarning sogʻliqlarini, oilada shakllangan munosabatlar xarakterini va arizani toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlarni hisobga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tushuntirilsinki, sud tartibida foydasiga ota-onasidan aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda, Oila kodeksi 147-moddasining 2-qismiga asosan ularning aliment toʻlash majburiyatlari tugatiladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Farzandlikka olish haqidagi ariza qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida farzandlikka olingan bolaning tugʻilishi yozilgan daftarga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur boʻlgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini koʻzlab, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining xohishiga koʻra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining xohishiga koʻra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga koʻra sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlab qolinishi koʻrsatib oʻtiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tushuntirilsinki, alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa (masalan farzandlikka olinayotgan bola zudlik bilan davolash kursini oʻtashi lozimligi), FPK 267-moddasi birinchi qismining 3-bandiga koʻra sud hal qiluv qarorini darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyishga haqli.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ota-onaning majburiyatlaridan farqli ravishda farzandlikka oluvchilarning bolaga nisbatan huquq va majburiyatlari farzandlikka oluvchilarda ota-onalik huquqi va majburiyatlari nasl-nasabi tufayli emas, balki farzandlikka olganliklari munosabati bilan vujudga kelishini inobatga olgan holda sudlar Oila kodeksining 169-moddasida nazarda tutilgan asoslar ularni ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun emas, balki farzandlikka olishni bekor qilishga asos boʻlishini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur toifadagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻrib chiqiladi va ishni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri ham hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tushuntirilsinki, farzandlikka olganlarning oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tortganlari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari sud tomonidan farzandlikka olishni bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlgan boshqa hollarda ham farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo, uni rasmiylashtirishda qonun buzilganligini asos qilib qoʻzgʻatilgan boʻlsa, sud nizoni hal etishda barcha haqiqiy holatlarni, jumladan farzandlikka olishni bekor qilish bolaning manfaatlariga zid kelish-kelmasligini hisobga olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sud farzandlikka olishni bekor qilish vaqtida bolaning moddiy yordamga muhtojligini aniqlasa, sobiq farzandlikka oluvchi zimmasiga uning taʼminoti uchun mablagʻ toʻlash majburiyatini yuklashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda bolaning moddiy taʼminoti uchun mablagʻ undirish sud tomonidan sobiq farzandlikka oluvchining va undiruvchining moddiy va oilaviy sharoitlarini hisobga olib, qatʼiy summada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nazarda tutmoq lozimki, farzandlikka olishning bekor qilinishiga farzandlikka olingan bola voyaga yetguniga qadar, yaʼni oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin ham farzandlikka olish bekor qilinishiga faqatgina farzandlikka olinuvchining xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti va sogʻligiga xavf solayotgan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tushuntirilsinki, sudlar farzandlikka olishni bekor qilish haqidagi arizaning sudlovga taalluqlilik masalasini hal qilishda FPK 28, 29 hamda 298-moddalari talablaridan kelib chiqishlari lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Farzandlikka olishni bekor qilish haqidagi hal qiluv qarorida farzandlikka olinuvchining familiyasi, ismi va ota ismini saqlash-saqlamasligi koʻrsatiladi, shu oʻrinda oʻn yoshga toʻlgan bolaning familiyasi, ismi va ota ismi faqat uning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkinligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi Qonuniga muvofiq Oila kodeksi farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish asoslarini nazarda tutmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda sudlar, FK 4-moddasining 1-qismiga koʻra fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emasligi va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishini nazarda tutmoqlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sud tomonidan farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish Oila kodeksining Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi qonuni bilan kuchini yoʻqotgan 168-moddasida koʻrsatilgan hollarda va faqat shu vaqtga qadar farzandlikka olinganlarga nisbatan: farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa; farzandlikka olish soxta boʻlsa; voyaga yetgan shaxs farzandlikka olingan boʻlsa; farzandlikka oluvchi shaxs Oila kodeksining 152-moddasiga muvofiq farzandlikka olish huquqiga ega boʻlmagan boʻlsa va boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, shuningdek oʻn olti yoshga toʻlgan farzandlikka olingan bola murojaat qilishlari mumkin.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Sudlarga tushuntirilsinki, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilganda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning oʻzaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tugʻilishini qayd etish daftariga zarur oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli sudlar farzandlikka olinayotgan bola manfaatlaridan kelib chiqqan holda FPK 303-moddasining beshinchi qismiga asosan farzandlikka olish, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun ichida hal qiluv qarorining xulosa qismini farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi qayd qilingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida qayd etilgan hollarda, sud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq hal qiluv qarorining xulosa qismini farzandlikka oluvchining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboradi.
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Sudlarning eʼtibori taraflar va boshqa shaxslar harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan har bir holat toʻgʻrisida FPK 275-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilish lozimligiga qaratilsin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 23-sonli qarorining 23—25-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi Gʻ. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son