23.12.2022 yildagi PQ-452-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4998-son qaroriga muvofiq zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-son Farmoniga asosan “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga bepul foydalanish uchun berilgan “2-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi bino va inshootlarini lotlar (qismlar va xonalarga)ga bo‘lgan holda keyinchalik zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga belgilangan tartibda xususiylashtirib berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishini ta’minlasin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabini qondirish va zargarlik buyumlari eksporti hajmini oshirish

1.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning talablari asosida hududlarni yetarlicha miqdorda qimmatbaho metallar xomashyosi bilan ta’minlash.

1. Tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga “O‘zmilliybank” AJning mintaqaviy filiallariorqali yetkazib berish va tovar yukxatlari asosida ajratish.

2023-yil 1-fevral

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (keyingi o‘rinlarda — “OKMK” AJ), “O‘zmilliybank” AJ

2. “O‘zmilliybank” AJning Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida qimmatbaho metallarning yetarlicha zaxirasini tashkil qilish.

2023-yil 1-fevraldan boshlab doimiy

“OKMK” AJ, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, “O‘zmilliybank” AJ

3. Hududlarda, shu jumladan zargarlik savdo markazlarida qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar sotuvini tashkil etish.

2023-yil 1-mart

“OKMK” AJ, Markaziy bank, tijorat banklari

2.

Zargarlik buyumlarini xorijga olib chiqish tartibini soddalashtirish.

Qonunchilik hujjatlariga jismoniy shaxslar tomonidan tayyor zargarlik buyumlariniO‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish.

Bunda, qonunchilik hujjatlarida rezident va norezident jismoniy shaxslarga qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi

3.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan zargarlik buyumlari eksport qilinishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

1. Qonunchilik hujjatlariga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tayyor zargarlik buyumlariniO‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish.

Bunda, qonunchilik hujjatlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat berishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi

2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-mart

4.

Oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari eksportini kengaytirish.

O‘zbekistondagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini eksport qilishda “GSP” imtiyozlaridan to‘laqonli foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish masalasida vakolatli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish.

2023-yil 1-iyul

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi

5.

Qimmatbaho metallarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan litsenziya talablarini soddalashtirish.

Qonunchilik hujjatlariga affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan litsenziya talablarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish.

Bunda, affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni:

qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;

bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoning qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqishda litsenziya olishdan ozod etishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

6.

Xalqaro zargarlik ko‘rgazma-savdolar ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. O‘zbekistonda tashkil qilinadigan xalqaro zargarlik ko‘rgazma-savdolari ishtirokchilarining vaqtincha olib kiradigan tovarlarini ularning xohishiga ko‘ra, Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiya (1990-yil 26-iyun, Istanbul) talablariga muvofiq A.T.A karnetlari asosida rasmiylashtirish.

2. Xalqaro zargarlik ko‘rgazma-savdolarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun A.T.A karnetlari rasmiylashtirilishi va bojxona to‘lovlari to‘lanishini kafolatlash.

Talabga muvofiq

Savdo-sanoat palatasi, Bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

7.

Mahalliy zargarlarning xalqaro zargarlik ko‘rgazmalarida ishtirok etishini qo‘l�ab-quvvatlash.

1. Zargarlik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, milliy zargarlik brendini jahon bozoriga olib chiqish maqsadida xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish.

2. Mahsulotni chet el xaridorining manziligacha yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatadigan kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, ushbu tashkilotlarga qulay investitsion muhit yaratish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

3. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish.

4. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida O‘zbekiston zargarlik sanoati salohiyatini ilgari surish, shu jumladan mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarga bag‘ishlangan taqdimotlarni o‘tkazish orqali xorijiy investorlarni jalb qilish.

2023-yil 1-fevraldan boshlab doimiy

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

II. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi tadbirkorlarning salohiyatini oshirish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

8.

Zargarlik sanoatida mutaxassislarni tayyorlash va ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish.

1. Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga oid maxsus o‘quv kurslarini (keyingi o‘rinlarda — maxsus o‘quv kurslar) tashkil etish.

2023-yil 1-mart

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Italiya va Turkiyadagi elchixonalari, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Toshkent shahar, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

2. Maxsus o‘quv kurslariga zargarlik sanoati rivojlangan (Italiya, Turkiya va boshqalar) xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil davomida

3. Maxsus o‘quv kursi tinglovchilarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, ularning dizaynini yaratish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘rgatish.

Doimiy

4. Xorijdan jalb qilingan mutaxassislar va ularning oila a’zolariga viza olish hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi bilan bog‘liq masalalarda ko‘maklashish.

Doimiy

9.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish maqsadida belgilangan tartibda 50 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratishni yo‘lga qo‘yish.

