1-ILOVA
|
T/r |
Yoʻnalish nomi |
Bandligi taʼminlanadigan aholi soni |
2023-yil |
shundan: |
2024-yil |
shundan: | ||||||||
|
oʻqitish |
subsidiya berish |
kredit ajratish |
oʻzini oʻzi band qilish |
boshqa |
oʻqitish |
subsidiya berish |
kredit ajratish |
oʻzini oʻzi band qilish |
boshqa | |||||
|
Jami |
20 000 |
8 000 |
400 |
800 |
2 800 |
2 000 |
2 000 |
12 000 |
600 |
1 200 |
4 200 |
3 000 |
3 000 | |
|
1. |
Kosibchilik |
1 275 |
625 |
31 |
63 |
219 |
156 |
156 |
650 |
33 |
65 |
228 |
163 |
163 |
|
2. |
Tikuvchilik |
4 000 |
1 800 |
90 |
180 |
630 |
450 |
450 |
2 200 |
110 |
220 |
770 |
550 |
550 |
|
3. |
Duradgorlik |
900 |
420 |
21 |
42 |
147 |
105 |
105 |
480 |
24 |
48 |
168 |
120 |
120 |
|
4. |
Temirchilik |
840 |
400 |
20 |
40 |
140 |
100 |
100 |
440 |
22 |
44 |
154 |
110 |
1 10 |
|
5. |
Boshqa yoʻnalishlar |
12 985 |
4 755 |
238 |
476 |
1 664 |
1 189 |
1 189 |
8 230 |
412 |
823 |
2 881 |
2 058 |
2 058 |
2-ILOVA
|
T/r |
Maqsadlar va chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Kasanachilik va klaster tizimidan keng foydalanish, oʻzini oʻzi band qilishni yanada ragʻbatlantirish orqali 2023-yilda 8 ming, 2024-yilda 12 ming nafar aholi bandligini taʼminlash. |
Charm-poyabzal va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvni yanada chuqurlashtirish, kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandligini taʼminlash, bunda: oʻqitish orqali 1 000 nafar; subsidiya berish orqali 2 000 nafar; oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 7 000 nafar; oʻzini oʻzi band qilish va boshqa yoʻnalishlarda 10 000 nafar. |
2023-2024-yillarda |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
2. |
“Shahrixoncharmsanoat” birlashmasini (keyingi oʻrinlarda — Birlashma) tashkil etish. |
1. Charmni qayta ishlash tashkilotlari, soha mutaxassislari hamda aholi bilan davra suhbatlari oʻtkazish. |
Ikki hafta muddatda |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Adliya vazirligi, |
|
2. Charm mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik, kichik tadbirkorlik subyektlari hamda aholi bilan klaster va kasanachilik usulida kooperatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Birlashma ustavini ishlab chiqish. |
Uch hafta muddatda | |||
|
3. Sohada ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirishni, milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi vazifalarni qamrab olgan holda Birlashma ustavini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 4. Birlashmani zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlash. |
Bir oy muddatda | |||
|
3. |
Jahon bozorlarida Shahrixon poyabzal brendini tanitish va oʻz xaridorlariga ega boʻlishiga koʻmaklashish. |
1. Ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarini qoʻshni va boshqa davlatlarda kafolatlangan sotishni taʼminlash maqsadida savdo uylarini tashkil etishga koʻmaklashish. 2. Ishlab chiqarish jarayonlarini va mahsulot sifatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish uchun Italiya, Turkiya va boshqa yetakchi davlatlar tashkilotlari bilan tizimli ravishda malaka oshirishni hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. 2023-2024-yillar davomida xalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda mahalliy tadbirkorlarning ishtirokini taʼminlash. |
2023-2024-yillarda |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
4. |
Shahrixon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazida “Shahrixon kosibchilik maktabi”ni tashkil etish. |
1. Shahrixon kosibchilik maktabi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, kosibchilik maktabini Shahrixon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻquv-ishlab chiqarish poligoniga joylashtirish. |
Ikki hafta muddatda |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Shahrixon-charmsanoat” birlashmasi, |
|
2. Shahrixon kosibchilik maktabi ustavini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrish. |
Ikki oy muddatda | |||
|
3. Hududdagi kosibchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan aholining malaka va koʻnikmalarini yanada oshirish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 4. Aholi va tadbirkorlarni kasb-hunarga oʻqitish jarayonini, charm mahsulotlari sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish, charm mahsulotlarini xalqaro brendlar bilan raqobatbardoshligini oshirishga eʼtibor qaratish. |
Doimiy ravishda | |||
|
5. |
Tumandagi umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladigan kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida yuqori sinf oʻquvchilarini va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish. |
1. Malakali xodimlardan, tadbirkorlardan, amaliyotchi kosib va hunarmandlardan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Kosibchilik va hunarmandchilik yoʻnalishida yosh oʻquvchilar uchun amaliy taʼlim dasturini ishlab chiqish. |
Bir oy muddatda |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, |
|
3. Uquv jarayoni va amaliyotdan kelib chiqib oʻquv dasturini doimiy ravishda takomillashtirib borish. |
Doimiy ravishda | |||
|
6. |
Birlashma faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash. |
1. Birlashma faoliyat yuritishi uchun xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ikki hafta muddatda |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Andijon viloyat hokimligi |
|
2. Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Birlashmaga 3 mlrd soʻm, shu jumladan, 2 mlrd soʻm mablagʻni foizsiz ssuda ajratish. |
Uch oy muddatda | |||
|
3. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Birlashmaga qoʻshimcha mablagʻlar jalb etish imkoniyatlarini kengaytirib borish. |
