30.08.2022 yildagi PQ-366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat resurslari balansini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka keng jalb etish, shuningdek, norasmiy bandlikni kamaytirish boʻyicha taʼsirchan yangi mexanizmlarni joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish uchun shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil 1-noyabrdan boshlab 1-ilovada koʻrsatilgan 10 ta faoliyat turi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytiriladi;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab oʻzining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida 2-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda, ular rasmiy band boʻlgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qoʻshiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga ularga tegishli boʻlgan tomorqa yer uchastkasining maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qatʼi nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni toʻlashga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanayotgan fuqarolarning hisobini yuritish mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2022-yil 1-noyabrdan boshlab tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subyektlariga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum koʻchati va tok soʻrisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baliq chavoqlari, sunʼiy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur subsidiya bir nafar tomorqa yer uchastkasi egasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (M. Ubaydullayev) bilan birgalikda uch oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarga ruxsat etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab boʻlmagan umumiy qurilish va qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, boʻyoqchilik, suvoqchilik ishlari, gʻisht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni (keyingi oʻrinlarda — umumiy qurilish ishlari), shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun besh nafargacha xodimlarni yollashga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hokim yordamchilari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda umumiy qurilish ishlari bilan norasmiy shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarda qurilish sohasida ishlab, Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgan fuqarolarga yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan subsidiyalarni olishda koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-martga qadar bir martalik ishlarni bajaruvchi shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ular koʻp yigʻiladigan joylarda kunlik mehnat markazlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish hamda ushbu markazlarda band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarni koʻrsatish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qurilish vazirligi (B. Zakirov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida umumiy qurilish ishlariga yakka tartibdagi tadbirkorlarni keng jalb qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlarni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida bajariladigan umumiy qurilish ishlariga keng jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda mahallalarda norasmiy band boʻlgan fuqarolar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnomalar natijasida norasmiy bandlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlasin hamda ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida aniqlangan norasmiy bandlikni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili kamida 500 ming nafar norasmiy band boʻlgan shaxslarning faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirish boʻyicha zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2022-yil 1-noyabrdan mehnatga layoqatli aholini roʻyxatga olish va hisobini yuritish boʻyicha shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq quyidagilarning hisobi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarda faoliyat yuritayotgan shaxslarning — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisob-kitobi hamda davlat statistika hisobotlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular yollagan xodimlar, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklarida band boʻlganlar — Davlat soliq qoʻmitasining axborot bazasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandlar — “Hunarmand” uyushmasining axborot bazasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq toʻlanadigan jamoat ishlarida band boʻlganlar va kasb-hunarga oʻqiyotganlar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish uchun ketgan shaxslar — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “Labour migration” axborot tizimida hamda Ichki ishlar vazirligining axborot bazasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band boʻlgan fuqarolar — Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining axborot bazasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida band boʻlganlar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining axborot bazasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish kooperativlarida hamda kasanachilik (uy mehnati) bilan band boʻlganlar — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi axborot bazasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida pilla yetishtirish, ipak mato, qoʻlda ipak gilam toʻqish bilan shugʻullanuvchi hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi va koʻchati yetishtiruvchi shaxslar — “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi axborot bazasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar, tadbirkorlik subyektlariga yordam beruvchi oila aʼzolari hamda oilaviy korxonalarda band boʻlganlar — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi axborot bazasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydoni hamda Davlat soliq qoʻmitasining axborot bazasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining mazkur qarorning 7-bandida koʻrsatilgan axborot manbalari bilan integratsiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida jamlangan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi mehnat resurslari balansini shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining “Yoshlar daftari” platformasida “Bitiruvchilar bandligi” funksionalini joriy qilish va bu orqali umumiy oʻrta, professional hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining uch yil davomidagi bandlik holatini monitoring qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Yoshlar daftari” platformasining tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻz kelajagimga oʻzim investor” loyihasi doirasida 2023-2024-yillarda mehnat organlari tomonidan xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga koʻrsatiladigan xizmatlarning prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) hamda Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar bandligini taʼminlash, shu jumladan ularni doimiy va vaqtinchalik ishlarga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga oʻqitish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan subsidiyalarni ajratish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norasmiy mehnatning inson hayoti va sogʻligʻi, ijtimoiy xavfsizligi, ish qobiliyati saqlanishiga salbiy taʼsiri, ularda davlat pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqni beruvchi ish staji shakllanmasligi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻz kelajagimga oʻzim investor” loyihasi doirasida xorijdan qaytib kelgan va oʻz biznesini yoʻlga qoʻyib, samarali mehnat qilayotgan tadbirkorlar faoliyati toʻgʻrisida videoroliklar ishlab chiqilishi hamda ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilib borilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-366-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yoʻnalish nomi

1.

Uy hayvonlari (qoramol, qoʻy, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati

2.

Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati

3.

Rieltorlik xizmatini koʻrsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga koʻmaklashish)

4.

Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati

5.

Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar)

6.

Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash)

7.

Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash

8.

Yogʻoch mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni toʻqish

9.

Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va koʻchatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam toʻqish va sotish

10.

Kulolchilik

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida yuritiladigan qoʻshimcha faoliyat turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yoʻnalish nomi

1.

Chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki, ot va boshqalar)

2.

Issiqxona

3.

Parrandachilik (bedana, kurka, gʻoz, oʻrdak)

4.

Quyonchilik

5.

Asalarichilik

6.

Baliqchilik

7.

Bogʻdorchilik

8.

Limonchilik

9.

Gulchilik

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Norasmiy bandlikni tahlil qilish

1.

Norasmiy bandlikni oʻrganish va tahlil qilish vositalarini takomillashtirish.

1. Hududlarda doimiy ravishda norasmiy bandlik diagnostikasini oʻtkazish. Bunda:

mahallalarda norasmiy band boʻlgan fuqarolar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish;

soʻrovnomalar natijasida norasmiy bandlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash;

hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha norasmiy bandlik xaritasini yaratish;

aniqlangan norasmiy bandlikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish.

2. Har chorakda hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida norasmiy bandlikni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 — 2024-yillarda har chorakda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda norasmiy bandlikni tahlil qilish va kamaytirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.

Xalqaro mehnat tashkiloti, BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda jahon tajribasini oʻrgangan holda norasmiy bandlik masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish. Bunda:

sohada ilgʻor boʻlgan xalqaro ekspertlarni tadqiqotlar jarayoniga jalb etish;

norasmiy bandlikni kamaytirishda muvaffaqiyatga erishgan davlatlarning tajribalarini oʻrganish;

ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-2024-yillarda, har yili II chorakda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Iqtisodiy islohotlarning rasmiy bandlikni oshirishga taʼsirini tahlil qilish.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning rasmiy bandlikni oshirishga taʼsirini tahlil qilish, shu jumladan:

davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va energoresurslar narxlarini erkinlashtirish;

paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish hamda boʻshagan yer uchastkalarini aholiga ochiq tanlov asosida ijaraga berish;

tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratish jarayonlarini oʻrganish.

2023-2024-yillarda, har yili III chorakda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov),

Energetika vazirligi

(Sh. Xodjayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov),

Davlat mulkini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Norasmiy bandlikni qisqartirishni ragʻbatlantirish

4.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatini kengaytirish orqali norasmiy bandlik ulushini qisqartirish.

1. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida amalga oshirish mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini tahlil qilish.

2023-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

2. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatini kengaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

5.

Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish maqsadida shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini joriy etish.

1. Shaxsiy tomorqa yer uchastkalarda yuritiladigan faoliyat turlarini kengaytirish, shuningdek, tomorqa yer uchastkasida rasmiy band boʻlgan shaxs sifatida faoliyat yuritish uchun qonunchilikda mavjud boʻlgan talablarni soddalashtirish.

2022-yil noyabr

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(A. Xaitov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

2. Oʻzining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda, ularni rasmiy band boʻlgan aholi toifasiga kiritish va ushbu davr uchun ularga mehnat stajini hisoblash.

2023-yil yanvar

6.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollagan xodimlar uchun toʻlanadigan ijtimoiy soliq summasini kamaytirish.

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻzlari yollagan xodimlar uchun toʻlaydigan ijtimoiy soliq summasini oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorigacha kamaytirish.

2023-yil yanvar

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yaratilgan ish oʻrinlarning umumiy sonini 2 barobarga oshirish choralarini koʻrish.

2024-yil dekabr

7.

Mavsumiy ishlarda band boʻlgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Mavsumiy ishlarda band boʻlgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish va ularda:

mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlarida band boʻlganlar uchun brigadalar tashkil qilish va ular aʼzolarini oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazish;

brigada yetakchisiga har bir oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlashni nazarda tutish.