2023-2024-yillar

Markaziy bank, vakolatli tijorat banklari

2. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalarni lizing asosida berishni yo‘lga qo‘yish.

2023-2024-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

10.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olishimkoniyatlarini kengaytirish.

1. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilargaularningqimmatbaho metallarga bo‘lgan t�labini qondirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlarni tushuntirish bo‘yicha intensiv o‘quv seminarlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining media-rejasini tuzish. Bunda, media-rejada quyidagilarni nazarda tutish:

kechiktirib to‘lash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun to‘lov majburiyatlari barcha banklarning kafolatlari, shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining kafilligi bilan ta’minlanishi mumkinligini;

to‘lov majburiyatlarini ta’minlash maqsadida beriladigan bank kafolati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham berilishini;

to‘lov majburiyatlarini ta’minlash maqsadida beriladigan bank kafolati va kafillik bo‘yicha xizmat haqini qat’iy miqdordagi summada belgilash mumkinligini;

hududlarda zargarlar uchun yaratilgan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarning zaxiralari hamda ulardan foydalanish tartibini;

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan banklarda kreditlar hamda bank kafolatlarini revolver tarzda olish imkoniyati mavjudligini nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Respublika tovar-xomashyo birjasi, Eksportni rivojlantirish agentligi, tijorat banklari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

2. Tasdiqlangan media-rejaga asosan intensiv o‘quv seminarlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish.

Media-rejaga muvofiq

III. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotishni tizimli tashkil etish

11.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning uyushgan holda faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratish.

1. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Termiz va Qo‘qon shaharlarida keyinchalik zargarlik yo‘nalishidagi savdo va ishlab chiqarish majmualar (keyingi o‘rinlarda — majmualar) faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun davlat mulkidagi bino va inshootlarni tanlash hamda ularni ijaraga berishdan oldin mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish.

2023-yil 1-mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

2. Majmualar tashkil qilinadigan bino va inshootlarni lotlar (qismlar)ga bo‘lgan holda ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirish.

2023-yil 1-sentabr

3. “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkazilgan auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ijara shartnomasini tuzish.

Bunda, shartnomada auksion g‘olibi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash, ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining chakana savdosini tashkil qilish kabi vazifalar bajarilishini nazarda tutish.

2023-yil 1-noyabr

12.

“2-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi bino va inshootlarini lotlar (qismlar)ga bo‘lgan holda ommaviy savdolarga chiqarish.

1. “2-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi bino va inshootlarini (keyingi o‘rinlarda — bino va inshootlar) lotlar (qismlar)ga bo‘lgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasida ommaviy savdolarga chiqarish.

Bunda, ommaviy savdolarga chiqariladigan bino va inshootlardan kelgusida foydalanish shartlari sifatida — ularda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash hamda chakana savdosini amalga oshirishni belgilash.

2023-yil 1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

2. “E-auksion” elektron savdo platformasida ommaviy savdolarni belgilangan tartibda o‘tkazish.

2023-yil 1-oktabr

3. Ommaviy savdolar natijalariga ko‘ra bino va inshootlarni xususiylashtirish bo‘yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirish.

2023-yil 1-noyabr

13.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan rangli metallar xomashyosini sotish tartibini takomillashtirish.

1. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qalay mahsulotini tovar-xomashyo birjasi orqali sotishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘rganish o‘tkazish.

2023-yil 1-fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Respublika tovar-xomashyo birjasi

2. O‘rganish natijalari va ichki talabdan kelib chiqib, qalay mahsulotini tovar-xomashyo birjasi orqali sotishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-mart

14.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari tarmog‘ini kengaytirish.

1. Namangan shahrida Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filialini tashkil qilish.

2023-yil 1 aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, Namangan viloyati hokimligi

2. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Namangan shahar hududiy filialining faoliyati natijalaridan kelib chiqib, boshqa hududlarda ham palataning filiallarini ochish bo‘yicha taklif kiritish.

2024-yil 1-yanvar

15.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda ishlov berilmagan qimmatbaho toshlardan foydalanishni kengaytirish.

O‘zbekiston Respublikasining ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan ishlashni tartibga soluvchi xalqaro umume’tirof qilingan me’yorlar (Kimberli jarayonining sertifikatlashtirish sxemasi)ga qo‘shilish ishlarini jadallashtirish.

2023-yil 1-aprel

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

16.

Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirma berish tartibini joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qonun loyihasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida 100 dan 300 tagacha ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 300 dan 500 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 500 dan 1000 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 1 000 ta va undan ortiq ish o‘rinlari yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma berish tartibini joriy etishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Respublika tovar-xomashyo birjasi

17.

Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qonun loyihasida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilishni nazarda tutish.

2023-yil 1-mart

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qo‘mitasi

birinchi xatboshidagi “2023-yil 1-martga” so‘zlari “2026-yil 1-martga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.