30.09.2022 yildagi 556-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni bilan To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablag‘lari, bojxona boji, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlardan shakllanadigan mablag‘larini ularning manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini saqlab qolgan holda, qoldiq mablag‘lari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida hisobvarag‘i yuritiladigan Tarmoqlarni ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini yanada rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
556-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga
2-ILOVA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma hisobidan subsidiyalash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar — bo‘yalgan mato va/yoki aralash gazlama va/yoki bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qaytarmaslik sharti bilan Jamg‘arma hisobidan ajratiladigan mablag‘;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchilar — bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshiradigan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalar — bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarishda ishlatiladigan, avval ishlatilmagan, ishlab chiqarish muddati “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kungacha uch yildan oshmagan uskunalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya ajratish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya loyihalarni amalga oshirgan tashkilotlarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar import qiymatining (Bojxona yuk deklaratsiyasining 42-grafasi) 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida amalga oshirilgan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskuna loyihani amalga oshirgan korxona tomonidan import subsidiya oluvchi korxona “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zo bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilgan bo‘lishi lozim (Bunda uskunalar 2022-yil 1-fevraldan oldin “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi mumkin, biroq uskunalar 2022-yil 1-fevraldan keyin foydalanishga topshirilgan bo‘lishi lozim).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash bo‘yicha subsidiya oluvchilarning arizalari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Subsidiya olish uchun subsidiya oluvchilar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq to‘ldirilgan ariza va anketa;

xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);

loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya oluvchidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya oluvchi tomonidan subsidiya olish uchun ariza va tegishli hujjatlar Kompaniyaning elektron platformasi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida subsidiya oluvchi elektron shaklda xabardor qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizada subsidiya oluvchining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida elektron platforma orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tegishli hujjatlar Kompaniyaga subsidiya oluvchi tomonidan elektron platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgandan keyin ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlangan taqdirda, Kompaniya uch ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotga yetishmagan hujjatlar bilan birga qayta murojaat qilishi haqida elektron shaklda xabar yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan arizalar Kompaniya tomonidan 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, Savdo-sanoat palatasiga hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga 1 ish kuni mobaynida yuboriladi va ular tomonidan 7 ish kuni davomida subsidiya ajratish yuzasidan ushbu Nizom talablariga mos kelishi bo‘yicha tegishli xulosa taqdim qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining xulosalari asosida subsidiya ajratish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqib ijobiy qaror qabul qilingan arizalar bo‘yicha Kompaniya tomonidan bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya oluvchi tomonidan 30 ish kuni mobaynida Kompaniyaning bank hisobvarag‘iga to‘lov to‘lanmagan taqdirda, subsidiya ajratish bo‘yicha qabul qilingan ijobiy qaror ijrosiz qoldiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiya ajratishni rad etish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchilar va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom 3-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi qarorni (xulosani) olgandan so‘ng rad etish asoslarini bartaraf etgan holda, subsidiya olish uchun Kompaniyaga ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi qarordan (xulosadan) norozi bo‘lgan taqdirda, sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Subsidiya to‘lovlarini amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kompaniya subsidiya ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan kundan keyin 1 ish kuni ichida subsidiya ajratish bo‘yicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma yuboradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Savdo-sanoat palatasi Kompaniyaning buyurtmanomasiga asosan Jamg‘armaga shu maqsad uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalar xarajatlari uchun subsidiya milliy valyutada ajratiladi. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalarning milliy valyutadagi qiymati uskunalarning bojxonada “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursi bo‘yicha hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Subsidiya ajratish bo‘yicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya oluvchi taqdim qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Subsidiya oluvchi

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilgan holda murojaat qiladi:

ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq to‘ldirilgan ariza va anketa;

xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);

loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.

Loyiha ishga tushgandan keyin subsidiya oluvchining ixtiyoriga ko‘ra

2-bosqich

Kompaniya

Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Kompaniya

Ko‘rib chiqilgan hujjatlarni Savdo-sanoat palatasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga yuboradi hamda ularning subsidiya ajratish yuzasidan tegishli xulosasini oladi.