2022-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Xizmat koʻrsatish sohasida norasmiy band boʻlgan va keyinchalik oʻz faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan fuqarolarni ragʻbatlantirish boʻyicha taklif tayyorlash.

Xizmat koʻrsatish sohasida norasmiy band boʻlgan, keyinchalik oʻz faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan fuqaroga quyidagi imtiyozlarni joriy etish boʻyicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

oʻz faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirganidan soʻng 6 oy davomida ishlagan shaxslarga — kasb-hunarga oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqish yoki malakani tasdiqlovchi sertifikatni olish xarajatlarini toʻlab berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdorida;

oʻz faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirganidan soʻng 3 oy davomida ishlagan shaxslarga — maxsus kiyim va himoyalanish vositalarini sotib olish xarajatlarini qoplab berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish.

2022-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

9.

Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan hamda mehnatga haq toʻlash fondi miqdorini oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan ijtimoiy soliq summasining bir qismini qaytarish boʻyicha taklif tayyorlash.

Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan hamda mehnatga haq toʻlash fondi miqdorini oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarib berishni nazarda tutuvchi quyidagi imtiyozlarni joriy etish yuzasidan taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

yillik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorini oʻtgan yilga nisbatan 1 foizga oshirganda — oʻtgan yil davomida toʻlangan ijtimoiy soliq summasining 0,5 foizini;

yillik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorini oʻtgan yilga nisbatan 3 foizga oshirganda — oʻtgan yil davomida toʻlangan ijtimoiy soliq summasining 2 foizini;

yillik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorini oʻtgan yilga nisbatan 5 foizga oshirganda — oʻtgan yil davomida toʻlangan ijtimoiy soliq summasining 3,5 foizini;

yillik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorini oʻtgan yilga nisbatan 10 foizga oshirganda — oʻtgan yil davomida toʻlangan ijtimoiy soliq summasining 8 foizini qaytarish.

2023-yil mart

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

10.

Qishloq xoʻjaligi sohasida norasmiy band boʻlgan shaxslar faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirish boʻyicha taklif tayyorlash.

Qishloq xoʻjaligi sohasida norasmiy band boʻlgan shaxslar faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirish boʻyicha quyidagi takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar bilan 7 kundan 11 oygacha boʻlgan muddatda mavsumiy mehnat shartnomasini tuzish;

mavsumiy mehnat shartnomasini rasmiylashtirgan ishlovchilarning ijtimoiy soliq toʻlovini 2025-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz miqdorida belgilash.

2023-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

11.

Masofaviy ishlayotgan xodimlar (frilanser) uchun qulay sharoitlar yaratish.

Masofaviy ishlayotgan xodimlar uchun “freelancer.uz” elektron platformasini yaratish.

Bunda, elektron platformada buyurtmalar topish, kelishuvlar tuzish, kasbiy malakasini oshirish xizmatlari koʻrsatish imkoniyatlarini yaratib berish.

2023-yil aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

12.

Olis hududlardagi mahallalarda kunlik mehnat markazlarini tashkil etish.

Olis hududlardagi mahallalarda kunlik mehnat markazlarini tashkil etish. Bunda:

Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan markazlar uchun mini uskuna va inventarlarni (motokultivator, xashak maydalash mashinasi, avtoulovlarni yuvadigan karcher, koʻrpa qavish uskunasi, qandolatchilik pechlari, beton qorgich, payvandlash va metall kesish apparati va boshqa) sotib olish;

uskuna va inventarlarni ishsiz fuqarolarga imtiyozli ijaraga berish;

uskuna va inventarlar qiymati toʻliq toʻlanganda, ularni fuqarolarning ixtiyorida qoldirish;

markazlar tomonidan berilgan uskuna va inventarlarni ishlatuvchi shaxslarni vaqtinchalik band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatga olish.

2023-2024-yillar davomida, har yili 5 tadan markaz tashkil etish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Tashkillashtirilgan holda xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgan fuqarolarni rasmiy band aholi toifasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy davlatlar, ayniqsa, Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, Koreya Respublikasi bilan:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning xorijiy davlatlarda ishlagan davridagi mehnat stajini hisobga olish;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan xorijiy davlatlarda toʻlangan ijtimoiy soliq toʻlovlarini keyinchalik ularga Oʻzbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olish maqsadida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga koʻchirish borasida ikki tomonlama muzokaralar olib borish.

