Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonunchilikni tizimlashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-30-son, 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son, 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-187-son qarori hamda 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-279-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-avgust,
PF-214-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4732-son Farmoniga 1-ilovaning 14-pozitsiyasi “Tayanch oliy oʻquv yurti nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmonida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
b) 5-ilovaning 66-pozitsiyasi “Bino va inshootlari beriladigan oliy taʼlim muassasalari nomi” ustunidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-ilovaning 54, 56 va 60-pozitsiyalari “Bino va inshootlari beriladigan oliy taʼlim muassasalari nomi” ustunidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6159-son Farmoniga 2-ilovaning 29-bandidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1761-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni 34-pozitsiyasi “Visshiye obrazovatelnie uchrejdeniya” ustunidagi “Tashkentskiy institut injenerov irrigatsii i mexanizatsii selskogo xozyaystva” soʻzlari “Natsionalniy issledovatelskiy universitet “Tashkentskiy institut injenerov irrigatsii i mexanizatsii selskogo xozyaystva” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-son qaroriga 2-ilovada:
a) 45-pozitsiyada “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 49-pozitsiyada “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qaroriga 2-ilovaning 9-pozitsiyasidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4410-son qaroriga 5-ilovada:
a) 3 va 8-pozitsiyalarning “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali” soʻzlari “Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9 va 11-pozitsiyalarning “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari ““Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4850-son qaroriga 2-ilovaning IV boʻlimidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4512-son qarorida:
a) 10-banddagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son qaroriga 2-ilovaning 7-pozitsiyasidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4996-son qaroriga 6-ilovaning 11-bandidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5032-son qarorida:
a) 5-ilovaning 7-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovaning 19-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasalari nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5055-son qaroriga 13-ilovada:
a) 9, 25, 29, 30-pozitsiyalarning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “TIQXMMI” qisqartmasi “TIQXMMIMTU” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) 30-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) izohdagi “TIQXMMI — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “TIQXMMIMTU — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5211-son qarorining 3-bandi “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5241-son qaroriga 2-ilovada:
a) 1, 31, 106 va 125-pozitsiyalari “Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 19, 66 va 151-pozitsiyalari “Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son qarorida:
a) 1-ilovada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
S.U. Umurzakov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Boshqaruv kengashi raisi |
”; |
beshinchi xatboshidagi “J.A. Xodjayev” soʻzi “A.B. Voitov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh: zarur hollarda, Boshqaruv kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”;
b) 2-ilovaning 38-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “2. Zamonaviy uchuvchisiz dron apparatlaridan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berish” soʻzlari “2. Zamonaviy uchuvchisiz dron apparatlaridan belgilangan tartibda foydalanish va saqlashga ruxsat berish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-fevraldagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshisidagi “toʻrt oy muddatda” soʻzlari “2022-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oʻquvchilari va talabalarining har yilgi qishki taʼtili toʻgʻrisida”gi PF-517-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5069-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi “g” kichik bandi va 5-bandi “b” kichik bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5083-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5190-son Farmoniga ilovaning 5 va 6-bandlari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5204-son Farmoniga ilovaning 39-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5370-son Farmoniga 1-ilovaning 15-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5733-son Farmoniga 1-ilovaning 9-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5983-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3-son Farmoniga ilovaning 30-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-98-son Farmoniga ilovaning 8-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi “Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1771-son qarorining 5-bandi hamda qarorga 2-ilova.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-2071-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-sentabrdagi “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2228-son qarorining 3-bandi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3003-son qarorining 2 va 7-bandlari hamda qarorga 5-ilova.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3153-son qarorining 6 va 19-bandlari hamda qarorga 2 va 4-ilovalar.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3702-son qarorining 2 — 4, 11-bandlari hamda qarorga 1 — 4-ilovalar.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “2019 — 2023-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4358-son qarorining 12-bandi hamda qarorga 12 va 13-ilovalar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)