Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026 03.12.2021 yildagi PQ-30-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya va konchilik tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oʻquv jarayoniga oʻqitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, hududlarda zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni bosqichma-bosqich qondirib borish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya va konchilik tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish, Institut professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha tahsil olishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etish, ochiq axborot-taʼlim muhitini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, taʼlim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun grantlar jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilga qadar Termiz muhandislik-texnologiya institutini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz muhandislik-texnologiya institutini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Institutda oʻqishni davom ettiradi hamda ularga oʻqish yakuni boʻyicha Institut diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashgʻulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatish, shuningdek, taqdim etiladigan xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaffoflik tamoyillari asosida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maosh hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilarni oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha bajargan ishlarining natijasi boʻyicha ragʻbatlantirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni tanlov asosida ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida katta ilmiy va amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish chorasini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Institutning ixtisoslashgan fakultet va kafedralarini mos yoʻnalishlari boʻyicha davlat ulushiga ega yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023-yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Institut uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash ishlarini har yilgi Investitsiya dasturida sohaga ajratilgan limitlar doirasida amalga oshirish yuzasidan takliflarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Surxondaryo viloyati hokimligi Institut faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Institutga yaqin hududda joylashgan koʻp qavatli uy-joylardan xizmat uylarini Institutga tekin foydalanish huquqi asosida ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institut faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 288 “a”-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3101-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Institutning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-30-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-30-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilga qadar Termiz muhandislik-texnologiya institutini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish metodlarini joriy etish

1.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash.

1. Institut ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Institut tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

-

2021-yil dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2.

Ish beruvchi va kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida oʻquv-metodik hujjatlarni muntazam takomillashtirib borish.

1. Oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish orqali takomillashtirib borish.

-

Doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari salmogʻini oshirib borish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich

3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari va xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.

Doimiy

3.

Taʼlim va iqtisodiyot tarmoqlari integratsiyasini taʼminlash.

1. Ish beruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, taʼlimni tashkil etishda ularning takliflaridan keng foydalanish.

2. Talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish uchun kadrlar isteʼmolchilari bilan hamkorlikda metodik bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish.

3. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan korxona va tashkilotlarda tashkil etish.

-

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

4.

Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. Xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini oʻrganish va joriy etish choralarini koʻrish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yil iyun-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish.

Doimiy

5.

Institut professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Professor-oʻqituvchilarni nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga Institut professor-oʻqituvchilarini malaka oshirishga yuborish.

2. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

6.

Taʼlim jarayonini zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan toʻliq taʼminlash.

1. Fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlarini maqsadli rejalar asosida tayyorlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2022-yil mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.

Doimiy

7.

Talabalarga jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish.

1. Institutda sport musobaqalari doimiy oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

2. Institut rektori kubogini tashkil etish.

3. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbirlarni doimiy tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Institut

8.

Institutning oʻquv binolarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash.

1. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatini inobatga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar roʻyxatini shakllantirish.

Budjetdan ushbu maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2022-yil iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Institutni oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash.

Reja-jadvalga muvofiq

3. Institutga 2 ta, shu jumladan 1 ta biriktirilgan va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

2022-yil yanvar

II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy ishlarning natijadorligini taʼminlash va yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish

9.

Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish.

1. Yetakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2. Professor-oʻqituvchilarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirokini taʼminlash.

3. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyatiga oid talablarni qayta koʻrib chiqish, ularning, shu jumladan turli tashkilotlarda ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil etish.

4. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish choralarini koʻrish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yildan boshlab, doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

10.

Institutda olib borilayotgan amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.

1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

-

Doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

11.

Ilmiy va innovatsion faoliyat olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish.

1. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojini tahlil qilish.

3. Institut professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari salohiyatidan foydalanib, Institut tarkibida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishga koʻmaklashadigan tijorat hamda notijorat tashkilotlar tuzish.

-

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

12.

“Yosh muhandis-texnolog” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriya xonalarini tayyorlash va jihozlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yil aprel

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatlarini yaratish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

13.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish.

2. Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

-

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni ragʻbatlantirib borish.

Doimiy

III. Taʼlim, ilmiy va maʼmuriy faoliyatning yagona axborot makonini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish

14.

