1-ILOVA
Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar | |
I. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash | |||||
1. | Hududlarda gimnastika sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. | 1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash. | 2023-yil sentabrdan boshlab | - | Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli gimnastikachi boʻlib shakllanishi uchun sport-taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish. | 2024-yil yakuniga qadar | ||||
2. | Gimnastika sport turi bilan shugʻullanuvchilarning umumiy sonini oshirish. | 1. Gimnastika sport turlari bilan shugʻullanuvchilar boʻyicha haqiqiy holatni yoshlar kesimida aniqlash. | 2023-yil mart | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda Yaponiya, Koreya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish. | 2023-yil avgust | ||||
3. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, gimnastika sport turlari bilan shugʻullanuvchilar sonini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil sentabr | ||||
3. | Xalqaro standartlar asosida mustaqil qaror qabul qilishga ega yuqori malakali, ijodiy va tizimli fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash. | 1. Gimnastika sport turlari boʻyicha yuqori malakali sportchilar, boshqaruv, pedagogik, ilmiy va boshqa kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini tahlil qilish va takomillashtirish. 2. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, saralash, shuningdek, kadrlar tayyorlashning ilgʻor xorijiy amaliyotlarini joriy etish. | 2023-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
4. | Hududlarda gimnastika sport turlarini rivojlantirish. | 1. Hududlarda gimnastika sport turlarining rivojlanmasdan qolish sabablarini tahliliy oʻrganish. | 2023-yil yanvar — mart | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari orqali joylarda, ayniqsa chekka va olis hududlarda joylashgan gimnastika sport seksiyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil aprel | ||||
3. Sport menejerlari va trenerlari shtabi zaxirasini yaratish. Bunda, ularni infratuzilmasi rivojlanmagan va gimnastika sport turlari boʻyicha kadrlar kam boʻlgan hududlarga yuborish maqsadida oʻz faoliyatini yakunlagan sportchilarni qayta tayyorlashni nazarda tutish. | 2023-yil aprel | ||||
4. Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi tavsiyasi asosida gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar va tegishli mutaxassislarni maʼlum muddatga tajriba almashish uchun boshqa hududlarga yoʻnaltirish. | Reja-grafik asosida | ||||
5. | Gimnastika boʻyicha terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash. | 1. Gimnastika boʻyicha terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. 2. Nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Rejaga muvofiq terma jamoa aʼzolari uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish. 4. Terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash. | 2023-2024-yillar davomida | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar, ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov) |
6. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalar sonini oshirish. | 1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil aprel | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Tasdiqlangan reja asosida gimnastika musobaqalarini oʻtkazish. 3. Gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish. | Rejaga asosan | ||||
II. Gimnastika sport turlari boʻyicha sport infratuzilmasini rivojlantirish | |||||
7. | Har bir hududdagi gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari moddiy-texnik bazasini yaxshilash. | 1. Hududlarda gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish, zaruratga koʻra yangidan qurish hamda jihoz va inventarlar bilan taʼminlash. 2. Foydalanishga topshirilgan sport inshootlaridan samarali foydalanish. 3. Sport maktablari va umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan iqtidorli sportchi-oʻquvchilarni saralab olish orqali gimnastika sport turlari bilan professional shugʻullanishga keng jalb etish. | 2024-2025-yillar davomida | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, mahalliy budjet mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi (M. Ismailov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
8. | Gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarni taʼmirlash. | 1. Gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Roʻyxatga muvofiq gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarning taʼmirga muhtojligini joyiga chiqib oʻrganish. | 2023-yil may | ||||
3. Gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarni taʼmirlash. | Reja asosida | ||||
9. | Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va oʻquv-mashq bazasiga ega boʻlgan hududiy gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarini tashkil etish.. | 1. Obyekt barpo etiladigan manzilni aniqlash, tegishli yer maydonini ajratish. | 2023-yil aprel | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev), Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov) Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (U. Rozukulov), Sport vazirligi (M. Ismailov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish. 3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 4. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) eʼlon qilish va pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish. | 2023-yil may — iyul | “Oʻzavtosanoat” AJ homiylik mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari | |||
5. Qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil dekabr | ||||
6. Bino va inshootlarni zamon talablari asosida jihozlash. | Ijrochilar mablagʻlari | ||||
7. Amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlarini qabul qilish, nazorat-oʻlchovdan oʻtkazish. | |||||
10. | Gimnastika sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohani rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish. | 1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida qurilish materiallari, zamonaviy energiya va resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda gimnastika sport turlari boʻyicha namunaviy sport markazlari loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil iyun | Xususiy investorlar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Gimnastika sportini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratish. | Doimiy | ||||
3. Davlat-xususiy sheriklik asosida gimnastika sport turlari boʻyicha namunaviy sport markazlarini qurish. | Tadbirkorlar tashabbusiga koʻra | ||||
11. | Yosh gimnastikachi sportchilarning salomatligi va tayyorgarligi darajasini yaxshilash, sport zaxiralarini tayyorlash maqsadida yozgi va qishki sogʻlomlashtirish lagerlarini reja asosida muntazam tashkil etish. | Yosh gimnastikachi sportchilar uchun yozgi va qishki sogʻlomlashtirish lagerlarini muntazam tashkil etish. | 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