2022-2023-yillar davomida

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

(A. Xaydarov)

14.

Kunlik mehnat markazlari faoliyatini takomillashtirish, bir martalik ishlarni bajaruvchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarni keng jalb qilish.

1. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlarini kunlik ishlarga jalb qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

2022-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

2. Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda kunlik ishlar bozorini takomillashtirish sohasida seminarlar tashkil etish.

2023-yil fevral

3. Kunlik ishlar bozorini takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladigan tadqiqotlarga nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb qilish.

2023-yil har chorakda

15.

Kunlik mehnat markazlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida tajribaga ega boʻlgan xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

1. Kunlik mehnat markazlari faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va chuqur tahlil qilish.

2023-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

2. Ilgʻor xorijiy davlatlar bilan ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilish va ekspertlarni jalb qilish boʻyicha memorandumlar imzolash.

2024-yil mart

3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va hokimliklarning mablagʻlari hisobidan xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2024-yil may

4. Kunlik mehnat markazlari orqali bir martalik ishlarni bajaruvchilarning mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash boʻyicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish.

2024-yil sentabr

16.

Kunlik mehnat markazlari faoliyatini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish.

1. Kunlik mehnat markazlari faoliyatini Toshkent shahrining barcha tumanlarida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish.

2024-yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

2. Davlat-xususiy sheriklik bitimida belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiq Kunlik mehnat markazi faoliyatini baholash va tahlil qilish.

2024-yil sentabr

3. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilib, kutilgan natijalarga erishilgan taqdirda, mazkur loyihani respublikaning boshqa hududlarida amalga oshirish choralarini koʻrish.

2024-yil dekabr

III. Huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish orqali norasmiy bandlikni kamaytirish

17.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining bandlik masalalariga oid konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganib chiqish:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qurilish vazirligi

(B. Zakirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov),

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

(B. Gulyamov),

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari tufayli taʼminot toʻgʻrisida”gi 121-sonli Konvensiya (Jeneva, 1964-yil 8-iyul);

2022-yil dekabr

“Mehnat xavfsizligi, gigiyenasi va ishlab chiqarish muhiti toʻgʻrisida”gi 155-sonli Konvensiya (Jeneva, 1981-yil 22-iyun);

2023-yil aprel

“Bandlikka koʻmaklashish va ishsizlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi 168-sonli Konvensiya (Jeneva, 1988-yil 21-iyun).

2023-yil iyul

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2023-yil sentabr

18.

Ish beruvchilar tomonidan fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta qilinganligi yuzasidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, xususan, sugʻurta kompaniyalarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilish.

1. Sugʻurta kompaniyalari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida Memorandum imzolash.

2023-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

(A. Xaydarov),

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi

(K. Talipov)

2. Integratsiyaning texnik yoʻriqnomasini ishlab chiqish.

2023-yil mart

3. Sugʻurta kompaniyalarining axborot tizimlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga integratsiya qilish.

2023-yil sentabr

IV. Norasmiy bandlikni kamaytirish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish

19.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ommaviy treninglar oʻtkazish ishlarini tashkil etish.

Hududlar, tuman (shahar)larda professional trenerlarni jalb qilgan holda quyidagi mavzularda treninglar tashkil etish:

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda soliq va mehnat qonunchiligiga, mehnat huquqi va mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

rasmiy mehnat munosabatlarining ish beruvchilar va xodimlar uchun afzalliklari va imkoniyatlari;

norasmiy bandlikning mamlakat iqtisodiyotiga, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyalanganlik darajasiga salbiy taʼsiri va oqibatlari.

2022 — 2024-yillar davomida

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Savdo sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Norasmiy bandlikni kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarni targʻib qilish ishlarini kuchaytirish.

1. Norasmiy mehnatning inson hayoti va sogʻligʻi, ijtimoiy xavfsizligi, ish qobiliyati saqlanishiga salbiy taʼsiri, ularda davlat pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqni beruvchi ish staji shakllanmasligi yuzasidan videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish.

2. Qishloq xoʻjaligi, qurilish va norasmiy bandlik ulushi yuqori boʻlgan boshqa sohalarda norasmiy mehnat faoliyatini qonuniylashtirgan tashkilotlarning ijobiy tajribasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

2022 — 2024-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Qurilish vazirligi

(B. Zakirov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli koʻrsatkichlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni bandlikni taʼminlash dasturlari bilan qamrab olish koʻlamini kengaytirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarning dasturlar bilan qamrab olingan ulushi, foizda

30

40

45

53

60

2.