Institutning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Masofaviy taʼlim va kredit-modul tizimiga oʻtish uchun zarur axborot texnologiyalari jihozlari bilan taʼminlash.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

2021 — 2025-yillar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Institut

2. Institutdagi maʼruza, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini onlayn translyatsiya qilish hamda ularning sifatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi uskunalar bilan jihozlash.

2022-yil avgust

15.

Institutning taʼlim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Institutning barcha binolari, jumladan axborot-resurs markazi, oʻquv binolarida simsiz Wi-Fi tizimi orqali Internet jahon axborot tarmogʻidan keng foydalanish imkoniyatini taʼminlash.

2022-yil yanvar

3. Professor-oʻqituvchilar va talabalarda video, audio va animatsion materiallar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.

16.

Institut oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish.

1. Oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yil mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

2022-yil may

3. Institut taʼlim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:

oʻquv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan toʻliq jihozlash va har bir fakultetda maʼruza mashgʻulotlari uchun moʻljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish;

taʼlim jarayonini multimedia mahsulotlari bilan boyitish;

onlayn, vebinar texnologiyalari, “E-universitet” axborot tizimi va “E-minbar” dasturiy platformasini ishlab chiqish va joriy etish;

har bir talabani raqamli texnologiyalarga asoslangan ID-kartalar bilan taʼminlash va shu orqali taʼlim jarayonini nazorat qilish;

barcha oʻquv-metodik majmualarni “Moodle” va Institutning elektron kutubxona tizimiga kiritilishini taʼminlash.

2022-yil maydan boshlab, doimiy

4. Institutda oʻqitilayotgan barcha fanlar boʻyicha darsliklarining elektron bazasini shakllantirish va tizimga kiritish.

IV. Xalqaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassis va oʻqituvchilarni jalb qilish

17.

Xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish choralarini koʻrish.

2. Xorijiy hamkor Institutlar bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.

3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar mablagʻlarini jalb etish.

Xalqaro grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

18.

Institutda xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Institutda xalqaro talabalar anjumanlarini oʻtkazish va ularda xorijiy talabalar ishtirokini taʼminlash.

Xalqaro grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlar (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

19.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-30-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz muhandislik-texnologiya institutini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli koʻrsatkich

Yillar kesimida

Oʻsish koʻrsatkichi,

(2021-yilga nisbatan)

2021-yilning boshi

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

19,4

23

30

41

48

28,6 foiz

2.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

2

7

11

16

24

12 baravar

3.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

1

2

4

6

9

9 baravar

4.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

2

4

12

17

25

12,5 baravar

5.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

1

3

5

7

9

9 baravar

6.

Mustaqil izlanuvchilar soni

4

6

12

19

24

6 baravar

7.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

2

3

7

10

16

8 baravar

8.

Oʻquv qoʻllanmalari soni

2

4

15

23

29

14,5 baravar

9.

Monografiyalar soni

2

4

6

8

10

5 baravar

10.

Patentlar soni

1

2

3

4

5

5 baravar

11.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

11

20

41

72

100

9 baravar

12.

Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni

29

42

49

61

79

272,4 foiz

13.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni

0,2

0,6

1,0

1,4

2,0

10 baravar

14.

AKTga oid dasturlar va elektron bazalar uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar soni

8

15

26

32

40

5 baravar

15.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablagʻlar

(mlrd. soʻm hisobida)

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablagʻlar

-

0,25

0,8

1,4

2,3

230,0 foiz

16.

Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablagʻlar

-

0,35

0,5

1,3

2,0

200,0 foiz

17.

Sohalar buyurtmasi asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablagʻlar

0,025

0,5

1,0

2,3

3,5

140 baravar

18.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-oʻqituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuborish

4

7

11

18

25

6,2 baravar

19.

Institutga xorijiy olimlarning tashrifi (kamida 1 oyga)

-

3

8

15

25

25 baravar

20.

Xorijiy talabalar soni

4

25

50

110

180

45 baravar

21.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

-

25

40

70

120

120 baravar

22.

Institut professor-oʻqituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

3

10

21

35

56

18,6 baravar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-30-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-son qaroriga 2-ilovaning 31-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali” soʻzlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4410-son qaroriga 5-ilovaning 10-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5241-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 14-pozitsiyasi “Huzurida texnikumlar tashkil etilayotgan oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 139 va 140-pozitsiyalari “Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali”, “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 07/21/30/1125-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)