1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-son Farmoniga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi hamda quyidagilar uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilanganligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlarga mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma hisobidan subsidiya ajratish boʻyicha tartib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi. Bunda ushbu mablagʻlar boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash uchun ajratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi. Bunda ushbu mablagʻlar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiyalash uchun ajratilishi hamda ushbu subsidiyalar har oyda keyingi oyning 20-sanasiga qadar hisobot oyida tushgan mablagʻlar hisobidan eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamgʻarmaga 25 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashga begʻaraz ajratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi zarur boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda respublika budjetidan Jamgʻarmaga qoʻshimcha ravishda 250 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni (boʻyalgan trikotaj matodan tashqari) olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSH dollari, 2023-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSH dollari miqdorida yigʻim undirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tashkilotlarida xomashyoni chuqur qayta ishlash hisobidan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ularning eksportini yanada ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarkibidagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini yanada ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda mahsulotlar eksportini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarkibidagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tuzilmasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, 8 shtat birligidan iborat Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligida maxsus gʻazna hisobvaraqlari ochilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
556-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarkibidagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarkibida tashkil etilgan Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tarkibida respublikadagi mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan maxsus gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2022-yilda 250 mlrd soʻmgacha miqdorda ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi (TIF TN kodi 5106, 5202-5207, 5307-5308) va trikotaj matoni (TIF TN kodi 60, boʻyalgan trikotaj matodan tashqari) olib chiqishda, 2022-yil 1-fevraldan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSH dollari, 2023-yil 1-yanvardan 0,1 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan 0,2 AQSH dollari miqdoridagi yigʻimning ip-kalava boʻyicha 95 foizi va trikotaj mato boʻyicha 100 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmada boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi, trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratadigan mablagʻlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlarga mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda hisobot oyida tushgan mablagʻlar hisobidan subsidiya ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarmadan mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maqsadlarga mablagʻlar haqiqatda kelib tushgan mablagʻlar miqdori asosida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlikning Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijro etuvchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi, trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratadigan mablagʻlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foiz qismi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiyalashni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha prognozni va hisobot balanslarini belgilangan tartibda shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini ijro etish boʻyicha hisob va hisobot yuritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma moliya hisobotining ishonchliligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik Agentlikka yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlarni har oy yakuni boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi belgilangan tartibda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va chet el valyutasida jamgʻarib boriladigan gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma hisobidan subsidiyalash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar — boʻyalgan mato va/yoki aralash gazlama va/yoki boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshirilgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qaytarmaslik sharti bilan Jamgʻarma hisobidan ajratiladigan mablagʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchilar — boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshiradigan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalar — boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarishda ishlatiladigan, avval ishlatilmagan, ishlab chiqarish muddati “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kungacha uch yildan oshmagan uskunalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya ajratish shartlari

3. Subsidiya loyihalarni amalga oshirgan tashkilotlarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalar qiymatiga yetkazib berish hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlar xarajatlari kiritilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida amalga oshirilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda amalga oshirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash boʻyicha subsidiya oluvchilarning arizalari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Subsidiya olish uchun subsidiya oluvchilar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq toʻldirilgan ariza va anketa;

xarid qilingan uskunalar, ularning yetkazib berish hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlar xarajati kiritilmagan holdagi qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar va toʻlov hujjatlari nusxalari;

uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (xarid shartnomalari, uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari, bojxona deklaratsiyasi);

loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya oluvchidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya oluvchi tomonidan subsidiya olish uchun ariza va tegishli hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida subsidiya oluvchi uning roziligi asosida elektron shaklda xabardor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Subsidiya olish uchun ariza Agentlikka subsidiya oluvchi tomonidan bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan holatlarda ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Subsidiya olish uchun ariza Agentlikka subsidiya oluvchi tomonidan pochta yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa, Agentlik tomonidan 3 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchiga hujjatlar tegishli javob xati bilan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan arizalar Agentlik tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqilib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga 1 ish kuni mobaynida yuboriladi va ular tomonidan 7 ish kuni davomida subsidiya ajratish yuzasidan ushbu Nizom talablariga mos kelishi boʻyicha tegishli xulosa taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik tomonidan 1 ish kuni mobaynida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining xulosalari asosida subsidiya ajratish boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiya ajratishni rad etish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchilar va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom 3-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilmagan asoslarga koʻra subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarorni (xulosani) olgandan soʻng rad etish asoslarini bartaraf etgan holda, subsidiya olish uchun Agentlikka ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarordan (xulosadan) norozi boʻlgan taqdirda, sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Subsidiya toʻlovlarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya xarajatlari Jamgʻarmaga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan hamda paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi hisobidan Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlardan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamgʻarmaga 25 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni toʻliq bir marta begʻaraz ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Moliya vazirligi paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizini Agentlikka ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agentlik subsidiyani Jamgʻarmaga shu maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar subsidiya oluvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalar xarajatlari uchun subsidiya milliy valyutada ajratiladi. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalarning milliy valyutadagi qiymati uskunalarning bojxonada “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursi boʻyicha hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Subsidiya ajratish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.