7 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Kompaniya

Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining xulosasi asosida subsidiya ajratish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Kompaniya

Subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi.

Subsidiya ajratish bo‘yicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma kiritadi.

1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Savdo-sanoat palatasi

Subsidiya oluvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga tegishli subsidiyani o‘tkazib beradi.

Buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab

3 ish kuni mobaynida

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga ___________________________ dan

Ariza

__________________________________ (subsidiya oluvchi nomi) (loyiha yo‘nalishi: bo‘yalgan mato, aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish) loyiha(si)lari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini kompensatsiya qilib berish masalasini ko‘rib chiqishingizni va tegishli subsidiyani ________________________ bankidagi ___________________________ hisobvarag‘iga o‘tkazib berishingizni so‘rayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:

1. Anketa;

2. (Nizomga muvofiq ilova qilinadigan boshqa hujjatlar nomi ko‘rsatiladi).

______________ rahbari

_________________________

(F.I.O.)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Anketa

1.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

3.

STIR raqami:

4.

Bank rekvizitlari:

(bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i)

5.

Tashkilot rahbari (F.I.O.)

6.

Telefon raqami:

7.

Elektron pochta manzili:

8.

Tashkilot tashkil topgan yil:

9.

Tashkilotda ishlovchilar soni:

10.

O‘rnatilgan asbob-uskunalarning yillik ishlab chiqarish quvvati — mahsulot turlari bo‘yicha: (miqdori):

1.

2.

...

11.

Amalga oshirilgan loyiha yo‘nalishi (bo‘yalgan mato, aralash yoki bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish)

12.

Loyiha amalga oshirilgan sana

13.

Asbob-uskunalar qiymati

14.

Asbob-uskunalar xaridi bo‘yicha shartnoma va to‘lov hujjatlari (sanasi va raqami)

15.

Asbob-uskunalar nomi, uni ishlab chiqargan davlat

16.

Asbob-uskunalar ishlab chiqarilgan sana

17.

Asbob-uskunalar import qilingan sana

18.

Loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi (sanasi va raqami)

____________ rahbari

__________________

(F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom paxta tolasini birja savdolarida mahalliy iste’molchilarga sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — paxta tolasini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, chet eldan import hisobidan sotish uchun olib keluvchi va birja savdolari orqali sotuvchi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lgan respublika to‘qimachilik korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, o‘z mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimi — birja savdolarining natijasi bo‘yicha tuzilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diler — birja bitimlarini o‘z nomidan va hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs, birja a’zosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirig‘iga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs, birja a’zosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
treyder — birja a’zosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja a’zosi xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — BSET) — birja a’zolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini o‘z ichiga olgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi o‘rinlarda — bitim) bo‘yicha kliring, hisob-kitob va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlovchi birjaning tarkibiy bo‘linmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga oladigan summa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birja savdolarida paxta tolasi uni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, paxta tolasini ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lgan respublika korxonalari birja savdolarida paxta tolasi xaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, o‘z mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham xaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi to‘g‘risida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan xaridorlar savdolarga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rganish yo‘li bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda o‘n kun mobaynida beriladi va bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyalarni olgandan so‘ng korxonaning ishlab chiqarish quvvati o‘zgargan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklariga besh ish kuni ichida xabar berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyalarni berish muddati tamom bo‘lgandan keyin ular olingunga qadar xaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qo‘yilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tavsiyalar o‘z vaqtida berilmaganligi yoki noxolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Paxta tolasi birja savdolarida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, birja savdolariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxta tolasini sotuvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga o‘zlari mustaqil ravishda qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Paxta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paxta tolasining joylashuvi, lot miqdori, navi, tipi, klassi majburiy tarzda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari qoidalari birja, birja a’zolari, sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. To‘langan avans summasiga muvofiq har bir savdo bo‘yicha sotuvchi va xaridorlarni savdolarga qo‘yish va ulardan chetlatish, birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish BSET tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotuvga qo‘yish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji bo‘lgan korxonalarga ham sotib olish imkoniyatini yaratish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda lotlar 1 tonnadan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahsulotning boshlang‘ich narxlarini hamda birja savdolari qatnashchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab jo‘natish mexanizmini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bazaviy sifatli (“Birinchi” nav, “O‘rta” klassli, 4 tip) paxta tolasi uchun boshlang‘ich narx har kuni sotuvchi tomonidan Nyu-York tovar birjasining birjada navbatdagi savdolardan oldingi kundagi eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan narxda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlang‘ich narx Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qo‘llangan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi har birja savdolari o‘tkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar birja savdolaridan oldingi kundagi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sotuvchi va xaridor HKKPdagi o‘zlarining shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — savdolarga qo‘yiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — birja bitimining mo‘ljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xaridorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada avans bilan ta’minlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini tekshirish va mahsulotni xarid qilish bo‘yicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paxta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Birja savdolari qoidalariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi birja tomonidan birja bitimini elektron ro‘yxatga olish kunida uni bajarish uchun birja a’zolariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xaridor besh ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobraqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablag‘lar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaxsiy kabinetiga to‘langan bitimlar to‘g‘risidagi reyestrni yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan to‘lov to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan shartlarida yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi tovarni yetkazib berish bo‘yicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan so‘ng sotuvchi va xaridor ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja bitimi bo‘yicha mahsulotni topshirish-qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xaridorga mahsulotni topshirish-qabul qilish (yuklab jo‘natish) birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP xizmat ko‘rsatish jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan ularga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan xaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini birja savdolarida sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Xaridor murojaatiga asosan paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi to‘g‘risida tavsiya beradi.