III. Gimnastika sport turlari boʻyicha sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishni kuchaytirish, gimnastikani ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish | |||||
12. | Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy taʼminlash tizimini takomillashtirish. | 1. Gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil may | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Roʻyxatga muvofiq ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni takomillashtirish. | 2023-yil iyul | ||||
3. Takomillashgan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni ilmiy kengashda koʻrib chiqish va chop etish hamda gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibiga yetkazish. | 2023-yil sentabr | ||||
13. | Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | 1. Gimnastika sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalari bilan taʼminlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganib chiqish. | 2023-yil avgust | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlash. | 2023-2024-yillar davomida | ||||
14. | Sportchilarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy tibbiy va biotibbiy yordam tizimlarini joriy etish. | 1. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qoʻllab-quvvatlashning eng yaxshi xorijiy amaliyotini oʻrganish. | 2023-yil aprel-may | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatda ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2023-yil iyun | ||||
15. | Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni (xoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish. | 1. Malakali mahalliy mutaxassislar tomonidan terma jamoa tarkibini tahlil qilish. | 2023-yil iyul-avgust | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni (xoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish. | Ishchi guruhi takliflari asosida | ||||
16. | Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlarning malakasini oshirish. | 1. Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning filiallari bazasida gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlarning malakasini oshirish. | 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab | ||||
17. | Gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar zaxirasini tayyorlash. | 1. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tahsil olayotgan sportchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish. | 2023-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari sportchilari oʻrtasida gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish. | Rejaga muvofiq | ||||
3. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlariga erkin tashrif buyurib, gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlarni kuzatish va iqtidorli sportchilarni aniqlash. | 2023-2024-yillar davomida | ||||
4. Yuqori natijaga ega boʻlgan iqtidorli sportchilarni gimnastika sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritish. | |||||
18. | Oʻzbekiston “Sport” telekanali dasturiga “Gimnastika axborotnomasi” telekoʻrsatuvini kiritish va yoritish. | 1. Oʻzbek gimnastikasi hayoti haqida maʼlumot tayyorlash. 2. Telekoʻrsatuv sahifalariga gimnastika sport turlari boʻyicha mashhur sportchilar va trenerlarni taklif etish orqali oʻzbek gimnastika maktabining ahamiyati haqida axborot berilishini taʼminlash. | Rejaga asosan 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (F. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
19. | Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoritish va tanlovlar oʻtkazish. | 1. Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoritish. | 2023-yil sentabrdan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (X. Xudayberdiyev), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Ijtimoiy tarmoqlarda tanlovlar oʻtkazish. | Reja asosida | ||||
3. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish. | |||||
20. | Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalari sportchilari-gimnastchilari faoliyatini targʻib qilish. | 1. Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalar sportchilari va mashhur oʻzbek gimnastika ustalari roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil sentabr oyidan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (F. Maxmudov), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Roʻyxatga muvofiq terma jamoasi sportchilari va mashhur oʻzbek gimnastika ustalari hayotini keng yoritish. | Reja asosida | ||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga
2-ILOVA
Koʻrsatkichlar | Oʻlchov birligi | Yillar kesimida | Masʼul ijrochilar | |||
2023 | 2024 | 2025 | ||||
1. | Gimnastika sport turlari bilan doimiy shugʻullanuvchilar soni | Nafar | 30 000 | 35 000 | 50 000 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
2. | Sport-taʼlim muassasalarida gimnastika sport turlari bilan shugʻullanuvchi sportchilar soni | Nafar | 26 000 | 30 000 | 35 000 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
3. | Sport-taʼlim muassasalaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha boʻlimlar soni | Birlik | 550 | 750 | 900 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
4. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni | Birlik | 4 000 | 5 000 | 6 500 | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
5. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni | Birlik | 2 500 | 5 000 | 7 500 | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
6. | Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida gimnastika sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan musobaqalar soni | Birlik | 14 | 16 | 18 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
7. | Gimnastika sport turlari boʻyicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash | Musobaqalar soni | 50 | 55 | 60 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
8. | Oʻzbekistonda gimnastika sport turlari boʻyicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish | Musobaqalar soni | 3 | 4 | 6 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
9. | Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar soni | Nafar | 450 | 550 | 725 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
10. | Sport-taʼlim muassasalaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha oliy maʼlumotli trenerlar soni | Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan) | 25 | 30 | 35 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
11. | Gimnastika sport turlari boʻyicha xalqaro toifadagi hakamlar soni | Nafar | 40 | 45 | 60 | Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi |
12. | Sport-taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan gimnastika sport turlari boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish | Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan) | 15 | 20 | 25 | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |