Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.08.2022 22.12.1992 yildagi PF-517-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.08.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻQUVChILARI VA TALABALARINING HAR YILGI QIShKI TAʼTILI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tugaydigan yilning oxirgi toʻrt kuni va yangi yilning birinchi oʻn kunligi davrida Oʻzbekiston Respublikasi oʻquvchilari va talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtilini oʻtkazish toʻgʻrisida Xalq taʼlimi vazirligi bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishki taʼtilni uyushqoqlik bilan oʻtkazish yuzasidan zarur choralarni koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunduzgi boʻlim talabalari va oʻquvchilarining doimiy istiqomat joylariga borib kelishlariga yordam bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼtil davrida maktablar va oliy oʻquv yurtlarining pedagogika sohasidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlasinlar, oʻquvchilar va talabalar bilan ishlashning darsdan tashqari faol usullarini, shuningdek pedagog xodimlar malakasini oshirishni, oliy oʻquv yurtining sohasiga muvofiq turli maslahat yordami berishni koʻzda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari pedagog jamoalar bilan birgalikda qishki taʼtil davrida yoshlar uchun jonajon oʻlkani, uning gʻoyat boy tarixiy merosini, madaniyati va milliy anʼanalarini oʻrganishni koʻzda tutuvchi tadbirlarni tashkil qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Avtomobil transporti vazirligi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi qishki taʼtil davrida oʻquv yurtlarining buyurtmalariga binoan kunduzgi boʻlimlarning talabalari va oʻquvchilariga yoʻl haqi chiptalarini 50 foizli chegirtma bilan sotishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-517-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 75-modda)