13.06.2022 yildagi PF-153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi o‘rinlarda — sanoat zonalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada soddalashtirish, investitsiyalar jalb qilish uchun sharoitlarni yaxshilash, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishni ta’minlash, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat muassasasi shaklidagi kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar (keyingi o‘rinlarda — yagona direksiyalar) sifatida qayta tashkil etilsin hamda ularga qo‘shimcha ravishda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, ular hududidagi yer maydonlari, bino va inshootlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari tegishincha maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga hamda yagona direksiyalarga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning xulosasini olish talabi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan loyihalarning “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha qarorlar maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda yagona direksiyalar tomonidan o‘n ish kunida qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar hududida auksionga chiqarilgan yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha auksionda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham savdolar o‘tkazilgan hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari hududida realizatsiya qilinadigan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgan xaridorlarga mazkur ijara huquqini kredit mablag‘larini ushbu yer uchastkasida loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltirish sharti bilan kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi beriladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalarida bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish to‘lovlarini yigirma to‘rt oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni olib kirishda bojxona imtiyozlari faqat tovarlar “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda qo‘llaniladi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara to‘lovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirib to‘lanishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Sanoat zonalari bosh rejasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari infratuzilma bilan ta’minlangandan va davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingandan so‘ng ular hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalarida ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiy investorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda infratuzilma bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi hamda keyinchalik ushbu xarajatlarni sanoat zonalarining mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 06/24/159/0828-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi savdo va logistika hamda ishlab chiqarish korxonalariga maxsus iqtisodiy zonalar hududida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan hollarda ishtirokchi maqomini olishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga zarur hollarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda, tuman (shahar)larda kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyalarini tashkil etish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalarga har bir loyiha uchun alohida loyiha menejerlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalar rahbarlariga direksiyalar tuzilmalariga, zarur hollarda, o‘zgartirish kiritish vakolatini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi bino-inshootlarni hamda yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalariga hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan pul mablag‘larini yagona direksiyalarga qarashli zonalarda belgilangan tartibda infratuzilma yaratish, ularning bosh rejalarini ishlab chiqish va yagona direksiyalarning talabnomasiga asosan ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularning direksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan besh kun muddatda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona direksiyalar rahbarlarini tayinlash hamda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar bosh rejalarini tasdiqlash Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejalari tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida yer va bino-inshoot munosabatlarini tartibga solish, shu jumladan ularni xususiylashtirish masalalari bo‘yicha hukumat qarorini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda investorlarning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalar hamda davlat idoralari bilan hamkorlik jarayonlarida “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish tizimini joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Kadastr agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tugatish hamda unga ajratilgan yer maydonlarini keyinchalik ushbu yer maydonlarida bog‘dorchilik va uzumchilik loyihalarini amalga oshirish uchun tegishli hokimliklar zaxirasiga qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan maxsus sanoat zonalari hududlarida ushbu zonalarning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga zarar yetkazmaydigan boshqa yo‘nalishdagi korxonalarni o‘rnatilgan tartibda joylashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi yer maydonlarining shahar va tumanlar hokimliklari zaxirasiga qaytarilishini va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Voitov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-153-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “ma’muriy kengashlarining” so‘zlari “direksiyalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan bojxona imtiyozlari qo‘llangan holda import qilinadigan o‘xshashi bo‘lmagan texnologik uskunalar va respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari bojxona rasmiylashtiruvi tovarlar ro‘yxatini har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” (keyingi o‘rinlarda — Markaz) DUKning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n ikkinchi xatboshidagi “o‘n besh” so‘zlari “besh” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi, o‘n ikkinchi va o‘n oltinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilari deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning “v” kichik bandi, 5-bandning uchinchi xatboshisi va 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son qarorida 1 va 4-bandlar, 6-bandning oltinchi xatboshisi hamda 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4363-son qarori 6-bandidagi “2022” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4574-son qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) Klaster hududida yer uchastkalarini ajratish ularni Direksiya tomonidan elektron onlayn auksionga chiqarish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son; 17.10.2024-y., 06/24/159/0828-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)