Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatimizda xususiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida oʻtgan besh yilda 400 dan ziyod maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi oʻrinlarda — sanoat zonalari) tashkil etilib, ularda umumiy qiymati 10 trillion soʻm boʻlgan 1 mingdan ortiq loyiha ishga tushirildi.
Tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish, investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish, sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
tadbirkorlik subyektlariga sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish;
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini sotishdan tushadigan pul mablagʻlarini mazkur zonalarning infratuzilmasini yaratish va bosh rejalarini ishlab chiqishga yoʻnaltirish;
kichik sanoat zonalari uchun belgilangan tartiblarni “Yangihayot” industrial texnoparkiga tatbiq etish hamda unga infratuzilma obyektlarini loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi vazifasini yuklash;
investitsiya kompaniyalari tomonidan kiritiladigan investitsiya hissalari turlarini kengaytirish.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-oktabr,
PF-233-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4059-son Farmonining 2-bandida:
a) beshinchi xatboshidagi “Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy kengash deb yuritiladi)” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oltinchi xatboshidagi “Maʼmuriy kengashga” soʻzlari “Navoiy” EIZ direksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) yettinchi xatboshidan “ijara huquqini garovga qoʻyish,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi “Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi PF-4436-son Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy kengash deb yuritiladi)ning” soʻzlari “Angren” EIZ direksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Maʼmuriy kengashining qarori bilan” soʻzlari “elektron onlayn-auksion savdo natijasiga koʻra “Angren” EIZ direksiyasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda:
birinchi xatboshidan “Maʼmuriy kengashi qarorlari boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “ajratish” soʻzi “elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi PF-4516-son Farmonida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashining” soʻzlari “Jizzax” EIZ direksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Jizzax” tegishli viloyat Maʼmuriy kengashining qarori bilan” soʻzlari “elektron onlayn-auksion savdo natijasiga koʻra “Jizzax” EIZ direksiyasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda:
birinchi xatboshidan “Jizzax viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining qarorlariga asosan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “ajratish” soʻzi “elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4931-son Farmoni 7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari elektron onlayn-auksion savdolarida gʻolib boʻlgan investorlarning erkin iqtisodiy zonalarning tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradilar va erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qiladilar”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5412-son Farmoni 5-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “Sirdaryo viloyati maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining” soʻzlari “Sirdaryo” EIZ direksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “Sirdaryo viloyati maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining qarori bilan” soʻzlari “elektron onlayn-auksion savdo natijasiga koʻra “Sirdaryo” EIZ direksiyasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5583-son Farmonining 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investitsiya kompaniyasi keyinchalik innovatsion va boshqa istiqbolli loyihalarga kiritish uchun malakali investorlarning investitsiya hissalarini shakllantirish va jamlash bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi”;
b) beshinchi xatboshidan “pul mablagʻlari koʻrinishidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) oltinchi xatboshidagi “pul mablagʻlari” soʻzlari “investitsiyalar” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-54-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kichik sanoat zonalari va “Business city” markazlari” soʻzlari “kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda “Business city” markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmonida:
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sanoat zonalari hududida realizatsiya qilinadigan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi uchun toʻlovni toʻliq amalga oshirgan xaridorlarga mazkur ijara huquqini kredit mablagʻlarini ushbu yer uchastkasida loyihani amalga oshirish uchun yoʻnaltirish sharti bilan kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi”;
b) 6-bandning beshinchi xatboshisi “bino-inshootlarni” soʻzlaridan keyin “hamda yer uchastkalarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3843-son qarorining 4-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining” soʻzlari “Buxoro-agro” EIZ direksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining qarori bilan” soʻzlari “elektron onlayn-auksion savdo natijasiga koʻra “Buxoro-agro” EIZ direksiyasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4363-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidan “(keyingi oʻrinlarda — direksiyalar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning “g” kichik bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar)” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat muassasasi shaklidagi kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar (keyingi oʻrinlarda — direksiyalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “maʼmuriy kengashlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “mahalliy budjetlari” soʻzlaridan keyin “va direksiyalar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4787-son qarorida:
a) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-fevraldagi “Toshkent shahrida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4979-son qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. “Yangihayot” industrial texnoparki, uning direksiyasi va ishtirokchilariga kichik sanoat zonalari uchun belgilangan quyidagi tartiblar tatbiq etilsin:
yer uchastkalarini ajratish, ular boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va mablagʻlarni taqsimlash;
yer uchastkalariga ijara huquqini garovga qoʻyish”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va qonun hujjatlarida” soʻzlari “, “Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. “Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasiga texnopark bosh rejasini ishlab chiqish, infratuzilma obyektlarini loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajarish yuklansin”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5088-son qarorining 10-bandida:
a) “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada ajratadigan kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha miqdorida, biroq 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi”;
b) “b” kichik banddagi “500 mln” soʻzlari “2,5 mlrd” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)