Subsidiya oluvchi taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Agentlikning Jamgʻarma mablagʻlaridan subsidiya ajratish faoliyatini monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning IX bobi (Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Subsidiya oluvchi
Agentlikka subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilgan holda murojaat qiladi:
ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq toʻldirilgan ariza va anketa;
xarid qilingan uskunalar, ularning yetkazib berish hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlar xarajati kiritilmagan holdagi qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar va toʻlov hujjatlari nusxalari;
uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (xarid shartnomalari, uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari, bojxona deklaratsiyasi);
loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.
Loyiha ishga tushgandan keyin subsidiya oluvchining ixtiyoriga koʻra
2-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Koʻrib chiqilgan hujjatlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga yuboradi hamda ular tomonidan subsidiya ajratish yuzasidan tegishli xulosa oladi.
7 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining xulosalari asosida subsidiya ajratish boʻyicha qaror qabul qiladi.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Subsidiya oluvchilarning bankdagi hisobvaragʻiga tegishli subsidiyani oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ___________________________ dan
Ariza
__________________________________ (subsidiya oluvchi nomi) (loyiha yoʻnalishi: boʻyalgan mato, aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish) loyiha(si)lari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini kompensatsiya qilib berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli subsidiyani ________________________ bankidagi ___________________________ hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
1. Anketa;
2. (Nizomga muvofiq ilova qilinadigan boshqa hujjatlar nomi koʻrsatiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anketa
1.
Yuridik shaxsning toʻliq nomi:
2.
Joylashgan joyi:
(pochta manzili)
3.
STIR raqami:
4.
Bank rekvizitlari:
(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)
5.
Tashkilot rahbari (F.I.O.)
6.
Telefon raqami:
7.
Elektron pochta manzili:
8.
Tashkilot tashkil topgan yil:
9.
Tashkilotda ishlovchilar soni:
10.
Oʻrnatilgan asbob-uskunalarning yillik ishlab chiqarish quvvati — mahsulot turlari boʻyicha: (miqdori):
1.
2.
...
11.
Amalga oshirilgan loyiha yoʻnalishi (boʻyalgan mato, aralash yoki boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish)
12.
Loyiha amalga oshirilgan sana
13.
Asbob-uskunalar qiymati
14.
Asbob-uskunalar xaridi boʻyicha shartnoma va toʻlov hujjatlari (sanasi va raqami)
15.
Asbob-uskunalar nomi, uni ishlab chiqargan davlat
16.
Asbob-uskunalar ishlab chiqarilgan sana
17.
Asbob-uskunalar import qilingan sana
18.
Loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi (sanasi va raqami)
____________ rahbari
__________________
(F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu nizom Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarkibidagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda qaytarmaslik sharti bilan Jamgʻarma hisobidan ajratiladigan mablagʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchilar — tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya ajratish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiya ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya toʻlovlarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiya ajratish uchun Agentlik Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlari asosida hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyi davomida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan tashkilotlarning eksport miqdorlari, STIRi, bank maʼlumotlari va hisobvaraqlari koʻrsatilgan roʻyxatini tayyorlaydi. Bunda mahsulotlar AQSH dollaridan boshqa turdagi valyutada eksport qilingan boʻlsa, uning miqdori keyingi oyning 1-sanasida Markaziy bankning valyutalar kursi boʻyicha AQSH dollari ekvivalentiga oʻtkazish yoʻli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Agentlik amalga oshirilgan eksport hajmlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidagi maʼlumotlar asosida oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik tomonidan oʻrganishlar natijasi boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan 18-sanasiga qadar Jamgʻarmaga hisobot oyida kelib tushgan mablagʻlar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida teng ulushda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik tomonidan taqsimot boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar subsidiya har bir tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi boʻyicha Jamgʻarmaga hisobot oyida kelib tushgan mablagʻlar hisobidan eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar

8. Subsidiya ajratish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan tashkilotlarning eksport miqdorlari, STIRi, bank maʼlumotlari va hisobvaraqlari koʻrsatilgan roʻyxatini tayyorlaydi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar
2-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlarni tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida teng ulushda taqsimlaydi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan 18-sanasiga qadar
3-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Subsidiyani har bir tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar
4-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Subsidiya ajratilishi yuzasidan hisobotlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom paxta tolasini birja savdolarida mahalliy isteʼmolchilarga sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — paxta tolasini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, chet eldan import hisobidan sotish uchun olib keluvchi va birja savdolari orqali sotuvchi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika toʻqimachilik korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimi — birja savdolarining natijasi boʻyicha tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diler — birja bitimlarini oʻz nomidan va hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
treyder — birja aʼzosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja aʼzosi xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BSET) — birja aʼzolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini oʻz ichiga olgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi oʻrinlarda — bitim) boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan summa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birja savdolarida paxta tolasi uni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, paxta tolasini ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika korxonalari birja savdolarida paxta tolasi xaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham xaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan xaridorlar savdolarga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish yoʻli bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda oʻn kun mobaynida beriladi va bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyalarni olgandan soʻng korxonaning ishlab chiqarish quvvati oʻzgargan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklariga besh ish kuni ichida xabar berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin ular olingunga qadar xaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qoʻyilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tavsiyalar oʻz vaqtida berilmaganligi yoki noxolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Paxta tolasi birja savdolarida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, birja savdolariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxta tolasini sotuvchi tashkilotlar oʻz ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga oʻzlari mustaqil ravishda qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Paxta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paxta tolasining joylashuvi, lot miqdori, navi, tipi, klassi majburiy tarzda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari qoidalari birja, birja aʼzolari, sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toʻlangan avans summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha sotuvchi va xaridorlarni savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish BSET tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotuvga qoʻyish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji boʻlgan korxonalarga ham sotib olish imkoniyatini yaratish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda lotlar 1 tonnadan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahsulotning boshlangʻich narxlarini hamda birja savdolari qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish mexanizmini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bazaviy sifatli (“Birinchi” nav, “Oʻrta” klassli, 4 tip) paxta tolasi uchun boshlangʻich narx har kuni sotuvchi tomonidan Nyu-York tovar birjasining birjada navbatdagi savdolardan oldingi kundagi eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan narxda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlangʻich narx Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar birja savdolaridan oldingi kundagi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sotuvchi va xaridor HKKPdagi oʻzlarining shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — savdolarga qoʻyiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — birja bitimining moʻljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xaridorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada avans bilan taʼminlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini tekshirish va mahsulotni xarid qilish boʻyicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paxta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Birja savdolari qoidalariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi birja tomonidan birja bitimini elektron roʻyxatga olish kunida uni bajarish uchun birja aʼzolariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xaridor besh ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobraqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan shartlarida yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi tovarni yetkazib berish boʻyicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan soʻng sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xaridorga mahsulotni topshirish-qabul qilish (yuklab joʻnatish) birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP xizmat koʻrsatish jarayonida paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan ularga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan xaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini birja savdolarida sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari
Xaridor murojaatiga asosan paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida tavsiya beradi.
Oʻn kun mobaynida
2-bosqich
Xaridor
Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisidagi tavsiyani birjaga taqdim etadi.
Zaruriyatga koʻra
3-bosqich
Sotuvchi, xaridor, birja
Sotuvchi (xaridor) bilan birja oʻrtasida mustaqil shartnoma tuzadi.
Birja savdolarida ishtirok etishdan avval
4-bosqich
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
Paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni rasmiy veb-saytga joylashtiradi.
Har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar
5-bosqich
Sotuvchi
Oʻz ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga mustaqil ravishda qoʻyadi.
Birja savdolarida ishtirok etishdan avval
6-bosqich
Sotuvchi, xaridor
Hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida zakalat pullarini kiritadi.
Birja savdolarida ishtirok etishdan avval
7-bosqich
Sotuvchi, xaridor
Birjada avans bilan taʼminlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzadi.
Birja savdolari vaqtida
8-bosqich
Xaridor
Birjaning depozit hisob-raqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazadi.
Besh ish kuni mobaynida
9-bosqich
Birja
Hisob-kitob-kliring palatasi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuboradi.
Bir ish kuni
10-bosqich
Sotuvchi
Hisob-kitob-kliring palatasidan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.
Birja bitimi shartlari asosida
11-bosqich
Sotuvchi, xaridor
Sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
Birja bitimi shartlari bajarilgandan soʻng
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish”;

7-bandga quyidagi mazmundagi “m)” kichik bandi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“m) boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismiga subsidiya ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshidagi “75 foizi” soʻzlari “5 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “75 foizi” soʻzlari “5 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ilovaning 5-bobiga quyidagi mazmundagi 26-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlar boʻyicha monitoring Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEAT) maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring natijalariga koʻra, paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda belgilangan miqdordagi yigʻimlarni toʻlamagan eksport qiluvchi tashkilotlar (shartnoma tuzuvchilar) aniqlangan taqdirda, ushbu tashkilotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan TSOYAEATda real vaqt rejimida yangilanib boruvchi “Yigʻim toʻlamagan tashkilotlar” reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan tashkilotlarga mavjud qarzdorligini toʻliq bartaraf etmaguniga qadar paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni eksport qilishiga ruxsat berilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilovaning “26.” bandi — “27.” bandi deb hisoblansin.