Doimiy ravishda | |||
|
7. |
Birlashma tomonidan charmni qayta ishlash tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Charmni qayta ishlash tashkilotlariga 2 mlrd soʻm foizsiz ssudalarni oyma-oy oʻzlashtirish grafigini tasdiqlash. |
Ikki oy muddatda |
“Shahrixon-charmsanoat” birlashmasi, |
|
2. Qarorga muvofiq belgilangan maqsadlarga mablagʻlar ajratilishini taʼminlash va nazorat qilib borish. |
Doimiy ravishda | |||
|
8. |
Osiyo taraqqiyot bankining “Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni shakllantirish” loyihasi doirasida kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish. |
1. Shahrixon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazida oʻquv kurslarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlashni hamda zamonaviy koʻrinishga keltirishni nazarda tutuvchi texnik-iqtisodiy asosnomaga zarur hollarda qoʻshimcha kiritish. |
2023-yil noyabr |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Shahrixon-charmsanoat” birlashmasi |
|
2. Tumandagi asosiy kasanachilik turlari boʻlgan kosibchilik, pichoqchilik va boshqa hunarmandchilik faoliyat turlari boʻyicha oʻquv-amaliy kurslarini tashkil etish hamda zaruriy zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha taklif kiritish. |
2023-2024-yillarda | |||
|
9. |
Shahrixon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻquv ishlab chiqarish poligoni faoliyatini samarali tashkil etish. |
1. Quruvchi tashkilot bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish va Shahrixon kosibchilik maktabiga tekin foydalanish uchun oʻquv ishlab chiqarish poligoni binosini ajratib berish. |
Bir oy muddatda |
Andijon viloyati hokimligi, |
|
2. Ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish. |
Bir oy muddatda | |||
|
3. Tadbirkorlik subyektlarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash. |
Doimiy ravishda | |||
|
10. |
Charm-poyabzal mahsulotlarini kasanachilik usulida ishlab chiqarishni takomillashtirish. |
1. Tumandagi 79 ta mahallalarda kasanachilikka qiziqishi boʻlgan hamda ijtimoiy daftarlarga kiritilgan aholining bandligini taʼminlash. 2. Kasanachilik sohasiga qiziqishi boʻlgan aholini Shahrixon kosibchilik maktabida bepul 3 — 6 oylik amaliyot bilan bogʻliq xolda kasb-hunarga oʻqitish. 3. Tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy daftarlarga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha subsidiya ajratish. |
2023-2024-yillarda |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
11. |
Mahallalarda kasanachilik mikromarkazlarini tashkil etish. |
1. Kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi aholi qatlamini aniqlash. |
Uch hafta muddatda |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, |
|
2. 50 nafardan ortiq kasanachilik bilan shugʻullanuvchi aholisi mavjud mahallalarda mikromarkazlarning manzillarini belgilash. |
Besh hafta muddatda | |||
|
3. Mikromarkazlarni namunaviy loyihasini ishlab chiqish va uni tashkil etish boʻyicha quruvchilarni tanlab olish. |
Ikki oy muddatda | |||
|
4. Mikromarkazlarni zarur sharoitlar bilan taʼminlagan holda ishga tushirish. |
2023-yil davomida | |||
|
12. |
Charm-poyabzal mahsulotlari eksport geografiyasi hamda tovarlar assortimentini kengaytirish. |
1. Sohaning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Bir oy muddatda |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
2. Charm-poyabzal mahsulotlari eksport geografiyasi va salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Ikki oy muddatda | |||
|
3. Andijon shahri va Shahrixon tumanida xorijiy yetakchi kompaniyalar, xaridorlar va sohadagi nufuzli ekspert hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda xalqaro forum va koʻrgazmani tashkil etish. |
2023-yil davomida |
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Mahallalarda kasanachilikka qiziqishi bor aholi, shu jumladan, ayollar va yoshlarni aniqlab oladi. |
Doimiy ravishda | |||
|
2-bosqich |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, yirik charm-poyabzal tashkilotlari |
Kasanachilikka qiziqishi bor aholini tumandagi yirik charm-poyabzal tashkilotlari huzurida hamda Shahrixon kosibchilik maktabida bepul oʻqitadi (3 — 6 oylik amaliyot bilan bogʻliq holda). |
Har oyda | |||
|
3-bosqich |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tijorat banklari |
Kasb-hunarga oʻqishni tugatgan hamda ijtimoiy reyestrga, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan aholiga dastgoh va asbob-uskunalarni sotib olish uchun subsidiyalar beradi hamda imtiyozli kreditlar ajratadi *. |
Doimiy ravishda | |||
|
4-bosqich |
“Shahrixoncharmsanoat” birlashmasi, yirik charm-poyabzal tashkilotlari |
Oʻquv kurslarini tugatgan, yetarli darajada kasb-hunarni oʻzlashtirgan hamda dastgohlarga ega boʻlgan fuqarolar bilan yirik charm-poyabzal ishlab chiqaruvchi tashkilotlar oʻrtasida kasanachilik shartnomalari tuzadi (xom ashyo va materiallarni kasanachilik usulida ishlarni bajarish uchun yetkazib berish boʻyicha). |
Doimiy ravishda | |||
|
5-bosqich |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Kasb-hunarga oʻqitish va dastgohlarni xarid qilish uchun kompensatsiyalar bilan bogʻliq xarajatlarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab boradi. |
Doimiy ravishda | |||
|
6-bosqich |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Kasanachilik asosida aholi bandligini taʼminlash hamda subsidiya va imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanishi boʻyicha ishlab chiqarishda monitoring olib boradi. |
Doimiy ravishda | |||