Mehnat organlari tomonidan koʻrsatiladigan raqamli xizmat turlarini koʻpaytirish, jami koʻrsatilgan xizmatlar sonidagi ulushi, foizda

30

39

40

45

kamida

50

3.

Mehnat organlarining ayrim vazifalarini xususiy sektorga oʻtkazish, jami xizmatlar sonidagi ulushi, foizda

5

7

10

13

kamida

15

4.

Band boʻlmagan aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, ming kishi

37

70

80

90

100

5.

Norasmiy sektorda band boʻlganlar ulushini qisqartirish, jami band aholi (tashqi migratsiyaga ketganlar bundan mustasno) sonidagi ulushi, foizda

41

39

36

33

30

6.

Norasmiy sektorda band boʻlganlarni ish joyini yoʻqotishdan ijtimoiy sugʻurtalash qamrovini kengaytirish, norasmiy band boʻlgan xodimlar umumiy sonidagi ulushi, foizda

-

1

4

7

kamida

10

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻz kelajagimga oʻzim investor” loyihasi doirasida 2023-2024-yillarda mehnat organlari tomonidan xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga koʻrsatiladigan xizmatlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

nafar

T/r

Hudud nomi

Jami koʻrsatiladigan xizmatlar

Shundan, quyidagilar hisobiga:

Doimiy ishga joylashtirish yoki oʻzini oʻzi band qilishda koʻmaklashish

Tadbirkorlikka jalb qilish va kredit ajratilishida koʻmaklashish

Subsidiya ajratish

Kasbga oʻqitish, qayta tayyorlash

2023-yil

2024-yil

2023-yil

2024-yil

2023-yil

2024-yil

2023-yil

2024-yil

2023-yil

2024-yil

Jami

165 000

170 000

127 000

130 000

19 900

21 000

7 600

8 080

10 500

10 920

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

19 422

19 760

14 744

15 050

2 482

2 500

977

980

1 218

1 230

2.

Andijon viloyati

19 422

19 945

14 925

15 283

2 390

2 462

882

900

1 225

1 300

3.

Buxoro viloyati

12 685

12 995

9 593

9 823

1 623

1 672

489

500

980

1 000

4.

Jizzax viloyati

3 117

3 918

2 302

2 358

375

945

271

300

168

315

5.

Qashqadaryo viloyati

8 880

9 100

6 494

6 650

1 000

1 030

882

900

504

520

6.

Navoiy viloyati

2 594

2 722

1 874

1 920

342

352

204

250

175

200

7.

Namangan viloyati

15 067

15 466

11 203

11 472

1 790

1 844

814

850

1 260

1 300

8.

Samarqand viloyati

21 100

21 649

16 561

16 960

2 465

2 539

828

850

1 246

1 300

9.

Sirdaryo viloyati

3 639

3 748

2 777

2 845

382

393

326

350

154

160

10.

Surxondaryo viloyati

12 408

12 713

9 396

9 620

1 498

1 543

814

850

700

700

11.

Toshkent viloyati

10 460

10 803

8 394

8 595

1 207

1 243

299

400

560

565

12.

Fargʻona viloyati

5 068

5 318

3 913

4 007

583

601

68

200

504

510

13.

Xorazm viloyati

16 601

16 975

13 237

13 554

1 991

2 051

407

400

966

970

14.

Toshkent shahri

14 537

14 889

11 585

11 863

1 773

1 826

339

350

840

850

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:* Ushbu prognoz koʻrsatkichlari qonunchilikda belgilangan barcha manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Mehnat bozoridagi vaziyatdan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi prognoz koʻrsatkichlari yoʻnalishlari va miqdor koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorining 15-bandi “a” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4716-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi “sohalarda” soʻzidan keyin “, shu jumladan qurilish-taʼmirlash sohalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 69 — 78-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“69. Uy hayvonlari (qoramol, qoʻy, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Rieltorlik xizmatini koʻrsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga koʻmaklashish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Yogʻoch mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni toʻqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va koʻchatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam toʻqish va sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Kulolchilik”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5140-son qarorining 14-bandi beshinchi xatboshisidagi “har bir ish bilan band boʻlmagan fuqaro” soʻzlari “ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)