20.02.2023 yildagi 4-son
2. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-599-sonli Qonuni (bundan buyon matnda O‘RQ-599-sonli Qonuni deb yuritiladi) bilan Soliq kodeksi yangi tahrirda tasdiqlanganligidan kelib chiqib, sudlar:
yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirganligiga va uning qoidalarini qo‘llash tartibi O‘RQ-599-sonli Qonuni 6-moddasida belgilanganligiga;
3. Sudlar Soliq kodeksining 13-moddasida belgilangan soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipini qo‘llashda soliqlarni hisoblash, undirish, to‘lash yoki soliq organi va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi munosabatlarda vujudga kelgan qarama-qarshiliklar va noaniqliklarga emas, balki aniq qonunchilik hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklarga baho berishi lozim.
4. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, soliq nizolarining taraflari sifatida Soliq kodeksida nazarda tutilgan subyektlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davlat organlari va boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
5. Soliq kodeksi 88-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatining o‘tishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 156, 157 va 159-moddalariga muvofiq to‘xtatib turilishi, uzilishi va qayta tiklanishi mumkin.
6. Soliq kodeksining 110-moddasiga asosan hisoblangan va belgilangan muddatda to‘lanmagan penya ham Soliq kodeksining 55-moddasiga muvofiq, soliq qarzi deb e’tirof etilishini e’tiborga olgan holda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, hisoblangan penyadan soliq to‘lovchini ozod etishga yoki penya miqdorini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
12. Sudlarning e’tibori da’vo arizasi, ariza (shikoyat) protsessual qonunchilikning tegishli normalari — O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 189-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 149, 218-moddalari, MSIYutK 128-moddasi, shuningdek Soliq kodeksining maxsus normalarida qayd etilgan talablarga javob berishi lozimligiga qaratilsin.
14. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakilligiga oid masalalarni hal qilishda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra, soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyatiga soliq maslahatchisining soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, fuqarolik hamda ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda vakillik qilish ham kiradi. Bunday vakolat ishonch bildiruvchi tomonidan protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma, soliq maslahatchilari tashkiloti bilan tuzilgan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma (undan ko‘chirma) va malaka sertifikati asosida tasdiqlanadi.
Bunday holatda sudlar Soliq kodeksining 12-bobida nazarda tutilgan normalar qo‘llanilishiga e’tibor qaratsin.
16. Soliq kodeksining 14-moddasiga asosan soliq organlari soliq solish maqsadida barcha bitimlar va soliq to‘lovchi kirishadigan boshqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan yoki shartnomaning nomlanishidan qat’i nazar, o‘zining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga olish vakolatiga ega.
Agar shikoyat Soliq kodeksi 234-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga asosan ko‘rmasdan qoldirilgan yoki shikoyat soliq organining belgilangan tartibda ilgari shikoyat qilingan qarori ustidan berilganligi asosi bilan ko‘rmasdan qoldirilgan yoxud yuqori turuvchi soliq organi tomonidan shikoyat berish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi quyi turuvchi soliq organining qarori ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
20. Soliq kodeksi 231-moddasining to‘qqizinchi qismida soliq organlarining qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi qayd etilganligi sababli, bunday arizalar (shikoyatlar) MSIYutK 186-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan muddatda berilishi mumkin.
21. MSIYutK 186-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, sud ariza (shikoyat) berishning uzrli sabablarga ko‘ra, o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashga haqli.
22. Soliq kodeksi 231-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng sud tartibida shikoyat qilinganda sud tegishli tartibda yuqori turuvchi soliq organini ishga jalb qilishi lozim, bundan Soliq kodeksi 235-moddasi to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holat mustasno.
23. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda to‘lashga doir munosabatlar jamoatchilik nazoratining obyekti hisoblanmasligi, MSIYutKning 23-bobi tartibida soliq organlarining individual xaraktyerga ega bo‘lgan qarorlari (mansabdor shaxsning harakati, harakatsizligi) nizolashishi mumkinligidan kelib chiqqan holda sudga yuqorida qayd etilgan Qonun asosida murojaat qilgan jamoatchilik nazorati subyektining arizasini sudya MSIYutK 134-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan qaytarishga haqli.
25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYutKning 79-moddasida ko‘rsatilgan masalalar yuzaga kelganda, sud tomonidan ekspertiza tayinlanishi mumkin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1878-moddasi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida tayinlangan taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi qonuniy choralar ko‘rish uchun tegishli vakolatli organga yuborilishini ham nazarda tutadi.
Taftish natijalari ustidan tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 18710-moddasiga asosan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash to‘g‘risida shikoyat qilishga haqli ekanligi belgilangan.
28. Sudlarning e’tibori qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish bekor qilinganligi natijasida hisoblangan soliq summasini undirish to‘g‘risidagi qarorni nizolashish bo‘yicha ishlarni ko‘rishda Soliq kodeksining 267-moddasida nazarda tutilgan asoslarni tasdiqlovchi dalillar mavjudligiga qaratilishi lozim (masalan, soliq to‘lovchi tomonidan yengil avtomobillar, mototsikllar, vertolyotlar, motorli qayiqlar, samolyotlar, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlari va ular uchun yoqilg‘i sotib olinganda, ushbu tovarlarning yuridik shaxs amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‘liqligiga aniqlik kiritish uchun faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar, transport vositasini boshqarish uchun haydovchini (pilotni) biriktirish haqida buyruq, transport vositasini boshqaruvchi shaxsga berilgan sug‘urta polisi, transport vositasi ekspluatatsiyasiga oid hujjatlar yoxud alkogol va tamaki mahsulotlari sotib olinganida, ularga aksiz markasi mavjudligi va hokazo).
29. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda, soliq to‘lovchining harakatlarida Soliq kodeksining 223-moddasida nazarda tutilgan, soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb baholanadigan holatlar mavjud yoki mavjud emasligiga e’tibor qaratish lozim.
Soliq kodeksining 223, 226 va 227-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlari soliqni (yig‘imni) noto‘g‘ri hisoblab chiqarish sifatida baholanmaydi.
32. Soliq organi qarori haqiqiy emas, mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sudlar MSIYutK 189-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, tegishli soliq organi yoki mansabdor shaxsning zimmasiga soliq tekshiruvi materiallarini qayta ko‘rib chiqish yoxud shaxsning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni tiklash uchun qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash masalasini muhokama qilishi lozim.
Soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etilganda sudlar soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish uchun Soliq kodeksi 111-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mavjudligini hamda soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori mavjudligini o‘rganishi lozim.
36. Soliq kodeksi 269-moddasi birinchi qismining 3-bandida yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb e’tirof etilishi nazarda tutilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida hisobvaraq-fakturalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizo sudga taalluqli ekanligini anglatmaydi.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 171-moddasi birinchi qismining 6-bandiga muvofiq, soliq organining fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan sud buyrug‘i berish orqali hal qilinadi.
39. Sudlar fuqarolardan mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlardan hisoblangan soliqni undirish haqidagi talablarni ko‘rib chiqishda, Soliq kodeksi 375-moddasining 4-bandidan kelib chiqib, ushbu daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanishiga, mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa — kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etilishini inobatga olishi kerak.