22.02.2021 yildagi PQ-4998-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, sohada ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, buning asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va yosh mutaxassislarni tayyorlash hisobiga kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining 2026-yil 1-martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflari ma’qullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2023-y., 07/23/452/0015-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasi doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xom ashyo ko‘rinishida qayta sotish huquqisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki tovar-xom ashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda, 30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi, 31-kundan 180 kun (shu kuni ham) ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — 30-kundan keyin kechiktirib to‘lash imkoniyatidan foydalanilgan kunlarga mos ravishda Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi;
(1-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-fevraldagi PQ-85-son qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 07/24/85/0148-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lovlar amalga oshirilganda, 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180 kun (shu kuni ham) ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — 90-kundan keyin kechiktirib to‘lash imkoniyatidan foydalanilgan kunlarga mos ravishda yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatgan holda murojaat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lovni ta’minlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda bank kafolatini yoki “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning kafilligini taqdim etadi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank yoki Eksportni rag‘batlantirish agentligi tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini (kafillikni) shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi. Bunda, to‘lov majburiyatlarini ta’minlash maqsadida beriladigan bank kafolati va kafillik bo‘yicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qat’iy miqdorlarda belgilashga ruxsat etiladi.
(1-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2023-y., 07/23/452/0015-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotiladigan qimmatbaho metall bo‘yicha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan hisob-kitoblar to‘lov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kelib chiqib amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning 7101 — 7104 TIF TN pozitsiyalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yilda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish uchun zarur hajmdagi qimmatbaho metallar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan birja savdolari orqali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladigan qimmatbaho metallar hajmi doirasida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda 2022 va 2023-yillar uchun Qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirishda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish uchun zarur hajmdagi qimmatbaho metallar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi. Bunda zargarlik buyumlariga lazer usullari yordamida tushirilgan shaxsiy tamg‘aning haqiqiyligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining zimmasiga yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi bilan tamg‘alash usuli zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan o‘lchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga ruxsat beriladi. Bunda, yombilarni sotish narxi hisob-kitob amalga oshirilgan sanadagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kam bo‘lmagan miqdorda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish (ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlari va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olish) talab etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pulda o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyaning umumiy summasidan qat’i nazar, o‘zaro hisob-kitob naqd pulsiz va jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mijoz, uning vakili va benefitsiar mulkdorning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo‘lgan holatlarda operatsiyaning summasi va to‘lov shaklidan qat’i nazar, mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish choralari ko‘rilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan mazkur qarorning 4-bandida belgilangan mablag‘lar hisobidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlari va xom ashyo xarid qilish, aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida kuyidagi shartlarda mikrokreditlar ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ta’minot turlari asosida.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining asoslangan buyurtmalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida hamda “ustoz-shogird” uslubida zargarlik sohasida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalar asosida yoshlar uchun o‘quv kurslar tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik sohasidagi zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish jarayonlariga ishlab chiqaruvchi tashkilotlar vakillari va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega malakali mutaxassislar jalb etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2021 — 2023-yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadli parametrlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning o‘lchov plastinalari va granulalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-martga qadar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buxoro, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari Buxoro, Samarqand, Namangan va Qo‘qon shaharlari hududlarida joylashgan yirik bozorlarning zargarlik buyumlarini chakana sotishga ixtisoslashgan savdo rastalari o‘rnida milliy brend asosida ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining zamonaviy ko‘rgazma-savdo do‘konlari va zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston milliy zargarlik brendini jahonga tanitish maqsadida 2021-yilda Dubay (BAA) shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “World Expo — 2021”, keyinchalik xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan barcha nufuzli ko‘rgazmalar doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiya berishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash vakolati berilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4998-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi PQ-4998-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish o‘rinlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar bo‘yicha

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish
(kg)

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yosh mutaxassislarni tayyorlash
(nafar)

2021 — 2023-yillarda yaratiladigan yangi ish o‘rinlari

2021 — 2023-yillarda jami

Tilla buyumlar

Kumush buyumlar

“Ishga marhamat” mono-markazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida

“Ustoz-shogird” usulida

jami

tilla buyum

kumush buyum

2021-y.

2022-y.

2023-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

jami

2021-y.

2022-y.

2023-y.

jami

2021-y.

2022-y.

2023-y.

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

580

380

200

80

120

180

50

65

85

120

30

30

60

1 230

150

330

750

1 350

2.

Andijon

714

475

239

100

150

225

60

78

101

180

30

60

90

1 570

170

500

900

1 750

3.

Buxoro

1 032

713

319

150

225

338

80

104

135

270

60

90

120

2 460

300

660

1 500

2 730

4.

Jizzax

317

238

80

50

75

113

20

26

34

120

30

30

60

820

100

220

500

940

5.

Qashqadaryo

580

380

200

80

120

180

50

65

85

210

30

60

120

1 480

180

400

900

1 690

6.

Navoiy

317

238

80

50

75

113

20

26

34

120

30

30

60

820

100

220

500

940

7.

Namangan

1 349

950

399

200

300

450

100

130

169

270

60

90

120

2 800

300

800

1 700

3 070

8.

Samarqand

1 666

1 188

479

250

375

563

120

156

203

300

60

90

150

2 460

300

660

1 500

2 760

9.

Sirdaryo

270

190

80

40

60

90

20

26

34

120

30

30

60

820

100

220

500

940

10.

Surxondaryo

540

380

160

80

120

180

40

52

68

180

30

60

90

1 470

170

400

900

1 650

11.

Toshkent

492

333

160

70

105

158

40

52

68

180

30

60

90

1 700

200

500

1 000

1 880

12.

Farg‘ona

580

380

200

80

120

180

50

65

85

210

60

60

90

1 770

170

700

900

1 980

13.

Xorazm

580

380

200

80

120

180

50

65

85

180

30

60

90

1 670

170

600

900

1 850

14.

Toshkent sh.

5 795

3 800

1 995

800

1 200

1 800

500

650

845

570

150

180

240

5 400

600

1 700

3 100

5 970

Jami

14 811

10 023

4 788

2 110

3 165

4 748

1 200

1 560

2 028

3 030

660

930

1 440

26 470

3 010

7 910

15 550

29 500

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi PQ-4998-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tili matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7101”, “7102”, “7103” va “7104” pozitsiyalarining “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “10” raqami “*” belgisi bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7210 49 000 0” va “7210 70 800 0” pozitsiyalarining “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “10*” so‘zlari “10**” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“* Stavka importnoy tamojennoy poshlini do 1-marta 2023 goda vklyuchitelno sostavlyayet 0 protsentov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Stavka importnoy tamojennoy poshlini do 30-iyunya 2020 goda vklyuchitelno sostavlyayet 0 protsentov.”
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 07/21/4998/0143-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son; 11.01.2023-y., 07/23/452/0015-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 26.02.2024-y., 07/24/85/0148-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)