23.02.2021 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoni va “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari tashkilotlariga Jamg‘armadan mablag‘ ajratish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan tegishli hisobvaraqda jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma mablag‘lari qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan shakllantiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘armaning mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — soha tashkiloti) xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soha tashkilotlarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan, ularni xorijga o‘qish uchun yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Uyushmaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini saqlash va moddiy rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Uyushma a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilangan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘armadan mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan yo‘nalishlarga mablag‘lar ajratish tasdiqlangan xarajatlar smetasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Uyushma tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan soha tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar bo‘yicha xarajatlarini qoplash Uyushma ta’sischilari umumiy yig‘ilishi bilan tasdiqlanadigan ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soha tashkilotlariga Jamg‘armadan mablag‘ ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soha tashkilotlariga Jamg‘armadan mablag‘ ajratish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soha tashkilotlari mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun Uyushmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat etuvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank bo‘linmasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, elektron pochta manzili, STIR ko‘rsatilgan ariza varag‘i;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish zarurligini tegishli hujjatlar (mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishiga qarab) bilan asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha tashkilotlarining oxirgi hisobot davri uchun, jumladan, barcha ilovalari bilan birgalikda buxgalteriya hisobotining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 4-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida mablag‘lar ajratish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda loyihaning biznes-rejasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi soha tashkilotlari mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha soha tashkilotlarni xarajatlarining 50 foizi miqdoridagi qismi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘armadan mablag‘ ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qaror soha tashkilotlarining arizasi olingan kundan boshlab 10 ish kunidan, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar 30 ish kunidan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soha tashkilotlarining Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun taqdim etilgan va mazkur Nizom talablariga mos keladigan hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uyushma Jamg‘arma mablag‘larini olish uchun soha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, agar buyurtmanoma Jamg‘armaning maqsad va vazifalariga mos kelmasa, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish tavakkalchiligi mavjud bo‘lsa va loyihaning maqsadga muvofiqligi hamda iqtisodiy samaradorligi yetarlicha asoslanmagan bo‘lsa, mablag‘larni ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Uyushma boshqaruvi tomonidan Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin 1 ish kuni ichida ariza beruvchini xabardor qiladi va belgilangan mablag‘ soha tashkilotlari arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga 3 ish kuni ichida o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi soha tashkilotlari ushbu Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tadbirlar amalga oshirilganidan so‘ng tasdiqlovchi hujjatlarni 15 ish kuni ichida Uyushmaga taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soha tashkilotlarida o‘zlashtirilmasdan qolgan mablag‘ hamda ajratilgan yo‘nalishdan boshqa maqsadlarga sarflangan mablag‘ to‘liq hajmda soha tashkilotlari tomonidan Uyushmaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va unga o‘zgartirishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Istiqboldagi vazifalarni sifatli amalga oshirish va mablag‘lardan foydalanishning maqsadli hamda manzilli bo‘lishini ta’minlash uchun har moliya yili uchun Jamg‘arma mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetasi (keyingi o‘rinlarda — smeta) tuziladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Smeta loyihasi yil boshidagi Jamg‘arma mablag‘lari qoldig‘i, kelgusi yil mobaynida alohida hisobvaraqqa tushishi kutilayotgan mablag‘lar va istiqboldagi vazifalardan kelib chiqqan holda Uyushma tomonidan tuziladi. Smetaning daromadlar va xarajatlar qismi balanslashtirilgan bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Smetaning daromadlar qismi moliya yili boshiga Jamg‘arma mablag‘lari qoldig‘i hamda kelgusi yilda tushishi kutilayotgan mablag‘lar prognozi ko‘rsatkichlaridan tarkib topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Smetaning xarajatlar qismi mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hisob-kitoblar, shuningdek, to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlaridan tayyor mahsulotlargacha bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati bilan ta’minlangan soha tashkilotlari hamda Uyushma ustaviga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi soha tashkilotlarining asosli hisob-kitoblari bilan taqdim qilinadigan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun arizalar asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kelgusi yil uchun mo‘ljallangan smeta loyihasi joriy moliya yilining 1-dekabridan kechikmasdan Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishiga ko‘rib chiqish va kelishish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Smeta loyihasi bo‘yicha Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan taklif va e’tirozlar bildirilgan taqdirda, smeta loyihasi qayta ishlanadi va tasdiqlash uchun Uyushma boshqaruviga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Smeta loyihasi har moliya yilining 25-dekabriga qadar Uyushma boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Moliya yili mobaynida Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi bilan kelishgan holda smetaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Moliya yili davomida foydalanilmagan (o‘zlashtirilmagan) Jamg‘arma mablag‘lari kelgusi moliya yiliga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamg‘arma mablag‘lari harakati va ulardan foydalanilishi hisobi Uyushma tomonidan alohida yuritiladi va yillik hisobotlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazorat Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Uyushma hisobot davridan keyingi oyning 15-kuniga qadar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotni Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soha tashkilotlariga Jamg‘armadan mablag‘ ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Ijro muddati

I-bosqich

Soha tashkilotlari

Xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga Jamg‘armadan mablag‘lar olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.

Zarur bo‘lganda

II-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi

1. Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun soha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tahlil etish va ko‘rib chiqish.

2. Hujjatlar bo‘yicha moliyalashtirish (qoplash) yoki Jamg‘armadan mablag‘lar ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish 30 ish kuni ichida

III-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi

Soha tashkilotlariga qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabarnoma yuborish.

Uyushma boshqaruvining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng 1 ish kuni ichida

IV-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi

Soha tashkilotlari arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga Jamg‘armadan mablag‘lar o‘tkazish.

Xabarnoma olingandan so‘ng 3 ish kuni ichida

V-bosqich

Soha tashkilotlari

Soha tashkilotlari tomonidan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Uyushmaga taqdim etish.

Tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2021-y., 09/21/93/0141-son; 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)