Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekistonda oʻzbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memorandumga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining Jizzax viloyatida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali boʻlgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Jizzax” EIZ) deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Jizzax” MIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Jizzax” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari “Jizzax” EIZ direksiyasining bevosita tasarrufida boʻladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
“Jizzax” EIZga kiruvchi hududlar va uning chegaralari, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-sonli Farmoniga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 06/18/5412/1061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Jizzax” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Jizzax” EIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Jizzax” EIZ qatnashchisi maqomi elektron onlayn-auksion savdo natijasiga koʻra “Jizzax” EIZ direksiyasi tomonidan beriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jizzax” EIZda roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik subyektlariga nisbatan soliq toʻlovchining holatini yomonlashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi aktlari qoʻllanilmaydi, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi aktlar bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jizzax viloyat hokimligi “Jizzax” EIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlasin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi navbatda, sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida korxonalar qurish uchun yer maydonlarini oʻz vaqtida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “bir darcha” tamoyili asosida berish.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Jizzax” EIZda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, Jizzax viloyati hokimligi boʻlinmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini taʼminlaydilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 06/18/5412/1061-son) )
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jizzax” EIZga ajratiladigan hududlarga budjet mablagʻlari va boshqa ichki moliyalash manbalari hisobidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirishni taʼminlasin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzavtoyoʻl” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Jizzax” MIZ Direksiyasini tashkil etsin va “Jizzax” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin, unda “Jizzax” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisidagi Nizom hamda “Jizzax” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Vazirlik tarkibidagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish boshqarmasining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari sonini 2 nafar shtat birligiga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
PF-4516-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-martdagi PF-4516-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali boʻlgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasiga kiradigan hududlar
ROʻYXATI
I. Jizzax viloyati Jizzax shahridagi “Jizzax-Doʻstlik” temir yoʻlining gʻarbiy qismida joylashgan hududi quyidagi chegaralar bilan:
sharq tarafdan — “Jizzax — Doʻstlik” temir yoʻlining 8 — 11 km uchastkasi;
gʻarb tarafdan — inspektorlik avtomobil yoʻlining 0-km.dan boshlab uning “Obod” koʻchasi bilan kesishmasigacha.
shimol tarafdan — xoʻjaliklararo avtomobil yoʻlining “Jizzax-Doʻstlik” temir yoʻli bilan kesishgan joyidan (sharqiy tomondan) “Obod” koʻchasi bilan kesishgan joyiga qadar (gʻarbiy yoʻnalishda);
janub tarafdan — 4R-35 avtomobil yoʻlining inspektorlik avtomobil yoʻli bilan kesishgan joyidan (sharqiy yoʻnalishda) “Jizzax-Doʻstlik” temir yoʻli bilan kesishgan joyigacha (gʻarbiy yoʻnalishda).
II. “Jizzax” EIZning Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan filiali hududi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Toshkent—Samarqand” temir yoʻli;
janubi-sharqiy tomondan — M-39 avtomobil yoʻli;
janubiy tomondan — “Sirdaryo sh. — Navbahor p.” avtomobil yoʻlining M-39 avtomobil yoʻli bilan kesishgan joyidan shimoliy yoʻnalishdagi “Oʻrunboy” kanalining gʻarbiy oʻng qirgʻoq tarmogʻigacha;
gʻarbiy tomondan — shimoliy yoʻnalishdagi “Oʻrunboy” kanalining oʻng qirgʻoq tarmogʻi;
shimoliy va shimoli-gʻarbiy tomondan — “Oʻrunboy” kanalining oʻng qirgʻoq tarmogʻi boʻylab “Toshkent-Samarqand” temir yoʻligacha.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 151-modda; 2017-y., 12-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 06/18/5412/1061-son, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)