O‘n kun mobaynida

2-bosqich

Xaridor

Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi to‘g‘risidagi tavsiyani birjaga taqdim etadi.

Zaruriyatga ko‘ra

3-bosqich

Sotuvchi, xaridor, birja

Sotuvchi (xaridor) bilan birja o‘rtasida mustaqil shartnoma tuzadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

4-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

Paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotni rasmiy veb-saytga joylashtiradi.

Har birja savdolari o‘tkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar

5-bosqich

Sotuvchi

O‘z ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga mustaqil ravishda qo‘yadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

6-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida zakalat pullarini kiritadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

7-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Birjada avans bilan ta’minlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzadi.

Birja savdolari vaqtida

8-bosqich

Xaridor

Birjaning depozit hisob-raqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazadi.

Besh ish kuni mobaynida

9-bosqich

Birja

Hisob-kitob-kliring palatasi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablag‘lar tushgandan keyin sotuvchining shaxsiy kabinetiga to‘langan bitimlar to‘g‘risidagi reyestrni yuboradi.

Bir ish kuni

10-bosqich

Sotuvchi

Hisob-kitob-kliring palatasidan sotib oluvchi tomonidan oldindan to‘lov to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.

Birja bitimi shartlari asosida

11-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Sotuvchi va xaridor ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja bitimi bo‘yicha mahsulotni topshirish-qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi.

Birja bitimi shartlari bajarilgandan so‘ng

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish”;

6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

7-bandga quyidagi mazmundagi “m)” kichik bandi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“m) bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismiga subsidiya ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “75 foizi” so‘zlari “5 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ilovaning 5-bobiga quyidagi mazmundagi 26-band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yig‘imlar bo‘yicha monitoring Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — TSOYAEAT) ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring natijalariga ko‘ra, paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda belgilangan miqdordagi yig‘imlarni to‘lamagan eksport qiluvchi tashkilotlar (shartnoma tuzuvchilar) aniqlangan taqdirda, ushbu tashkilotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan TSOYAEATda real vaqt rejimida yangilanib boruvchi “Yig‘im to‘lamagan tashkilotlar” reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan tashkilotlarga mavjud qarzdorligini to‘liq bartaraf etmaguniga qadar paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni eksport qilishiga ruxsat berilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilovaning “26.” bandi — “27.” bandi deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son; 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)